Mualliflar

  • Ashurova Sojida Abduamad qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111964

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: mental arifmetika abakus kreativlik integratsiya metod iste'dod erkin fikrlash

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  bolalarning  erkin  fikrlash  jarayonida  mental 
arifmetikaning  qay  darajada  muhim  ahamiyat  kasb  etishi  va  bu  sohaning  jahon 
miqyosida  jadallik  bilan  rivojlanyotganligi  haqida  fikr  yuritiladi  hamda  mental 
arifmetika bolalarning noyob qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda asosiy omil ekanligi 
ta'kidlanadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

257

ISSN:3030-3621

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARINING AQLIY SALOHIYATINI

RIVOJLANTIRISHDA MENTAL ARIFMETIKANING O'RNI

МЕНТАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧАЩИХСЯ НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССОВ РОЛЬ МЕНТАЛЬНОЙ АРИФМЕТИКИ В РАЗВИТИИ

MENTAL COMPETENCE OF PRIMARY CLASS STUDENTS ROLE OF

MENTAL ARITHMETIC IN DEVELOPMENT

Ashurova Sojida Abduamad qizi

Termiz davlat pedagogika

instituti 3- bosqich talabasi

E-mail: sojidaashurova11@gmail.com

Telefon raqam: +998970697883

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bolalarning erkin fikrlash jarayonida mental

arifmetikaning qay darajada muhim ahamiyat kasb etishi va bu sohaning jahon
miqyosida jadallik bilan rivojlanyotganligi haqida fikr yuritiladi hamda mental
arifmetika bolalarning noyob qobiliyatlarini yuzaga chiqarishda asosiy omil ekanligi
ta'kidlanadi.

Аннотация:

В данной статье рассматривается психический процесс

свободного мышления детей. Обсуждается, насколько важна арифметика и
насколько быстро эта область развивается в мировом масштабе, и
подчеркивается, что ментальная арифметика является основным фактором
раскрытия уникальных способностей детей.

Abstract:

In this article, the mental process of children's free thinking It is

discussed how important arithmetic is and how rapidly this field is developing on a
global scale, and it is emphasized that mental arithmetic is the main factor in bringing
out the unique abilities of children.

Kalit so'zlar:

mental arifmetika, abakus, kreativlik, integratsiya, metod,

iste'dod, erkin fikrlash


Kirish.

Jadallik bilan rivojlanyotgan hozirgi zamonda ilm-fan asosiy soha bo'lib

ulgurdi. Fan-texnika yangiliklaridan xabardor bo'lgan holda ta'limning mental
arifmetika sohasiga o'z e'tiborimizni qaratamiz. Bugungi globallashuv davrida
yoshlarning teran fikrlashi, o'z qobiliyatini namoyish etishiga alohida e'tibor
berilmoqda. Bilamizki, jamiyatda o'z qarashlarini ifodalashi uchun har bir inson
shaxsiy fikri, tasavvuriga ega bo'lishi lozim. Bizga esa aynan dunyoqarashini erkin
ifoda etoladigan, o'z g'oyalari bilan taraqqiyotga munosib hissa qo'sholadigan yoshlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

258

ISSN:3030-3621

kerak. Bu kabi fazilatlarni shakllantirish uchun biz yoshlarimizning ta'lim-tarbiyasiga
alohida e'tibor qaratishimiz shart. Zero, 1-Prezidentimiz aytganlaridek "Kelajak
bugundan boshlanadi. Hozir tarbiya masalasiga e'tibor berilmasa, kelajak boy beriladi
." [1]

Bolalarning vaqtini to'g'ri taqsimlash jarayonida turli xil innovatsion

texnologiyalardan foydalanish ularda ijobiy qobiliyatlarning yuzaga chiqishiga xizmat
qiladi. Ana shunday hislatlarni shakllantirish uchun aqliy rivojlanish sohasi bo'lmish
mental arifmetikadan foydalanish yaxshi samara beradi.Uning rivojlaninsh tarixi
haqida manbalarda "Yurtimizga mental arifmetika 2016-yildan boshlab kirib keldi va
birinchi musobaqada 200 nafar bola ishtirok etgan. Ushbu zamonaviy dasturning
asoschisi turk o'qituvchisi Halit Shindr hisoblanadi. ALOHA( Abakus learning of
higher arithmetic) mental arifmetika- bu yuqori sifatli dastur bo'lib matematik amalni
miyada kalkulyatordan ham tezroq hisoblashni o'rgatadi. Mental arifmetikani
o'rganishning asosiy vositasi bu abakus bo'lib, uni xitoyliklar - suanpan,
yaponiyaliklar-soraban hamda rossiyaliklar cho't deyishadi. "Abakus" yunoncha- hisob
taxtasi degan ma'noni anglatadi. XVI asrning oxiri XVII asrning boshlarida Bobilda
ixtiro qilingan va keyinchalik Xitoyga kirib kelgan"-deyiladi.[2] Ma'lum vaqt o'tgach
abakus jamiyatda o'z o'rnini yo'qotdi, hozirgi kunda mental arifmetika rivojlangan
mamlakatlarda u asosiy ish quroli bo'lib xizmat qilmoqda. Mental arifmetika sohasini
yanada takomillashtirish, barcha davlatlarga tatbiq etish jamiyat rivojlanishidagi asosiy
omil hisoblanadi.

A. Qisim.

Kompyuter texnologiyalari rivojlangan davrda inson aqliy salohiyati

kompyuterdan ham ildamlab ketdi. Buni biz aynan hozirgi davrda tez sur'atlar bilan
rivojlanyotgan mental arifmetikasi misolida ko'rishimiz mumkin. Inson o'zi yaratgan
vositaga bosh egmasligi, balki uni boshqara olish salohiyatiga ega ekanligini isbotladi.
Bu borada personal kompyuterlar bilan tenglasha oladigan iqtidorli yoshlarimiz
talayginani tashkil etadi.

"Mental arifmetika fan sifatida hozirgi kunda dunyoning 50 dan ortiq

mamlakatida targ'ib qilinmoqda. Ushbu sohaning Vatani Yaponiya hisoblanadi, lekin
undan ancha vaqt oldin bu metodika Xitoyda paydo bo'lgan. Keng miqyosda ,asosan,
Yaponiyada rivojlangan. Hozirgi kunda Osiyo mamlakatlari:Koreya, Yaponiya va
Xitoyda mazkur soha alohida fan sifatida maktab dasturlaridan o'rin olgan, ya'ni
majburiy fanlar qatoriga mental arifmetika ham kiritilgan."[3] Keyinchalik bu soha
rivojlangan mamlakatlarning davlat dasturiga aylandi. O'zbekiston ham ushbu faoliyat
bilan shug'ullanib kelmoqda.

Mental arifmetikasi qisqa hisob-kitoblarni amalga oshirish bilan birga murakkab

masalalarni ham soniyalarda yechish imkonini beradi. Bu metoddan foydalanib bolalar
murakkab misollarni ham qiyinchiliklarsiz bajarish imkoniyatiga ega bo'lishdi . Buni
quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

259

ISSN:3030-3621

Shu ko'rinishda berilgan misollarni farzandingiz hech qiynalmasdan , soniyalarda
bajarishi siz uchun qanchalik qiziqarli? Bu jarayonda siz sonlarni ketma-ketlikda aytib
borasiz farzandingiz esa mental arifmetikadan foydalanib ushbu javobni
kalkulyatordan ham tez hisoblaydi. Mana shunday xorijiy texnologiyalardan
foydalanish ta'lim tizimida ko'plab muvaffaqiyatga erishishimizga yordam beradi.
Agar mental arifmetikadan foydalanmasdan 52+64-47+89-23 shu kabi misollarni
bajarishsa, bu usul ko'pchilik o'quvchilarga qiyinchilik tug'diradi va vaqt unumi
pasayadi. Shu bois ham ta'limda mental arifmetikadan foydalanish ko'plab
mamlakatlarda targ'ib qilinmoqda. Mental arifmetika aynan o'quvchilarni o'ziga jalb
eta oladigan aqliy faoliyat turidir. Qisqa muddatda o'zlashtiriladigaan hamda
o'quvchilarni rag’batlantira oladigan faoliyat bo'lganligi uchun ham unga qiziqish
yuqori. Muntazam shug'ullanish jarayonida bolaning teran fikr yuritishi, o'z
hissiyotlarini bayon qila olishi, tez qaror qabul qilishi kabi xususiyatlari namoyon
bo'ladi.

Bolalar bir paytning o'zida ham sevgan mashg'ulot-lari bilan shug'ullanadi, ham

aql salohiyatini ishga soladi. Darslar juda mazmunli va motivatsiyaga boy tarzda
tashkil etiladi. " Biz bilamizki, ta'lim jarayoninig samarali bo'lishida motivatsiyaning
o'rni katta, chunki motivatsiya 92 foiz ta'limning samaradorligini ta'minlaydi. AQSH
mativatsiya masalasiga alohida e'tibor qaratadi. Ular bolalarining qiziqishlarini 1-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

260

ISSN:3030-3621

o'ringa qo'yishadi va doimo qo'llabquvvatlashadi. Deyarli har kuni farzandlariga "Sen
eng aqllisan" , "Men senga ishonaman" , "Sen buni uddalay olasan" kabi ruhlantiruvchi
so'zlar bilan motivatsiya berishadi". [4] Amerikaning shu darajada yuksalishida ushbu
omilning ham o'z o'rni bor. Hech bir inson qobiliyatli yoki qobiliyatsiz bo'lib
tug'ilmaydi, faqat uning iste'dodlarinig yuzaga chiqishi siz-u bizning biroz qaratgan
e'tiborimizga bog'liq.

Qo'l harakatlari yordamida bolalar qo'shish, ayirish kabi arifmertik amallarni

bajaradi, mashg'ulot, albatta, ular va ularni kuzatyotgan bolalar uchun qiziqarli
tuyiladi. Bu esa o'z navbatida ta'lim jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. "Inson miyasi
ikki yarim shardan iborat bo'lib uning chap qismi bilimlarning o'rganilishi bilan
rivojlanib boradi, o'ng qismining rivojlanishi esa turli xil iste'dodlar, ijodiy fikrlashni
yuzaga keltiradi. Bolalarda hozirgi kunda ta'lim olish jarayonida ularning faqat chap
miyasi rivojlanib , o'ng miya rivojlanmay qolyapti. Qobiliyatlarning yuzaga chiqishi
o'ng miyaning rivojlanishi bilan bog'liq". [5] Ko'pchilik insonlar o'ng qo'lda yozishadi
bunda ularda chap miya rivojlanadi, chap qo'lda yozganlarda esa o'ng miya
rivojlanadi.Mental arifmetikasi bilan shug'illangan, har ikkala qo'lda yoza oladigan
insonlarda har ikkala yarim shar ham rivojlanadi. Mashg'ulotning ijobiy tomonlarini
siz farzandingizni kuzatish jarayonida bilib borasiz.

Aslini olganda mental arifmetikasini o'rganish ikki bosqichda amalga oshiriladi,

birida aqliy faoliyat rivojlantirilsa, ikkinchisida esa tasavvur shakllantiriladi. Bola bir
vaqtning o'zida bir vazifani tasavvur qilib, ikkinchi vazifani bajara oladi.

Bu soha bilan shug'ullanishda asosan kichik yoshli bolalarning jalb qilinishining

sababi ularda turli xil hayotiy muammolarning mavjud emasligi tufayli diqqatning
muntazam shu faoliyatga qaratilganligidir. Zero, bu jarayonda o'quvchilardan diqqatni
bir joyga to'plab, mantiqiy fikr yuritishi talab qilinadi. Psixologlar tomonidan tadqiqot
olib borilganda mental arifmetika bilan shug'ullangan va shug'ullanmagan bolalar
o'rtasida farq taqqoslandi. Bunda mashg'ulot bilan shug'ullangan bolalar har qanday
topshiriqni qiynalmay bajarishi, o'zining fikrini erkin ifodalay olishi, kreativlik darajasi
yuqoriligi bilan shug'ullanmaydigan bolalardan ustun ekanligi kuzatildi. Shuni aytib
o'tish joizki, bolalar abakusda hisoblashni tamomlagach, qo'l yordamida tasavvur
xayoli orqali hisoblashadi. Ularning shu jarayonda ijodiy fikrlashi o'sadi, tasavvur
dunyosi kengayadi. Bu kabi aqliy rivojlantiruvchi sohalar zamon talabi bo'lib ulgurdi,
mana shunday zamonaviy texnologiyalardan samarali foydalanib, yosh avlod
tafakkurini o'stirish bizning asosiy vazifamiz. Barcha narsaning ijobiy va salbiy
tomonlari bo'lgani kabi mental arifmetikaning ham salbiy tomonlari bo'lishi mumkin.
Dars mashg'ulotlari o'qituvchi tomonidan to'g'ri tashkil etilmasligi o'quvchilarni
bezdirib qo'yishi mumkin. Mashg'ulotning faqat hisob-kitobdan iborat bo'lib qolishi
shunday oqibatlarga olib keladi. Shu sababli mental arifmetika darslarida
o'qituvchining bilimigagina emas, balki uning ijodiy fikrlashiga, kreativligiga ham


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

261

ISSN:3030-3621

alohida e’tibor beriladi. Mental arifmetika darslarida turli qiziqarli topshiriqlar ham
o'tkazilib turilishi kerak. Masalan, birgina abakus misolida aytadigan bo'lsak, bolaga
rasmi chizilgan rangsiz abakus beriladi, biror raqam ko'rsatilib , ushbu raqamni
abakusda tasvirlang degan topshiriq beriladi. Bunda u nafaqat abakusda ishlaydi, balki
ijodiy faoliyat bilan ham shug'ullanadi. Bizning zamonaviy mental arifmetika
darslarimizda bolalar nafaqat hisoblash, balki rassomlik, ijodkorlik sohasi bilan ham
shug'ullanishi mumkin.

Xulosa.

Ushbu maqolani yozishdan asosiy maqsad mental arifmetika bilan har

bir bola shug'ullanishi kerak ekanligini targ'ib qilish. Bu soha bolalarda ijobiy
fazilatlarning yuzaga kelishi hamda ularning vaqtini mazmunli tashkil etadi. Tez
sur'atlarda rivojlanyotgan yurtimizda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash bizning
asosiy maqsadimiz, chunki Vatanimizning ertasi yoshlarimizning kelajagiga bog'liq.
Yurtimizda tubdan islohotlar olib borilyotgan paytda maktab darsliklariga mental
arifmetikani olib kirish ta'lim tizimining yanada samarador bo'lishini ta'minlaydi.
Natijada, o'quvchilarning barchasi bu faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega
bo‘lishadi. Farzandining tarbiyasiga befarq bo'lmagan har bir ota-ona uning ta'limiga
mas'uliyat bilan yondashadi, bunda ularga mental arifmetika kabi innovatsion ta'lim
dasturlari yordam beradi. Shu o'rinda amerikalik siyosiy arbob Benjamin Franklinning
"Eng yaxshi daromad bilimga kiritilgan sarmoyadir" degan fikri nechog'lik to'g'ri
ekanligini keltirib o'tishni lozim topdik. Farzandingiz kelajagi uchun sarflangan
sarmoya sizga foyda keltiradigan eng yaxshi biznes.

Sizning fikringizcha mental arifmetika sohasi maktab darsliklariga kiritilishi

kerakmi yoki yo'q?

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

I. Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch"

2.

"Mstone.ru - ijodkorlik, she'riyat, maktabga tayyorgarlik" , " Leader_ education.
uz" sayti, "Surxon tonggi" , "Xalq so'zi" gazetalaridan @. mental arifmetika_navoiy

3.

"Boshlang'ich ta'limda tarbiya " metodik qo'llanma A. Juraveyo - "Mental
arifmetika " kitobi

4.

Davlatovna N. R. Indikatorlar asosida boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilari faoliyatini
diagnostika qilishning o ‘ziga xosligi //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali.
– 2022. – Т. 1. – №. 1А. – С. 51-55.

5.

Abdisamatova M., Norqobilova R. INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA
TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH //Interpretation and researches. –
2023. – Т. 1. – №. 1.

6.

Норкабилова Р. XORIJIY FANLARDAN BOLALARNING MAKTABGA
TAYYORGARLIGINING

DIAGNOSTIKASI

//Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

262

ISSN:3030-3621

гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023.
– Т. 3. – №. 11.

7.

Normurodova H., Norgabilova R. VALUE OF MATHEMATICS IN PRIMARY
GRADES //Interpretation and researches. – 2023. – Т. 2. – №. 1.

8.

RD Norqobilova, SA Abdullayeva. DIAGNOSTIKA PEDAGOGIK MUAMMO
SIFATIDA. - Academic research in educational sciences, 2023



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

I. Karimov "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch"

"Mstone.ru - ijodkorlik, she'riyat, maktabga tayyorgarlik" , " Leader_ education.

uz" sayti, "Surxon tonggi" , "Xalq so'zi" gazetalaridan @. mental arifmetika_navoiy

"Boshlang'ich ta'limda tarbiya " metodik qo'llanma A. Juraveyo - "Mental

arifmetika " kitobi

Davlatovna N. R. Indikatorlar asosida boshlang ‘ich sinf o ‘quvchilari faoliyatini

diagnostika qilishning o ‘ziga xosligi //Talqin va tadqiqotlar ilmiy-uslubiy jurnali.

– 2022. – Т. 1. – №. 1А. – С. 51-55.

Abdisamatova M., Norqobilova R. INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA

TARBIYA DARSLARINI TASHKIL ETISH //Interpretation and researches. –

– Т. 1. – №. 1.

Норкабилова Р. XORIJIY FANLARDAN BOLALARNING MAKTABGA

TAYYORGARLIGINING DIAGNOSTIKASI //Ижтимоий-гуманитар

фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-

гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences. – 2023.

– Т. 3. – №. 11.

Normurodova H., Norgabilova R. VALUE OF MATHEMATICS IN PRIMARY

GRADES //Interpretation and researches. – 2023. – Т. 2. – №. 1.

RD Norqobilova, SA Abdullayeva. DIAGNOSTIKA PEDAGOGIK MUAMMO

SIFATIDA. - Academic research in educational sciences, 2023