Mualliflar

  • Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111983

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ingliz tili ko’nikma tinglab tushunish axborot podkastlar shadowing texnikasi.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  ingliz  tilini  o’rganishda  tinglab  tushunish 
ko’nikmasining ahamiyati xususida so’z boradi. Kuchli tinglash ko’nikmalari hayotiy 
muloqotga  tayyorgarlik  kabi  jihatlarga  ijobiy  ta’sir  ko’rsatishi  va  uni  rivojlantirish 
yo’llari ta’kidlanadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

302

ISSN:3030-3621

INGLIZ TILINI O’RGANISHDA TINGLAB TUSHUNISH

(LISTENING)NING AHAMIYATI VA UNI RIVOJLANTIRISH YO’LLARI

Toshpo’latova Mubinaxon Maqsudjon qizi

Andijon davlat chet tillari instituti talabasi

toshpolatovamubinaxon4@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish

ko’nikmasining ahamiyati xususida so’z boradi. Kuchli tinglash ko’nikmalari hayotiy
muloqotga tayyorgarlik kabi jihatlarga ijobiy ta’sir ko’rsatishi va uni rivojlantirish
yo’llari ta’kidlanadi.

Kalit so’zlar:

ingliz tili, ko’nikma, tinglab tushunish, axborot, podkastlar,

shadowing texnikasi.

Annotation:

This article discusses the importance of listening skills in learning

English. It highlights how strong listening abilities can positively impact aspects such
as preparing for real-life communication and emphasizes ways to develop this skill.

Keywords:

English language, skill, listening, information, podcasts, shadowing

technique.


Ingliz tilini o’rganishda tinglab tushunish (listening) muhim ahamiyat kasb

etadi. Bu ko’nikma faqatgina tilni tushunishga emas, balki tabiiy so’zlashuvga
moslashishga ham yordam beradi. Chunki haqiqiy muloqotni asosan tinglash va
tushunish orqali amalga oshirish mumkin.

Tinglash orqali o’rganish talabalarni quyidagi jihatlar bo’yicha rivojlantiradi:
1.Real nutqni tushunish – aksentlar, talaffuz va tezlikka moslashish;
2.Suhbat kontekstini tushunish – mavzu va asosiy g’oyalarni ajratib olish;
3.So’z boyligini kengaytirish – yangi so’z va iboralarni tabiiy kontekstdan

o’rganish.

Tinglab tushunish qobiliyati, shuningdek, grammatik ko’nikmalarni

yaxshilashda ham muhim rol o’ynaydi. Talabalar xorijiy til egalarini tinglaganlarida,
ular real suhbatlarda keng qo’llaniladigan yangi so’z va iboralarni o’rganish
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Bundan tashqari, turli shevalarni tinglash, ularga
o’rganilayotgan tilning xilma-xilligini yanada chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Tinglab tushunish ko’nikmasining bir qancha muhim afzalliklarini keltirish

mumkin:

1.Talaffuz va urg’uni yaxshilaydi: doimiy ravishda ingliz tilidagi nutqni tinglash

orqali so’zlarning to’g’ri talaffuzini, urg’ularini va intonatsiyasini o’rganish mumkin.

2. Eshitilgan axborotni tez tahlil qilishni o’rgatadi: ushbu ko’nikma insonlarni

tezroq fikrlash va ma’lumotni tez anglab olishga o’rgatadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

303

ISSN:3030-3621

3.Tushunishni chuqurlashtiradi: o’qib til o’rganishdan ko’ra eshitish orqali

o’rganish ham samaraliroq. Chunki eshitish (listening) davomida so’zlar ohang hamda
mimika bilan birga keladi. Bu mazmunni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

Listeningni rivojlantirish uchun ko’plab samarali usullar mavjud:
1.Audiokitob va podkastlar: turli mavzudagi podcast va soddalashtirilgan

audiokitoblar kundalik tinglash xususiyatini oshiradi:

2.Filmlar (subtir bilan yoki subtitrsiz):
3.YouTube darslari va suhbatlar.
Bulardan tashqari listeningni rivojlantirishda Shadowing texnikasini qo’llash

ham foydali. Bunda o’rganuvchilar audio yozuv bilan birga so’zlarni takrorlaydi.
Masalan: ingliz tilida gapirayotgan insonning so’zlarini tinglab, xuddi shu ohang va
talaffuz bilan qaytarishga harakat qilinadi. Bu usul ma’lumotlarni qayta ishlash uchun
juda foydali hisoblanadi.

Ingliz tili o’rganuvchilar bilimlarini tez va samaraliroq rivojlantirishi uchun

listeningga e’tiborliroq bo’lishlari va yuqoridagi usullardan foydalanishlari lozim.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, tinglab tushunish ingliz tilini o’rganishda, uni

his qilishda muhim rol o’ynaydi. U bilan muntazam shug’ullanish bilim ko’nikmalarni
yanada oshiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Kulmamatov O. INGLIZ TILINI SAMARALI O ‘RGATISHDA TINGLAB
TUSHUNISHNING MUHIM JIHATLARI //Nordic_Press. – 2024. – Т. 3. – №.
0003.

2.

Umarxo'jayeva X. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI
(AKT) TA’LIM SOHASI TALABALARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISHDA
TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI
//Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 22-22.

3.

Isakova, M (2024). Improving Four Language Skills Through Emerging
Technologies: A Comprehensive Analysis, NORDIC_Press, 3(0003).

4.

Brown, S. Teaching Listening/S. Brown. – Cambridge University Press, 2006.

5.

Internet saytlari.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Kulmamatov O. INGLIZ TILINI SAMARALI O ‘RGATISHDA TINGLAB

TUSHUNISHNING MUHIM JIHATLARI //Nordic_Press. – 2024. – Т. 3. – №.

Umarxo'jayeva X. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

(AKT) TA’LIM SOHASI TALABALARIDA INGLIZ TILINI OʻQITISHDA

TINGLAB TUSHUNISH KOʻNIKMASINI RIVOJLANTIRISH USULLARI

//Farg'ona davlat universiteti. – 2025. – №. 1. – С. 22-22.

Isakova, M (2024). Improving Four Language Skills Through Emerging

Technologies: A Comprehensive Analysis, NORDIC_Press, 3(0003).

Brown, S. Teaching Listening/S. Brown. – Cambridge University Press, 2006.

Internet saytlari.