Mualliflar

  • RASULOVA FERUZA FAXRIDDINOVNA

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111984

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: zamonaviy innovatsiya metodika texnika videolar mustaqil fikrlash tahlil taqqoslash qiziqarli faktlar.

Annotasiya

Anotatsiya: Ushbu uslubiy tavsiya va yondashuvlarda tarix fani o’qituvchilari 
uchun yangi interaktiv va zamonaviy texnologiyalar asosida dars o’tishning o’ziga xos 
ijobiy  tomonlari  haqida  fikrlar  shuningdek  ta’lim  sifatini  oshirish,  o’quvchilarning 
qiziqishini  uyg’otish  va  ularning  mustaqil  fikrlash  ko’nikmalarini  shakllantirishda 
muhim ahamiyatli ekanligi haqida ma’lumotlar beriladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

299

ISSN:3030-3621

TARIX FANINI QIZIQARLI O’TISH: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA

SAMARALI USLUBLAR.

RASULOVA FERUZA FAXRIDDINOVNA

Toshkent shahar Yashnobod tumani

226- maktab tarix fani o’qituvchisi.

Anotatsiya:

Ushbu uslubiy tavsiya va yondashuvlarda tarix fani o’qituvchilari

uchun yangi interaktiv va zamonaviy texnologiyalar asosida dars o’tishning o’ziga xos
ijobiy tomonlari haqida fikrlar shuningdek ta’lim sifatini oshirish, o’quvchilarning
qiziqishini uyg’otish va ularning mustaqil fikrlash ko’nikmalarini shakllantirishda
muhim ahamiyatli ekanligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Kalit so’zlar:

zamonaviy, innovatsiya, metodika, texnika,videolar, mustaqil

fikrlash, tahlil, taqqoslash, qiziqarli faktlar.


Bugungi globallashuv davrida yosh avlodning tarixiy xotira va milliy o’zlikni

anglash darajasi jamiyatning intelektual salohiyatini belgilaydi.

Tarix bu nafaqat o’tmishni o’rganish balki hozirgi zamonni tushunish va

kelajakni to’g’ri qurish uchun muhim fanga aylanmoqda.Tarix darsi- bu o’tmishdan
saboq olish,uni tahlil qilish va bugungi kun bilan bog’lashdir.

O’quvchilarda tarixga nisbatan qiziqish uyg’otish uchun darslar avvalombor

diqqatni jalb qila oladigan, interaktiv,hayotiy mavzuga yaqin va o’ziga xos bo’lishi
zarur.Har bir dars – bu kichik sahna , o’qituvchi esa unga jon baxsh etuvchi
ijodkordir.Bugungi tarix o’qituvchisi -axbarot va texnologiya asrida ijodkorlik bilan
yondashadigan mutaxasis bo’lishi shart.

Tarix -faqat sanalar emas, balki voqealar, faktlar , insonlar va g’oyalar

yig’indisidir.O’quvchilar tarixni yodlash emas, undagi malumotlarni his qilishi
,taqqoslashi, tahlil qilishi ,sabab va natijani tushunishi va kelajak bilan to’g’ri baholay
olishi ularning tarixiy xotirasini butun umrga mustahkamlaydi.

Tarixni o’qitishda multimedia vositalaridan foydalanish innovatsion

yondashuvlardan eng samarali usullaridan biridir.Masalan, tarixiy hujjatlar, suratlar va
videolar orqali o’quvchilar o’sha davr muhitini his qilishlari , voqealarni yanada
yaqinroq ko’rishlari mumkin.Bu esa o’quvchilarning tarixga bo’lgan qiziqishlarini
oshiradi va ularni chuqurroq o’rganishga undaydi.Tarixiy diskussiyalar va munozaralar
o’quvchilarning

tanqidiy

fikrlashlarini

rivojlantirishda

muhim

o’rin

tutadi.Munozaralar orqali o’quvchilar tarixiy faktlarni solishtirish , ularning
ishonchliligini baholash va tarixiy hodisalarni kontekstda tushunish qobiliyatlarini
oshiradilar.(1)


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

300

ISSN:3030-3621

Texnologiyalar yordamida yaratilgan interaktiv o’yinlar va simulyatsiyalar

tarixni o’qitishda yangi imkoniyatlar yaratadi. O’quvchilar tarixiy voqealarni o’zlari
boshqarishi, muayyan qarorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan sharoitda o’rganish
jarayoni yanada qiziqarli va samarali bo’ladi. Elektron resurslar va onlayn platformalar
ham tarix fanini o’qitishda keng qo’llanilmoqda.Internet orqali o’quvchilar turli tarixiy
manbalar, ilmiy maqolalar va arxiv materiallariga erkin kirish imkoniga ega
bo’ladilar.Bu esa, ularning mustaqil o’rganish ko’nikmalarini rivojlantiradi, tarixiy
bilimlarini kengaytiradi va chuqurlashtiradi. Onlayn testlar , viktorianalar va interaktiv
mashqlar o’quvchilarning bilim darajasini nazorat qilishda qulay vosita hisoblanadi.(2)

Tarix darsini sinflar kesimida samarali tashkil etish har bir yosh bosqichining

psixologik,intellektual va didaktik xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga
oshirilishi kerak.Masalan 5-6 sinflarda tarix darsini tashkil etishda xususiyatlar
o’quvchilarda tarixiy tafakkur endi shakllanayotgan bo’lib ,tasvirli va jonli obrazlar
orqali yaxshiroq qabul qiladilar,emotsional ta’sir kuchli bo’ladi.Bu yoshdagi
o’quvchilarga tavsiyalar: tarixiy hikoya, afsonalar, rolli o’yinlar-“Qadimgi Misrda
hayot”, “Qadimgi Xorazmda bir kun “ ,”Turon va Eron “ mavzusida diplomatik
muzokaralarni sahnalashtirish, “Milliy uyg’onish davri jadidlar Majlisi”mavzulari
asosida sahna ko’rinishlari shu asosda tarixiy vaqt,davr, xalq tushunchalarini sindirish
shuningdek barcha sinf o’quvchilari uchun bir xil tavsiya diqqatni jalb qilish
maqsadida savol:”Amir Temurni nafaqat sarkarda balki strateg bo’lganini bilasizmi?
U Google Mapssiz dunyoni qanday boshqargan deb o’ylaysiz?” bunday savollar
o’quvchilarni o’ylantiradi va darhol e’tiborini darsga qaratadi yoki hayrotomuz
ma’lumotlar:1896-yilda Britaniya va Zanzibarning urushi atigi 38 daqiqa davom etgan.
Bu tarixdagi eng qisqa urush hisoblanadi.

7-8 sinf o’quvchilarida esa tarixiy tafakkur shakllanayotgan bosqich bo’lib

ulardagi xususiyatlar tanqidiy fikrlash endi shakllanayotgan bo’lib guruhda ishlashga
moyillik kuchayadi.Tarixiy voqealarni tahlil qilishga o’rgatuvchi savollar
bering,tarixiy xaritalar bilan faol ishlang, xronologik jadval tuzish, interaktiv testlar va
krossvordlar orqali darsni qiziqarli tashkil etish tavsiya etiladi.SHuningdek, qiziqarli
iqtiboslar o’quvchi ongiga va diqqatiga ta’siri sezilarli darajada bilinadi misol:
Beruniyning “Meneralogiya” kitobida shunday yozadi:<<Mehnatsiz shon- shavkatga,
martabaga erishgan kishi hurmatga loyiqmi? Yuqori martabaga mehnatsiz erishgan
kishi farog’at va rohat soyasida yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug’lik libosidan
mahrum, yalong’ochdir>>.Bilamizki, har qanday orzu- istakning o’zagi mehnat va
harakatdir degan xulosa kelib chiqadi.(3)

9-10-sinf

o’quvchilarida

tarixiy

ong

va

ijtimoiy

munosabat

shakllanadi.O’quvchilar tarixiy voqealarni sabab- natijalar nuqtai nazaridan
tushunishga qodir bo’ladilar,ular mustaqil xulosa chiqarishga intiladilar.Albatta darsda
qisqa videoroliklar orqali mavzuni yanada jonli tushuntirish mumkin.Bundan tashqari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_2-to’plam_Iyun -2025

301

ISSN:3030-3621

viktorianalar, tezkor savol- javoblar ,blitzz testlar bo'lishi dars atmosferasini yanada
boyitadi.Munozara va debatlar:”Jadidlar – davr qurboni yoki islohatchi?”

11- sinf o’quvchilarida esa tarixiy tahlil va zamonaviylik bilan bog’lash bosqichi

bo’lib,ular mustaqil , fikrlay oladi, bahsga kirishishga tayyor,voqealarni zamonaviy
hayot bilan bog’lay olish darajasi ortadi.Munozara va debatlar:”Sovet siyosatining
ijobiy va salbiy oqibatlari”, “O’zbekistonning mustaqillik yillaridagi yutuqlari”,
shuningdek qiyosiy tahlil:turli davrdagi siyosiy,iqtisodiy holatlarni taqqoslash,
islohatlar mohiyati , hukumat rahbarlarining amalga oshirgan faoliyatlarini taqqoslash
kabi tavsiyalar beriadi.

Tarixni bugun bilan bog’lash o’quvchilarga tarixiy voqealarning hozirgi

hayotdagi izlarini ko’rsatish kerak:

-Qadimgi irrigatsiya tizimlari va bugungi suv muammolari
-O’rta asrlar diplomatiyasi va hozirgi xalqaro munosabatlar.
-Tarixiy shaxslar bilan zamonaviy liderlar o’rtasidagi o’xshashliklar. Bu

yondashuv orqali tarix fanining ahamiyati va dolzarbligi o’quvchiga yaqinroq bo’ladi.

Muammoli savollar ham o’quvchilarning tanqidiy va analitik fikrlashini

shaklantiradi .Masalan:”Buyuk Ipak yo’li bugungi global iqtisodda qanday ro’l
o’ynagan bo’lardi?” Barcha sinf o’quvchilarida VENN diagrammasi usuli mavzuga
nisbatan tahliliy yondashuv ,ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini
o’zlashtirish ko’nikmalarini hosil qilishga yo’naltiriladi. Ayniqsa , “sanalar tilga
kirganda” interfaol usuli orqali o’tilgan mavzuga oid muhim sanalar slayd yoki
ko’rgazmali holda ko’rsatilib, bir yilda sodir bo’lgan voqelar tarzida so’ralsa va ushbu
usul tarix darslarida tez-tez qo’llanilsa, o’quvchilarning sanalarga diqqatli bo’lish va
yodlab olish qobiliyatlarini shakllanishiga sabab bo’ladi.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, o’rta ta’lim maktablarida tarix fanini o’qitishda

zamonaviy texnologiyalar va qiziqarli uslublar qo’llanilsa o’quvchilarning fanga
bo’lgan e’tibori oshib, qolaversa mavzularni oson tushunishga , bilim va
ko’nikmalarini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.Zamonaviy
texnologiyalarni o’zlashtirish, pedagogik yondashuvlarni yangilash, o’quvchilarning
yosh va qiziqishlariga mos metodlarni tanlash o’qituvchilardan yuqori malaka va
doimiy o’zini rivojlantirishni talab qiladi. O’qituvchi- pedagog borki, izlanishlar bilan
yangiliklarga intilib darslarni zamonaviy usulda tashkil etsa , o’zi hatto o’quvchilari
ham yuksak yutuq va marralarni zabt etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Rasulova,N (2024) “Innovatsion metodlar yordamida tarixni o’qitish: nazariya va
amaliyot.”Toshkent: Ta’lim.

2.

Islomov, B (2022).”Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va tarix fanini
o’qitish”.Toshkent: Pedagogika.

3.

Tarix fanidan umumiy o’rta ta’lim uchun darsliklar.(5-11- sinf)

4.

Karimov,M(2020) “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va tarix”.Toshkent. Fan va ta’lim.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Rasulova,N (2024) “Innovatsion metodlar yordamida tarixni o’qitish: nazariya va

amaliyot.”Toshkent: Ta’lim.

Islomov, B (2022).”Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va tarix fanini

o’qitish”.Toshkent: Pedagogika.

Tarix fanidan umumiy o’rta ta’lim uchun darsliklar.(5-11- sinf)

Karimov,M(2020) “Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va tarix”.Toshkent. Fan va ta’lim.