Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
296
ISSN:3030-3621
IJTIMOIY EKALOGIK VAZIYATNING SOG‘LOM AVLODNI VOYAGA
YETKAZISHGA TA’SIRI
Tog‘ayeva Oybarchin Do‘smamat qizi
Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
Samarqand filiali “Pedagogika va
psixologiya kafedrasi “ o‘qituvchisi
Anotatsiya.
Mazkur maqolada ijtimoiy ekologik vaziyatning sog‘lom avlodni
voyaga yetkazishdagi roli tahlil qilingan. Sog‘lom muhitda voyaga yetayotgan yosh
avlodning jismoniy va ruhiy rivojlanishi, shuningdek, ekologik xavfsizlikning ta’lim-
tarbiya tizimidagi ahamiyati yoritiladi. Ijtimoiy ekologik omillar — havoning tozaligi,
suv sifati, yashash hududidagi sanitariya holati, shuningdek, aholi salomatligiga ta’sir
qiluvchi ekologik muammolar haqida ma’lumotlar keltirilgan. Maqolada shuningdek,
sog‘lom avlodni shakllantirish uchun ekologik madaniyatni oshirish, oilada va
maktabda ekologik tarbiya berish zarurati asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari ijtimoiy
ekologik barqarorlikni ta’minlash orqali sog‘lom jamiyatni rivojlantirishga xizmat
qiladi.
Kalit so’zlar:
ijtimoiy ekologik vaziyat, sog‘lom avlod, ekologik tarbiya, atrof-
muhit, sog‘liqni saqlash, yashash muhitining sifati, barqaror rivojlanish, ekologik
madaniyat, ijtimoiy salomatlik, bolalar salomatligi.
Inson xayotida uni o‘rab turgan tabiiy muhit bugungi kunda farovon hayot
kechirishi va uzoq umr ko‘rishiga sog‘lig‘iga va ijtimoiy muhitiga o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Inson ana shu ijtimoiy muhitda o‘zining shaxsiy fazilati, xatti-harakatini
namoyon etadi. Inson - tabiat hosili. Unda yashaydi, taraqqiy etadi, zurriyod
qoldiradi, shu tufayli undan tabiat qonunlariga ongli munosabatda bo‘lishni taqazo
etadi. Aks xolda inson undan uzoqlashadi va jazolanadi. Ibtidoiy odam o‘z tafakkurini
shakllantirayotganda o‘zini tabiatning bir bo‘lagi deb bilgan va tabiatdagi hodisalar
qandaydir kuch-qudrati bilan amalga oshirilishini tasavvur etgan. Keyingi vaqtda inson
faoliyatini barcha jabhalarida chuqur sifat o‘zgarishlariga olib kelgan fan – texnika
inqilobi natijasida insonning tabiatga texnologik ta’sir o‘tkazish imkoniyati oshib ketdi,
uning quvvati tabiatga ta’sir etish qudrati bilan taqqoslana boshlandi. Insoniyat tabiatini
o‘zgartiruvchi va qayta tuzuvchi qudratli geologik kuchga aylana boshladi.
Organizm muhitda tasodifiy mehmon emas, u muhitni murakkab tuzilishining bir
qismidir. Jamiyatning eng bebaho boyligi odamlar salomatligi, inson xayoti asosidir.
Shuningdek yosh avlodni sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish ham bugungi
kunda eng murakkab jarayonga aylanib bormoqda. Bugungi kunda jamiyat oldidagi eng
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
297
ISSN:3030-3621
katta muammolardan biri bu ekologik muammolar avj olgan zamonda ruhan va jismonan
sog‘lom avlodni tarbiyalashdir.
Bu muammo tabiat muhiti bilan bir qatorda ijtimoiy muhitda yuz bergan salbiy
o‘zgarishlar tufayli paydo bo‘ladi. Ijtimoiy muhitning holatiga ta’sir etuvchi ko‘plab
omillar bo‘lish mumkin. Toza ijtimoiy muhit jamiyatning har bir a’zosiga ijobiy
ta’sir etadigan, uning xavfsizligini ta’minlaydigan va yer farzandi sifatida barkamol
bo‘lib voyaga yetishiga ko‘maklashadigan barqaror ma’naviy - ruhiy iqlimdir.
Salomatlik insonlarning turmush darajasiga, jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy
taraqqiyotiga ko‘p darajada bog‘liqdir. Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, aholi
salomatligining 50 foizi turmush tarziga, qolgan foizi atrof - muhitga bog‘liq. Tabiatga
atayin ko‘ra bila turib, ko‘r-ko‘rona zarar yetkazish, uning ehsonlaridan ayovsiz
foydalanishi insonlarda og‘ir asoratlar qoldirishi mumkin.
Jamiyat tarixining muayyan bosqichlarida inson o‘z ijtimoiy maqsadlarini
amalga oshirishda tabiat boyliklariga vosita sifatida qaragan. Hozirgi kunga kelib esa
tabiat bevosita moddiy ehtiyojlarni qondirish manbaidan insoniyatning omon qolishining
usuli va sharoitiga aylandi.
Inson sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishda va sog‘lom avlodni tarbiyalashda
avvalo sanitariya – gigiena qoidalariga amal qilishi lozim. Sanitariya – gigiena nafaqat
salomatlikka balki iqtisodiy jarayonlarga ham ko‘p jihatdan tasir etadi
O‘zbek oilalarida sanitariya - gigienik ahvolni yaxshilash, atrof - muhit
musaffoligini saqlashning asosiy omillaridan biri ishlab chiqarishni yani
chiqindilarini zararsizlantirishi va undan qayta foydalanishni yo‘lga qo‘yishdir. Yer osti
foydali qazilma boyliklarini qazib olish natijasida ko‘plab chiqindilar qoladiki ular faqat
qishloq xo‘jaligi uchun zarur bo‘lgan yerlarni egallab qolmay, ko‘proq hosildorligini ham
kamaytiradi, yer osti va yer usti suvlarini hamda havoni zaharlaydi
Ko‘p xolda chiqindilar yondirib yuboriladi, va u vaqtida o‘chirilmaydi, ba’zan
buldozer bilan surib tashlanadi. Bundan tashqari, O‘zbekistonning yirik
shaharlarida maishiy chiqindilarni qayta ishlaydigan korxonalar yo‘q. Shu sababdan
bugungi kunda ekologik vaziyatni yaxshilash maqsadida mamlakatimizda ko‘plab chora
tadbirlar ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ekalogik siyosat, ekalogik madaniyat
asosini shakllantirishga qaratilgan. Ekalogik madaniyatni shakllantirishda
O‘zbekiston Kansitutsiyasidagi "Fuqarolar tabiiy atrof - muhitga ehtiyotkorona
munosabatda bo‘lishga majburdirlar" (62-modda). "Yer osti boyliklari, suv, o‘simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boyliklar, ulardan
oqilona foydalanishi zarur va ular davlat muhofazasidadir" (68-modda) kabi qonunlar
ahamiyati katta. Jamiyat bilan atrof - muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirni maqbul holga
keltirish kishilar ekalogik tafakkurining yetukligiga, ular ijtimoiy faoliyatining ekalogik
omillar ahamiyatini anglab yetish darajasiga bog‘liq. Chunki tabiatning o‘zi shaxsning ruhiy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_2-to’plam_Iyun -2025
298
ISSN:3030-3621
va axloqiy - estetik jihatdan rivojlanishiga ta’sir etib, uni ekalogik nuqtai nazardan
tarbiyalab boradi. Ekalogik tarbiyaning asosiy maqsadi kishilarda, ayniqsa o‘zbek
oilalaridagi yoshlarda, ekalogik madaniyatni shakllantirish, tabiatiga oqilona munosabatda
bo‘lish jamiyatni har bir fuqarosining burchi ekanligini, tabiat qonunlarini chuqur
anglashidan iborat. Respublikamizda ekalogik ta’lim va tarbiya quyidagi yo‘nalishida
amalga oshirilmoqda:
-
umumiy ekalogik tarbiya;
-
atrof
-
muhitga
ta’sir
etuvchi
sanoat
korxonalari
faoliyatini
muvofiqlashtiruvchi kadrlarni tayyorlash;
-
konkret
ekalogik
muammolarni
hal
etish
masalalari
bilan
shug‘ullanuvchi ekolog mutaxassislarni tayyorlash.
Hozirgi kunda respublikamizda oliy o‘quv yurtlarida quyidagi sohalar bo‘yicha
mutaxassis kadrlar tayyorlashga kirishildi: tabiat ekalogiyasi va muhofazasi, tabiatdan
foydalanish iqtisodi, tevarak - atrof muhitini muhofaza etish va tabiiy boyliklaridan
oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish, suv ta’minoti, muhofaza qilish, sifatini
standartlash va boshqaruv.
Bularni amalga oshirish insonni tabiat bilan munosabatini uyg‘unlashtiradi. Shu
asosda kishilar tabiat, hayot, sog‘liq, jismoniy va ma’naviy barkamollik ular uchun
naqadar zarurligini anglay boshlaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi konistitutsiyasi . Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi
2023 yil
2.
Alibekov L.A., Nishonov S.A. - Fan-texnika tarakkiyoti, tabiat va inson. Toshkent,
1984
3.
I.Karimov. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida. T.1997, 252 - bet.
4.
O.Safarov, M. Mahmudov. Oila ma’naviyati,T. 1999.
5.
N. To‘xliev. Yo‘limiz o‘zgacha bo‘ldi. Saodat T.1992.
6.
Sh.Otaboev. Inson va biosfera. T.1995.