Mualliflar

  • Mahmudjonova E’zoza

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.111999

Kalit so‘zlar:

Kalit so’z:Modernizm dekadans avangardizm madaniy inqilob zamonaviy asarlar

Annotasiya

ANNOTATSIYA 
Ushbu  tezisda  Mustaqillik  davri  adabiyotining  o’ziga  xos  jihatlari, 
modernizmning  ilk  kurtaklari,  ushbu  yo’nalishda  salmoqli  ijod  qilgan  o’zbek 
ijodkorlari,  modernizmning  shakllanish  bosqichlari,  Yevropa  adabiyotining    ta’siri 
singari masalalar yoritib berilgan va keng doirada mushohada qilingan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

46

ISSN:3030-3621

MUSTAQILLIK DAVRI ADABIYOTIDA MODERNNING O’RNI

Mahmudjonova E’zoza

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

“O’zbek tili va adabiyoti “kafedrasi magistranti

maxmudjonovezoza@gmail.com

+998 90 910 09 29

ANNOTATSIYA

Ushbu tezisda Mustaqillik davri adabiyotining o’ziga xos jihatlari,

modernizmning ilk kurtaklari, ushbu yo’nalishda salmoqli ijod qilgan o’zbek
ijodkorlari, modernizmning shakllanish bosqichlari, Yevropa adabiyotining ta’siri
singari masalalar yoritib berilgan va keng doirada mushohada qilingan.

Kalit so’z:

Modernizm, dekadans, avangardizm, madaniy inqilob, zamonaviy

asarlar

ABSTRACT

This thesis highlights issues such as the specific aspects of the literature of the

independence period ,Uzbek writers who worked in this direction ,the stages of the
formation of modernizm and the influence of Europian literature

Key words:

modernism,decadence,avant-garde,cultural revolution.

Modernizm adabiy harakati XIX asr oxiri va XX asr boshlarida, G‘arb

jamiyatida yuz bergan ijtimoiy, siyosiy va madaniy o‘zgarishlar ta’sirida yuzaga
kelgan. Bu davr industrializatsiya, urbanizatsiya, va ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning
jadal rivojlanishi bilan ajralib turadi. Shuningdek, jahon urushlari, inqiloblar va siyosiy
tangliklar jamiyatda beqarorlikni kuchaytirgan, inson ruhiyatida tushkunlik va
izolyatsiyani keltirib chiqargan. Ushbu jarayonlar adabiyotda yangi shakllar,
tamoyillar va yondashuvlarning paydo bo‘lishiga turtki berdi. XIX–XX asrlar
chegarasida inson dunyoqarashidagi o‘zgarishlar hamda zamonaviy falsafiy
qarashlarning inson va dunyo rivojlanishiga ta’siri ijodiy yo‘nalishlarning
ustuvorliklarida ham o‘zgarishlarga olib keldi. L.P. Andreyev, V.N. Bogoslovskiy,
N.P. Mixalskaya, E.Ya. Dombrovskaya va V.V. Ivasheva kabi ko‘plab yozuvchi va
tanqidchilar modernizmni tadqiq qilib, ushbu yo‘nalishning yangi janr va usullarini
tahlil qilishgan, uning asosiy tamoyillarini ochib bergan. O‘zbek modernizmining
asosiy bosqichlari

1. Sovet davri bosqichlari
Sovet davrida modernizm ochiqchasiga qabul qilinmagan bo‘lsa-da, ayrim

adiblar o‘z asarlarida ramz va metaforik tasvirlar orqali modernistik g‘oyalarni ilgari


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

47

ISSN:3030-3621

surishdi. Oybek, Abdulla Qahhor, Hamid Olimjon singari yozuvchilarning ayrim
asarlarida modernizm unsurlari seziladi.

2. Mustaqillikdan keyingi davr:
1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, adabiyot erkinlikka

erishdi. Bu davrda yozuvchilar modernizmning turli ko‘rinishlarini erkin ifodalash
imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Rustam Musurmon, Usmon Azim, Halima Ahmedova kabi
shoir va yozuvchilarning asarlarida modernizm unsurlari yaqqol namoyon bo‘ladi.

Usmon Azimning she’rlari va nasriy asarlarida ekzistensializm va zamonaviy

badiiy tamoyillar chuqur ifoda etilgan. Uning ijodi orqali o‘zbek adabiyoti yangi
mazmun va shakllar bilan boyidi.

Halima Ahmedova modernistik hikoyalari bilan o‘zbek adabiyotida yangi

uslubning shakllanishiga katta hissa qo‘shdi. Uning asarlarida ramziy va falsafiy
mazmun yetakchi o‘rinni egallaydi.

Modernizm murakkab va ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, uning bir necha xronologik

bosqichlari ajratib ko‘rsatiladi. Ulardan birinchisi, eng dastlabkisi, «dekadans» yoki
erta modernizm deb ataladi va XIX asrning oxirgi uchdan bir qismini qamrab oladi.
Dekadans (fr. decadence – tanazzul) – bu an’anaviy realist estetikadan chekinishni aks
ettiruvchi ijodiy hodisalarning umumiy atamasi bo‘lib, u, avvalo, jamiyatdagi o‘sha
davr inqirozi sabab bo‘lgan umumiy pessimistik kayfiyat bilan bog‘liq. «Dekadans»
tushunchasi XIX asrning 80-yillarida Parijda «Dekadans» jurnali nashr etilgandan
so‘ng paydo bo‘lgan. Bu atama dastlab adabiy kurashda qo‘llanilgan va 80-yillar
yozuvchilari, jumladan, simvolistlarga yaqin bo‘lgan ijodkorlarni tasvirlash uchun
ishlatilgan. Modernizmga ta’sir qilgan ijtimoiy va siyosiy omillar

Modernizmni shakllantirgan asosiy ijtimoiy va siyosiy omillar quyidagilardan

iborat:

1. Industrializatsiya va urbanizatsiya:
XIX asr oxiridagi industrial revolyutsiya shaharlar va fabrika ishlab

chiqarishining kengayishiga olib keldi. Bu jarayon insonlarning tabiiy hayotidan
ajralishi, ruhiy izolyatsiyaga tushishi va yolg‘izlik hissining kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Modernist yozuvchilar bu o‘zgarishlarni o‘z asarlarida aks ettirishga harakat qildilar.

2. Jahon urushlari: Birinchi va Ikkinchi jahon urushlari insoniyat tarixidagi ulkan

fojialar hisoblanadi. Urushlar insoniy qadriyatlarning buzilishi, xalqlarning vayronaga
aylanishi, va texnologiyalarning shafqatsiz qurolga aylanishi orqali insoniyatda chuqur
ichki ziddiyatlarni keltirib chiqardi. Modernist adabiyot inson psixologiyasidagi ushbu
o‘zgarishlarni yoritishga qaratilgan.

3. Falsafiy o‘zgarishlar:
Fridrix Nitsshe, Zigmund Freyd va Anri Bergson kabi falsafachilar inson

ongining murakkabligi, sub’ektivlik va irratsionalizm g‘oyalarini ilgari surishdi.
Ularning asarlari modernizm adabiyotining falsafiy asoslarini tashkil etdi. Freydning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

48

ISSN:3030-3621

psixoanaliz nazariyasi insonning ichki ziddiyatlari va ongsiz jarayonlarni o‘rganishga
katta ta’sir ko‘rsatdi.

4. Madaniy inqiloblar va san’atdagi yangi oqimlar:
San’atda impressionizm, kubizm, futurizm, va ekspressionizm kabi yangi

oqimlar paydo bo‘ldi. Bu harakatlar adabiyotda ham yangi yondashuvlarni keltirib

chiqardi, jumladan tasviriylik, o‘yin va eksperimentallik kuchayib bordi.

Modernistlar an’anaviy hikoya tuzilmasidan voz kechib, ong oqimi texnikasini qo‘llay
boshladilar.

Modernistik asarlarda asosiy e’tibor kishining ichki olamiga qaratiladi. Ruhiyat

asosiy motiv bo’lib xizmat qiladi.Biz quyida ushbu yo’nalishda yozilgan asarlarni
ko’rib chiqamiz.

Inson ruhiy olamiga yangicha qarab o'zgacha badiiy talqin etish jarayonlari M.

Muhammad Do'st, O. Otaxonov, X. Do'stmuxammad, T. Murod ijodida ancha ilgari
boshlandi. Nazar Eshonqul, Shodiqul Hamro, Ulug'bek Hamdam kabi yosh nosirlar
ijodida bu tamoyil davom etdi va yetakchi uslubga aylanadi.


N. Eshonqulning "Maymun yetaklagan odam" [4. Nazar Eshonqul. Ijod

falsafasi, 243-bet] to'plamiga kirgan hikoya qissalar biz yuqorida eslatib o'tgan
yo'nalishning orginal namunalari bo'ldi. Bu asarlar badiiy adabiyotda yangicha tafkkur
yuritish inson iztiroblarini tasvirlashi bilan xarakterlanadi.

Nodir Normatov “Bir kuni chumoli bo’lib…”, “Ko’ktoshlar”, “Oytosh” kabi

fusunkor hikoyalarida talmeh yo’sinida ishoratlar qilib o’tadiki, o’quvchi bularni
Ko’hitang asrorangiz tabiatining nozik hodisalari kabi o’pkasi to’lib qabul qiladi va
juda ta’sirlanadi. Ushbu hikoyalarda modernistik ruh sezilib turadi.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak , modernizm yo’nalishida yozilgan asarlar

insonni tushunish,uni his etish, uni yangicha kashf qilishni maqsad qiladi. Unda
psixologik yondashuv yetakchilik qiladi. Mustaqillik davri o’zbek adabiyotida shu kabi
tendensiyalar ustuvorlik qilgan holda adabiy merosimiz boyib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1.

Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. - T.: Yangi asr avlodi, 2004.

2.

Rasulov A. Ilmi g'aribani qumsab... - T.: Ma'naviyat, 1998, 27-bet

3.

Google “wikipediya”

4.

Ozod Sharafiddinov .Maqolalar. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining
2002 yil 23-24-sonidan olindi

5.

Namazova M.U.XX-XXI ASR ADABIYOTI VA ZAMONAVIY USLUBLAR

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

Eshonqul N. Maymun yetaklagan odam. - T.: Yangi asr avlodi, 2004.

Rasulov A. Ilmi g'aribani qumsab... - T.: Ma'naviyat, 1998, 27-bet

Google “wikipediya”

Ozod Sharafiddinov .Maqolalar. «O‘zbekiston adabiyoti va san’ati» gazetasining

yil 23-24-sonidan olindi

Namazova M.U.XX-XXI ASR ADABIYOTI VA ZAMONAVIY USLUBLAR