Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
43
ISSN:3030-3621
RAQAMLI IQTISODIYOTNING XUSUSIYATLARI
E.Jo’rayev
Qarshi davlat texnika universiteti
Iqtisodiyot fani o’qituvchisi
Annotatsiya.
Mazkur tezisda raqamli iqtisodiyotning xususiyatlari haqida so’z
boradi tezis davomida turli fikr va mulohazalar berib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiya, smart kontrakt,
konsalting.
Hozirgi davrda raqamli iqtisodiyot va u bilan bog’liq bo’lgan bir qancha
samarador texnologiyalar hayotimizga shiddat bilan kirib kelmoqda. Huddi shuning
uchun ham davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida
respublikamiz rahbariyati bir qancha muhim qarorlarni qabul qildi. Masalan,
O’zbekiston Respublikasi prezidenti 2018 yil 28 dekabrdagi 2019 yil uchun eng muhim
ustivor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham mamlakatimizda
raqamli iqtisodning rivojlanishi bo’yicha quyidagilarni aytib o’tdi: “Iqtisodiyotning
barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilanishini ko’zda tutadigan
“Raqamli iqtisodiyot milliy kontseptsitasi”ni ishlab chiqishimiz kerak. Shu asosda
“Raqamli 0’zbekiston-2030” dasturini hayotga tadbiq etishimiz zarur. Raqamli
iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga o ’stirish, korruptsiyani keskin
kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli halqaro tashkilotlar o’tkazgan tahlillar ham buni
tasdiqlamoqda. Shuning uchun Hukumatga ikki oy muddatda raqamli iqtisodiyotga
o’tish bo’yicha “yo’l haritasi”ni ishlab chiqish topshiriladi. Bu borada axborot
havfsizligini ta ’minlashga alohida e’tibor qaratish zarur”. Undan tashqari, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli “Axborot
texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonini ijro etish borasida , shuningdek, respublikamizda raqamli
iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimida zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal
rivojlantirish bo’yicha sharoitlar yaratish, shunigdek, axborot havfsizligini ta’minlash
maqsadida Vazirlar Mahkamasi 2018 yil 31 avgustda raqamli iqtisodiyotning maqsad
va vazifalarini belgilab beradigan “O’zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni
joriy qilish va yanada rivojlantirish bo ’yicha qo ’shimcha chora-tadbirlar to ’g ’risida”
Qaror qabul qildi, hamda O’zR Prezidentining PQ-3832 03.07.2018 dagi “O’zbekiston
Resbublikasida raqamli iqtisodni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi
qarorlarini ham shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin. Ushbu qaror bo’yicha
quyidagilar raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo’yicha eng muhim vazifalar
deb ko’rsatilgan:
Investitsiya va tadbirkorlikni diversifikatsiya qilish uchun
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
44
ISSN:3030-3621
kriptoaktivlar aylanmasi sohasidagi faoliyatni, jumladan, mayining, smart kontrakt,
konsalting, emissiya, ayriboshlash, saqlash, taqsimlash, boshqarish, sug’urtalash,
kraudfunding (jamoaviy moliyalashtirish), shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni
joriy etish va rivojlantirish. Blokcheyn texnologiyalarni ishlab chiqarish va ulardan
foydalanish sohasida amaliy ish ko’nikmalariga ega bo’lgan malakali kadrlarni
tayyorlash. Raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun innovatsion g’oyalar,
texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish sohasida davlat organlari va tadbirkorlik
sub’ektlarining yaqin hamkorligini ta’minlash. Kriptoaktivlar bo’yicha faoliyat va
blokcheyn texnologiyalari sohasida halqaro va horijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni
har tomonlama rivojlantirish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat ko’rsatadigan yuqori
malakali horijlik mutahassislarni jalb qilish.
Horij tajribasini hisobga olgan holda
blokcheyn texnologiyalarini joriy etish uchun huquqiy baza yaratish . Yuqoridagi
farmon va qarorlarning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun raqamli iqtisodiyotning
mohiyati nima va uning asosiy tishunchali nimalardan iboratligi pishiq-puxta bilib
olish talab qilinadi. Ushbu qiziqarli va jozibali raqamli iqtisodiyot sohasiga
sayohatimizni boshlashdan avval axborotlashgan jamiyat va u bilan uzviy bog’liq
bo’lgan bir qancha asosiy tushunchalar bilan yaqindan tanishib chiqishga harakat
qilamiz. Chunki shundagina ushbu risolada aks ettirilgan masala, muammo va
kontseptsiyalarni to’g’ri tushunish mumkin bo’ladi. Qisqa va lo’nda qilib aytganda,
raqamli iqtisodiyot- bu jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol
qilish jarayonlarida elektron hamda axborot-kommunikatsion texnologiyalarini keng
joriy etishni ko‘zda tutadigan insonning xo‘jalik faoliyatini tadqiq etuvchi fandir.
Raqamli iqtisodiyot atamasi ikki xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi.
Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u
ijodiy mehnat va axborot ne’matlarining ustuvor o‘rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan,
raqamli iqtisodiyot - bu o’ziga hos nazariya bo‘lib, uning o‘rganish ob’ekti,
axborotlashgan jamiyat hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z
rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot
bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yilavvalgina boshlangan.“Raqamli iqtisodiyot’ atamasi
ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning
yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining
“Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat’ nomli uch jildli monografiyasini chop
etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali
shakllanmagan
va
ko‘pchilik
iqtisodchilar
tomonidan
keng
miqyosda
o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqanli iqtisodiyoti” turli
xilatamalar bilan nomlanadi. Masalan, “postindustrial iqtisodiyot’ (D.Bell),
“axborotlashgan iqtisodiyot’ (O.Toffler), “megaiqtisodiyot” (V.Kuvaldin), “axborot va
aloqaga asoslangan iqtisodiyot’ (I.Niniluto), “texnoiqtisodiyot yoki raqamli
iqtisodiyot’ (B.Geyts), “bilimlarga asoslangan iqtisodiyot’ (D.Tapskott). Ushbu
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
45
ISSN:3030-3621
tushunchalarni bog‘lab turadigan omil - bu iqtisodiy jarayonlarning globallashuv
jarayonida axborot texnologiyalarining birlamchi o‘rinni egallashi bo‘lib
hisoblanadi.Raqamli iqtisodiyot haqida so‘z borar ekan, axborotlashgan jamiyatga
ta’rif berib o‘tish o‘rinlidir.Axborotlashgan jamiyat deb, unda faoliyat yuritayotgan
kishilarning ko‘p qismi axborotni, ayniqsa, uning eng oliy shakli bo‘lgan bilimlarni
ishlab chiq arish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan band bo‘lgan jamiyatga aytiladi.
Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining bu bosqichiga jamiyat hayotida axborot, bilim
va axborot texnologiyalari ahamiyatining yanada oshishi xosdir.
REFERENCES:
1.
Lapidus L.V. Sifrovaya ekonomika. - M.:, Infra-M, 2019.
2.
Gulyamov S.S., Аyupov R.H., Аbdullaev O.M., Baltabaeva G.R. Raqamli
iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar. - T.: TMI, “Iqtisod-Moliya”, 2019.
3.
БМТ Минг йиллик маърузаси. - Тошкент, 2003.
4.
Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishdagi zamonaviy trendlar: tajriba, muammo va
istiqbollar. // Ilmiyamaliy anjuman maʼruza tezislari toʼplami. 2020 yil 14 oktyabr.
– Toshkent. 2020.
5.
BMTning iqtisodiy va ijtimoiy masalalar boʼyicha boshqarmasi tadqiqotlari
//https://research.un.org/en/docs/reports
6.
Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirining
birinchi
oʼrinbosari
Olimjon
Umarov
fikrlari.https://yuz.uz/news/raqamli-iqtisodiyot-taraqqiyot-sari-
International
Conference on Developments in Education Hosted from Toronto, Canada https:
econferencezone.org May 21st 2022 220 qisqa-yol
7.
https://kun.uz/news/2020/03/10/shavkat-mirziyoyev-raqamli-toshkent
loyihasiboyichakorsatmalar-berdi
https://kun.uz/news/2020/07/06/raqamli-iqtisodiyot-rivojlanish-
trendlarivaxususiyatlari
9.
https://kun.uz/news/2021/01/10/raqamli-valutalar-qanday-xavflar-bor