Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
36
ISSN:3030-3621
GIPERAKTIV BOLALARDA KUZATILADIGAN RUHIY JARAYONLARNI
TAHLIL ETISHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK VAZIFALARI
Farmanova Umida Ergash qizi
Sayxunobod tumani 37- maktab
amaliyotchi psixologi
Annotatsiya:
Hozirgi kunda giperaktivlik haqida tobora ko'p gapirishmoqda.
Giperaktiv bolalar va ularni davolash haqida bosh qotirishayotgan bir qator shifokorlar
va psixologlar giperaktiv bolalarga alohida yondashuv zarurligini ta’kidlamoqdalar.Sir
emaski,bu kategoriyadagi bolalarga ruhan nosog’lom deb qarash tushunchasi ham
mavjudligini inkor etimaslik kerak. Ko'pchilik odamlar bu atamaning ma'nosini
tushunmasdan turib mobil va faol bolalarga nisbatan qo'llashadi.
Kalit so’zlar
:
Giperdinamik, sindrom, giperaktiv, o’yinlar, diqqatlilik, guruh,
oila, bog’cha, maktab ,serharakat ,davolash,ruhiy rivojlanish, psixik jarayonlar,
muloqot
KIRISH
Giperaktivlik - bu odamning jismoniy faolligi va qoʻzgʻaluvchanligi meʼyordan
oshib ketadigan, noadekvat va samarasiz boʻlgan holat . Giperaktivlik -
bu
asab
muvozanatsizligi belgisi. Bu holat, asosan, notoʻgʻri harakat faoliyatida
namoyon boʻladi: bolalarda oldinga va orqaga yugurish, shov-shuvlilik, shuningdek,
gapiruvchanlik, kattalarda - harakatchanlik, bezovtalik, atrofdagilarning oʻzlarining
bezovtalanishiga toqat qilolmaslik shaklida namoyon boʻluvchi faoliyat
Nevrolog olimlar boladagi giperaktivlik sindromining asl sababi bosh miya ba’zi
to’qimalarining tug’ma yetishmovchiligi va notekis pivojlanishi (sabablari) deb ham
qaramoqdalar. Bu jarayonda miyaning minimal disfunksiyasi tashxisi qo’yiladi.
Ruhshunoslar esa, bu fikrni inkor qilmagan holda giperaktiv sindromining asl
sabablaridan yana biri noto’g’ri tarbiyadir deb qarashadi. Psixologlar og’ir nevrologik
va somatic kasalliklar bilan hastalangan, lekin giperaktiv sindromi aniqlanmagan
bollarni bunga misol qilib ko’rsatishadi. Demak, tibbiy tomondan sog’lom bo’lgan
bollarda ham giperaktiv sindromini ko’b kuzatish mumkin.
Sindromning o’ziga to’xtalib o’tsak. DEGS ning 3 turi mavjud:
1. Diqqat yetishmasligi;
2. Giperaktivlik;
3. Impulsivlik va aralash tur.
Biz bir qarashda giperaktivlik belgilari ko’ringan bolalarga birdaniga bu
taxshxisni qo’yishimiz biroz noto’g’ri bo’ladi. AQSH va Buyuk Britaniyada bunday
bolalarga giperaktivlik sindromi tashxisi eng kamida 6 oy davomida ko’zga tashlangan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
37
ISSN:3030-3621
alomatlarga asoslangan holda qo’yiladi. Alomatlarning surunkali bo’lishi, bola
faoliyatini buzishi hamda nisbatan rivojlanishda ortda qolayotganligini sabab bo’lishi
mumkin. Bunday holatlarda bolaga tashxis qo’yishda yetarli asosga ega bo’lish uchun
uyda ,maktabgacha ta’lim muassasasida, maktabda ham kuzatish zarur.
Mutaxasisslar DEGS ga chalingan bolalarni quyidagi belgilar asosida ajratadilar:
Ushbu guruhga kiruvchi bolalarda ko’proq besaramjon harakatlar, bir joyda o’tira
olmaslik, oyoqlarini qimirlatib o’tirish, tashqi stimullarga osongina chalg’ish, o’yin
vaqtida va jamoadagi turli vaziyatlarda sabrsizlik, o’z navbatini kutib tura olmaslik;
fikrni jamlashga qiylanish, savolarga o’ylamasdan ,jumlani ohirigacha eshitmasdan
javob berishga harakat qilish va h.k. Olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar davomida ma’lum
bo’lishicha, bu guruhdagi bolalarda berilgan topshiriqni bajarish yoki o’yin vaqtida
diqqatni qiyinchilik bilan saqlash; bir ishni tugatmasdan ikkinchisiga o’tib ketish;
boshqalarga xalaqit berish, atrofdagilarga tegajog’lik qilish (masalan, boshqa
bolalarning o’yiniga aralashish) uchraydi.
1.
Oqibatini o’ylamay xavfli harakatlar qilish; bunda bola sarguzashtlar yoki
o’tkir xissiyotlarni qidirmaydi. (masalan, hech qayoqqa qaramay mashina
yo’lga chiqib ketish).
2.
2 Bizning respublikamizda mazkur kategoriyadagi bolalar bilan ishlash
yaxshi yo’lga qo’yilgan.Mutaxasislarimiz bolalarning ta’lim-tarbiya
sohadagi ko’rsatkichlarini interprpetasiya qilish imkonini beradigan
izlanishiar olib bormoqdalar.
Diqqat tanqisligi giperaktivligi,diqqat tanqisligi gieraktivliksiz;Impulsivlik, guruhiy
buzilishlar muammolarini imkon qadar bartaraf e’tish ustida ish olib
bormoqdalar.Masalan, olingan natijalarni qayta ishlash va interprpetasiyasi
so’rovnoma taklif etilgan holatiga asosan “hech qachon” dan “har doim” gacha
diapazonda amalga oshiriladi. So’rovnoma 43 ta mushohadadan iborat bo’lib,
sindromdagi xulq-atvor xususiyatlarini aks ettiradi. Tashqi ta’sirlarga chalg’iydi biror-
bir topshiriqni bajarish vaqtida kattalar tomonidan nazorat qilinmasa tez-tez
chalg’iydi,ko’pincha unga aytilgan gapni eshitmaydi,topshiriqni bajarish vaqtida
fikrlarini yo’qotib qo’yadi, maqsadga qaratilgan faoliyatni o’zi tashkil qilishi kerak
bo’lganda qiyinchilik sezadi. Shovqinsiz va hotirjam o’ynash zarur bo’lganda
qiyinchiliklar sezadi,bu kategoriyadagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish ota-
onalardan,ustozlardan juda ko’p mehnat,sabr-qanoat talab qiladi. Giperaktiv bolalarga
kasal bolalar sifatida qarash noto’g’ri fikr va albatta ta’kidlab o’tish joizki bunday
bolalarning eng katta yutuqlari ularning qiziqiuvchanligidadir. Bunday bolalar o’zlari
qiziqqan ishini ohirigacha olib bora oladilar, va bu borada juda kreativ fikrlaydilar
hamda muvaffaqiyatga erishadilar. Giperaktiv bolalarning otaonalariga qo’yiladigan
eng kattta talab esa farzandlarining nimaga qiziqishlarini bilib olsalar va farzandini
aynsn shu qiziqishi bo’yicha yo’naltirsalar, ularga o’zlarini qiziqtirgan sohasida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
38
ISSN:3030-3621
imkoniyatlarini yaratib bersalar ,albatta ijobiy natijalarga erishish imkoniyatlari yanada
kengayadi .
Hozirgi kunda giperaktivlik haqida tobora ko'p gapirishmoqda. Giperaktiv
bolalar va ularni davolash haqida bosh qotirishayotgan bir qator shifokorlar va
psixologlar giperaktiv bolalarga alohida yondashuv zarurligini ta’kidlamoqdalar.Sir
emaski,bu kategoriyadagi bolalarga ruhan nosog’lom deb qarash tushunchasi ham
mavjudligini inkor etimaslik kerak. Ko'pchilik odamlar bu atamaning ma'nosini
tushunmasdan turib mobil va faol bolalarga nisbatan qo'llashadi. Biroq giperaktivlik
nafaqat chaqaloqning faolligi balki u miyaning buzilishi bilan bog'liq, bolalarning xatti-
harakatlarining buzilishi bilan ham bo'g'liqdir. Eng avvalo giperaktiv atamasining
o'ziga to'xtalib o'taylik.
"Giper" (yunoncha "Hyper" - yuqorida). "Faol" so'zi lotincha
"activus" dan kelgan va "samarali, faol" degan ma'noni anglatadi.
Shu o'rinda savol tug'iladi bu kasallikmi? Yoki sindrommi? Bunday bolalar bilan
qanday ishlash kerak? Nimalarga e'tibor berish kerak? Giperaktiv bolalarga nogiron
bollalar kabi murojaaat qilish kerakmi? Ularni boshgqa bolalardan ajratish qanchalik
darajada to'gri? Eng asosiysi buning davosi bormi? Giperaktiv bolarning ota-onalarini
o'ylantiradigan savollar juda ko'p ,ammo masalaning yechimi qanday? Giperaktiv
bolalar qanday bolalar?
XULOSA
Demak, gikeraktiv bolalar yoki diqqat yetishmovchiligi giperaktivlik sindromi
(DEGS). Avvalambor bu atamaning yoki aytish joiz bo’lsa, sindromning kelib
chiqishiga to’xtalib o’tsak. Bolaga diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi
(DEGS) tashxisini qo’yishda bir qator qiyinchiliklar kelib chiqshi mumkin.
N.N.Zavadenko o’z tadqiqotlarida DEGSni autizm, shizofreniya, manikal-depressiv
sindromi va olegofreniyaning yengil darajasi bilan almashtirmaslikni ta’kidlab o’tadi.
Bunday belgilar ya’ni emotsional beqarorlik va psixomotor notinchlik nevrozga
uchragan bolalarda ham kuzatiladi. » I.P.Brezgunov va E.V.Kasatkinalarning
ta’kidlashicha disleksiya disgrafiya diskal’kuliya DEGS dagi ikkilamchi belgilardir.
Shunday qilib DEGS bor deb taxmin qilingan bolalarni psixologik tadqiq etish bir
necha bosqichlarda amalga oshirilishi zarur:
Diqqat va xotiraning rivojlanganlik darajasi;
Bola emotsoinal sohasining o’ziga xosligi;
Oilaviy muhitning bola tomonidan idrok etilishini o’rganish;
Bolaning uyida va maktabda(bog’chada)xulq-atvorining o’ziga
hosligi
ta’kidlanadi.»
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYHATI:
1.
Заваденко Н.Н. Как понять ребенка: дети с гиперактивностью и дефицитом
внимания. // «Лечебная педагогика и психология». Прил. к журналу
«Дефектология», вып. № 5. – М.: «Школа-Пресс», 2000. –С. 112. 4. Политика
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_3-to’plam_Iyun -2025
39
ISSN:3030-3621
О.И. Дети с синдромом дефицита внимания и гиперактивностью. – М.:
«Речь», 2005. – С. 141-143, 146-147.
2.
Политика О.И. Дети с синдромом дефицита внимания и гиперактивностью.
– М.: Издательство «Речь», 2005. –С. 141-143, 146-147.
3.
Брязгунов И.П., Кучма В.Р. Синдром дефицита внимания с
гиперактивностью у детей. – М.: Институт психотерапии, 1994. –С. 43.
4.
Заваденко Н.Н. Как понять ребенка: дети с гиперактивностью и дефицитом
внимания. // Лечебная педагогика и психология. Прил. к. журналу
«Дефектология», вып. № 5. – М.: «Школа-Пресс», 2000. –С. 112.