Mualliflar

  • Fozilova Asalxon Ikromjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112004

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: kefalogemotema yangi tug‘ilgan chaqaloq tug‘ruq shikastlanishi bosh gematomasi klinik belgilari tashxis davolash asoratlar diabetik fetopatiya.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur maqolada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan kefalogemotema 
holati,  uning  kelib  chiqish  sabablari,  klinik  belgilari,  tashxislash  usullari  hamda 
davolash yo‘llari yoritilgan. Kefalogemotema ko‘pincha tug‘ruq jarayonidagi mexanik 
bosim yoki asbobli tug‘ruqlar (forseps, vakuum) natijasida yuzaga keladi. Maqolada 
bu holatni boshqa bosh shikastlanishlaridan farqlash zarurati, shuningdek, ehtimoliy 
asoratlar va ularni oldini olish choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek, 
muallif  tomonidan  shaxsiy  tahlil  va  xulosalar  berilgan  bo‘lib,  bu  holatni  o‘rganish 
tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega 
ekanligi ta’kidlangan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

24

ISSN:3030-3621

KEFALOGEMOTEMA: SABABLARI, BELGILARI VA DAVOLASH

USULLARI

Qo’qon Universiteti Andijon Filiali

Tibbiyot fakulteti Davolash ishi yo’nalishi

Fozilova Asalxon Ikromjon qizi

Email:

fozilovaasal037@gmail.com

Tel: +998 93 567 62 57

Annotatsiya

Mazkur maqolada yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan kefalogemotema

holati, uning kelib chiqish sabablari, klinik belgilari, tashxislash usullari hamda
davolash yo‘llari yoritilgan. Kefalogemotema ko‘pincha tug‘ruq jarayonidagi mexanik
bosim yoki asbobli tug‘ruqlar (forseps, vakuum) natijasida yuzaga keladi. Maqolada
bu holatni boshqa bosh shikastlanishlaridan farqlash zarurati, shuningdek, ehtimoliy
asoratlar va ularni oldini olish choralariga ham alohida e’tibor qaratilgan. Shuningdek,
muallif tomonidan shaxsiy tahlil va xulosalar berilgan bo‘lib, bu holatni o‘rganish
tibbiyot sohasida tahsil olayotgan yoshlar uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega
ekanligi ta’kidlangan.

Kalit so’zlar:

kefalogemotema, yangi tug‘ilgan chaqaloq, tug‘ruq

shikastlanishi, bosh gematomasi, klinik belgilari, tashxis, davolash, asoratlar, diabetik
fetopatiya.

Annotation

This article discusses the condition known as cephalohematoma, commonly

observed in newborns. It explores the causes, clinical manifestations, diagnostic
methods, and treatment approaches of this condition. Cephalohematoma often arises
due to mechanical pressure during childbirth or as a result of instrumental delivery
(forceps, vacuum extraction). The paper also emphasizes the importance of
distinguishing cephalohematoma from other cranial injuries, possible complications,
and their prevention. Additionally, the author provides personal reflections,
underlining the scientific and practical significance of studying such conditions for
medical students and future healthcare professionals.

Keywords:

cephalohematoma, newborn, birth trauma, cranial hematoma,

clinical signs, diagnosis, treatment, complications.

Аннотация

В

данной

статье

рассматривается

состояние, известное

как

кефалогематома, которое часто наблюдается у новорождённых. Описаны
причины её возникновения, клинические признаки, методы диагностики и
подходы к лечению. Кефалогематома, как правило, развивается в результате


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

25

ISSN:3030-3621

механического давления во время родов или при использовании
родовспомогательных инструментов (щипцы, вакуум-экстракция). Отдельное
внимание уделяется дифференциации кефалогематомы от других черепно-
мозговых травм, а также возможным осложнениям и мерам их профилактики.
Автор также выражает личное мнение, подчёркивая научную и практическую
значимость изучения подобных состояний для студентов-медиков и будущих
специалистов здравоохранения.

Ключевые слова

:

кефалогематома, новорождённый, родовая травма,

внутричерепная гематома, клинические признаки, диагностика, лечение,
осложнения

Kirish

Kefalogemotema

–(cephalhematoma) (yunoncha dan. bosh va qon)bu yangi

tug‘ilgan chaqaloqlarda bosh suyaklarining teri ostida qon to‘planishi bilan kechadigan
holat bo‘lib, ko‘pincha tug‘ruq jarayonidagi mexanik bosim tufayli yuzaga keladi. Bu
holat ko‘proq murakkab yoki uzoq davom etgan tug‘ruqlardan keyin, ayniqsa vakuum
yoki forseps qo‘llanilgan holatlarda kuzatiladi.

kalla suyagi gumbazi birorta suyagining suyak usti pardasi ostiga qon quyilishi,

aniq chegaralangan va bitta suyak chegarasida joylashib, ba`zan ikki tomonlama
bo‘lishi mumkin, sekin so‘rilib ketadi, yallig‘lanishi, ohaklanishi mumkin.
Kefalogematomaning yuz va gavdaning (gemisindrom) qarama-qarshi tomonidagi
uchoqli nevrologik simptomatika bilan birga kelishi yarim sharning zararlanishi yoki
kefalogematoma tomonida kalla suyagi ichiga qon quyilishiga olib keladi. Palpasiyada
flyuktuatsiyalar aniqlanadi.

Odatda davolash talab qilinmaydi: yiringlash boʻlsa — antibiotiklar hamda

jarrohlik yoʻli bilan davolanadi

[1]

. Kefalogematoma yangi tugʻilgan chaqaloqlarda

tugʻruq travmalari borligini anglatadi.

Tashqi tomondan, kefalogematoma bosh sohasidagi shishga oʻxshaydi.
Kefalogematomaning chastotasi 1000 yangi tugʻilgan chaqaloqqa 3-5 holat

toʻgri keladi. Kefalogematomadagi qon miqdori 5 ml dan 150 ml gacha oʻzgarib turadi.
Qon uzoq vaqt davomida suyuqlik koʻrinishda boʻladi va ivimaydi, bu yangi tugʻilgan
chaqaloqda ivish omillarining yetishmasligi bilan bogʻliq.

Kefalogematomalar quyidagicha bo‘linadi:
1) joylashuvi bo‘yicha

2) o‘lchamlari bo‘yicha:

katta (5smdan ko‘p), o‘rtacha (3-5sm) va kichik (3sm

gacha)

3) kechishi bo‘yicha:

asoratlangan (og‘ir, infeksiyalangan, ossifikatsiyalangan)

va asoratlanmagan. Kefalogematoma, ayniqsa akusherlik qisqichlarini qo‘yish
natijasida kelib chiqqan bo‘lsa, kalla suyaklari sinishlari bilan birga uchrashi mumkin.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

26

ISSN:3030-3621

Kefalogematoma bo‘lgan barcha yangi tug‘ilgan chaqaloqlar kalla suyagini
rentgenologik tekshiruvdan o‘tkazish lozim. Kefalogematomalar davolashni talab
etmaydi.

Kefalogematoma. Tashqi kefalogematoma kalla suyagi gumbazining birorta

suyagining ustki pardasi ostiga qon quyilishi bo‘lib, tug‘ruqdan keyin bir necha soatlar
o‘tgandan keyingina paydo bo‘lishi mumkin (ko‘pincha bitta yoki ikkala tepa suyaklar
sohasida va kamroq ensa suyagida); Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning

0,2-0,3%

ida

kuzatiladi. O‘sma avvaliga qayishqoq konsistensiyali, hech qachon qo‘shni suyakka
o‘tmaydi, pul’satsiyalanmaydi, og‘rimaydi, ehtiyotlik bilan palpasiya qilganda chetida
bolishchaga o‘xshash flyuktuatsiya kuzatiladi. Kefalogematoma ustidagi teri sathi
ba`zan patexiyalar bo‘lsada, o‘zgarmaydi. Hayotning birinchi kunlarida
kefalogematoma kattalashishi mumkin, ba`zan tomirdan tashqaridagi bil’rubin oshishi
hisobiga sariqlik kuzatiladi. Hayotining

2-3 haftasida

kefalogematoma o‘lchamlari

kichrayadi va to‘liq so‘rilishi

6-8-haftaga

kelib yuz beradi. Ayrim hollarda

ohaklanishi, kamdan-kam yiringla shi mumkin. Suyak usti pardasi ostiga qon
quyilishining sababi bosh chiqayotgan vaqtda bosh harakatlarida suyak usti
pardasining ko‘chishi, kamroq hollarda kalla suyagidagi yoriqlar sabab bo‘ladi. SHu
tufayli katta kefalogematomasi bo‘lgan (diametri 6 sm dan katta) hamma bolalarda
kalla suyagida yoriqni istisno qilish uchun uni rentgenografiya qilish zarur.
Kefalogematoma juda kamdan-kam hollarda irsiy koagulopatiyalarning dastlabki
belgisi bo‘ladi. Muddatiga yetmay tug‘ilgan bolalarda kefalogematoma homila ichi
tarqoq mikoplazmoz bilan birga kelishi mumkin. Qiyosiy tashxis tug‘ruq o‘smasi
(choklar orqali o‘tadi, 2-3 kun o‘tgach yo‘qoladi), aponevroz ostiga qon quyilishi
(yassi, hamirsimon konsistensiyali, choklar ustidan o‘tadi, flyuktuatsiyalanadi), miya
churralari – miya pardalari va miya moddasining liqildoq va suyak nuqsonlari orqali
bo‘rtib chiqishi (nafas harakatlarini aks ettirib pul’satsiyalanadi, ko‘pincha peshona
sohasida joylashgan, kalla suyagi rentgenogrammasida suyak nuqsoni ko‘rinadi) bilan
o‘tkaziladi. Kalla suyagi yoriqlarida neyrosonografiya va neyroxirurg konsul’tatsiyasi
shart. Davolash: hayotining dastlabki 3-4 kunida sog‘ilgan ona suti bilan shishachadan
ovqatlantirish, keyin bola holati barqaror bo‘lganda emizish mumkin. K-vitamini (agar
tug‘ilganda yuborilmagan bo‘lsa) bir marta mushak orasiga yuboriladi. Ba`zan
kefalogematomalar kal’tsiylanadi va katta (diametri 8 sm dan ortiq) qon quilish so‘rilib
ketgandan keyin ostidagi suyak plastinkasi keskin yupqalashib qolishi yoki kistasimon
suyak o‘simtalari hosil bo‘lishi mumkin, shunga qaramay neonatologlar ko‘p yillar
davomida biron-bir xirurgik aralashuvdan bosh tortar edilar. Hozirgi vaqtda yondashuv
birmuncha o‘zgardi va hayotning 6-7- kuni katta gematomalar ichidagi suyuqlik
punktsiya yo‘li bilan chiqariladi.

Sabablari

[tahrir | manbasini tahrirlash]


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

27

ISSN:3030-3621

Kefalogematomaning shakllanishiga olib keladigan sabablar ham homila, ham

ona bilan bogʻliq boʻlishi mumkin.

Homilaning tomondan:

katta homila, diabetik fetopatiya;

homilaning notoʻgʻri holati va kelishi (chanoq, koʻndalang, yuz bilan

kelishi);

homilaning malformatsiyasi (gidrosefaliya);

kechiktirilgan homiladorlik (homilaning juda zich suyaklari tugʻruq

paytida boshni konfiguratsiyalash imkonini bermaydi);

Ona tomondan:

akusherlik shipsalarni qoʻllash yoki homilaning vakuumli ekstraksiyasi

(hozirda kamdan-kam qoʻllanadi);

homila boshi va onaning chanoq boʻshligʻi kattaligi oʻrtasidagi

nomuvofiqlik (anatomik va klinik jihatdan tor chanoq);

kechikkan yoki erta tugʻilish;

tugʻruq kuchlarining nomutanosibligi;

chanoq suyaklarining ekzostozi, anamnezda chanoq travmasi;

ayolning yoshi (35 yoshdan katta).

Shuningdek, kefalogematoma gipoksik kelib chiqishi ham mumkin: tugʻruq

paytida kindik tizimchasidagi oʻralanish yoki siqilish, bolaning tilini tortib olish,
homilaning nafas olish yoʻllarida koʻp miqdorda shilimshiq mavjudligi.


Asoratlari va prognoz
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kefalogematomaning mumkin boʻlgan asoratlari:

anemiya (qon yoʻqotish tufayli);

sariqlik (atrofdagi toʻqimalarga singib ketgan qon bilirubingacha

parchalanadi va qon tomir oʻzaniga kiradi);

yiringlash;

kefalogematomaning ossifikatsiyasi (kalla suyagi shaklini oʻzgarishi).

Kefalogematomali bolalar uchun odatda yaxshi prognoz qilinadi.

Tashxis

Tashxis asosan klinik ko‘rik asosida qo‘yiladi. Zarur holatlarda ultratovush

(UZI) yoki bosh sohasining rentgen tekshiruvi o‘tkazilishi mumkin. Differensial
tashxisda kefalogemotemani

kaput succedaneum

(boshning shishishi) va boshqa bosh

shikastlanishlaridan ajratib olish muhim.

Kefalogematomani davolash:

hayotining dastlabki 3-4 kunida sog‘ilgan ona suti bilan shishachadan

ovqatlantirish, keyin bola holati barqaror bo‘lganda emizish mumkin. K-vitamini (agar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

28

ISSN:3030-3621

tug‘ilganda yuborilmagan bo‘lsa) bir marta mushak orasiga yuboriladi. Ba`zan
kefalogematomalar kal’tsiylanadi va katta (diametri 8 sm dan ortiq) qon quilish so‘rilib
ketgandan keyin ostidagi suyak plastinkasi keskin yupqalashib qolishi yoki kistasimon
suyak o‘simtalari hosil bo‘lishi mumkin, shunga qaramay neonatologlar ko‘p yillar
davomida biron-bir xirurgik aralashuvdan bosh tortar edilar. Hozirgi vaqtda yondashuv
birmuncha o‘zgardi va hayotning 6-7- kuni katta gematomalar ichidagi suyuqlik
punktsiya yo‘li bilan chiqariladi

Xulosa

Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uchraydigan kefalogemotema holati ilk qarashda

ota-onalarni xavotirga solishi mumkin, biroq ko‘p chilik holatlarda bu patologiya vaqt
o‘tishi bilan hech qanday asoratsiz o‘tib ketadi. Shunga qaramay, har bir chaqaloqning
ahvoli individual tarzda baholanishi va tibbiy kuzatuvga olinishi zarur.

Mening fikrimcha, tug‘ruq jarayonida yuzaga keladigan holatlarning har biri,

xususan kefalogemotema, biz – tibbiyot sohasiga qiziqqan yoshlar uchun juda muhim
tahlil obyekti hisoblanadi. Chunki bu kabi holatlar nafaqat fiziologiyani, balki inson
organizmining qanday nozik tuzilganini, har bir mayda qon tomir ham qanday katta
ahamiyatga ega ekanini anglashga yordam beradi.

Tibbiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, kefalogemotema xavfli emas, ammo

ehtiyotsizlik yoki beparvolik oqibatida chaqaloq salomatligida og‘ir asoratlar
rivojlanishi mumkin. Jumladan,

Neonatal Hematology and Transfusion Medicine

(2019) asarida aytilishicha, bosh sohasidagi har qanday shish yoki qon to‘planishi
befarqlik bilan emas, chuqur tibbiy e’tibor bilan kuzatilishi lozim.

Shu bois, kelajakda shifokor bo‘lishni niyat qilgan har birimiz uchun bu kabi

klinik holatlarni chuqur o‘rganish, ularni erta aniqlash va zarur chora ko‘rish bo‘yicha
bilim va tajribani oshirish nihoyatda muhimdir. Kefalogemotema misolida biz inson
tanasining murakkabligini, ayni vaqtda organizmning o‘zini tiklash qobiliyatini chuqur
anglab yetamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Alimov A.B. Neonatologiya: Toshkent: Tibbiyot, 2018. ----143b

2.

Бехтерев В.М.

Неонатология: Руководство для врачей

. — Москва:

Медицина, 2018. — 412 с.

3.

Cloherty, J.P., Eichenwald, E.C., Stark, A.R.

Manual of Neonatal Care

. 8th

Edition. — Philadelphia: Wolters Kluwer, 2017. — 960 p.

4.

Архипов С.А., Козлов А.В.

Основы педиатрии и неонатологии

. — Санкт-

Петербург: СпецЛит, 2020. — 376 с.

5.

Gomella, T.L., Cunningham, M.D., Eyal, F.G., Zenk, K.E.

Neonatology:

Management, Procedures, On-Call Problems, Diseases, and Drugs

. 8th Edition.

— McGraw-Hill Education, 2020. — 1104 p.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

29

ISSN:3030-3621

6.

Qodirov A.A., Jo‘rayev S.J.

Pediatriya asoslari

. — Toshkent: Tibbiyot, 2019.

— 352 b.

7.

American Academy of Pediatrics.

Guidelines for Perinatal Care

. 8th Edition.

— Elk Grove Village: AAP, 2017.

8.

Volpe J.J.

Neurology of the Newborn

. 6th Edition. — Philadelphia: Elsevier,

2018. — 1095 p.

9.

Савельев С.В., Иванова О.И.

Диагностика и лечение неонатальных травм

.

— Журнал "Педиатрия", №4, 2020. — С. 22–28.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Alimov A.B. Neonatologiya: Toshkent: Tibbiyot, 2018. ----143b

Бехтерев В.М. Неонатология: Руководство для врачей. — Москва:

Медицина, 2018. — 412 с.

Cloherty, J.P., Eichenwald, E.C., Stark, A.R. Manual of Neonatal Care. 8th

Edition. — Philadelphia: Wolters Kluwer, 2017. — 960 p.

Архипов С.А., Козлов А.В. Основы педиатрии и неонатологии. — Санкт-

Петербург: СпецЛит, 2020. — 376 с.

Gomella, T.L., Cunningham, M.D., Eyal, F.G., Zenk, K.E. Neonatology:

Management, Procedures, On-Call Problems, Diseases, and Drugs. 8th Edition.

— McGraw-Hill Education, 2020. — 1104 p.

Qodirov A.A., Jo‘rayev S.J. Pediatriya asoslari. — Toshkent: Tibbiyot, 2019.

— 352 b.

American Academy of Pediatrics. Guidelines for Perinatal Care. 8th Edition.

— Elk Grove Village: AAP, 2017.

Volpe J.J. Neurology of the Newborn. 6th Edition. — Philadelphia: Elsevier,

— 1095 p.

Савельев С.В., Иванова О.И. Диагностика и лечение неонатальных травм.

— Журнал "Педиатрия", №4, 2020. — С. 22–28.