Mualliflar

  • Kuvatova Nafisa Zayerjanovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112021

Annotasiya

 
Annotatsiya:Ushbu  maqolada aruz vazni, uning  adabiyotga kirib  kelishi,  aruz 
so’zining  kelib  chiqishi, aruzni bilishning  ahamiyati    tahlil qilinadi. Tahlil  asosida  
aruz she`riy tizimi ham kvantitativ she`riy tizim hisoblanishi, unda  o’lchov  asosiy  
mezon  ekanligi  yoritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

126

ISSN:3030-3621

ADABIYOTDA ARUZ POETIKASINI OʻRGANISH

Kuvatova Nafisa Zayerjanovna

SamDChTI akademik litseyining

Ona tili va adabiyoti o’qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada aruz vazni, uning adabiyotga kirib kelishi, aruz

so’zining kelib chiqishi, aruzni bilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Tahlil asosida
aruz she`riy tizimi ham kvantitativ she`riy tizim hisoblanishi, unda o’lchov asosiy
mezon ekanligi yoritiladi.


Jahon xalqlari she’riyati taraqqiyotini kuzatganda ularda qo`llanilganshe’riy

vaznlar quyidagi ikki she`riy tizim asosida yuzaga kelganliginiko`rish mumkin:
1.Kvantitativ she’riy tizimlar.

2.Kvalitativ she’riy tizimlar.
Kvantitativ lotin tilidan olingan bo‘lib “quantitas” – miqdor degan ma`noni

bildiradi. Bunday vaznlar manbalarda metrik (metr-o‘lchov)vaznlar nomi bilan ham
yuritiladi. Kvantitativ she`riy tizimlar misradagi uzun va qisqa bo'g'inlarning tartibli
almashinishiga va bu orqali talaffuzda erishiladigan satrlar va ohang mutanosibligiga
asoslanadigan she`riy tizimlardir. Bu kabi she`riy tizimlar odatda unlilarning uzunligi
vaqisqaligi semantik farqlanadigan tillarda qo'llaniladi. Masalan, qadimgi yunon,
rim,sanskrit lirikasida kvantitativ she`riy tizimlar qo`llanilgan. Ayrim ma`lumotlarga
ko`ra bu tizim fin va klassik xitoy lirikasiga ham xosdir. Shuningdek, arablar
tomonidan iste`molga kiritilgan aruz she`riy tizimi ham kvantitativ she`riy tizim
hisoblanadi. Kvantitativ she`riytizimlarningo`ziga xos xususiyatlaridan biri unda
musiqiylikning yuqori bo`lishidir.

Aruz vaznlar tizimi haqida dastlabki tushunchaga ega bo‘lishdan avval uni

o`rganishning ahamiyati va zarurati haqida to`xtalsak.

1. Aruz qoidalarini bilish, murakkab vaznlarda yozilgan baytlarni taqte’ qila

olish (ritmik bo‘laklarga ajrata olish) azaldan salohiyat, iqtidor,ta’bir joiz bo‘lsa,
yuksak madaniyat belgisi sanalgan.

2. Aruzni, uning o‘ziga xos ohanglarini bilish, shu vaznda yozilgan asarlarning

faqat mazmunidangina emas, ohang jozibasidan ham zavqlana olish, shu mazmunning
shakl bilan mutanosibligini his qilishga yordam beradi. Bunday zavqni, odatda, so‘z
bilan ifodalab bo‘lmaydi.

3. Aruz qonuniyatlarini puxta o‘rganish ijodkor badiiy mahoratini to‘laroq

tasavvur qilish imkonini beradi. O‘zbek adabiyoti tarixida vazn imkoniyatlaridan
mohirona foydalanadigan, yangi vaznlar ijod eta oladigan, an’anaviy vazn talablariga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

127

ISSN:3030-3621

to‘la rioya etadigan hamda an’anaviy vazn qoliplaridan ba’zan chetga chiqadigan
shoirlar mavjud. Bu esa shoir badiiy mahorati mezonlaridan biridir.

4. Aruz mustahkam o‘lchovlarga ega bo‘lganligi uchun uning yordamida

she’riy matnlardagi odatiy va tasodifiy xatolarni aniqlash imkoniyati mavjud.
Masalan, Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror”dostonidan olingan mashhur bayt:

Odami ersang demagil odami,
Onikim yo‘q/ xalq g‘ami/din g‘ami. – VV – / – V V – / – V –
Ikkinchi misraning uchinchi hijosi qisqa bo‘lganligi uchun “oniki” so‘ziga “m”

tovushini qo‘shishning iloji yo‘q. Aks holda “mufta’ilun” rukni “fo’ilotun”ga aylanadi.
Bu esa “Hayrat ul-abror” dostoni vazniga xilofdir.

5. Aruzni bilish she’riy janrlarni farqlash va to‘g‘ri tahlil qilishimkonini beradi.

Zero, ruboiy, tuyuq, mustazod, noma(yoxudmuhabbatnoma), sayohatnoma kabi janrlar
uchun vazn asosiy xususiyatga ega.

Aruz she`riy tizimi dastlab arab adabiyotida, yana ham aniqrog`i, arab xalq

og`zaki she`riyatida paydo bo`lgan. Arab xalifaligi davridaislomningboshqa o`lkalarga
ham yoyilishi munosabati bilan fors-tojikadabiyoti, u orqali turkiy adabiyotga kirib
kelgan. “Aruz” istilohining kelib chiqishi borasida turlicha qarashlar mavjud.

1. Alisher Navoiy “Mezon ul avzon” asarida bu atama vaznasoschisiXalil Ibn

Ahmadning vatani bo‘lmish Arabiston yarimorolida jaylashganbir vodiyning nomi
bilan bog`liqligi, u vodiydagi kishilarningasosiymashg‘uloti vaqtinchalik uy – chodir
tikib sotishdan iborat ekanliginiaytadi. Shuningdek, arablar uyni “bayt” so‘zi bilan
ifodalashlari sababliXalil Ibn Ahmad she’rning eng kichik qismini shu so‘z
bilannomlagan.Aruz tizimidagi atamalarning ko‘pchiligi shu vodiy xalqiningurf-
odatlari,ashyolari nomidan olingan.

2. Shuningdek, “aruz” so‘zi, uyning (chodirning) asosini tashkil etuvchi ustunlar

(ruknlar)dan birining nomini ham ifodalar ekan. Vohid Tabriziyning fikriga ko‘ra,
vaznning nomi aynan shu so‘zdan olingan.

3. Fors-tojik aruzshunosligining asoschilaridan biri bo‘lganShamsiddin

Muhammad Qays Roziy o`zining “Al-Mu’jam” asarida“aruz”atamaning kelib chiqishi
haqida mulohaza yuritar ekan, aruz she`riy nutq o`lchovi ekanligi, vaznli she`r
vaznsizdan, to‘g‘risi noto‘g‘ridan farqlansin uchun she’rni unga arz qilishlari vajidan
unga “aruz” nomi berilganini aytadi.

Shuni alohida ta`kidlash kerakki, aruzni amaliy va nazariy o`rganishning

eng birlamchi manbasi – bu aruzda yaratilgan she’riyatning o`zi. Shu sabab aruzni
o`rganishga bel bog`lagan tolib ishni aruz tizimida yaratilgan she`riyatni ko`proq
o`qish, ularning ichki ohangini nozik ilg`ab olishdan boshlashi lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOT

1.

Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. 7-11-томлар (“Хамса”). –Тошкент: Фан,
1992-94. 117


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

128

ISSN:3030-3621

2.

Алишер Навоий. Мезон ул-авзон. МАТ. 16-том. – Т.: Фан, 1998.

3.

Аҳмад Тарозий. Фунун ул-балоға // Ўзбек тили ва адабиёти, 2002й., 1-6
сонлар; 2003 й., 1-6 сонлар.

4.

Аъзамов А. Аруз. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2006.

5.

Бобур. Мухтасар (Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов). - Т.: Фан, 1971.

6.

Болтабоев Ҳ. “Рисолаи аруз” ва ар

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOT

Алишер Навоий. МАТ. 20 томлик. 7-11-томлар (“Хамса”). –Тошкент: Фан,

-94. 117

Алишер Навоий. Мезон ул-авзон. МАТ. 16-том. – Т.: Фан, 1998.

Аҳмад Тарозий. Фунун ул-балоға // Ўзбек тили ва адабиёти, 2002й., 1-6

сонлар; 2003 й., 1-6 сонлар.

Аъзамов А. Аруз. – Т.: Ўзбекистон Миллий кутубхонаси, 2006.

Бобур. Мухтасар (Нашрга тайёрловчи С.Ҳасанов). - Т.: Фан, 1971.

Болтабоев Ҳ. “Рисолаи аруз” ва ар