Mualliflar

  • Djurayeva Gulnoza Yuldashevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112027

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Qadimgi ingliz tili grammatika morfologiya sintaksis fonetika til tarixi anglosaksonlar lotin tili skandinaviya tillari.

Annotasiya

Annotatsiya 
Mazkur  ish  Qadimgi  ingliz  tili  (Old  English,  taxminan  450–1150-yillar) 
grammatikasining  shakllanishi  va  rivojlanish  tarixini  tahlil  qilishga  bag'ishlangan. 
Unda anglosakson qabilalarining tili asosida vujudga kelgan qadimgi ingliz tilining 
morfologik, sintaktik va fonetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, qadimgi ingliz 
tilida  fe'l  va  otlarning  turlanishi,  kelishiklar  tizimi, so'z  tartibi,  hamda  artikllarning 
yo'qligi kabi grammatik belgilar tahlil etiladi. 
Tadqiqot davomida qadimgi ingliz tili grammatikasiga lotin, skandinaviya va kelt 
tillari  orqali  bo'lgan  tashqi  ta'sirlar  ham  o'rganiladi.  Shuningdek,  tilning  keyingi 
bosqichlarga (o'rta va yangi ingliz tili) o'tishidagi grammatik o'zgarishlarga alohida 
e'tibor qaratiladi. 
Mazkur ish tilshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, ingliz tili tarixiga 
qiziquvchilar  hamda  til  evolyutsiyasi  bilan  shug'ullanuvchi  mutaxassislar  uchun 
foydali ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

100

ISSN:3030-3621

QADIMGI INGLIZ TILI GRAMMATIKASINING TARIXI VA UMUMIY

XUSUSIYATLARI.

University of Business and

Science 2 - kurs magistranti

Djurayeva Gulnoza Yuldashevna

Annotatsiya

Mazkur ish Qadimgi ingliz tili (Old English, taxminan 450–1150-yillar)

grammatikasining shakllanishi va rivojlanish tarixini tahlil qilishga bag'ishlangan.
Unda anglosakson qabilalarining tili asosida vujudga kelgan qadimgi ingliz tilining
morfologik, sintaktik va fonetik xususiyatlari ko‘rib chiqiladi. Ayniqsa, qadimgi ingliz
tilida fe'l va otlarning turlanishi, kelishiklar tizimi, so'z tartibi, hamda artikllarning
yo'qligi kabi grammatik belgilar tahlil etiladi.

Tadqiqot davomida qadimgi ingliz tili grammatikasiga lotin, skandinaviya va kelt

tillari orqali bo'lgan tashqi ta'sirlar ham o'rganiladi. Shuningdek, tilning keyingi
bosqichlarga (o'rta va yangi ingliz tili) o'tishidagi grammatik o'zgarishlarga alohida
e'tibor qaratiladi.

Mazkur ish tilshunoslik yo'nalishida tahsil olayotgan talabalar, ingliz tili tarixiga

qiziquvchilar hamda til evolyutsiyasi bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar uchun
foydali ilmiy manba bo'lib xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Qadimgi ingliz tili, grammatika, morfologiya, sintaksis, fonetika,

til tarixi, anglosaksonlar, lotin tili, skandinaviya tillari.

Til

deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o'rganish va ishlatish

qobiliyatiga aytiladi. Statistikasiga qaraganda, dunyo bo’ylab 6 – 7 ming atrofida tillar
mavjud. Keng ma’noda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari
majmuasi tushuniladi. Tillar vaqt o’tishi bilan o'zgaradi, ularning evolutsiyasini
qadimgi tillar va ularning keyingi rivojlanish bosqichlari belgilarga ega bo’lganini
aniqlovchi va ularni zamonaviy tillarga taqqoslovchi tarixiy tilshunoslik o’rganadi.
Bugungi kunda jahonda eng keng tarqalgan tillardan biri jumladan, ingliz tilidir.

Dastlabki tilning paydo bo'lishi masalasi insoniyatni qadimgi zamonlardan beri

qiziqtirib keladi. Qadimgi davrlardan boshlab tilning kelib chiqishi haqida ko’plab
nazariyalar, ta’limotlar paydo bo’ldi. Lekin bu nazariya va ta’limotlar tilning kelib
chiqish masalasini hanuzgacha uzil kesil hal qilib bera olgani yo'q.

Qadimgi ingliz tili davri, tadqiqotlarga ko'ra V asrdan XI asrning ikkinchi

yarimigacha bo'lgan davr. Odatda, tillarnung paydo bo’lishi boshqa tillarning bo’linishi
yoki qo’shilishi orqali sodir bo’ladi. Ingliz tili tarixda birinchi Anglo – Sakson
ko’chmanchilari o’ziga xos dialektda gaplashganidan paydo bo’lgan. Ingliz tilining


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

101

ISSN:3030-3621

boshlanishi 449 yilga borib taqaladi, o’zlarining kelt ittifoqchilariga yordam berish
uchun ikki german qabila boshliqlari Hengist va Horsa tinmay urushayotgan
qabiladoshlarini Britaniya oroliga olib kelishgan. Natijada V asrda Britaniyada
yashagan german qabilalaridan birining dialekti bir yarim ming yildan ko’proq davr
mobaynida dunyo bo’yicha 3 o''rinda gaplashiladigan asosiy tilga aylandi. Ushbu
dialektlani zamonaviy ingliz tiliga aylantirgan o’zgarishlar haqida tarixiy ma’lumot
uzoq voqealarga boy, lekin ingliz tilida so’zlashuvchilar uchun juda muhim. Hozirgi
kunda dunyo bo'ylab 2 milliarddan ortiq odam ingliz tilda muloqot qiladi. Garchi u
faqat xitoy, arab tillaridan keyingi uchinchi o’rinni egallashiga qaramasdan, eng ustun
til bo’lib qolmoqda va u ikkinchi ona tili sifatida gapiradiganlar soni bo’yicha ham
yetakchilik qilmoqda.

Ingliz tili Hind-Yevropa tillar oilasiga mansub bo’lib, Hind – yevropa tillari

flektiv tillardir. So’zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishinbu
tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so’zning
dastlabki shakli ham negiz va qo’shimchalarga bo’linadi, natijada o’zak – negiz
mustaqil hisoblanadi. Bu oila Yevrosiyoda mavjud bo’lgan, keyinchalik Shimoliy va
Janubiy Amerika, Avstraliya va Afrikaning ayrim hududlarida tarqalgan yirik til
oilalaridan biridir. Shu jumladan, ingliz tili Hind – Yevropa oilasining G’arbiy german
tillar guruhining ingliz – friz kichik guruhiga mansub tildir. Ingliz tili Britaniya
orollariga inglizlarning ajdodlari ko’chishi tufayli o’zaro bog’liq dialektlaridan paydo
bo’lgan. Bu orolda mavjud bo’lgan yetti podshohlikka ko’ra, tilning bir qancha dialekt
shaklida mavjudligi bilan tavsiflanadi.

Grammatika atamasi yunoncha “grammatike yoki gramma” so’zidan olingan

bo’lib “harf, yozish” degan ma’nolarni anglatadi. Grammatika tilshunoslikning tilning
grammatik tuzilishini, ya’ni so’zlarning shaklga ega bo’lish qonuniyatlarini,
shuningdek, so’z birikmalari va gaplarni tuzish qonuniyatlarini o’rganadigan
bo’limidir. Grammatika dastlab qadimda Hindistonda, tilshunos olim Paninining
“Grammatikaga oid” asarida, miloddan avvalgi 5 – 4 asrlarda, keyinroq Yunonistonda,
Aristotel tomonidan miloddan avvalgi 2 – asrda qiziqarli soha sifatida o’rganilgan.
Yunon Grammatik an’analari lotin tilini o’rganish jarayonida rivojlanib borgan.
Hozirgi kunda grammatika ikki qismdan – morfologiya va sintaksisdan iborat.
Morfologiyada so’zning grammatik turkumlari, morfologik kategoriyalar va so’z
shakllari, sintaksisda esa so’z shakllarining gap tarkibida o’zaro birikish yo’llari, gap
va uning kategoriyalari va gapning tuzilish turlari bayon qilinadi.

Tarixchilar fikricha, ingliz tili grammatikasi birinchi marta 16 – asrda Uilyam

Bullokar tomonidan kiritilgan. Ingliz tili o’zining ajoyib va betakror grammatikasiga
shu jumladan, morfologiya va sintaksisiga ega tildir. Uning grammatikasi o’ziga xos
tarixiga ega tillardan biri hisoblanadi. Ingliz tili grammatikasi tarixi – bu asrlarni o’z
ichiga olgan va ingliz tilining evolyutsiyasini aks ettiruvchi ajoyib fandir. Ingliz


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

102

ISSN:3030-3621

grammatikasining tarixini o’rganish uchun bir qancha fanlarni o’rganib chiqish talab
qilinadi. Masalan: tilshunoslik terminologiyasi va umumiy tilshunoslik o’rganilishi
lozim. Til tarixi ingliz tadqiqotchilari orasida umumiy e’tirof etilgan, ammo uning
rivojlanish davriga alohida e’tibor beriladi. Shunday qilib, qadimgi ingliz tili tarixiy
fonologiya, tarixiy morfologiya, tarixiy sintaksis va tarixiy leksikologiyani o''z ichiga
oladi. Bu jaroyan bir nechta muhim bosqichlarni o’z ichiga qamrab oladi:

Ingliz tili grammatikasining dastlabki rivojlanishi davrda lotin tilining ta’siri

kuchli bo’lganligini yuqoridagi tasvirda tushunarli qilib tasvirlangan. Albatta, lotin
tilining ingliz tilga ta’siri tarixiy bog’lanishlardan xoli emas. Shuningdek, lotin
grammatika an’analari ingliz tilining dastlabki grammatikasini yozishga ta’siri
ko’rsatdi. Lotin tili eski ingliz tiliga xristianlik va rim istilolari orqali va ilk zamonaviy
ingliz tiliga esa, ayniqsa Uyg’onish davrida, lotin tili qayta mashhur bo’lganda yanada
ta’siri kuchli bo’ldi. Lotin tilining ingliz tiliga bilvosita ta’siri bo’lgach ingliz tili lotin
tiliga asoslangan roman tillaridan lug’at oldi. Ilk grammatika haqida kitob XVI da
Uilyam Bullokarning “Grammatika uchun risola” nomli birinchi ingliz tili
grammatikasi haqida kitob 1586 yilda chop etilgan. Bullokar grammatikasi Uilyam
Lilining lotin tili grammatikasi to’g’risidagi “Rudimenta” kitobidan namuna qilib
olingan edi. Shuningdek o’sha paytlarda Lili grammatikasi Angliya maktablarida
qo’llanma sifatida foydalanilgan. Lekin, Bullokar o'z asarini ingliz tili grammatikasini
ingliz tilida yozib, ilk ixtirosini isloh qilgan. Qizig’i shundaki, u lotin grammatikasiga
katta ta’sir ko’rsatib, ingliz tili tuzilishi va termenologiyasini aks ettirgan edi. Ushbu
yondashuv ingiliz tilini lotin tili bilan taqqoslanadigan hurmatli til sifatida yaratishga
qaratilgan edi. Bullokarning say – harakatlariga qaramasdan, ko’plab ingliz tili
grammatikasi lotin tilida yozilgan, chunki mualliflar o’z kitoblarini ilmiy darajada
yuksak bo’lishini maqasad qilgan edilar. Kristofer Kuperning “Grammatica Lingua
Anglicana” 1685 yilda chop etilgan asari lotin tilida yozilgan oxirgi ingliz


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

103

ISSN:3030-3621

grammatikasi bo’lib qoldi. Shundan so’ng ham bir muallifning ingliz tili grammatikasi
uchun mustaqil qandaydir qoidani o’rnatishga bo’lan har qanday urinishini teazda
boshqalar tomonidan lotin tiliga asoslangan tegishli ekvivalentning haqiqatini e’lon
qilish bilan yakunlanar edi.

XVIII asrning mashhur adiblaridan biri Jonatan Svift o’zining “Ingliz tili tuzatish,

takomillashtirish va tushuntirish bo’yicha taklif” kitobida shunday misralarni keltirib
ketgan - “Men har qanday tilni to’liq mukkamal bo’lmaganini ma’qullayman, negaki
til doimo o’zgarib turishi kerak, degan fikrdaman”. Bu asrga kelib olimlar keyingi
qadamni tasviriy grammatikaning yuksalishi tomon quyganlar. XVIII asrda esa ingliz
tilining haqiqiy qo’llanilishini tahlil qilish va tavsiflashga e’tibor qaratib, tavsiflovchi
grammatika tomon siljish yuz berdi. Shuningdek, bu asrda ingliz tilida retseptiv
grammatikalar paydo bo’ldi. Retseptiv Grammatik qoidalar – belgilangan grammatika
tilning amalda qo’llanish usullarini tavsiflashdan ko’ra, aslida tildan qanday
foydalanish kerakligini yoki foydalanmaslik kerakligini tartibga soluvchi me’yorlar
yoki qoidalar to’plamini anglatadi. Robert Lout va Lindli Myurrey kabi taniqli shaxslar
ushbu yondashuvga katta hissa qo’shdilar. Ularning ishlari ingliz tilini
standartlashtirish va to’g’ri foydalanish uchun aniq qoidalarni taqdim etishga
qaratilgan edi. Shunday qilib, bu olimlar insonlarda tilga chuqurroq qiziqish
uyg’onishiga sabab bo’ldi. Boshqa bir olimlar tominidan esa lingvistik hodisalar va
munosabatlarning tabiati, zamon kategoriyasini belgilash, tur va vaqt mos yozuvlari
haqida turli fikrlarni bildirar edilar. XVII asr ikkinchi yarimida va XVIII asrda ingliz
grammatikachilari ushbu mavzu bo’yicha boshlang’ich nazariyalar va fikrlarning kelib
chiqishi haqida qiziqarli izlanishlar olib borishgan. Shuningdek “Ilk ingliz
grammatikasi” asarida bu shaklning uzoq vaqtdan beri mavjud bo’lgan tilning tavsifi –
keyinchalik zamonaviy ingliz grammatikasida tasviriy grammatikalar yoritilmagan.
Qolaversa, ma’lum bir davrning grammatik nazaryasi bu ma’lum bir davr tilining
rivojlanish darajasini aks ettiradi. XVII – XVIII asrlarda ingliz yozuvchilari grammatik
asarlarda shaxsiy fe’lning aspectual shaklni ishlatishgan. O’rganilayotgan davr ingliz
tilining grammatik o’zgarishlar paydo bo’lishi bilan tavsiflanadi, o’sha davrda asarlar
avval lotin tilida yozilgan, keyin eas ingliz tiliga tarjima qilingan. XVII asr ingliz
normalarini kodifikatsiya qilish uchun kurash bilan tarixda ajralib turadi, bu “adabiyoti
standarti qoidalarining ancha tartibsiz holati” asarida yoqqol ko’rinib turadi. XVII asr
oxiri XVIII asr boshlarida ingliz tilining grammatik tuzilishi muammolari filolog
olimlarning e’tiborini tortdi. grammatik tadqiqotlarga til tuzilishi haqidagi umumiy
falsafiy konseptsiya ta’sir o’tgazdi, bu esa tadqiqotchilarni grammatik kategoriyalarni
aniqlashda foydalanilgan tushunchalardan kelib chiqishga to’g’ri keldi. J.Xarrisning
“Germes yoki universal grammatika bo’yicha falsafiy tadqiqot” 1771 yilda Londonda
chop etilgan asari bunga yorqin misoldir. Bunda muallif fe’l zamonlarining
diagrammasini berib, ularni strukturaviy asosga ko’ra emas, balki konseptual asosga


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

104

ISSN:3030-3621

ko’ra birlashtiradi. Bu asarda muayyan harakatlarni ifodalash uchun uchta zamon
guruhlari aniqlanadi. O’sha davrda grammatika mualliflarining ba’zilari qoidalar
to’plamini rasmiylashtirishga intilishgan bo’lsa, boshqalari esa faktlarni tavsiflash
bilan cheklanib qolmasdan, bu to’plamlarni qonuniylashtirishga harakat qilishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches
to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.

2.

Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition. Oxford University
Press.

3.

Kuhl, P. K. (2004). Early language acquisition: cracking the speech code. Nature
Reviews Neuroscience, 5(11), 831–843.

4.

Lightbown, P. M., & Spada, N. (2013). How Languages Are Learned (4th ed.).
Oxford University Press.

5.

Nassaji, H., & Fotos, S. (2011). Teaching Grammar in Second Language
Classrooms: Integrating Form-Focused Instruction in Communicative Context.
Routledge.

6.

Piaget, J. (1954). The Construction of Reality in the Child. Basic Books.

7.

Swain, M. (1985). Communicative competence: Some roles of comprehensible
input and comprehensible output in its development. In S. Gass & C. Madden
(Eds.), Input in Second Language Acquisition (pp. 235–256). Newbury House.

8.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher
Psychological Processes. Harvard University Press.

9.

Wright, A., Betteridge, D., & Buckby, M. (2006). Games for Language Learning
(3rd ed.). Cambridge University Press.

10.

Ellis, R. (2003). Task-based Language Learning and Teaching. Oxford University
Press.

11.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches
to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.

12.

Tursunova, G. (2024). Yosh o‘quvchilarda ingliz tili grammatikasini

13.

o‘zlashtirishda interaktiv usullar. “Ilm-fan va ta’lim” jurnal, Toshkent:

14.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti.


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches

to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.

Ellis, R. (2008). The Study of Second Language Acquisition. Oxford University

Press.

Kuhl, P. K. (2004). Early language acquisition: cracking the speech code. Nature

Reviews Neuroscience, 5(11), 831–843.

Lightbown, P. M., & Spada, N. (2013). How Languages Are Learned (4th ed.).

Oxford University Press.

Nassaji, H., & Fotos, S. (2011). Teaching Grammar in Second Language

Classrooms: Integrating Form-Focused Instruction in Communicative Context.

Routledge.

Piaget, J. (1954). The Construction of Reality in the Child. Basic Books.

Swain, M. (1985). Communicative competence: Some roles of comprehensible

input and comprehensible output in its development. In S. Gass & C. Madden

(Eds.), Input in Second Language Acquisition (pp. 235–256). Newbury House.

Vygotsky, L. S. (1978). Mind in Society: The Development of Higher

Psychological Processes. Harvard University Press.

Wright, A., Betteridge, D., & Buckby, M. (2006). Games for Language Learning

(3rd ed.). Cambridge University Press.

Ellis, R. (2003). Task-based Language Learning and Teaching. Oxford University

Press.

Canale, M., & Swain, M. (1980). Theoretical bases of communicative approaches

to second language teaching and testing. Applied Linguistics, 1(1), 1–47.

Tursunova, G. (2024). Yosh o‘quvchilarda ingliz tili grammatikasini

o‘zlashtirishda interaktiv usullar. “Ilm-fan va ta’lim” jurnal, Toshkent:

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi nashriyoti.