Mualliflar

  • Po‘latova Sayyoraxon

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112032

Kalit so‘zlar:

Kalit so'zlar: ta'lim mazmuni funksiyalari metodikalar bilim olish usullari nazariy va amaliy bilim-ko'nikmalar.

Annotasiya

Annotatsiya. Ushbu maqolada ta'limning mazmun-mohiyati, rivojlanish hamda 
kamol topishdagi o'rni, bundan tashqari mavjud ta'lim bajaradigan ko'plab funksiyalar, 
shu bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonlari haqida so'z yuritadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

198

ISSN:3030-3621

TA'LIMNING MAZMUN-MOHIYATI, RIVOJLANISH HAMDA KAMOL

TOPISHDAGI O'RNI

Po‘latova Sayyoraxon

Qo‘rg‘ontepa Abu Ali Ibn Sino

nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

o‘quv metodik bo‘lim boshlig‘i.

Annotatsiya

. Ushbu maqolada ta'limning mazmun-mohiyati, rivojlanish hamda

kamol topishdagi o'rni, bundan tashqari mavjud ta'lim bajaradigan ko'plab funksiyalar,
shu bilan birga bilimlarni o'zlashtirish jarayonlari haqida so'z yuritadi.

Kalit so'zlar:

ta'lim mazmuni, funksiyalari, metodikalar, bilim olish usullari,

nazariy va amaliy bilim-ko'nikmalar.

KIRISH

Har qanday davlatning qaror topishi, ravnaqi va rivojlanishi unda tashkil etilgan

ta'lim tizimiga uzviy bog'liqligini hech kim inkor etolmasligi bejiz emas. Vaholangki,
xoh u ijtimoiy-siyosiy, xoh moliyaviy-iqtisodiy, yokida diplomatik jarayon bo'lsin,
ta'lim aralashuvisiz hech bir soha o'sish bosqichiga yetib bora olmaydi. Buning sababi
shundan iboratki, hayotimizda mavjud har bir soha rivoji uchun ana shu sohaga doir
ham nazariy, ham amaliy bilimlar eng zarur vositalar hisoblanadi. Shuni anglab yetgan
har qanday millat, avvalo, ta'limga e'tibor beradi, investitsiya kiritadi. Shunday ekan,
ta'lim mazmuni o'zi nimadan iborat. Ushbu termin ishlatilishi bilan ko'pchilikning ko'z
oldida, ta'limning maqsadi, ta'lim jarayoni, uni tashkil etish metodika va strategiyalari,
o'qitiladigan fanlar, ularning asosiy g'oyalari kelishi bejiz emas. Nafaqat ta'limda, balki
har bir ishni amalga oshirishning undan ko'zlangan maqsadi va usullari mavjud.
Quyida ta'lim mazmunini chuqurroq anglash uchun ta'limning funksiyalari hamda
bilimlarni o'zlashtirish jarayoni haqida so'z boradi.

MUHOKAMA

Ta’lim funksiyalari.

“Funksiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga

yaqindir. Ta’lim funksiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa
ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi. Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi
uchta funksiyasini ajratib ko`rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim berish funksiyasi

ta’lim jarayonining o`quvchilarda bilim, ko`nikma va

malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to`laligi,
chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi
muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to`g`ri tashkil
etilganligini ifodalaydi. Ta’lim jarayonida o`quvchilarda ular tomonidan
o`zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko`nikma va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

199

ISSN:3030-3621

malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega. Ko`nikma – olingan
bilimlarga asoslanib qo`yilgan vazifalar va shartlarga binoan bajariladigan harakatlar
yig`indisi. Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Umumiy ko`nikma va malakalarga og`zaki va yozma nutqni bilish, axborot
materiallaridan foydalana olish, o`qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil
ishini tashkil etish kabilar kiradi. Ta’limning rivojlantiruvchi funksiyasi ta’lim
jarayonida, bilimlarni o`zlashtirish jarayonida o`quvchining rivojlanishi sodir
bo`lishini ko`rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo`nalishlarda sodir bo`ladi: nutqi
rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emosional-irodaviy
va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To`g`ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim
rivojlantiradi, lekin o`qituvchi va o`quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga
qaratilgan maxsus o`zaro munosabatlarida rivojlantirish funksiyasi yanada
samaraliroqdir. Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni
shakllantirishga emas, o`quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda,
aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va
boshqalarni kuzatish, xulosa chiqarish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish,
faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o`rgatish, uning natijalarini
tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi. Ta’lim
jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o`rtasidagi bog`liqlik
ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi
omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.

Tarbiyalash funksiyasi.

Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy

tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo`ladi. Tarbiyalash funksiyasi ta’lim
mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o`qituvchi hamda
o`quvchilar o`rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida etakchi o`rin tutadi.
Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va
dunyoqarashi shakllantiriladi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo,
ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o`quv
fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik
fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi
omili o`qituvchi va o`quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o`qish
jarayoni ishtirokchilarining o`zaro munosabatlari, o`quvchilarning idrok etish
faoliyatlariga o`qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogika o`qituvchi
va o`quvchilar o`rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini
e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o`quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning
xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.

Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining tuzilishi.

O‘quvchilar o‘quv idrok etish

faoliyatlarini boshqarishga o‘rganib olish uchun bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni
tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o‘quvchilar tomonidan bilimlarning egallash


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

200

ISSN:3030-3621

bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o‘quv materialini anglab etish, mustahkamlash,
amaliy faoliyatida bilimlarini qo‘llash. Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi.
Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo‘naltirilgan anglash jarayoni
bo‘lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o‘quvchilarga
mavzuni, ya’ni, ularning nimani o‘rganishlari (masalani qo‘yish)ni tushuntirib berish
kerak. SHu asosida o‘quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U
haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo‘lgan
tajribalarni o‘tkazishdan iborat bo‘ladi. Birinchi bosqich o‘quvchi qaysi hodisa va
voqealarni, predmetlarni o‘rganish haqida etarlicha tasavvurga ega bo‘lganida va
o‘quv masalasini tushunib etganda yakunlanadi. Ikkinchi bosqich – o‘quv materialini
anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan
iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini
asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va
tushuntiruvchi dalillar to‘plamini o‘rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar
o‘rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o‘quvchi eng asosiy, ikkinchi
darajali hamda qo‘shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko‘rsatsin. O‘quvchi
o‘quv masalasini echish usulini tushunsa, bilimlar o‘rtasidagi tizimni anglab etsa ushbu
bosqich yakunlangan sanaladi. Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu
bosqich o‘zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda
idrok etish faoliyati ko‘proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar
xususiyatiga ega bo‘ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil
mashqlarda takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini
kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko‘chirib olishlari, topshiriqlarni
bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab etmay bajarishlari mumkin.
Bosqich yakunida o‘quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni
bajarish, masalani echish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o‘quv
malakalari va ko‘nikmalari shakllantirilgan bo‘ladi. To‘rtinchi bosqich bilim,
ko‘nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo‘llashdan iborat bo‘ladi. Bilimlarini
qo‘llash o‘rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga qarab faoliyat turli
shakllari va ko‘rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o‘quv mashqlari,
laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo‘lishi
mumkin.

Ta’lim qonuniyatlari va tamoyillari.

O‘quv jarayonida amal qiluvchi barcha

qonuniyatlar umumiy va xususiy tarziga ikki guruhga ajratiladi. Amal qilinishiga ko‘ra
yaxlit didaktik tizimni qamrab oladigan qonuniyatlar umumiy, amal qilinishiga ko‘ra
faqat alohida tarkibiy qismlariga taalluqli bo‘lgan qonuniyatlar esa xususiy (aniq) deb
ataladi. I.P.Podlasiy ta’lim jarayonining quyidagi umumiy qonuniyatlarini ajratib
ko‘rsatadi:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

201

ISSN:3030-3621

1. Ta’lim maqsadi quyidagilarga bog‘liq: jamiyatning rivojlanish sur’ati va

darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va
amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi.

2. Ta’lim mazmuni quyidagilarga bog‘liq: ta’limning ijtimoiy ehtiyojlari va

maqsadlari, ijtimoiy va ilmiy-texnik taraqqiyot sur’ati, o‘quvchilarning yoshi
imkoniyatlari, ta’lim nazariyasi va amaliyotining rivojlanish darajasi, shuningdek,
o‘quv yurtining moddiy-texnik va iqtisodiy imkoniyatlari.

3. Ta’lim sifati (samaradorligi) quyidagilarga bog‘liq: avvalgi bosqich

mahsuldorligi va mazkur bosqichda erishilgan natijalar, o‘rganilayotgan material
xususiyati va hajmi, o‘quvchilarga tashkiliy-pedagogik ta’sir ko‘rsatish hamda
o‘quvchilarning bilim olishga qobiliyatlari va ta’lim vaqti.

4. Ta’lim metodlari samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: metodlarni qo‘llashda

bilimlari va ko‘nikmalari, ta’lim maqsadi, ta’lim mazmuni, o‘quvchilarning yoshi,
ta’lim olish imkoniyatlari, moddiy-texnik ta’minot hamda o‘quv jarayonini tashkil
etish.

5. Ta’limni boshqarish mahsuldorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’lim tizimida

qayta aloqalarning intensivligi va tuzatish, ta’sir ko‘rsatishlarning asoslanganliligi.

6. Ta’limni rag‘batlantirish samaradorligi quyidagilarga bog‘liq: ta’limning

ichki rag‘batlari (sabablari) hamda tashqi (ijtimoiy, iqtisodiy, pedagogik) rag‘batlari.

Zamonaviy fanga aniq qonuniyatlar ko‘plab soni ma’lumdir. Ular qatoriga

quyidagilar kiradi:

1.Didaktik qonuniyatlar.
2.Gnoseologik qonuniyatlar.
3.Psixologik qonuniyatlar.
4.Kibernetik qonuniyatlar.
5.Sotsiologik qonuniyatlar.
6.Tashkiliy qonuniyatlar.
Didaktik tamoyillar (didaktika tamoyillari) o‘quv jarayonining umumiy

maqsadlari va qonuniyatlariga binoan uning mazmuni, tashkiliy shakl va metodlarini
belgilovchi boshlang‘ich qoidalardir.Tamoyil (yunoncha «principium») – biror-bir
nazariyaning asosi, negizi, asosiy boshlang‘ich qoidasi; boshqaruvchi g‘oya,
faoliyatning asosiy qoidasi; umumlashtirilgan talab.

XULOSA

Ta'lim mazmuni mavzusi ta'lim jarayonining asosiy jihatlaridan biri bo'lib, u

o'quvchilarni tarbiyalash va ularga zarur bilimlarni berish uchun muhim ahamiyatga
ega. Ta'lim mazmuni, avvalo, o'qitiladigan fanlar, metodikalar va pedagogik
yondashuvlar to'g'risida batafsil ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.

Maqolada ta'lim mazmunining asosiy komponentlari, ya'ni bilimlar, ko'nikmalar

va kompetensiyalar shuningdek, ularning talabalarning rivojlanishiga qanday ta'sir


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_3-to’plam_Iyun -2025

202

ISSN:3030-3621

ko'rsatishi haqida so'z yuritildi. Ta’kidlash joizki, zamonaviy ta’lim mazmuni nafaqat
akademik bilimlarni qamrab oladi, balki hayotiy ko’nikmalarni ham rivojlantirishga
qaratilgan.Shuningdek, ta’lim mazmunini yangilanishi va innovatsion metodlar bilan
boyitilishi zarurligi qayd etildi. Bu esa o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini
oshirishda va ularni zamonaviy jamiyat talablariga tayyorlashda muhim rol o’ynaydi.
Umuman olganda, ta'lim mazmuni muvozanatli ravishda shakllantirilishi lozim va bu
jarayonda jamiyatning ehtiyojlari hamda global tendentsiyalarni hisobga olish kerak.
O'qituvchilar va ta'lim tashkilotlari ushbu yo'nalishda izlanish olib borishlari zarur
bo'ladi. Natijada sifatli ta'lim tizimi yaratilib, kelajak avlodning muvaffaqiyatli
rivojlanishiga xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR

1.

M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston
faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2.

Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N.
“Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

3.

D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz”
2018 y. Darslik.

4.

Takomillashtirilgan ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2022 y.

5.

Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш
тараққиёти вахалқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”

6.

Азизова Зироат. “CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING
CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION” Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-
410, 2022

7.

Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the
preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240.
INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI
RESEARCH ISSN 2022

8.

З.Азизова , Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и
методов

обучения.Педогогика

и

психология

в

современном

мире.теоритические и практические 2022


Bibliografik manbalar

ADABIYOTLAR

M.X.Toxtaxodjaevaning umumiy tahriri ostida. Pedagogika darslik.T.: O‘zbekiston

faylasuflari Milliy jamiyati, 2010.

Qodirova F.R, Toshpo’latova SH.Q, Kayumova N.M., Agzamova M.N.

“Maktabgacha pedagogika” T.: Tafakkur, T- 2019. Darslik.

D.R. Babaeva. “Nutq o’stirish nazariyasi va metodikasi” T.: “Barkamol avlod fayz”

y. Darslik.

Takomillashtirilgan ”Ilk qadam” davlat o’quv dasturi, T- 2022 y.

Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги – инсон манфаатларини таъминлаш

тараққиёти вахалқ фаровонлигининг гарови. “Ўзбекистон”

Азизова Зироат. “CONSEPTUAL FUNDAMENTALS OF PREPARING

CHILDREN FOR SOCIAL PROTECHION” Yosh tadqiqotchi Jurnal 1 (5) 404-

, 2022

Azizova Ziroat Bahodirovna "International trends in the development og the

preschool education sistem." Open Access Repository 9.11 (2022): 236-240.

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE INTERDISCIPLINARI

RESEARCH ISSN 2022

З.Азизова , Экологическое воспитание дошкольников с помощью форм и

методов обучения.Педогогика и психология в современном

мире.теоритические и практические 2022