Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
62
ISSN:3030-3621
HALOКATLARDA ASOSIY SHIКASTLOVCHI OMILLAR TA’RIFI:
AHOLI
O‘RTASIDAGI QURBONLAR VA SHIКASTLANGANLAR
MIQYOSI
Qodirova Matlubaxon Abduqaxxarovna
Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi
Jamoat salomatligi texnikumi favqulotda
xolatlar tibbiyoti fani o’qituvchisi.
Annotatsiya:
Maqolada haloкatlarda asosiy shiкastlovchi omillar ta’rifi, aholi
o‘rtasidagi qurbonlar va shiкastlanganlar miqyosi yoritildi.
KIRISH
Halokatlarda asosiy shikastlovchi omillar turlari:
1. Fizik omillar (elektr toki, bug‘, yuqori va past harorat, olov va h.k.).
2. Kimyoviy omillar (kislotalar, ishqorlar, pestitsidlar, zaharlovchi moddalar va
h.k.).
3. Radioaktiv vositalar (radioaktiv moddalar — uran, plutoniy, radiyning
tarqalishi), radioaktiv nurlar ta'siri.
4. Bakteriologik omillar (o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar — vabo, o‘lat, OITS,
chinchechak, gemorragik isitmalar va h.k.)ning tarqalishi.
Barcha tibbiyot xodimlari turli xil shikastlar, to‘satdan yuz beradigan
kasalliklarning asosiy belgilarini puxta bilishlari, bu shikastlar va holatlar paydo
bo‘lganda odamlarning zarar ko‘rishi yoki kasallanishi qanchalik xatarli ekanligini
tasavvur qilishlari lozim.
Insoniyat va jamiyat rivojlanishining hozirgi bosqichi ilm-fan va texnikaning
jadal taraqqiy qilishi hamda ulkan yutuqlari bilan xarakterlanadi. Kishilarning mehnat
qilish va dam olish sharoitlarini yaxshilash ularning umrini uzaytiradi. Biroq texnika
taraqqiyoti odamga zararli taassurotlar xavfini oshiradi. Ko‘rilayotgan profilaktik
chora-tadbirlarga qaramay, transport vositalarining ko‘payishi bilan ulardan
shikastlanish hollari ortib bormoqda. Har yili minglab kishilar transportdan
shikastlanib halok bo‘ladi, ko‘plari esa mayib-majruh bo‘lib qoladi.
Shikastlanganlarning hayotini qutqarib qolishga qaratilgan choralar orasida birinchi
tibbiy yordamning ahamiyati katta, u nechog‘li tez ko‘rsatilsa, samaradorligi
shunchalik yuqori bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida inson hayoti va sihatsalomatligi eng katta boylik
hisoblanadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida va sog‘liqni saqlash
bo‘yicha qabul qilingan Qonunlarda belgilab berilgan.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
63
ISSN:3030-3621
Tibbiy yordamning samaradorligi yil sayin oshib bormoqda. Bu esa, avvalo,
inson umrining uzayishiga olib kelmoqda. O‘zbekistonda asr boshlarida o‘rtacha umr
ko‘rish 30—45 yosh bo‘lgan bo‘lsa, hozir 72—75 yoshni tashkil qiladi. Sog‘liqni
saqlash sohasidagi bu yutuqlar, inson salomatligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish
davlatimiz faoliyatidagi ustuvor yo‘nalish mahsulidir.
Sog‘liqni saqlash tizimida tez tibbiy yordamni tashkil etish muhim o‘rin tutadi.
Tez tibbiy yordam zarur asbob-uskunalar bilan jihozlangan maxsus davolash
muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Respublikada tibbiyot muassasalari soni yil sayin ko‘payib bormoqda, shunga
yarasha shifokorlar, feldsherlar, hamshiralar, laborantlar ko‘proq tayyorlanmoqda. Bu
aholiga malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni yuqori darajada olib borishni va davolash
natijalarini keskin yaxshilash imkonini beradi. Biroq tez tibbiy yordam xizmati yuksak
darajada tashkil qilingan bo‘lsa-da, to‘satdan kasallanish va baxtsiz hodisalarda yaqin
joydagi fuqarolar shifokorgacha birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsata olmasalar, kutilgan
natijalarga erishib bo‘lmaydi. Aholini birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalariga
o‘rgatishga intilishning sababi ham aynan ana shunda.
Birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishning umumiy qoidalari maktabda
o‘rgatiladi, u o‘t o‘chiruvchilar, militsiya xodimlari, transport haydovchilarni
tayyorlash o‘quv dasturiga ham kiritilgan. Harbiy xizmatchilar ham tez tibbiy yordam
ko‘rsatishni o‘rganadilar. Laborantlar, farmatsevtlar, tish texniklari tayyorlash
dasturiga «Birinchi tibbiy yordam fani asoslari talablarga binoan kiritilgan (1969-yil).
Qonunning 33-moddasiga ko‘ra, har bir tibbiy xodim shikastlangan kishiga ko‘chada,
yo‘lda, jamoat joylarida birinchi chaqiriq bo‘yicha yordamga kelishi va baxtsiz
hodisalar, to‘satdan kasallanishlarda birinchi yordamni to‘g‘ri ko‘rsata bilishi lozim.
Bu modda bandlarini bajarmaslik bizning qonunlarimiz bo‘yicha jinoyat bilan yonma-
yon turadi. Qonunning 17-moddasiga binoan, kasb-koriga oid o‘z vazifalarini
bajarmagan tibbiyot xodimlari qonun bo‘yicha jinoiy yoki intizomiy javobgarlikka
tortiladilar.
Mahalliy hokimiyat organlari muassasalar va korxonalar rahbarlari zimmasiga
birinchi tibbiy yordam ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga har tomonlama
ko‘maklashish, shikastlanganlarni va to‘satdan kasallanib qolganlarni yaqindagi
davolash muassasasiga transportirovka qilish uchun zarur transport, aloqa vositalari
bilan ta'minlash shartligini (37-modda) bilishlari lozim.
Tibbiyot xodimi bo‘lishni istagan har bir kishi bu kasbning qiyinligini va uni
doimo qunt bilan o‘rganish katta mehnat talab etishini, bilimlarni to‘xtovsiz
takomillashtirib va to‘ldirib borish zarurligini bilib olishi kerak. Tibbiyot xodimi
bemorlarning hayoti va dardlarini o‘zining shaxsiy manfaatlaridan yuqori qo‘yishi
lozim. Bizni o‘rab turgan artof-muhitning to‘satdan bo‘ladigan zararli omillari ta'sirida
odam a'zolari faoliyatining zararlanishi yoki buzilishi baxtsiz hodisa, deb ataladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
64
ISSN:3030-3621
Baxtsiz hodisalar yuz berganda, tez yordam qarorgohlariga favqulodda holatlar
haqida zudlik bilan xabar qilish lozim. Bunday hollarda birinchi tez tibbiy yordamni
ko‘rsatish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Bemorlarga bunday yordamni baxtsiz
hodisa sodir bo‘lgan zahoti va shifokor yetib kelguncha yoki zararlangan kishini
statsionarga olib borguncha ko‘rsatish lozim. Aksariyat baxtsiz hodisalarda zararlanib
qolgan kishilar ularning qarindoshlari, qo‘shnilari yoki tasodifiy yo‘lovchilar birinchi
bor uchragan tibbiy muassasa (dorixona, sanitariya-epidemiologiya nuqtalari, bolalar
bog‘chasi va boshq.)ga murojaat qiladilar. Bu muassasalarning tibbiyot xodimlari
zudlik bilan yordam ko‘rsatishlari shart.
Baxtsiz hodisalar yordam ko‘rsatish juda qiyin bo‘lgan sharoitlarda, kerakli
asbob-uskunalar, dori-darmonlar, yorug‘lik, suv, issiq xona, yordamchilar bo‘lmagan
joylarda yuz berishi mumkin. Shunga qaramay, imkon boricha to‘liq birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatilishi zarur, chunki kasallikning bundan keyingi kechishi, zarar ko‘rgan
kishining hayoti shunga bog‘liq. Laborantlar, farmatsevtlar, tish texniklari o‘qitish
dasturiga «Birinchi tibbiy yordam fanining kiritilishi ana shu bilan izohlanadi. Baxtsiz
hodisalarda va to‘satdan ro‘y bergan kasalliklarda tezlik bilan malakali birinchi yordam
ko‘rsatishni bilish uchun barcha tibbiyot xodimlari turli shikastlar, to‘satdan yuz
beradigan kasalliklarning asosiy belgilarini puxta bilishlari, bu shikastlar va holatlar
zarar ko‘rgan, kasallangan odam uchun qanchalik xatarli ekanligini aniq tasavvur
qilishlari lozim.
Birinchi yordam ko‘rsatishni hamma bilishi va o‘rganishi zarur, chunki uyda,
ko‘chada, ishlab chiqarishda, sport bilan shug‘ullanayotganda va kutilmagan vaqtda
baxtsiz hodisa ro‘y berishi yoki odam to‘satdan kasal bo‘lib qolishi mumkin.
Shikastlangan kishining hayot-mamoti va keyingi davolash natijasi o‘z vaqtida qanday
yordam berilganligiga bog‘liq. Mana shuning uchun har bir kishi birinchi yordam
ko‘rsatish tadbirlarini bilishi lozim va ularni to‘g‘ri bajarishi shart, noto‘g‘ri va bilib-
bilmasdan yordam ko‘rsatish turli- tuman asoratlarga sabab bo‘lishi mumkin.
Tibbiy ma'lumotga ega bo‘lmagan shaxslar tomonidan ko‘rsatilgan birinchi
yordam shifokor, feldsher yoki hamshira ko‘rsatadigan yordam o‘rnini bosa olmaydi.
Bu choralar faqat tibbiyot xodimlari kelguncha yoki shikastlangan kishini davolash
muas- sasasiga jo‘natilguncha o‘tkazilishi mumkin. Zilzila vaqtida, avtomobil
halokatida, temiryo‘l halokatida, yong‘inlarda, portlash yuz berganda, suv toshqini
paytida ommaviy shikastlanish hodi- salari sodir bo‘ladi. Bunday hollarda birinchi
tibbiy yordamni muvaffaqiyatli ko‘rsatish uyushqoqlik va tartib intizomga bog‘liq. Av-
valo, birinchi navbatda kimga tibbiy yordam ko‘rsatishni aniqlab olish zarur. Uni
quyidagi tartibda ko‘rsatish lozim:
1. Nafas olishi va yurak faoliyati qiyinlashib qolgan bemorlarga.
2. Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i jarohatlangan bemorlarga.
3. Ko‘p qon yo‘qotayotgan, yo‘qotgan bemorlarga.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
65
ISSN:3030-3621
4. Shok va behush holatdagi bemorlarga.
5. Ko‘p suyaklari singan bemorlarga.
6. Jarohatlari kichik bemorlarga.
Favqulodda vaziyatlarda shikastlanganlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatish
tarmoqlari va ularning vazifalari. Bizning davlatimizda birinchi tibbiy yordam
ko‘rsatish uchun tibbiyot muassasalari, tez yordam stansiyalari va kechiktirib
bo‘lmaydigan yordam punktlari (travmatologik, stomatologik punktlar) tashkil
qilingan. Tez yordam qarorgohining ishi ko‘p qirrali. Unga shikastlanganlar va
to‘satdan ro‘y bergan kasalliklarda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, shoshilinch
xirurgik va terapevtik yordamga muhtoj bemorlarni kasalxonaga, homilador ayollarni
tug‘uruqxonaga yetkazish vazifasi yuklangan. Tez yordam mashinalari har qanday
chaqiriq bo‘yicha so‘zsiz yetib borishlari shart. Hodisa yuz bergan joyga yetib kelgan
tez yordam shifokori yoki feldsher birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatadi va
shikastlangan yoki kasal kishini malakali transportirovka qilishni ta'minlaydi.
Tez yordam xizmati to‘xtovsiz rivojlanib va takomillashib bormoqda. Hozirgi
vaqtda davlatimizda hamma yirik shaharlarda yuqori malakali shifokorlik birinchi
yordamni ko‘rsatish imkonini beradigan zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan
maxsus mashinalar (reanemobil) mavjud. Bu mashinalarda ishlaydigan shifokorlar va
feldsherlar zarurat bo‘lganda hodisa yuz bergan joyda mashinada statsionarga
kelayotgan paytda bemorlarga qon o‘rnida ishlatiladigan suyuqliklar quyadilar,
yurakni bevosita ishga tushirish chorasini ko‘radilar yoki maxsus apparatlar yordamida
sun'iy nafas oldiradilar, narkoz beradilar, ziddi zahar va boshqa dorilar beradilar. Tez
yordam xizmatini shunday mashinalar bilan t'aminlash yordam ko‘rsatishni birmuncha
yaxshilaydi, uning samaradorligini oshiradi. Bu mashinalarda poliklinika, tibbiyot
sanitariya qismlari, tez yordam punktlari shifokorlari chaqiriqlar bo‘yicha bemorlarga
xizmat qiladi.
Tez yordam qarorgohlarida bemorlarni xirurgik, terapevtik statsionarga
yetkazish, infeksion, psixiatrik va boshqa ixtisoslashgan kasalxonalarga malakali
transportirovka qilishni amalga oshirishga xizmat qiladigan bo‘linmalar mavjud.
Shifokorgacha bo‘lgan birinchi tez tibbiy yordam — zarar ko‘rgan yoki
kasallanib qolgan kishiga hodisa yuz bergan joyda va uni tibbiy muassasaga yetkazish
davrida o‘tkaziladigan shoshilinch tadbirlar majmuyidir.
Birinchi tez tibbiy yordam tadbirlari quyidagi uch guruhni o‘z ichiga oladi:
1. Tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, yuqori yoki past harorat, og‘ir
narsalardan ezilish) ta'sirini zudlik bilan to‘xtatish va shikastlangan kishini u tushgan
noqulay sharoitdan chiqarish (suvdan olib chiqish, yonayotgan zaharli gaz to‘plangan
xonalardan olib chiqish).
2. Shikast, baxtsiz hodisa yoki to‘satdan boshlangan kasallikning xarakteri va
turiga ko‘ra shikastlangan kishiga birinchi tez yordam ko‘rsatish (qon oqishini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
66
ISSN:3030-3621
to‘xtatish, jarohatga bog‘lov qo‘yish, sun'iy nafas oldirish, yurakni ishga tushirish,
ziddi zaharlar berish).
3. Kasal yoki shikastlangan kishini davolash muassasasiga tezda olib borish
(transportirovka qilish).
Birinchi yordam ko‘pincha o‘zaro va o‘z-o‘ziga yordam berish tariqasida
ko‘rsatiladi, chunki cho‘kayotgan odamni suvdan chiqa- rilmasa, odamni o‘t tushgan
xonadan olib chiqilmasa, uni bosib qolgan narsalardan ozod qilinmasa, uning halok
bo‘lishi muqarrar.
Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishning asosiy tamoyillari. Har bir kishi birinchi
yordam ko‘rsatishni, tibbiyot xodimi esa, malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni bilishi
zarur. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda yordam berayotgan kishining barcha xatti-
harakatlari maqsadga muvofiq puxta o‘ylangan, qat'iy, tez va vazmin bo‘lishi kerak
hamda quyidagi tamoyillarga amal qilinishi lozim:
1. Avvalo, shikastlanib qolgan kishi tushgan sharoitga baho berish va
shikastlantiruvchi omillar ta'sirini to‘xtatish choralarini ko‘rish (suvdan, yonib turgan
xonadan olib chiqish, yonib turgan kiyim-boshni o‘chirish, elektrdan shikastlanishda
elektr toki tarmog‘idan ajratish) kerak.
2. Shikastlangan kishi ahvoliga tez va to‘g‘ri baho berish zarur. Shikastlanganni
ko‘zdan kechirishda uning tirik yoki o‘likligi aniqlanadi, shikastning turi va og‘ir-
yengilligiga, qon oqayotganligi yoki oqmayotganligiga e'tibor beriladi.
3. Shikastlangan kishini ko‘zdan kechirish davomida birinchi tibbiy
yordamning hajmi va uni nimadan boshlash kerakligi aniqlanadi.
4. Aniq sharoitlar, mavjud holatlar va imkoniyatlarga asoslangan holda birinchi
tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun qanday vositalar zarurligi aniqlanadi va ular bilan
ta'minlanadi.
5. Birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi va shikastlangan kishini
transportirovkaga tayyorlanadi.
6. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga transportirovka qilish chorasi
ko‘riladi.
7. Shikastlangan kishini davolash muassasasiga yuborishga qadar bir o‘zini
qarovsiz qoldirish mumkin emas.
8. Zaruriyat tug‘ilganda birinchi tez tibbiy yordamni hodisa ro‘y bergan
joydagina emas, balki davolash muassasasiga olib borilayotganda yo‘lda ham
ko‘rsatish kerak.
Ommaviy shikastlanish ro‘y berganda transportirovka bosqichlarini
tashkillashtirish tamoyillari. Zilzila vaqtida, avtomobil, temir- yo‘l halokatida,
yong‘inlarda, portlash sodir bo‘lganda ommaviy shikastlanish hodisalari yuz beradi.
Bunday hollarda birinchi yordamni muvaffaqiyatli ko‘rsatish uyushqoqlik va tartib-
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
67
ISSN:3030-3621
intizomga bog‘liq. Shikastlangan kishilarni zararlanishning og‘ir-yengilligiga ko‘ra,
guruhlarga bo‘lib, ketma-ket transportirovka qilinadi.
1- guruh. Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i devorini teshib kirgan jarohatlari bo‘lgan
yaradorlar, behush, shok, koma, kollaps holatidagi bemorlar, kalla suyagi
shikastlangan, ichki a'zolaridan qon ketayotgan yaradorlar, oyog‘i va qo‘li kesilgan,
ochiq suyak sinishi bo‘lgan, kuygan bemorlar.
2- guruh. Oyoq yoki qo‘l suyaklari yopiq singan, ko‘p qon yo‘qotgan, biroq qon
oqishi to‘xtatilgan yaradorlar.
S-guruh. Kam qon yo‘qotgan, biroq qon oqishi to‘xtagan, mayda suyaklari
singan, lat yegan yaradorlar.
Bu guruhlarning har biridagi kichik yoshdagi bolalarni onasi (otasi) bilan
birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur.
Sanitariya-gigiyena tadbirlari: ovqatlanish, oziq-ovqat tizimini suv bilan
ta'minlash, kir yuvish xizmatini tashkil etish, harbiy xizmatchilarni joylashtirish,
shaxsiy va umumiy gigiyenaga rioya qilish va ularni nazorat qilish.
Epidemiyaga qarshi tadbirlar: yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish,
rejali immunizatsiya qilish, sanitariya-epidemiologik rejimni saqlash maqsadida harbiy
tibbiy askarlar, o‘zlari turgan tuman aholisi o‘rtasida doimiy ravishda nazorat o‘tkazib
turadilar. Yuqumli kasallik bilan kasal bo‘lib qolganlar (kasallikni boshidan
o‘tkazganlar) doimiy nazorat qilinadi va tekshiriladi. Profilaktik dezinfeksiya,
dezinseksiya, deratizatsiya o‘tkaziladi. Yuqumli kasallik paydo bo‘lsa, bemorlar
izolatsiya qilinadi. Kasal bilan aloqada bo‘lganlar aniqlanib, ularni kuzatib boriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
1.Л.М. Лenкun. Анестезиология и pеанимация. K., l984.
2.
2.N. Язов. Неотложные состояния и Экстpенная медицинская помощь. M.,
l990.
3.
E.I. Sibulkina. Pediatriyada tez tibbiy yordam. T., l99l.
4.
A.N. Bоpо6ьeв. Спpавоuник пpактиuеского вpаuа. M., l992.
5.
М. Huкumunа, Б.М. Mаumакова. Bсë по yxодy за 6ольными в 6ольнице и
дома. M., l999.
6.
R.U. Muhitdinov, N.S. Tojiboyev. Favqulodda vaziyatlarda tibbiy yordam
ko‘rsatish. Namangan, 2002.
7.
M.Y. Bektemirov. Jarrohlik va reanimatsiya asoslarida hamshira ishi. T., Abu Ali
ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2003.