Jild 47 № 4 (2025)
Maqolalar
MASOFAVIY ZONDLASH TEXNOLOGIYALARI ASOSIDA BOG‘ZORLAR HOLATINI MONITORING QILISH VA BAHOLASH
Anotatsiya: Mazkur maqolada Namangan viloyati Chust tuman G‘ovossoy
massivi bog’zor va tokzor maydonlarini monitoring ma’lumotlari hamda Sentnel-2
sun’iy yo ‘ldoshlari orqali olingan ma’lumotlar ilmiy va amaliy asoslari tahlil qilindi.
Tadqiqotda masofaviy zondlash usullari, statistika, “O‘zdavyerloyiha” DILI
ma’lumotlariga tayanilgan. hamda institut tomonidan olib borilgan 2024-yilgi xatlov
ishlari asosida aniq raqamli natijalar tahlil qilindi. Mazkur yondashuvlarning ustunlik
va kamchiliklari tahlil qilinib, raqamli texnologiyalarning qishloq xo‘jaligida
qo‘llanilishi bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi.
DASTURLASH TILLARI: QAYSI TILDA DASTURLASHNI BOSHLASH KERAK?
Annotatsiya: Dasturlash tillari hozirda rivojlanib bormoqda. Bu maqola
dasturlash tillari va ulardan qanday foydalish kerakligini, dasturlashni o’rganmoqchi
bo’lganlar qaysi dasturlash tilidan boshlashi kerakligini tushuntirib beradi.
РОЛЬ ИНТОНАЦИИ И ПУНКТУАЦИИ В ГРАММАТИЧЕСКОМ СТРОЕ РУССКОГО ЯЗЫКА
Аннотация
В данной статье рассматриваются трудности, возникающие при переводе
русской грамматики на иностранные языки. Особое внимание уделяется
конструкциям, не имеющим прямых аналогов, таким как частицы «-то», «-
нибудь», усилительные конструкции с частицами «же», «ведь», «лишь», а также
выражения условия и аспектуальные формы глаголов. Приводятся конкретные
примеры переводов на английский и узбекский языки с анализом и
предложениями решений. Приводятся типичные примеры переводческих
ошибок и способы их устранения. В качестве решений предлагаются
сравнительный анализ грамматических систем, применение
трансформационных моделей перевода и адаптация учебных материалов с
учётом грамматических различий. Также подчёркивается необходимость
контекстуального подхода при выборе грамматических структур в переводе.
Работа может быть полезна студентам-лингвистам, преподавателям и
практикующим переводчикам
UZUM TURPIDAN NON TAYYORLASH:TEXNOLOGIYASI,FOYDASI VA ISTIQBOLLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada uzum turpi (lotincha: Raphanus sativus var.
caudatus) mahsulotidan non mahsulotlarini tayyorlash texnologiyasi, kimyoviy tarkibi,
ovqatlanishdagi foydali xususiyatlari va oziq-ovqat sanoatidagi qo‘llanilishi keng
yoritilgan. An’anaviy non mahsulotlarining oziqlanish qiymatini oshirish, tarkibida
ko‘proq biologik faol moddalarga ega bo‘lgan funksional non tayyorlash imkoniyatlari
o‘rganilgan. Shuningdek, uzum turpi qo‘shilgan non mahsulotlarining ta’m va saqlash
muddatiga ta’siri, biologik faolligi, tarkibidagi antioksidantlar, vitaminlar va xun
tolalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu
mahsulotning non tarkibiga qo‘shilishi orqali sog‘lom ovqatlanish talablariga javob
beradigan nonlar yaratish mumkin.
TIBBIYОT ОLIY TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА LОTIN TILINI О‘QITISH: АN’АNАVIY VА INNОVАTSIОN YОNDАSHUVLАR
Annоtаtsiyа
Tibbiyоt оliy tа’lim muаssаsаlаridа lоtin tilini о‘qitish tibbiy terminоlоgiyаni
mukаmmаl о‘zlаshtirish vа xаlqаrо stаndаrtlаrgа mоs kаsbiy kоmpetensiyаni
shаkllаntirish uchun muhim аhаmiyаtgа egа. аn’аnаviy yоndаshuvlаr kо‘prоq
grаmmаtikа vа yоdlаsh usullаrigа аsоslаngаn bо‘lsа, zаmоnаviy innоvаtsiоn
texnоlоgiyаlаr lоtin tilini о‘rgаnishdа interfаоl, kоmpetensiyаviy vа rаqаmli metоdlаrni
jоriy etish imkоnini bermоqdа. Ushbu mаqоlаdа tibbiyоt оliy tа’lim muаssаsаlаridа lоtin
tilini о‘qitishning аn’аnаviy vа innоvаtsiоn yоndаshuvlаri sоlishtirilib, zаmоnаviy
pedаgоgik texnоlоgiyаlаr аsоsidа sаmаrаdоrlikni оshirish yо‘llаri tаklif etilаdi.
TA’LIM SIFATINI OSHIRISHDA KO‘P TILLILIK VA TIL BILISHNING IJTIMOIY-IQTISODIY TA’SIRI
Annotatsiya
Ushbu maqolada ta’lim sifatini oshirishda ko‘p tillilik va til bilishning ijtimoiy
hamda iqtisodiy jihatlari keng tahlil qilinadi. Ko‘p tillilikning oliy ta’lim tizimidagi
o‘rni, til bilishning talaba va jamiyatga ta’siri, shuningdek, bu omillarning ta’lim
sifatini yaxshilashda, ijtimoiy integratsiya va iqtisodiy taraqqiyotda tutgan o‘rni
yoritiladi. Maqola ko‘p tillilikning ta’lim jarayonidagi innovatsion metodlar bilan
uyg‘unligi, xalqaro bilim olish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda iqtisodiy
samaradorlikni oshirishga qaratilgan strategiyalar haqida fikrlarni jamlaydi.
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING CHET TILI TA'LIMIDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya:Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning chet til
ta'limida tutgan o'rni va ahamiyati keng qamrovli tarzda tahlil qilinadi. Chet tillarni
o'qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning didaktik
imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari o'rganiladi. Interaktiv doskalar, veb-
resurslar, mobil ilovalar, onlayn platformalar kabi zamonaviy texnologiyalarning til
ko'nikmalarini rivojlantirishdagi roli misollar bilan ko'rsatib beriladi. Shuningdek,
maqolada chet til ta'limida texnologiyalarni joriy etishning muammolari va istiqbollari,
o'qituvchining o'zgaruvchan roli va kelajakdagi tendensiyalar haqida fikr yuritiladi.
Maqola chet til o'qituvchilari, metodistlari va tadqiqotchilari uchun qiziqarli bo'lishi
mumkin.
TOHIR MALIKNING “ALVIDO… BOLALIK” QISSASIDA O‘SMIRLAR TAQDIRINING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK TAHLILI
Annotatsiya. Ushbu maqolada taniqli yozuvchi Tohir Malikning “Alvido...
bolalik” qissasi asosida o‘smirlarning jinoyat yo‘liga kirishiga olib keluvchi omillar –
ijtimoiy loqaydlik, oilaviy befarqlik va noto‘g‘ri tarbiya masalalari yoritilgan. Asar
tahlili orqali o‘smirlik davrining nozik jihatlari, bolalik va orzular, yetuklik sari bo‘lgan
harakatlar, shuningdek, do‘stlik va hayot sinovlarining ahamiyati ochib beriladi.
FAVQULODDA VAZIYATLAR PAYDO BO‘LGAN JOYLARDA AHOLIGA TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH: FELDSHER-HAMSHIRA BRIGADALARI, TEZ TIBBIY YORDAM BRIGADALARINING VAZIFALARI VA ULARNI TASHКIL QILISH
Annotatsiya:Maqolada favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lgan joylarda aholiga
tibbiy yordam ko‘rsatish, feldsher-hamshira brigadalari, tez tibbiy yordam
brigadalarining vazifalari va ularni tashкil qilish yoritildi.
PIRLS TADQIQOTI ASOSIDA TUZILGAN “TANISH IZLAR” MATNI VA TOPSHIRIQLARI USTIDA ISHLASH
Annotatsiya: Ushbu maqolada PIRLS tadqiqotining natijalari, o‘quvchilarning
yutuqlari muhokamasi haqida fikrlar bildirilgan. O‘qish savodxonligi yo‘nalishi
bo‘yicha “Tanish izlar” matni ustida tahlil jarayonlari amalga oshirilgan.
O‘quvchilar har bir matn ustida ijodiy yondashishlari kerak.
TILSHUNOSLIKDA PESHLAVHA, REKLAMA VA TIJORIY YOZUVLARNING TADQIQ ETILISHI
Annotatsiya: Zamonaviy jamiyatda matn va nutqning turli shakllari inson
hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa, peshlavha, reklama va tijoriy
yozuvlar — ommaviy axborot vositalarida, savdo va marketing sohasida keng
qoʻllaniladi. Bu yozuvlar nafaqat axborot beruvchi, balki taʻsir oʻtkazuvchi vosita
sifatida ham xizmat qiladi. Shuning uchun ularning lingvistik oʻrganilishi
tilshunoslikda dolzarb va muhim masala hisoblanadi. Ushbu maqolada peshlavha,
reklama va tijoriy yozuvlarning lingvistik jihatlari, ularning til va uslub xususiyatlari,
kommunikativ vazifalari hamda ushbu sohadagi tadqiqot metodlari haqida soʻz
boradi.
OILA A’ZOLARI O’RTASIDAGI MULKIY NIZOLAR VA SUD AMALIYOTI
Annotatsiya: Mazkur maqolada oila a'zolari oʻrtasida yuzaga keladigan mulkiy
nizolar turlari, ularning qonunchilikdagi tartibga solinishi va sud amaliyotidagi yechim
uslublari yoritilgan. Ayniqsa, nikoh davomida orttirilgan mulk, ajrimdan keyingi
boʻlishish, meros nizolari kabi holatlar huquqiy asosda tahlil qilinadi. Shuningdek,
mediatsiya, fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar va ijro jarayonlaridagi muammolar ham
ko'rib chiqiladi. Muallif tomonidan mavjud muammolarga yechim sifatida huquqiy
ongni oshirish va profilaktik yondashuvlar taklif etiladi.
ADABIYOT DARSLARINING YOZMA NUTQ RIVOJIDAGI O‘RNI
Annotatsiya. Maqolada yozma nutqni rivojlantirishda adabiyot darslarining
muhim ahamiyat kasb etishi masalasi haqida ma’lumotlar berilgan.
EKSPORTBOP ANOR NAVLARIDA OʻSUV DAVRIDAGI ZAMBURUGʻ KASALLIKLARIGA QARSHI KURASH USULLARI
Annotatsiya:Mazkur maqolada eksport uchun mo‘ljallangan anor navlarida
o‘suv davrida uchraydigan zamburug‘ kasalliklari tahlil qilinadi. Kasalliklarning kelib
chiqish sabablari va rivojlanish sharoitlari o‘rganilib, ularga qarshi qo‘llaniladigan
kimyoviy va biologik usullar yoritiladi. Shuningdek, hosil sifati va eksport salohiyatini
oshirish maqsadida kompleks himoya choralariga alohida e’tibor qaratilgan.
ENERGETIK MENEJMENT TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI
Ushbu maqola ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida energetik
menejmentni tashkil etishning ahamiyati, asosiy bosqichlari va afzalliklari haqida
ma'lumot beradi. Energetik menejment tizimi energiya resurslarini samarali
boshqarish, energiya sarfini kamaytirish va ishlab chiqarish jarayonlarining ekologik
va iqtisodiy jihatlarini yaxshilashga qaratilgan. Maqolada energetik menejmentning
asosiy maqsadlari, energiya auditini o‘tkazish, texnologik yangilanishlar va xodimlarni
o‘qitish kabi bosqichlar batafsil ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, energetik
menejmentning korxonalar uchun iqtisodiy foydalari, atrof-muhitga ta'siri va barqaror
rivojlanishga qo‘shgan hissasi haqida ham so‘z boradi. Ushbu maqola tashkilotlarga
energiya resurslaridan samarali foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga
yordam beradigan asosiy yo‘nalishlarni taqdim etadi.
NAFAS A’ZOLARI VA KO‘KRAK QAFASI SHIKASTLANGAN BEMORLARNI PARVARISH QILISH.
Annotatsiya: Nafas a’zolari va ko‘krak qafasi shikastlangan bemorlarni
parvarish qilish murakkab va mas’uliyatli jarayondir. Bu jarayon bemorning hayotiy
funksiyalarini barqarorlashtirish, og‘riqni kamaytirish, shikastlanish oqibatlarini
kamaytirish va tiklanishni tezlashtirishga qaratilgan. Nafas a’zolari va ko‘krak qafasi
shikastlanishlari ko‘pincha travma, jarrohlik amaliyotlari yoki kasalliklar natijasida
yuzaga keladi. Shu sababli, bemorlarni parvarish qilishda aniq va puxta bilim hamda
malaka talab etiladi.
SANOAT SUB’YEKTLARINING RAQOBAT USTUNLIGINI OSHIRISH MEXANIZMLARI VA TAHLILIY YONDASHUVLAR
Sanoat korxonalari raqobatbardoshligi ularning bozorda mustahkam o‘rin
egallashi, iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida faol ishtirok etishi hamda xalqaro
miqyosda o‘z mahsulotlarini ilgari surish imkoniyatlarini kengaytirishi bilan bog‘liq.
Raqobatbardoshlikni oshirish uchun korxonalar ishlab chiqarish jarayonlarini
modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish, biznesni boshqarish
tizimini takomillashtirish hamda davlatning normativ-huquqiy talablariga muvofiq
ravishda harakat qilishlari zarur. Ushbu jarayon sanoat korxonalarining nafaqat
mamlakat ichkarisida, balki global bozor sharoitida ham barqaror faoliyat yuritishiga
xizmat qiladi.
SUNʼIY INTELLEKT VA UNING KUNDALIK HAYOTIMIZDAGI OʻRNI
Annotatsiya: Ushbu maqola mamlakatimizda balki butun dunyoda kundan-
kunga rivojlanib borayotgan sun’iy intellekt(SI; inglizcha: artificial intelligence, AI)
haqidadir. Maqolada sun’iy intellekt tarixi, sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslanib
ishlaydigan ilovalar va sohalardagi o‘rni ta’riflangan.
BULUTLI TEXNOLOGIYALAR: IMKONIYATLARI VA AFZALLIKLARI
Anotatsiya: Ushbu maqolada bulutli texnologiyalarning hozirgi hayoti-mizdagi
muhim jihatlari hamda bulutli texnologiyaning kelajak-dagi o‘rni haqida fikr
yuritilgan.Bundan tashqari xozirgi zamo-naviy ta’lim tizimida bulutli
tehnologiyalarning o‘rni va istiq-bolli haqida so‘z yuritiladi. Maqola mavzusini ochib
berish maqsadida amaliy tavsiyalardan ko‘proq foydalanildi. Maqoladan olingan
natijalarda asosan bulutli texnologiyalarning ta’lim tizimizdagi afzalliklari aks etgan.
ROSSIYA ELCHISI IVAN XOXLOVNING OʻRTA OSIYOGA TASHRIFI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
Annotation: In 1620, the Russian embassy led by Ivan Khokhlov was sent to
the Khanates of Bukhara and Khiva for the first time. The embassy was organized to
establish political and trade relations. This article analyzes the course of the trip, the
meetings and the historical results.
КЛИНИКО-ФУНКЦИОНАЛЬНАЯ ОЦЕНКА СОСТОЯНИЯ ГЛАЗНОГО ДНА У БЕРЕМЕННЫХ С ТЯЖЁЛОЙ ФОРМОЙ ПРЭКЛАМПСИИ
Аннотация. В статье представлены результаты оценки состояния глазного
дна у беременных с тяжёлой формой прэклампсии, госпитализированных в
медицинские учреждения Бухарской области. Офтальмоскопические изменения
рассматривались как потенциальные клинические маркеры тяжести заболевания
и предикторы перинатального прогноза. Проведена клинико-функциональная
оценка зрительных нарушений и сосудистых изменений.
TA`LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA O`QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN UNUMLI FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada ta’limda matematika fanini o‘qitish, uning
o‘rganish obyekti, o‘qitishning xususiyatlari, o‘qitish umumiy metodikasining qonun
va qoidalarining aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo‘llari, o‘quvchilarda
mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda
matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalash va
matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari
xususida so`z yuritiladi.
VEB DASTURLASH MASALALARINI YECHISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Veb dasturlash zamonaviy raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismi
hisoblanadi va doimiy ravishda rivojlanib boruvchi murakkab sohadir. Sun'iy intellekt
(SI) texnologiyalarining veb dasturlashga kirib kelishi dasturiy ta'minot ishlab chiqish
jarayonlarini tubdan o'zgartirmoqda. Ushbu maqola veb dasturlash masalalarini
yechishda SI qo'llashning zamonaviy yondashuvlarini tadqiq etadi, ularning
samaradorligi va rivojlanish istiqbollarini tahlil qiladi. Kod generatsiya qilish,
debugging, optimallashtirish, foydalanuvchi tajribasi tahlili va xavfsizlik masalalarida
mashinali o'rganish, neyron tarmoqlari va tabiiy tilni qayta ishlash algoritmlarini
qo'llashning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.
DISKRET MATEMATIKA MASALALARINI YECHISHDA SUN'IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARINING ROLI VA IMKONIYATLARI
Annotatsiya
Diskret matematika kompyuter fanlari va axborot texnologiyalarining
fundamental asosi hisoblanadi. Sun'iy intellekt (SI) texnologiyalarining rivojlanishi
bilan diskret matematikaning murakkab masalalarini yechish uchun yangi imkoniyatlar
ochilmoqda. Ushbu maqola diskret matematika sohasida SI qo'llashning zamonaviy
yondashuvlarini tadqiq etadi, ularning samaradorligi va rivojlanish istiqbollarini tahlil
qiladi. Graf nazariyasi, kombinatorika, sonlar nazariyasi va diskret matematikaning
boshqa bo'limlarida mashinali o'rganish, neyron tarmoqlari va optimallashtirish
algoritmlarini qo'llashning asosiy yo'nalishlari ko'rib chiqiladi.
MUFTI MENKNING MOTIVATIONAL MOMENTS KITOBIDA UCHRAGAN LEKSIK-SEMANTIK TRANSFORMATSIYALAR YUZASIDAN TAHLIL
Annotatsiya: Ushbu maqola yozuvchi Mufti Menk qalamiga mansub
Motivational Moments kitobining tarjima jarayonida yuzaga kelgan Tarjimonlikning
leksik-semantik turlarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
WAQF-ENDOWMENTS WORLDWIDE AND IN UZBEKISTAN: A COMPARATIVE ANALYSIS
ABSTRACT
This scientific article undertakes a comprehensive comparative analysis of waqf-
endowments, examining the distinct characteristics and trends in the global market as
well as within the specific context of Uzbekistan. Waqf, a traditional Islamic
philanthropic practice involving the endowment of assets for charitable purposes, has
gained renewed attention in the contemporary financial landscape. This study aims to
provide insights into the structure, impact of waqf-endowments on economic and social
development.
TASHQI IQTISODIY FAOLIYATDA AQLLI SHARTNOMALARNING HUQUQIY REJIMI
Annotatsiya
Mazkur tezisda tashqi iqtisodiy faoliyatda qo‘llanilayotgan aqlli (smart)
shartnomalarning huquqiy asoslari tahlil qilinadi. Aqlli shartnomalar – bu raqamli
texnologiyalar, xususan, blokcheyn asosida yaratilgan, avtomatik bajariladigan
shartnomalar bo‘lib, xalqaro savdo jarayonlarida shaffoflik, ishonchlilik va tezkorlikni
ta’minlashga xizmat qiladi. Tezisda ushbu shartnomalarning amaliy qo‘llanilishi,
huquqiy muammolari va ularni tartibga solish zarurati yoritiladi.
ISLOM MOLIYASINING JAHON MOLIYAVIY TIZIMIDAGI O’RNI: SWOT TAHLILIY YONDASHUVI
Annotatsiya: Mazkur tezisda islomiy moliyaning SWOT tahliliga asoslangan
tahliliy ko‘rinishi taqdim etiladi. Ushbu yondashuv orqali sohaning kuchli jihatlari, zaif
tomonlari, imkoniyatlari va tahdidlari aniqlanadi. Tahlil islomiy moliyaning axloqiy
tamoyillarga asoslanganligi, barqarorligi va rivojlanayotgan bozorlardagi salohiyatini
ko‘rsatadi. Shu bilan birga, mahsulotlar xilma-xilligining cheklanganligi,
standartlashtirishdagi muammolar va an’anaviy moliyaviy tizimlarga qaramlik kabi
zaif tomonlari ham aniqlanadi.
MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY — JADIDCHILIK HARAKATI YETAKCHISI
Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada o‘zbek ma’rifatparvarligi va jadidchilik
harakatining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayoti,
faoliyati va uning o‘zbek xalqining siyosiy va madaniy uyg‘onishiga qo‘shgan hissasi
tahlil qilinadi. Behbudiy nafaqat jadid maktablarining asoschilaridan biri, balki
o‘zining publitsistik, pedagogik va sahnaviy faoliyati orqali xalqni ilm-fanga,
taraqqiyotga chorlagan fidoyi ma’rifatchi sifatida ko‘riladi. Maqolada uning asarlari,
teatr va matbuotdagi ishlari hamda Turkiston taraqqiyoti uchun olib borgan faoliyati
tarixiy manbalar asosida yoritiladi.
ABU HANIFA VA UNING “Al-OLIM VAL-MUTA’ALLIM” ASARI
Annotatsiya: Maqolada hanafiylik mazhabi asoschisi No‘mon ibn Sobitning
hayoti va ilmiy faoliyati, ta’lif qilgan asarlari hamda “al-Olim va-l-muta’allim”da
islom aqidasiga oid masalalarning yoritilishi, asarga yozilgan sharhlar va ularning
bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
C# DASTURLASH TILI: 1-KURS TALABASI NIGOHIDA AMALIY YONDASHUV
Annotatsiya: Mazkur maqolada C# dasturlash tili 1-kurs talabasi nigohida
o‘rganish bosqichlari, dasturiy yechimlarni amaliy shakllantirish tajribalari va o‘quv
jarayonidagi muhim jihatlar tahlil qilinadi. C# tilining obyektga yo‘naltirilganligi,
sintaksisining soddaligi va funksional imkoniyatlari uni yangi boshlovchilar uchun
qulaylashtiradi. Maqola tajriba asosida yaratilgan kichik dasturlar misolida real
muammolarga amaliy yechimlar topish uslublariga e’tibor qaratadi. Bu tilda
dasturlashni o‘rganish davomida paydo bo‘ladigan qiyinchiliklar va ularni yengib
o‘tish strategiyalari ham ko‘rib chiqiladi.
ERKAKLAR KOʻYLAGINI ISHLAB CHIQARISHDA QOʻLLANILADIGAN MATERIALLAR VA ULARNING TAHLILI
Annotatsiya. Ushbu maqolada erkaklar sorochkasi ishlab chiqarish uchun
hozirgi kunda tikuvchilik korxonalari tomonidan keng foylanilayotgan matolarning
turlari, matoni tashkil qilgan tolalar xususiyati, ularning to’qilish usullari va naqshlari
o’rganilgan.
ХАМКОР ЎСИМЛИКЛАР-АГРОЦЕНОЗ
Аннотация: Мазкур мақолада дон ва дуккакли экинлар ижобий
шакллантирилган ўсимликлар агроценозида маҳсулот сифати яхшиланади ва
унинг миқдори ортади. Буни вика ва жадар ўсимликлари билан олиб борилган
тадқиқот натижасидан ҳам кўриш мумкин. Вика ва жавдар соф холда экилганида
унинг таркибидаги хом протеин микдори 16,9 %, 6,3 % (тегишли равишда) тенг
бўлиб агроценозда ушбу кўрсаткич 8,8 % ни ташкил этган. Агроценозда жавдар
таркибидаги оқсил микдори 2,5% га ортди. Демак, агроценозда вика ўсимлиги
к ў п р о қ азотни синтез қилди. Шўрланган тупроқ шароитда дуккакли дон
экинлар унувчанглигини ошириш учун уларни донли экинлар билан бирга
қўшиб экиш тавсия этилган.Бунда кузги жавдар соф холди экилганда
гектаридан 175.1ц / га , дуккакли дон экинларидан бўлмиш вика билан бирга
экилганда 198.9 ц/га яшил масса олинган.
TREATMENT OF ALLERGIC RHINITIS BY MODERN METHODS FROM THE POINT OF VIEW OF A DOCTOR: THE MAIN PROBLEMS AND MISTAKES
Annotation: Allergic rhinitis (AR) is a chronic pathological process, the main
pathogenetic mechanism of which is inflammation caused by immunoglobulin E
(IgE)–an indirect hypersensitivity reaction that develops as a result of allergens
entering the nasal mucosa and manifesting sneezing, nasal congestion,
itching and nasal discharge of various nature.
TYPES AND IMPORTANT INGREDIENTS OF HAIR SHAMPOOS.
Abstract: Shampoo is a foam cleanser for hair and scalp. Unlike alkaline soap,
it has a neutral or slightly acidic pH. Shampoo is designed to remove fat, dead cells
from the hair and scalp. Everything else is the function of conditioners, balms, anti-
dandruff products and others.Shampoos are one of the largest products in the cosmetics
industry and the market for them is constantly growing. If at first shampoos were
treated exclusively as hygiene products, then in the future the market demanded the
presence of additional properties - softer care, the absence of irritating properties, the
presence of biologically active, functional and aesthetic additives. Today, shampoo is
the most used cosmetic product, which is subject to the highest requirements.Shampoo
of the new generation has not only excellent washing, but also conditioning properties.
It contains a balanced composition of ingredients, useful additives that care for hair,
protect it from aggressive external influences, and contribute to its restoration.The
purpose of the work is to study the mechanism of action of shampoos on hair, to
consider the composition of shampoos depending on the type of hair.
DEVELOPING COMMUNICATIVE SKILLS THROUGH AUTHENTIC MATERIALS OF B1 LEVEL LEARNERS
Annotation: This paper discusses the role of authentic materials in developing
speaking skills in B1 level English learners and suggests methods that help improve
students’ communicative competence through real-life content.
“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASI DOIRASIDA ATROF-MUHITNI ASRASH VA “YASHIL IQTISODIYOT”
Annotatsiya: Ushbu maqola “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining atrof-
muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan jihatlariga bag‘ishlangan. Unda
strategiyaning asosiy vazifalari va “yashil iqtisodiyot”ga o‘tish jarayonida
talabalarning muhim roli ko'rsatib o'tilgan. Talabalarning ongini oshirish, ekologik
madaniyatni targ'ib qilish, shuningdek, amaliy harakatlarda faol ishtirok etishi
O‘zbekistonning barqaror rivojlanishi va ekologik farovonligiga qo‘shadigan hissasi
ta’kidlangan.
O’QUVCHILARNING KOMPYUTER QURILMALARI BILAN ISHLASH KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya:Ushbu maqolada o’quvchilarning kompyuter qurilmalari bilan
ishlash ko’nikmalari va uning ahamiyati haqida so’z boradi. Bugungi kun axborot asri
bo’lgani uchun har bir o’quvchi kompyuter qurilmalari bilan ishlay olishi lozim.
Bugungi kungi talaba kelajakdagi kadr hisoblanadi va bugungi kun o’quvchilari zamon
bilan hamnafas bo’lishlari darkor. Zamonaviy O'zbekistonda mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirish tizimini isloh qilish muammosi tobora o'tkirlashib bormoqda, bu esa
davlatning bozor munosabatlariga kirib kelishi natijasida yuzaga keladigan yangi
ijtimoiy ehtiyojlar bilan bog'liq.
ELEKTRON TIJORAT VA ELEKTRON TO‘LOV TIZIMLARI. BLOCKCHAIN TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya: Maqolada elektron tijorat, elektron tijoratning an’anaviy savdo
turlaridan farqi, elektron tijorat tizimining eng keng tarqalgan toifalari, elektron to’lov,
blokcheyn texnologiyasi, internet to’lov tizimlari, internet do’kon va internet birja kabi
tushunchalar batafsil yoritib berilgan.
RUS TILINI O’RGATISHNING SAMARALI USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada rus tilini samarali o‘rgatishning zamonaviy
usullari tahlil qilinadi. Til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, innovatsion metodlar,
axborot texnologiyalarining o‘rni, shuningdek, motivatsiya va individual yondashuv
kabi jihatlar muhim o‘rin egallaydi. Maqolada nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda
amaliy tavsiyalar ham beriladi. Rus tilini o‘rganish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar
milliy ta’lim tizimi sharoitida qanday natijalar berayotgani haqida fikr yuritiladi.
HALOКATLARDA ASOSIY SHIКASTLOVCHI OMILLAR TA’RIFI: AHOLI O‘RTASIDAGI QURBONLAR VA SHIКASTLANGANLAR MIQYOSI
Annotatsiya:Maqolada haloкatlarda asosiy shiкastlovchi omillar ta’rifi, aholi
o‘rtasidagi qurbonlar va shiкastlanganlar miqyosi yoritildi.
KVADRAT TENGLAMALARNING DISKRIMINANT USULI ASOSIDA ALGORITMIK YECHIMI: PYTHON DASTURLASH TILIDA AMALIY MODEL
Annotatsiya: Ushbu maqolada kvadrat tenglamalarning diskriminant usuli
yordamida yechimini algoritmik yondashuv asosida amalga oshirish masalasi,
tenglama koeffitsiyentlari berilgan holda Python dasturlash tili yordamida yechimlarni
aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan. Python dasturlash tilining matematik
imkoniyatlari, xususan, math kutubxonasi yordamida tenglama ildizlarini hisoblash
jarayoni batafsil yoritilgan.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TAFAKKUR JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK OMILLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning tafakkur jarayonlarini
rivojlantirishda muhim bo‘lgan psixologik omillar tahlil qilingan. Nutq rivoji, o‘yin
faoliyati, ijodiy mashg‘ulotlar va emotsional muhit tafakkur shakllanishida muhim
ahamiyat kasb etishi yoritilgan. Muallif bolalarning fikrlash salohiyatini
shakllantirishda psixologik-pedagogik yondashuvlarning ahamiyatiga urg‘u beradi.
INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDAGI PAREMIOLOGIK BIRLIKLARNING TA’LIM VA ILM BILAN BOG'LIQ MA'NOLARI
Annotatsiya: Paremiologik birliklar, odatda maqol yoki ibora deb ataladigan,
har bir jamiyatda til va madaniyatning ajralmas qismidir. Ushbu qisqa va ma'noli
bayonotlar an'anaviy donolikni o'z ichiga oladi va ma'lum bir jamoaning fikr tarzini va
qadriyatlarini ochib beradi. Paremiologiya tadqiqoti ushbu lingvistik ifodalarining
semantik, sintaktik va pragmatic jihatlarini tushunishga qaratilgan.Ushbu kesishma
tadqiqotida biz ingliz va o'zbek tillaridagi paremiologik birliklarning ta’lim va ilm
bilan bog'liq ma'nolarini tahlil qilamiz, madaniy o'xshashliklar va farqlarni
aniqlashgaintilamiz.
ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING CHET TIL TA'LIMIDA TUTGAN O'RNI VA AHAMIYATI
Annotatsiya:Maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalarning chet til
ta'limida tutgan o'rni va ahamiyati keng qamrovli tarzda tahlil qilinadi. Chet tillarni
o'qitish jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning didaktik
imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari o'rganiladi. Interaktiv doskalar, veb-
resurslar, mobil ilovalar, onlayn platformalar kabi zamonaviy texnologiyalarning til
ko'nikmalarini rivojlantirishdagi roli misollar bilan ko'rsatib beriladi. Shuningdek,
maqolada chet til ta'limida texnologiyalarni joriy etishning muammolari va istiqbollari,
o'qituvchining o'zgaruvchan roli va kelajakdagi tendensiyalar haqida fikr yuritiladi.
Maqola chet til o'qituvchilari, metodistlari va tadqiqotchilari uchun qiziqarli bo'lishi
mumkin.
BOLALARGA INGLIZ TILINI O‘RGATISHDA QO‘SHIQLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Annotatsiya:Bolalarga ona tili bilan bir qatorda chet tillarini qulay usullar orqali
o‘rgatish ularning tilni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqishini oshiradi va uni tezda
o‘rganib oladi.Maqolada bolalarga ingliz tilini o‘rgatishda qo‘shiqlardan samarali
foydalanish masalasi yoritildi.
Abstract: Teaching children foreign languages in addition to their native
language through convenient methods increases their interest in learning the language
and helps them learn it quickly. The article discusses the effective use of songs in
teaching children English.
HOLIDAYS AND TRADITIONS OF THE UNITED STATES
Annotation: The holidays and traditions of the United States reflect a rich
tapestry of cultural diversity, mirroring the nation's history and shared values. This
article explores the various celebrations that define the American experience and
highlights the importance of understanding and appreciating these traditions.
BOBURNOMA ASARIDA MAMLAKATLARARO MUNOSABATLAR
Annotatsiya: Mazkur maqolada Zahiriddin Muhammad Bobur tomonidan
yozilgan “Boburnoma” asaridagi mamlakatlararo munosabatlar masalasi tahlil etiladi.
Asarda XV–XVI asrlar Markaziy Osiyo, Eronga tutash hududlar hamda Hindiston
bilan bog‘liq bo‘lgan siyosiy, harbiy va diplomatik aloqalar keng yoritilgan. Boburning
Shayboniylar, Safaviylar hamda hind sultonliklari bilan olib borgan siyosati, elchilar
yuborish amaliyoti, harbiy ittifoqlar va sulh bitimlari haqida muhim tarixiy
ma’lumotlar berilgan. Maqolada, shuningdek, mamlakatlararo madaniy va iqtisodiy
aloqalar, savdo yo‘llarining ahamiyati hamda ilmiy-madaniy almashinuvlar masalasi
ham alohida ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot davomida “Boburnoma” manba sifatida
o‘rganilib, undagi xalqaro munosabatlar haqida tasvirlangan real voqeliklar tarixiy-
kontekstual yondashuv asosida tahlil qilinadi. Ushbu maqola Bobur davrining xalqaro
munosabatlar tizimini chuqur anglash, o‘zaro ta’sir va qarama-qarshiliklarni
baholashga xizmat qiladi.
СОЯ НАВЛАРИНИНГ ЎСИШИ, РИВОЖЛАНИШИ ВА БАРГ ЮЗА САТҲИГА ЭКИШ МУДДАТЛАРИ ВА МЕЪЁРЛАРИНИНГ ТАЪСИРИ
Аннотация: Мазкур мақолада Сирдарё вилоятининг кам шўрланган
тупроқлар шароитда турли муддатларда экилган соя навларининг ўсиши ва
ривожланиши барг юза сатхига , экиш муддатини меьёрларининг таьсири
бўйича маьлумотлар келтирилган.
BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI.
Annotatsiya. Ushbu maqolada hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi
sifatlari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar haqida fikr yuritilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirishning
ahamiyati yoritilib, topshiriqlardan namunalar keltirilgan.
YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH SARI G‘OYASINI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI.
Аnnotatsiya. Maqolada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida
yangilangan milliy g‘oyaning mazmuni, tamoyillari, targ‘ib qilish texnologiyalari va
uni rivojlantirishning obyektiv zarurati tahlil qilingan. Milliy g‘oya va milliy
mafkuraning tamoyillarini rivojlantirishdagi ayrim muammolar va ularning
yechimlariga doir mulohazalar o‘rganilgan. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish
sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularda vatanparvarlik, tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish
o‘ta sharafli vazifa ekanligi yoritib berilgan.
TABIIY YAYLOVLARDA DORIVOR O‘SIMLIKLARNING TARQALISHINI ANIQLASH VA ULARNI GIS TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA XARITALASH
Annotatsiya. Maqolada Pop tumani Chorkesar massivida olib borilgan
geobotanik tadqiqotlar asosida dorivor o‘simliklarning tarqalish xususiyatlari,
ularning ekologik-farmakologik ahamiyati hamda elektron raqamli xaritalashning
metodik asoslari bayon etilgan. Ushbu tadqiqotlarda olingan natijalar asosida
1:25 000 miqyosli elektron raqamli dorivor o‘simliklar xaritasi yaratildi. Xaritadan
farmasevtika, chorvachilik va ekologik tadqiqotlar sohalarida foydalanish
imkoniyatlari tahlil qilindi.
BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ
Bolalarning oʻzi himoyalanmagan, zaif ijtimoiy qatlam boʻlishlariga qaramay,
koʻp hollarda tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar hududida qolib ketadilar, jismoniy,
emotsional va jinsiy zoʻrlanish qurboniga aylanadilar. BMTning bergan
maʼlumotlariga koʻra har yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2 mln.ga yaqini ota
onalar zoʻravonligidan qiynaladilar. Ularning har oʻntadan biri hayotdan koʻz yumadi,
ikki mingtasi esa hayotni oʻz joniga qasd qilish bilan yakunlaydi.
YOZUVCHILAR IJODIDA AYOL OBRAZI VA AYOL TAQDIRI MASALASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada XX asrning qobiliyatli Ingliz yozuvchilaridan
biri Ketrin Mensfild ijodida ayol obrazi va ayol taqdirining ifolanishi yoritib berilgan.
Shu bilan birga uning qisqa hikoyalarida insoniyat ongining nozikligi va rang
barangligi ustalik va badiiylik bilan ochib berilgan.
MAKTABGACHA TAʼLIMDA BOLALARNING TABIAT BILAN TANISHUVI: NAZARIY VA AMALIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun tabiatshunoslik faoliyati
ularning tafakkuri, qiziqishi va kuzatuvchanligini shakllantirishda muhim ahamiyatga
ega. Mazkur maqolada tabiatshunoslik faoliyatining mazmuni, metodik yondashuvlari
va pedagogik samaradorligi tahlil qilinadi. Amaliy mashg‘ulotlar, ekskursiyalar va
mavsumiy o‘zgarishlarni kuzatish orqali bolalarda atrof-muhitga nisbatan e’tibor va
g‘amxo‘rlik tuyg‘ularini rivojlantirish yo‘llari bayon etiladi.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA INVESTITSION LOYIHALAR SAMARADORLIGINI OSHIRISH USULLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar yordamida
investitsion loyihalar samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilinadi. Sun’iy intellekt,
blokcheyn, IoT, katta ma’lumotlar va bulutli xizmatlar kabi raqamli yechimlarning
investitsion loyihalarga integratsiyasi orqali resurslardan unumli foydalanish, risklarni
kamaytirish va samaradorlikni oshirish mexanizmlari yoritiladi. Shuningdek,
O‘zbekistondagi mavjud amaliyotlar va huquqiy asoslar misolida milliy kontekstda
qo‘llash tajribalari tahlil qilinadi.
TRANSPORT SOHASIDA AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH
Annotatsiya. Ushbu maqolada transport sohasida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan (AKT) foydalanishning zamonaviy yo‘nalishlari, ularning transport
tizimining samaradorligi va xavfsizligini oshirishdagi o‘rni yoritilgan. Jumladan, GPS,
mobil ilovalar, onlayn kuzatuv tizimlari va avtomatik boshqaruv texnologiyalarining
yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida qo‘llanilishi misollar orqali tahlil qilinadi. AKT
yordamida transport infratuzilmasini raqamlashtirish orqali xizmat sifatini oshirish,
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va logistika jarayonlarini optimallashtirish
mumkinligi asoslab berilgan.
FASHION STYLING AND VISUAL AESTHETICS: THE ART OF IMAGE CREATION IN CONTEMPORARY FASHION
Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy moda sanoatida moda uslubining
rivojlanayotgan rolini va uning vizual estetika bilan mustahkam aloqasini o'rganadi. U
qanday qilib uslubni vizual hikoya qilish, shaxsni ifodalash va brend aloqasi uchun
vositaga aylanganini ta'kidlaydi. Maqolada minimalizm, boho va avangard kabi turli
xil estetik yo'nalishlarni o'rganish orqali stilistlar qanday qilib vizual tarzda ta'sirli
hikoyalarni yaratishni muhokama qiladi. Zamonaviy tendentsiyalar, jumladan, ijtimoiy
media uslubi va tahririyat vizuallari ham tahlil qilinadi.
“ВЛИЯНИЕ НОВЫХ ЖАРГОННЫХ И ЗАИМСТВОВАННЫХ СЛОВ НА СОВРЕМЕННУЮ РУССКУЮ ГРАММАТИКУ”
Аннотация
Перевод русской грамматики на иностранные языки представляет собой
одну из наиболее сложных задач в области лингвистики и переводоведения.
Грамматические категории русского языка, такие как вид и время глагола,
падежная система, категория одушевлённости, а также порядок слов, часто не
имеют прямых аналогов в других языках, что создаёт трудности для
переводчиков и изучающих язык. В данной работе рассматриваются основные
грамматические трудности при переводе с русского языка на английский,
немецкий и французский языки. Приводятся типичные примеры переводческих
ошибок и способы их устранения. В качестве решений предлагаются
сравнительный анализ грамматических систем, применение
трансформационных моделей перевода и адаптация учебных материалов с
учётом грамматических различий. Также подчёркивается необходимость
контекстуального подхода при выборе грамматических структур в переводе.
Работа может быть полезна студентам-лингвистам, преподавателям и
практикующим переводчикам. В статье рассматриваются процессы
проникновения жаргонной и заимствованной лексики в современный русский
язык, а также анализируется их влияние на грамматическую систему. Особое
внимание уделено изменениям в словообразовании, склонении, спряжении и
синтаксических конструкциях, вызванным употреблением новых слов.
SUV HAVZALARINING EKOLOGIK HOLATINI BAHOLASH VA ULARNI BARQAROR BOSHQARISH
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada suv havzalarining ekologik holatini
baholashning zamonaviy usullari va ularni barqaror boshqarish tamoyillari yoritilgan.
Daryolar, ko‘llar va suv omborlarining ifloslanish manbalari, ekologik ko‘rsatkichlar
va monitoring usullari tahlil qilinadi. Shuningdek, integratsiyalashgan suv resurslarini
boshqarish (IWRM), ekologik xavfsizlikni ta’minlash, va aholini jalb etish orqali suv
resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llari ko‘rib chiqilgan. Maqolada suv
ekotizimlarining barqarorligini saqlab qolish va iqlim o‘zgarishiga moslashuv
strategiyalari muhim o‘rin egallaydi.
МЕТАФИЗИКА И НАУЧНАЯ ФАНТАСТИКА В МАЛОЙ ПРОЗЕ БРЮСОВА: ТИПОЛОГИЯ И ЭВОЛЮЦИЯ ОБРАЗОВ СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ МИСТИКО-ФИЛОСОФСКИХ И НАУЧНО-ФАНТАСТИЧЕСКИХ МОТИВОВ В РАССКАЗАХ
Аннотация: В Рассказах Брюсова особое место занимают метафизика и
научная фантастика. В его произведениях элементы этих двух жанров
проявляются в аспектах, которые дополняют и контрастируют друг с другом. В
то время как метафизика привносит в рассказы глубокое философское
содержание, научная фантастика обогащена новыми технологиями, раскрытием
тайн Вселенной и видением будущего человечества. Сочетание этих двух
направлений в творчестве Брюсова делает его рассказы интересными не только
в художественном, но и в научно-философском плане.
XALQARO STANDARTLAR ASOSIDA O'ZBEKISTONDA GENDER TENGLIGINI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA INSTITUTSIONAL ISLOHOTLAR BO'YICHA TAKLIFLAR
Annotatsiya
Ushbu maqola O'zbekiston Respublikasida gender tengligi sohasidagi so'nggi
islohotlarni tahlil qilish va xalqaro standartlar asosida yangi strategik yo'nalishlarni
belgilash maqsadida amalga oshirildi. Tadqiqotda CEDAW konvensiyasi, Barqaror
rivojlanish maqsadlari va boshqa xalqaro hujjatlar talablarini inobatga olgan holda,
O'zbekistondagi gender tengligi siyosatining hozirgi holati baholandi. Natijalar shuni
ko'rsatadiki, mamlakat gender tengligi sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan bo'lsa-da,
instituttsional mexanizmlarni yanada mustahkamlash va ta'lim tizimini rivojlantirish
zarur. Tadqiqot doirasida "Ayollar liderligi akademiyasi" tashkil etish bo'yicha amaliy
taklif ishlab chiqildi.
АЛЬТЕРНАТИВНЫЕ ВИДЫ МОТОРНЫХ ТОПЛИВ
Аннотация: В настоящее время во многих странах проводятся
исследовательские работы по созданию новых видов моторных топлив,
отвечающих требованиям эколо-гичности и высокой эффективности.
Производство моторных топлив из синтез-газа основывается либо на процессе
Фишера—Тропша, либо на Мобил-процессе через промежуточное получение
метанола [7, 12—14]. Из 1 м 3 синтез-газа получают 120—180 г синтетического
бензина. За рубежом производство синтетических моторных топлив из при-
родного газа уже освоено в промышленном масштабе.
MAKTAB O‘QUVCHILARI ORASIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada huquqiy ong huquqiy madaniyat tushunchasi,
uni maktab o‘quvchilariga yoshlikdan tushuntirish va maktab o‘quvchlarida odatiy
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati va maktab
o‘quvchilariga dastlabki huquqiy tushunchalarni berish va bu orqali ularda jamiyat va
davlatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarni hurmat qilish ruhini shakllantirishning davlat
taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.