Mualliflar

  • Negmatova Lochin Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112077

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Xalqaro tadqiqotlar zamonaviy axborot texnologiyalari matematik savodxonlik xorijiy tajribalar Milliy o’quv dasturi matematik topshiriqlar.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  hozirgi  zamon  boshlang’ich  sinf  o’qituvchisi 
sifatlari,  o’quvchilar  egallashi  kerak  bo’lgan  bilimlar  haqida  fikr  yuritilgan. 
Boshlang’ich  sinf  o’quvchilarida  matematik  savodxonlikni  rivojlantirishning 
ahamiyati yoritilib, topshiriqlardan namunalar keltirilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

25

ISSN:3030-3621

BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIK SAVODXONLIKNI

RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI.

Negmatova Lochin Xayrullayevna

Qarshi tuman 34-maktab o'qituvchisi

Annotatsiya.

Ushbu maqolada hozirgi zamon boshlang’ich sinf o’qituvchisi

sifatlari, o’quvchilar egallashi kerak bo’lgan bilimlar haqida fikr yuritilgan.
Boshlang’ich sinf o’quvchilarida matematik savodxonlikni rivojlantirishning
ahamiyati yoritilib, topshiriqlardan namunalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

Xalqaro tadqiqotlar, zamonaviy axborot texnologiyalari,

matematik savodxonlik, xorijiy tajribalar, Milliy o’quv dasturi, matematik topshiriqlar.


Buyuk musiqashunos olim Chaykovskiy matematika haqida “Agar matematika

go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks
holda qanday kuch insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi”degan
fikrni aytgan. Hozirgi davrda Respublikamizda ta’limning barcha sohalari bilan bir
qatorda umumiy o’rta ta’lim ham uzluksiz rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar
yaratilmoqda. Shu jumladan, hukumatimiz tomonidan ta’lim sohasida olib
borilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qator me’yoriy hujjatlar, qarorlarda
maktablarda o’qitishni sifat jihatidan yangi bosqichga ko’tarishda qator tadbirlar olib
borilmoqda. Xususan, boshlang’ich ta’limda o’qitishga alohida e’tibor qaratilib,
bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini zamon talablari asosida malakali, yetuk
kadr qilib tayyorlash bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Shuni hisobga
olgan holda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev quyidagicha
ta’kidlaydilar:“Maktab o’quv dasturlarini ilg’or xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, o’quv yuklamalari va fanlarni qayta ko’rib chiqish, ularni xalqaro
standartlarga moslashtirish, darslik va adabiyotlar sifatini oshirish zarur…”Darhaqiqat,
hozirgi zamon umumiy o’rta ta’lim maktablari boshlang’ich sinf o’qituvchilari fan
asoslari bilan qurollangan, dunyoqarashi keng, pedagogika, psixologiya va fanlarni
o’qitish metodikasini chuqur o’zlashtirgan zamonaviy texnologiyalardan xabardor
shaxs bo’lishi kerak. Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim jarayoni juda murakkab
jarayondir. Bu jarayonni hozirgi kunda davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz
ta’lim tizimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchilaridan katta
mas’uliyat, mashaqqat, bilim va salohiyat talab etadi. Hozirgi zamonaviy boshlang’ich
sinf o’qituvchisi quyidagi sifatlarga ega bo’lishi kerak deb hisoblaymiz:

Bolani sevish

Keng dunyoviy bilimlarga ega bo’lishi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

26

ISSN:3030-3621

Psixolog, haqiqiy pedagog

Fanlarni o’qitish metodikasi bilimdoni

Zamonaviy axborot texnologiyalar savodxoni

Chet tillaridan xabardor

Zamonaviy o’quv qurollari, ko’rgazma qurollar bilan qurollangan

Ta’limga oid yangiliklar, qarorlardan xabardor

Ta’limga oid xalqaro dasturlarni qo’llashga tayyor

Zamonaviy o’qitish talablaridan xabardor…


O’quvchi barcha kasb egasini o’qituvchida ko’ra bilishi lozim.

G’amxo’rligidashifokorni,

donoligida-

ustozni,

tejamliligida-

hisobchini,

mehnatkashligida- dehqonni, saranjomlikda- harbiy xizmatchi, bilimlar poydevorini
qurishda- quruvchini, yetuk bilimlarga yo’l izlashidada- ixtirochini, yaratuvchilikda-
tikuvchini va hokazo. O’quvchi kelajakda qaysi sohani egallashi, qaysi kasbni
egallashida boshlang’ich sinf o’qituvchisining roli katta. 1-4-sinflar- bu o’quvchi
sifatida egallashi mumkin bo’lgan bilimlar poydevori bo’lishi bilan birga, butun hayoti
davomida egallashi lozim bo’lgan bilimlarning 75%ini egallaydi. Bu davrda o’quvchi
barcha dunyoviy va qisman diniy bilimlar haqida ham elementar bilimlarga ega
bo’ladilar. Ilk maktab yoshidayoq o’quvchi o’rganuvchi sifatida barcha fanlarga sekin-
asta kirib, ularni o’zlashtirib boradi. Xususan matematika fani asosida boshqa fanlar
ham bola tasavvurida shakllana boradi. Matematikaga qiziqish bolada, avvalo, oilada
shakllanadi. 3-4 yoshidayoq sanoqni, o’rinni, tartibni, o’lchovni farqlay boshlaydi.
Qushlarning soni, uylarning joylashuv o’rni, aka-opalarning tartibi, “orqada-oldinda”,
“katta-kichik” tushunchalarini ayta oladi. Bu bilimlarni rivojlantitrish, matematik
savodxonlikni shakllantirish boshlang’ich sinf o’qituvchisining zimmasida
bo’ladi.Matematik savodxonlik – bu shaxsning turli hayotiy vaziyatlar (kontekstlar) va
masalalar ustida matematik mulohaza yuritish, berilgan muammoni matematika
yordamida ifodalay olish, muammoni yechishda matematikani qo’llay olish va olingan
natijalardan muammoning yechimini talqin qilish va baholashda foydalana olish
qobiliyatidir. U hodisalarni tavsiflash, tushuntirish va oldindan aytib berish uchun
tushunchalar, algoritmlar, dalillar va vositalarni o’z ichiga oladi. U insonlarga
matematikaning olamdagi o’rnini tushunishga hamda yaratuvchan, qiziquvchan va
o’zini o’zi tahlil qiladigan XXI asr fuqarolariga zarur bo’lgan asoslangan hukm va
qarorlar qabul qilishga yordam beradi. Matematik savodxonlik har bir kishiga
matematika olamini tushunishga, uning inson hayotida tutgan o’rni va ahamiyatini
anglashga, faol, mulohazali va ishning kozini biladigan (konstruktiv) shaxs uchun
zarur bo’lgan, asosli mulohazalar yuritish orqali maqbul qarorlar qabul qilish
qobiliyatlarini o’zida shakllantirishga xizmat qiladi.Matematik savodxonlik aniq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

27

ISSN:3030-3621

hisob- kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, kasbiy, oilaviy va iqtisodiy rejalarni tuza
olish, kundalik hayotda turli diagramma, chizma va modellarni o’qiy bilish, inson
mehnatini yengillashtiradigan, mehnat unumdorligini oshiradigan qulay sharoitga olib
keladigan fan- texnika yangiliklaridan foydalana olish layoqatini shakllantirishni
nazarda tutadi.Mazkur bilimlar matematika fani asosida barcha fanlar orqali
o’quvchilarda matematik savodxonlikni shakllantiradi. Matematika olamni bilishning
asosi bo’lib, tevarak-atrofdagi voqea-hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib
berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim
ahamiyatga ega. Shunday ekan, boshlang’ich sinfda matematikan o’rganish, matematik
savodxonlikni shakllantirish yuksak bilimlarni egallashda poydevor bo’lib xizmat
qiladi. Hozirda yangi Milliy o’quv dasturi asosida ishlab chiqilgan yangi taraqqiyot
darsliklari xalqaro standartlarga to’liq mos holda yaratilmoqda. Unda keltirilgan
qiziqarli topshiriqlar, misol-masalalar, boshqotirmalar, grafiklar, jadvallar, audio
topshiriqlar o’z-o’zidan bolani fikrlashga undaydi, dars faoliyatiga bolani erkin
fikrlashini ta’minlaydi. Ammo, boshlang’ich sinf o’qituvchisi bular bilan cheklanib
qolmasligi lozim. O’qituvchi qo’shimcha mashg’ulotlar, to’garaklar tashkil etib, bolani
matematika olamiga jalb etishi, qo’shimcha topshiriqlar orqali bolada matematik
dunyoqarashni shakllantirishi kerak. O’quvchilar qoriyona yod olishdan mustaqil
fikrlashga o’tishlari lozim. O’rganilishi lozim bo’lgan bilimlarni o’quvchi o’zlashtirib,
xulosani mustaqil chiqara olishi, keng fikr yuritib qaror qabul qila oladigan darajada
savodxon bo’lmog’i lozim. Bularga erishish uchun o’qituvchi juda ko’p mehnat qilishi,
darslar samarali tashkil etilishi, dars soatlaridan ko’zlangan maqsadga erishilishi,
o’qituvchi kuchli metodik bilimga ega bo’lishi, darsni noan’anaviy turli texnologiya
hamda metodlar orqali tashkil etib o’quvchilarni matematikani sevishga o’rgatishi
lozim. Shundagina o’quvchilarning matematik savodxonligini shakllantirib,
o’quvchilarga matematikani egallash sari yo’l ochib bergan bo’ladi. Matematik
savodxonlikni shakllantirish bilan birga uni baholash ham muhim ahamiyatga ega.
Bunda hozirgi zamon xalqaro baholash dasturlari qo’l keladi. Bu albatta, katta maktab
yoshidagi o’quvchilar uchun moslangan dastur, Ammo, ulardan andoza olgan holda ilk
maktab davrlarida beriladigan bilimlarga hamohang tarzda baholay borish ta’limda
yuqori natijalarga erishishni ta’minlaydi. Xalqaro baholash tadqiqotlarida ham yuqori
ko’rsatkichlarni egallashga zamin bo’ladi. Buning uchun o’qituvchi har bir darsda yoki
mustahkamlash darslarida murakkab topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi lozim.
Topshiriqlarning qiyinlik darajasi ballar bilan belgilanib, xalqaro baholash
tadqiqotlaridan andoza olinsa, a‘lo natija beradi, nazarimda. Bunday topshiriqlar
asosida o’quvchida dars faoliyatiga qiziqish uyg’otish bilan birga uning dunyoqarashi,
mantiqiy fikrlash-kreativlikning rivojlanishiga erishiladi. Chunki o’quvchi bunday
topshiriqni mustaqil bajaradi. Bundan tashqari dars va darsdan tashqari
mashg’ulotlarda boshqotirmali savollar, matematik labirintlar, arifmetik fokuslar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

28

ISSN:3030-3621

matematik topishmoqlar, “ajoyib” kvadratlar, she’riy matematik topishmoqlar,
jumboqli masalalar, matematik askiyalar, zakovat o’yinlari, quvnoq musobaqalar,
grafikli mashqlar ham o’quvchining tafakkurini konkretdan abstraktga o’tish, zarur
umumlashtirishlarni

qila

olish

qobiliyatini

rivojlantirish,

dunyoqarashini

shakllantirish, matematik savodxonligi o’stirish orqali topshiriqlarni bajarishga yo’l
izlay olish, muammoli vaziyatlarda muhim qarorlar qabul qila olishga o’rgatish bilan
o’quvchini hayotiy tajribalarga tayyorlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

Qosimova, M. M., & Usmonova, Z. U. (2022). BOSHLANG ‘ICH SINFDA
MATEMATIKA

O

‘QITISH

JARAYONIDA

O

‘QUVCHILARDA

TEJAMKORLIK KO‘NIKMASINI TARKIB TOPTIRISH. PEDAGOGS jurnali,
1(1), 75-77.

2.

Qosimov, F. M., & Qosimova, M. M. (2022). MATEMATIKADAN IJODIY O
‘QUV TOPSHIRIQLARINING METODIK XUSUSIYATLARI. BOSHQARUV
VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 206-211.

3.

Qosimov, M. F., & Kasimov, F. F. (2021). Methods of teaching to solve non-
standard problems. Middle European Scientific Bulletin, 11.

4.

Muhammedovich, Q. F., & Muhammedovna, Q. M. (2022). BOSHLANG’ICH
SINFDA ORTA ARIFMETIK SONNI TOPISHGA DOIR MASALALAR
YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI. БАРҚАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ
ТАДҚИҚОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(4), 358-362

5.

Moxinur Saidova, Sarvinoz Fayzullayeva (2022 ). BOSHLANG’ICH SINF
O’QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI O’STIRISHDA
RAQAMLARNI O’RGATISHNING INTEGRATSION VA INNOVATSION
YONDASHUVI. JAMIYAT VA INNOVATSIYALAR XALQARO JURNALI,
118-126

6.

Fayzullayeva S.N., Muxammedova M.I. O’QUVCHILAR MATEMATIK
SAVODXONLIGINI

SHAKLLANTIRISH

VA

BAHOLASHDA

PISA

TADQIQOTLARINING

O’RNI.

ОБРАЗОВАНИЕБ

НАУКА

И

ИННОВАЦИОННЫЕ

ИДЕИ

В

МИРЕ

международный

научно-

образовательный электронный журнал, 27-30

7.

3- sinf matematika darslik, Toshkent-2022

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

Qosimova, M. M., & Usmonova, Z. U. (2022). BOSHLANG ‘ICH SINFDA

MATEMATIKA O ‘QITISH JARAYONIDA O ‘QUVCHILARDA

TEJAMKORLIK KO‘NIKMASINI TARKIB TOPTIRISH. PEDAGOGS jurnali,

(1), 75-77.

Qosimov, F. M., & Qosimova, M. M. (2022). MATEMATIKADAN IJODIY O

‘QUV TOPSHIRIQLARINING METODIK XUSUSIYATLARI. BOSHQARUV

VA ETIKA QOIDALARI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(2), 206-211.

Qosimov, M. F., & Kasimov, F. F. (2021). Methods of teaching to solve non-

standard problems. Middle European Scientific Bulletin, 11.

Muhammedovich, Q. F., & Muhammedovna, Q. M. (2022). BOSHLANG’ICH

SINFDA ORTA ARIFMETIK SONNI TOPISHGA DOIR MASALALAR

YECHISHGA O’RGATISH METODIKASI. БАРҚАРОРЛИК ВА ЕТАКЧИ

ТАДҚИҚОТЛАР ОНЛАЙН ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2(4), 358-362

Moxinur Saidova, Sarvinoz Fayzullayeva (2022 ). BOSHLANG’ICH SINF

O’QUVCHILARINING MATEMATIK SAVODXONLIGINI O’STIRISHDA

RAQAMLARNI O’RGATISHNING INTEGRATSION VA INNOVATSION

YONDASHUVI. JAMIYAT VA INNOVATSIYALAR XALQARO JURNALI,

-126

Fayzullayeva S.N., Muxammedova M.I. O’QUVCHILAR MATEMATIK

SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISH VA BAHOLASHDA PISA

TADQIQOTLARINING O’RNI. ОБРАЗОВАНИЕБ НАУКА И

ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ международный научно-

образовательный электронный журнал, 27-30

3- sinf matematika darslik, Toshkent-2022