Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
18
ISSN:3030-3621
YANGI O‘ZBEKISTONDA MILLIY TIKLANISHDAN MILLIY YUKSALISH
SARI G‘OYASINI AMALGA OSHIRISH JARAYONLARI.
Matchanova Barno Irkinovna
Urganch davlat pedagogika instituti,
filologiya va tarix fakulteti, milliy g‘oya
va falsafa kafedrasi dots.v.b phd
E-mail: matchanova.barno@mail.ru
tel: +998 91 429 90 94
Аnnotatsiya.
Maqolada O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida
yangilangan milliy g‘oyaning mazmuni, tamoyillari, targ‘ib qilish texnologiyalari va
uni rivojlantirishning obyektiv zarurati tahlil qilingan. Milliy g‘oya va milliy
mafkuraning tamoyillarini rivojlantirishdagi ayrim muammolar va ularning
yechimlariga doir mulohazalar o‘rganilgan. “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish
sari” degan dasturiy g‘oya asosida, yoshlarni ona yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash,
ularda vatanparvarlik, tashabbuskorlik, fidoyilik, axloqiy fazilatlarni shakllantirish
o‘ta sharafli vazifa ekanligi yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
millat, davlat, taraqqiyot, yangi bosqich, milliy g‘oya, milliy
mafkura, ijodiy faoliyat, milliy tiklanish, milliy yuksalish, kontsepsiya, innovatsiya,
g‘oyaviy jarayonlar, ijodiy faoliyat.
Аннотация.
В статье проанализированы содержание, принципы,
технологии продвижения обновленной национальной идеи и объективная
необходимость ее развития на новом этапе развития Узбекистана. Исследованы
некоторые проблемы развития принципов национальной идеи и национальной
идеологии и соображения по их решению. На основе программной идеи "от
национального возрождения к национальному подъему" просвещено, что
воспитание молодежи в духе преданности родному краю, формирование у нее
патриотизма, инициативы, самоотверженности, нравственных качеств – задача
исключительно почетная.
Ключевые слова:
нация, государство, прогресс, новый этап, национальная
идея, национальная идеология, творческая деятельность, национальное
возрождение, национальный подъем, концепция, инновация, идейные процессы,
творческая деятельность.
Annotation.
The article analyzes the content, principles, technologies for
promoting the renewed national idea and the objective need for its development at a
new stage in the development of Uzbekistan. Some problems of the development of
the principles of the national idea and national ideology and considerations for their
solution are investigated. On the basis of the program idea “from national revival to
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
19
ISSN:3030-3621
national upsurge”, it was enlightened that the education of young people in the spirit
of devotion to their native land, the formation of patriotism, initiative, selflessness, and
moral qualities in them is an exceptionally honorable task.
Key words:
nation, state, progress, new stage, national idea, national ideology,
creative activity, national revival, national upsurge, concept, innovation, ideological
processes, creative activity.
Hozirgi kunda jamiyatimizning barcha sohalarida insonparvar mafkura bilimlari
va qadriyatlari asosida keskin, tubdan qayta qurish amalga oshirilmoqda. Avvalambor,
jamiyat oliy maqsadining insonparvarlashuviga, ya’ni shaxsni bilimlar ijodkori sifatida
shakllantirishga muvofiq yangilanmoqda. Bu borada, ma’naviy boylikka ustuvorlik
berilgani holda ma’naviy va moddiy boylikning uyg‘unlikda rivojlanishi sharti bilan
o‘zgarishlar natijasida yangi ma’naviy makon shakllanmoqda, ya’ni jamiyat insonning
ijodiy mohiyatiga mos ravishda qurilmoqda. Shakllangan ma’naviy makonda
insonparvar shaxs ma’naviy va moddiy jihatdan boy, shuningdek, jismonan sog‘lom
shaxs sifatida shakllanadi. Shaxs rivojlanishida ma’naviy boylik inson ishlab chiqargan
bilimlar tufayli, moddiy boylikning asosi sifatida ustuvor ahamiyat kasb etadi va bunda
milliy yuksalishga asoslangan g‘oya ma’naviy kuch bo‘lib xizmat qiladi. Shuni
e’tiborga olish kerakki, mafkura davlat muassasalari va davlat xizmatchilari, fuqarolik
jamiyati institutlari, umuman davlat va jamiyatning barcha bo‘g‘inlarni
birlashtiradigan, puxta o‘ylangan milliy mafkura o‘zbek jamiyati rivojlanishining
bunday mas’uliyatli bosqichida birlashtiruvchi, dasturiy, yo‘riq beruvchi, safarbar
etuvchi va nihoyat himoya rolini bajarishi mumkinligini unutmasligi kerak. Bunday
vaziyatda davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta’kidlagani kabi: Jamiyatimizda aholi,
ayniqsa, yosh yigit-qizlarimizning ma’naviy va ma’rifiy saviyasini doimiy yuksaltirish
– birinchi darajali ahamiyatga egadir. O‘zbekistonni yangilash, milliy yuksalishni
yangi bosqichga ko‘tarish bu - o‘z-o‘zidan, osonlikcha bo‘layotgani yo‘q.
Hammangiz ko‘rib turibsiz, qanchalik og‘ir va murakkab bo‘lmasin, bugungi
kunda zarur kuch va imkoniyat, mablag‘ topib, qancha-qancha katta dastur va
loyihalarni amalga oshirmoqdamiz” [1, B.-113].
Insoniyatning ko‘p asrlik tarixida milliy davlat qurishga intilgan har bir xalq o‘z
oldiga qo‘ygan yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo‘lda millatni birlashtirish va
safarbar qilishda milliy g‘oya tayanch ekanligiga alohida e’tibor bergan. Bu haqida
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev shunday degan edi: “...biz barpo etayotgan
Yangi O‘zbekiston mafkurasi avvalo insonparvarlik, ezgulik va bunyodkorlik
mafkurasi bo‘ladi. O‘zbekiston taraqqiyotining bugungi jarayonlari milliy g‘oya va
ma’naviy yangilanish yo‘nalishida ham jamiyat va davlatimiz rivojining yangi
bosqichi boshlanganidan dalolat beradi [2, B.- 293].
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
20
ISSN:3030-3621
Kelajakda insonparvar jamiyatda insonning bilimlar ijodkori sifatidagi ijodiy
mohiyati to‘la, umumiy va yaxlit shaklda namoyon bo‘ladi. Insonning to‘la o‘zini
namoyon qila olishi shuni taqozo etadiki, mehnatning ijodiy mazmuni hukmron
hisoblanadi, ya’ni individning faoliyati faqat ijodiy faoliyat bo‘ladi, ijod shaxs faoliyati
amalga oshirishg jarayonida belgilovchi xususiyatga aylanadi. Shaxs hayotida ijodiy
faoliyat ustun bo‘lishi jarayonida insonning ijodiy mohiyatining to‘liq ochilishi
amalga oshiriladi. Ayrim tadqiqotchilar tomonidan hali hamon ishonchsizlik bilan
qaralgan, O‘zbekiston jamiyatini o‘zgartira oladigan ma’naviy kuch – bu insonparvar
mafkura, aniqrog‘i, O‘zbekiston davlatining insonparvarlik mafkurasiga asoslangan
yangi mafkuraviy tuzilmasidir. Bu insonparvarlik mafkurasi o‘zida, avvalambor,
insoniylikka xos bilimlar va qadriyatlarni ifoda etadi, ular O‘zbekiston jamiyatini
o‘zgartirishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, endi shakllanayotgan Yangi
O‘zbekiston jamiyatining mafkurasi asosida yangilangan O‘zbekiston hayot
faoliyatining ma’naviy-madaniy sohasi, davlat tuzilmalari, iqtisodiy sohasi, ijtimoiy va
oilaviy-turmush sohasining insonparvarlik ruhida o‘zgarishi amalga oshiriladi.
Bu shuni anglatadiki, kelajakda insonparvar jamiyatda barcha soha va tuzilmalar
shunday o‘zgarishi kerakki, bunda jamiyatning barcha jabhalarida inson bilimlar
ijodkori sifatida shakllanadi va rivojlanadi, ya’ni jamiyatni insonning ijodiy mohiyati,
barcha narsa inson qadriga muvofiq tarzda yaratish, qurish zarur. Insonparvar mafkura
tahlili mafkuraviy ta’limotlar tarixini, mafkuraning mohiyatini, uning o‘ziga xos
xususiyatlari, funksiyalari va rivojlanish darajalarini tahlil qilishni taqozo qiladi.
Qisqacha aytganda, mafkuraning mohiyatini, avvalo, jamiyat rivoji va faoliyati asosida
yotgan bilim va qadriyatlar sifatida talqin qilish mumkin. Mafkura – bu shunchaki
mafkuraviy ta’limot emas, balki butun bir jamiyatning mafkuraviy tuzilishi, uning
o‘ziga xos “miyasi va tarqalib ketgan asab tizimi”dir.
Jamiyat hayotining asosini mafkuraga oid bilimlar va qadriyatlar tashkil qiladi.
Bu mafkuraviy bilimlar va qadriyatlar jamiyat asosida yotadi. Tabiiyki, bu jamiyatdagi
asosiy mafkuraga doir bilimlaridir. Jamiyatning mafkuradan xoli qilinishi ijtimoiy
xaosga olib keldi. Natijada, hech kim qanday jamiyat qurish kerakligini, nimaga intilish
kerakligini aniq bilmay qoldi. Ijtimoiy taraqqiyot istiqboli yo‘qoldi, kelajaksiz
jamiyatda esa, boshboshdoqliq, beboshlik, ishonchsizlik, kuch ko‘rsatish, orsizlik,
zo‘ravonlik avj oladi. Hozirgi globallashuv davrida, inson ongi va qalbi uchun kurash
kuchaygan bir paytda turli g‘oyaviy tahdid va xurujlar jamiyatimizning ma’naviy
hayotiga ta’sir ko‘rsatishning kuchli quroli sifatida namoyon bo‘lmoqda [3, B.-273].
Mafkuraning funksiyalari qatorida mafkuralarni rivojlantirish darajalarini ajratish
lozim. Nazariy daraja u yoki bu mafkuraning asosi hisoblangan fundamental bilim va
qadriyatlarni ishlab chiqish va shaxslar ongiga singdirishni nazarda tutadi.
Mafkuraning ikkinchi darajasi umumiy qabul qilingan mafkuraviy qadriyatlarni ishlab
chiqish va tatbiq etish bilan bog‘liq. Bu daraja ko‘pincha ommaviy mafkuraviy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
21
ISSN:3030-3621
tashviqot bilan aynanlashtiriladi. Mafkuraning uchinchi darajasi esa, mafkuraviy
qadriyatlarning odatiy mafkuraviy tasavvurlar va qarashlar darajasida shakllanishi va
ishlashini taqozo etadi. Shuningdek, har qanday mafkuraviy tizimda mafkuraviy
psixologiya sifatida ta’riflanadigan mafkura darajasi mavjud. Bu darajaga mafkuraga
oid his-tuyg‘ularni kiritish mumkin.
Kelajak jamiyatning mafkurasi haqida fikr yuritar ekan, A.A. Zinovyev shunday
yozadi: yangi jamiyat “o‘zini, avvalambor, bitta maqsadga – yangi mafkura (kelajak
mafkurasi)ni ishlab chiqish, uni vatandoshlari orasida ularning ijtimoiy ahvoli, etnik
mansubligi, jinsi, kasbi va boshqa belgilaridan qat’iy nazar, targ‘ib etish maqsadiga
ega alohida birlashma sifatida anglashi lozim. Bunday kelajak mafkurasi turli
jamiyatlarda, yer sayyorasida hozirgi shakllangan sharoitlarda faqat zamonaviy
jamiyatlarning intellektual-ijodiy va ma’naviy hayoti yuksak darajada bo‘lgandagina
vujudga kelishi mumkin. Jamiyatda butun bir davrni qamrab oladigan darajadagi oliy
maqsad, xususan – insoniyatning g‘arblashtirishga muqobil ijtimoiy ideal uchun
kurashiga asos soladigan maqsad bo‘lishi kerak”.
Yangi O‘zbekistonning milliy yuksalish g‘oyasi uning barqaror taraqqiyot
strategiyasida o‘z aksini topmoqda. Global muammolarni tushunishning eng muhim
nazariy natijasi barqaror rivojlanish konsepsiyasining shakllanishi edi. O‘zbekiston
taraqqiyotining hozirgi bosqichida milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari degan
ulug‘ maqsad bosh g‘oya sifatida maydonga chiqmoqda. Ushbu maqsad va
vazifalardan kelib chiqib yangi ishlab chiqilayotgan milliy g‘oyada quyidagi
tamoyillarni qamrab olish maqsadga muvofiq bo‘ladi:
1. Aholining turli qatlamlarida jamiyatda yuz berayotgan islohotlar,
o‘zgarishlarga munosabatning bir-biridan keskin farq qilishiga yo‘l qo‘ymaslik,
jamiyatning barcha bo‘g‘inlariga haqqoniy, to‘g‘ri axborotlarning bir tekisda
yetkazilishini ta’minlash, axborotlarning stixiyali tarqalishi aholining turli
qatlamlarida maqsad va intilishlarning har xilligiga olib kelishini inobatga olgan holda
tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish, buning uchun ta’lim muassasalari, mahallalarda
foydali, samarali axborot tarqatishning turli usullaridan foydalanish lozim bo‘ladi.
2. Maktabgacha ta’lim muassasasidan oliy ta’lim dargohigacha, mahallada va
oilada ijobiy ijtimoiy muhitni shakllantirish maqsadida segmentar ma’naviyat, vertikal
tizimdagi ma’naviyat formulalari, mexanizmlarini joriy qilish.
3. Jamiyatni kompleks taraqqiy etishini ta’minlash, ma’naviy yuksalish yo‘lida
har qanday “izm”larda ayblanishdan hayiqishdek siyosiy mutaassiblikdan voz kechish,
sotsialistik, kapitalistik bo‘lishidan qat’iy nazar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan
barcha progressiv tamoyillarni hurmat qilish hamda ularni nazariy-ilmiy jihatdan
chuqur o‘rganish va jamiyat hayotini yangilashga joriy qilish.
Shu bilan birga, barqaror rivojlanish tushunchasi ijtimoiy va tarixiy bilimlarning
umumiy mantiqi bilan bog‘liq. U yangi davrga ko‘tarilgan falsafiy g‘oyalarni, klassik
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
22
ISSN:3030-3621
nemis falsafasini, rus falsafasini, G.Spenser falsafasini aks ettiradi. V.I.
Vernadskiyning noosfera haqida ta’limotining muhim xususiyati shundaki, u muhim
universal jihatlar va ko‘rsatmalarni ishlab chiqish imkonini beradi. Noosfera ijtimoiy
muammolarni hal qilish vositasi sifatida zo‘ravonlikni bartaraf etish va global ijtimoiy-
siyosiy birlik doirasida ijtimoiy-iqtisodiy, milliy va siyosiy tuzilmalarning
plyuralizmiga imkon berish uchun mo‘ljallangan.
Prezident Sh.Mirziyoyev ta’kidlagani kabi “...biz jahondagi ana shunday keskin
va murakkab sharoitni hisobga olib, milliy ruhni izchil tarbiyalab, kamolga
yetkazish, shu orqali uni milliy g‘oyani amalga oshirishning, barcha sohalar,
jumladan, harbiy hayotda ham yangi avlod kadrlarini, yangi qahramonlarni
tarbiyalashning qudratli vositasiga aylantirish ustida samarali ish olib
borayotganimiz yo‘q” [4, B.-137]. Ayrim mutaxassislar fikricha, milliy g‘oya va
mafkurani yoshlarning qalbi va ongiga singdirish asosan ikki - ta’lim va tarbiya
yo‘nalishida olib boriladi [5, B.-243-244]. Ta’lim yo‘nalishida g‘oyaviy ta’lim muhim
o‘rin tutib, milliy g‘oyaning maqsadi, vazifalari, qonun va kategoriyalari, bosh va
asosiy g‘oyalari, jahonda kechayotgan mafkuraviy kurash, dunyoning mafkuraviy
manzarasi va shunga o‘xshash boshqa mafkuraviy jarayonlarning borishi haqida
odamlarga bilim berish asosida ularning qalbi va ongiga milliy mafkuraning bosh va
asosiy g‘oyalarini singdirishga qaratilgan jarayonga aytiladi. G‘oyaviy ta’lim turli
ta’lim vositalarini qo‘llash orqali: maktabgacha ta’lim; umumiy o‘rta ta’lim; o‘rta
maxsus, kasb-hunar ta’limi; oliy ta’lim muassasalarida olib boriladi. Tarbiya
yo‘nalishida g‘oyaviy tarbiya muhim o‘rin tutib, u- inson ongi va tafakkuri tizimida
shu yo‘nalishdagi dunyoqarashni, falsafiy, siyosiy, huquqiy, diniy, estetik, axloqiy,
badiiy, kasbiy va boshqa tamoyillarni muayyan mafkura asosida maqsadli
shakllantirish jarayonidir. G‘oyaviy tarbiya: - oila; - mahalla; - ijtimoiy-ommaviy
institutlar; - ma’muriy-siyosiy tashkilotlar; - mehnat jamoalarida olib boriladi. Shuni
unutmaslik kerakki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya esa ta’limdan ajralmasdir. Bu xususda
I.Karimov: “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo‘lmaydi - bu
sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi”[6, B.- 22], - degan edi.
“Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari g‘oyasini keng targ’ib qilishda
“Yuksalish” umummilliy harakatining o’rni ortib bormoqda. Bu harakat O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 yanvardagi PF-5635-son “2017 — 2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da
amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga asoslanib tashkil qilindi
[7]. Mazkur nodavlat tashkiloti O‘zbekiston taraqqiyotiga befarq bo‘lmagan barcha
fuqarolar, xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar, biznes hamjamiyati, akademik
doira vakillarini amalga oshirilayotgan islohotlar atrofida ixtiyoriylik asosida
birlashtirish maqsadida ta’sis etildi. Harakatning asosiy maqsadi — islohotlardan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
23
ISSN:3030-3621
barchani birdek xabardor qilish, chekkaroq hududlardagi aholiga yetkazish, qiziqish
uyg‘otish va harakatga keltirish. Shu bilan birga, ularning taklifini, muammolarini
eshitadigan va muhokama qiladigan maydonni yaratib berish va shu orqali davlatga
ishonchini mustahkamlash. Ushbu harakat tomonidan har yili davlat dasturlarida
maqsadlarga erishishda muqobil hisobot tayyorlanadi va xalqqa taqdim qilinadi.
Harakat 2022 yilda jamiyat hayotining turli sohalari bo‘yicha 20 dan ortiq loyihalarni
amalga oshirdi [8].
Ayni paytda “Yuksalish” umummilliy harakati — nodavlat notijorat tashkiloti
hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy
bo‘linmalari faoliyat olib bormoqda. Ushbu harakat xalq va biznes hamjamiyati bilan
ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, jamoatchilik nazoratining samarali tizimini
shakllantirish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat
tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar,
ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish, rejalashtirilgan, shu
jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi
jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari
mahalliy kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish kabi muhim vazifalarni
amalga oshirib kelmoqda [9].
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati:
1.
Mirziyoyev Sh. M. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” J. 4 -Toshkent:,
2021. -B. 113.
2.
Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi –Toshkent:, O‘zbekiston, 2021.
- B. 293.
3.
Mirziyoyev Sh. M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent:, “O‘zbekiston”,
2021. - B. 273.
4.
Mirziyoyev Sh. M. “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” J. 4. -Toshkent:,
2021. - B. 137.
5.
Yaxshilikov J.Y. Muhammadiyev N.E. Milliy g‘oya va mafkura O‘zR Oliy va
o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat universiteti. –Toshkent:, Fan,
2015. - B. 243-244.
6.
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. -Toshkent:, Ma’naviyat,
2008. - B. 22.
7.
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 17 январдаги ПФ-5635-
сон 2017 — 2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг
бешта устувор йўналиши бўйича ҳаракатлар стратегиясини «фаол
инвестициялар ва ижтимоий ривожланиш йили»да амалга оширишга оид
давлат дастури тўғрисидаги фармони // Қонун ҳужжатлари маълумотлари
миллий базаси, 18.01.2019 й., 06/19/5635/2502-сон, 08.03.2019 й.
8.
https://yumh.uz/uzc/about.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
24
ISSN:3030-3621
9.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.02.2019 yil 13
fevraldagi 124-son “Yuksalish” umummilliy harakati — nodavlat notijorat
tashkiloti va uning hududiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari
to‘g‘risidagi qarori.