Mualliflar

  • Keldibekova Marhabo

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112081

Annotasiya

Bolalarning  oʻzi  himoyalanmagan,  zaif  ijtimoiy  qatlam  boʻlishlariga  qaramay, 
koʻp  hollarda  tabiiy  ofatlar,  harbiy  harakatlar  hududida  qolib  ketadilar,  jismoniy, 
emotsional  va  jinsiy  zoʻrlanish  qurboniga  aylanadilar.  BMTning  bergan 
maʼlumotlariga koʻra har yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2 mln.ga yaqini ota 
onalar zoʻravonligidan qiynaladilar. Ularning har oʻntadan biri hayotdan koʻz yumadi, 
ikki mingtasi esa hayotni oʻz joniga qasd qilish bilan yakunlaydi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

195

ISSN:3030-3621

BIZ ZO‘RAVONLIKKA QARSHIMIZ

Keldibekova Marhabo

Jizzax viloyati G’allaorol tumani

MMTBga qarashli 45-umumiy

oʻrta taʼlim maktabi amaliyotchi psixologi


Bolalarning oʻzi himoyalanmagan, zaif ijtimoiy qatlam boʻlishlariga qaramay,

koʻp hollarda tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar hududida qolib ketadilar, jismoniy,
emotsional va jinsiy zoʻrlanish qurboniga aylanadilar. BMTning bergan
maʼlumotlariga koʻra har yilda 14 yoshgacha boʻlgan bolalarning 2 mln.ga yaqini ota
onalar zoʻravonligidan qiynaladilar. Ularning har oʻntadan biri hayotdan koʻz yumadi,
ikki mingtasi esa hayotni oʻz joniga qasd qilish bilan yakunlaydi.

Zoʻravonlik bir necha koʻrsatkichlar boʻyicha klassifikasiyalanadi:
• ochiq va yopiq (kimdir oshkor qiladi, kimdir yashiradi);
• hozirda ham davom etayotgan yoki oʻtmishda sodir boʻlgan;
• birlik yoki koʻplikda, uzoq yillar davom etuvchi;
• sodir etilayotgan joy va muhitga koʻra zoʻravonlik: uyda qarindoshlar tarafidan,

maktabda pedagog yoki bolalar tomonidan, koʻchada bolalar yoki notanish kattalar
tarafidan boʻlishi mumkin.

Asanova ishlarida taklif etilgan quyidagi zoʻrlik klassifikatsiyasi keng tarqalgan:

Jismoniy zoʻravonlik 18 yoshgacha bshlgan bolalarga nisbatan koʻrsatilgan tasodifiy
boʻlmagan jarohatning har qaysisi. Jismoniy zoʻravonlik yuzga urish, itarish, boʻgʻish,
yumdalash, kamar yoki arqon bilan kaltaklash, ogʻir predmetlar va pichoqlar bilan
jarohatlar yetkazish shaklida namoyon boʻladi. Jismoniy zoʻravonlik oʻz ichiga
bolalarni narkotik,

alkogol

moddalariga

jalb

qilishni,

zaharlovchi

yoki

hushsizlantiruvchi tibbiy preparatlar (masalan, vrach tomonidan yozib berilmagan
uyqu chaqiruvchilarni, shuningdek choʻktirishga urinishlarni ham qamrab oladi. Jinsiy
zoʻravonlik bolalar (qiz yoki oʻgʻillarni) kattalar yoki boshqa bolalar tomonidan
oʻzining jinsiy ehtiyojlarini qondirish, manfaat olish maqsadida ulardan
foydalanishidir. Jinsiy zoʻravonlik oʻz ichiga har qanday jinsiy aloqani, jinsiy
organlarning tana kontaktini, bolalarni fohishabozlikka, pornobiznesga jalb qilishni,
bolaning oldida jinsiy organlarni yalangʻoch holda koʻrsatish va unga sezdirmasdan
yechinayotganida kuzatish kabi hollarnmi qamrab oladi. Bolaning zarurat va
qiziqishlariga eʼtiborsizlik ota onalar yoki ayrim sabablarga koʻra ularning oʻrnini
bosuvchi shaxslar tomonidan bolaning ovqatga, qiyinishga, uy joyga, taʼlim olishga,
tibbiy yordamga boʻlgan majburiy taʼminlanishi kerak boʻlgan zarurat va ehtiyojlarini
taʼminlamaslik. Bolani baxtsiz hodisalarga olib keluvchi qarovsiz qoldirishlar
yuqoridagilarga misol boʻla oladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

196

ISSN:3030-3621

Psixologik zoʻravonlik doimiy yoki vaqti vaqti bilan bolani haqoratlash,

oʻqituvchi, tarbiyachilar, ota-onalar tarafidan koʻrsatiladigan qoʻrqituvlar; uning
insoniylik gʻururini kamsitish, ularni u qilmagan ishda ayblash, bolaga muhabbatning
yoʻqligini, unga adovatni namoyish etish. Shuningdek, bu zoʻravonlik turiga doimiy
yolgʻon va bolaga qoʻyilayotgan talablar uning yoshiga mos emasligi ham kiradi.

Emotsional zoʻravonlik. Ayrim tadqiqotchilar har qanday zoʻravonlik asosida

emotsional zoʻravonlik, xoʻrlanganlik yotadi degan fikrdalar. Odatda jabrlanuvchi bola
bir vaqtning oʻzida zoʻravonlikning bir qancha turini boshdan oʻtkazadi. Masalan,
zoʻravonlik qurboni boʻlgan kattalar va bolalar koʻpincha jismoniy (kaltaklash) va
emotsional (oʻldirish yoki mayib qilish qoʻrqituvlari) zoʻrlashni boshdan kechiradilar.
Bolalar ustidan zoʻravonlik va eʼtiborsizliklar boʻlishiga ijtimoiy, hamda madaniy
sharoitlar ham olib keladi: jamiyat ongida aniq jismoniy jazo bahosini yoʻqligi, OAVda
zoʻravonlikni namoyish etilishi. Tadqiqotlar ota onalarda norozilikni, asabiylashishni
va bulardan keyin zoʻrlashni keltirib chiqaruvchi bolalarda mavjud bir qator
xususiyatlarni aniqladilar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

197

ISSN:3030-3621

Zoʻrlik qurboni boʻlish ehtimoli yuqori boʻlgan bolalar quyidagi xususiyatlarga

ega:

• istalmagan bolalar, shuningdek, ota onasi undan oldingi bolani yoʻqotgandan

keyin tugʻilgan bolalar;

• boshqalardan tashqi qiyofasi bilan ajralib turuvchi yoki ota-onalariga maʼqul

boʻlmagan xususiyatli bolalar (masalan, bolaning boshqa jinsda ekanligi);

O’smirlik yoshiga kelib bu xolat ularda jinsiy qiziqishlarning sekinlashuviga olib

keladi.

A) xafagarchilikka asos bo’lmagan narsalarga ҳam kulgi bo’ldim deb qarashi, o’z

g’ururini o’zgalar oldida toptalishi, o’zini “erga” urilgan deb qarashi va undan uyalishi,
o’zgalar tomonidan o’zini xo’rlangandek xis qilishi.

B) xali uni tanqid qilmasliklaridan oldin, yaxshisi ular bilan umunosabat

o’rnatmaslik

V) xo’rlanishdan qo’rqishi tufayli hammadan o’zini chetga tortishi G) aslida

o’zgalar tomonidan qabul qilinishini o’ylash.

D) o’z xatolaridan qayg’urishi va muvaffaqiyatlarni kamsitish, o’zini o’zi past

baholashidan azoblanishi va boshqa begonalar bilan kechadigan har qanday aloqadan
qiynaladi atrofdagilar ularni “ortiqcha” deb o’ylaydi va o’smirlik davriga xos bo’lgan
giperkompeno’iatsiya reaktsiyasi ularda uchraydi.

Ye) ota – ona yoki oila a’zolarining shahvoniy hayotga ichkilikka berilishini
Yo) oila a’zolari ichida sudlangan odamning uchrashi.
J) tengqurlarining salbiy ishlarga (haqorat qilishga, ichishga, chekishga, qo’li

egrilikka) o’rgatishi va hakozo.

Z) madniy – ma’rifiy ishlab chiqarishi va jamoatchilikni kamchiliklari.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

198

ISSN:3030-3621

O’smirlik – organizm taraqqiyotidagi shiddat va notekislik bilan xarakterlanib bu

davrda tananing intensiv tarzdagi rivojlanishi va suyaklarning qotishi ro’y beradi.
Yurak va qon tomir xarakterlarida ham notekislik ro’y beradi va u bolani fe’lining
o’zgaruvchan, dinamik va ba’zan noma’qulliklar va noqulayliklarni keltirib chiqaradi,
bular albatta asab tizimiga ham ta’sir ko’rsatadi. Bola tezda achchiqlanadigan yosh
tormozlanishi yuz berganda anchagacha depressiya holatidan chiqmaydigan
tushkunlikda ham qolishi mumkin.

Bolalar agressiv xatti-harakat namunalarini quyidagi uch asosiy manbaga

asoslanib to`playdi:

1.Nosog`lom oila muhiti. Bu kabi oilalarda ota-ona bilan farzand o`rtasidagi

munosabatning ijobiy psixologik iqlimda emasligi, farzandlar o`rtasidagi
kelishmovchiliklar, oiladagi mojarolar, nizolar, oilaviy hamohanglikni mavjud
emasligi bolalarda agressiv hulq-atvorni shakllanishiga olib keladi. Bolalardagi
agressivlikning namoyon bo`lishi oilaviy muhitning ta’sir darajasiga bog`liq
hisoblanadi.

2.Tengdoshlar guruhi. Bolalar oiladan tashqarida o`z tengqurlari bilan bo`lgan

munosabatda ham agressiv xatti-harakatlarni o`zlariga singdiradilar. Ko`pgina hollarda
bolalar tengdosh do`stlarining xatti-harakatlarini kuzatgan tarzda, o`zlarini agressiv
boshqarishga urinadilar.

3.Ommaviy axborot vositasi. Bugungi kunda bolalarga ta’sir etayotgan eng kuchli

quroldir. Bu borada internetning ta’siri kuchayib bormoqda.

Bolalar internet aloqalari orqali o`zlarining xususiyatlariga to`g`ri kelmaydigan

ma’lumotlar bilan ham tanishmoqdalar. Shu o`rinda oynai jahon orqali namoyish
etilayotgan turli jangari fil’mlar, ko`rsatuvlar ham bolalarda agressiv xususiyatlarni
tarkib topishga ta’sir qilmoqda. Psixologik kuzatuvlarga ko’ra, oiladagi iqlim, ota-ona
o`rtasidagi o`zaro munosabat, ota-ona bilan bola o`rtasidagi munosabat, oilaviy
hamohanglik yoki aksincha kelisha olmaslik, opa-singillari, aka-ukalari bilan yaqinlik
darajasi, farzandi tomonidan qilingan noto`g`ri, yanglish xatti-harakatlarga nisbatan


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

199

ISSN:3030-3621

ota-onaning ta’sirlanishi – oilada shaklllanib kelayotgan agressiv xatti-harakatlarini
belgilab beruvchi omillar bo`lib hisoblanmoqda.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Karimova L.

(2006).

Psixologiya va hayot

. – Toshkent: O‘zbekiston, 285 b.

2.

Baxromova N.

(2019).

Maktab va oilada bolalar xavfsizligini ta’minlash

asoslari

. – Toshkent: O‘qituvchi.

3.

UNICEF (2020).

Violence against children: Global status report

.

4.

WHO (2022).

World Report on Violence and Health

.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ–3855-son

(2018).

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar
dasturi

.

6.

G'aniyeva N., Jo‘rayev Sh.

(2021).

Oila va maktab hamkorligida

zo‘ravonlikning oldini olish

. – Toshkent: Fan va texnologiya.

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar ro‘yxati:

Karimova L. (2006). Psixologiya va hayot. – Toshkent: O‘zbekiston, 285 b.

Baxromova N. (2019). Maktab va oilada bolalar xavfsizligini ta’minlash

asoslari. – Toshkent: O‘qituvchi.

UNICEF (2020). Violence against children: Global status report.

WHO (2022). World Report on Violence and Health.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, PQ–3855-son (2018).

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar

dasturi.

G'aniyeva N., Jo‘rayev Sh. (2021). Oila va maktab hamkorligida

zo‘ravonlikning oldini olish. – Toshkent: Fan va texnologiya.