Mualliflar

  • Eshqulov.S.A

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112101

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: tahlil usullari reklama matni peshlavha reklama lingvistikasi tilning kommunikativ funksiyalari semantik funksiyalar psixolingvistika lingvоmаdаniy.

Annotasiya

Annotatsiya:  Zamonaviy  jamiyatda  matn  va  nutqning  turli  shakllari  inson 
hayotining  ajralmas  qismiga  aylangan.  Ayniqsa,  peshlavha,  reklama  va  tijoriy 
yozuvlar  —  ommaviy  axborot  vositalarida,  savdo  va  marketing  sohasida  keng 
qoʻllaniladi.  Bu  yozuvlar  nafaqat  axborot  beruvchi,  balki  taʻsir  oʻtkazuvchi  vosita 
sifatida  ham  xizmat  qiladi.  Shuning  uchun  ularning  lingvistik  oʻrganilishi 
tilshunoslikda  dolzarb  va  muhim  masala  hisoblanadi.  Ushbu  maqolada  peshlavha, 
reklama va tijoriy yozuvlarning lingvistik jihatlari, ularning til va uslub xususiyatlari, 
kommunikativ  vazifalari  hamda  ushbu  sohadagi  tadqiqot  metodlari  haqida  soʻz 
boradi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

106

ISSN:3030-3621

TILSHUNOSLIKDA PESHLAVHA, REKLAMA VA TIJORIY

YOZUVLARNING TADQIQ ETILISHI

Eshqulov.S.A

Guliston davlat universiteti

tayanch doktoranti

eshqulovsunnat804@gmail.com


Annotatsiya:

Zamonaviy jamiyatda matn va nutqning turli shakllari inson

hayotining ajralmas qismiga aylangan. Ayniqsa, peshlavha, reklama va tijoriy
yozuvlar — ommaviy axborot vositalarida, savdo va marketing sohasida keng
qoʻllaniladi. Bu yozuvlar nafaqat axborot beruvchi, balki taʻsir oʻtkazuvchi vosita
sifatida ham xizmat qiladi. Shuning uchun ularning lingvistik oʻrganilishi
tilshunoslikda dolzarb va muhim masala hisoblanadi. Ushbu maqolada peshlavha,
reklama va tijoriy yozuvlarning lingvistik jihatlari, ularning til va uslub xususiyatlari,
kommunikativ vazifalari hamda ushbu sohadagi tadqiqot metodlari haqida soʻz
boradi.

Kalit soʻzlar:

tahlil usullari, reklama matni, peshlavha, reklama lingvistikasi,

tilning

kommunikativ

funksiyalari,

semantik

funksiyalar,

psixolingvistika,

lingvоmаdаniy.

ИЗУЧЕНИЕ ПРЕДИСЛОВИЙ, РЕКЛАМНЫХ И КОММЕРЧЕСКИХ

ТЕКСТОВ В ЛИНГВИСТИКЕ


Аннотация:

В современном обществе различные формы текста и речи

стали неотъемлемой частью жизни человека. В частности, предисловия,
рекламные и коммерческие тексты широко используются в средствах массовой
информации, торговле и маркетинге. Эти тексты служат не только
информационным, но и средством воздействия. Поэтому их лингвистическое
изучение является актуальной и важной проблемой в лингвистике. В данной
статье рассматриваются лингвистические аспекты предисловий, рекламных и
коммерческих

текстов,

их

языковые

и

стилевые

особенности,

коммуникативные функции, а также методы исследования в этой области.

Ключевые слова:

методы анализа, рекламный текст, предисловие,

рекламная лингвистика, коммуникативные функции языка, семантические
функции, психолингвистика, лингвокультурология.

THE STUDY OF PREFACES, ADVERTISING, AND COMMERCIAL

WRITING IN LINGUISTICS


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

107

ISSN:3030-3621

Abstract:

In modern society, various forms of text and speech have become an

integral part of human life. In particular, prefaces, advertising and commercial
writings are widely used in the media, trade and marketing. These writings serve not
only as an informational but also as a means of influence. Therefore, their linguistic
study is an urgent and important issue in linguistics. This article discusses the linguistic
aspects of prefaces, advertising and commercial writings, their language and stylistic
features, communicative functions, and research methods in this area.

Keywords:

analytical methods, advertising text, preface, advertising linguistics,

communicative functions of language, semantic functions, psycholinguistics,
linguocultural.


Kirish.

Bugungi kunda yurtimizda tilimizga boʻlgan eʻtibor tobora kuchayib

bormoqda. Shu oʻrinda peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlar

matnlarini

takomillashtirish boʻyicha ham koʻplab chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Ularning
matnlarini sifatli tarzda yaratish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu boisdan hozirda
bu sohani oʻrganish va yanada takomillashtirish borasida koʻplab izlanishlar amalga
oshirilyapti. Jahon va oʻzbek olimlarining bu sohadagi ilmiy ishlari tahlil qilinib,
bunday matnlarning kommunikativ, uslubiy va madaniy jihatlarlarini oʻrganilmoqda.
Peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlarni lingvistik oʻrganishda quyidagi metodlar
qoʻllaniladi:

Korpus tahlili: Katta hajmdagi matnlar toʻplamini tahlil qilish orqali til
xususiyatlarini aniqlash.

Diskurs tahlili: Matnlar va ularning kontekstual vazifalarini oʻrganish.

Pragmatik tahlil: Matnda maʻno va taʻsir jihatlarini aniqlash.

Semantik tahlil: Soʻz va iboralar maʻnolarini tahlil qilish.

Stilistik tahlil: Til va uslub vositalarining oʻrganilishi.

Adabiyotlar tahlili

. Avvalo, tilshunoslikning bu sohasida jahon miqyosidagi

ilmiy tadqiqotlarga nazar tashlasak, koʻplab mashhur olimlarning ilmiy ishlarini
koʻrishimiz mumkin. Peshlavha va reklamani qamrab olgan koʻplab tadqiqotlar ingliz,
fransuz, nemis va rus tillarida yozilgan.

Jumladan, bu sohada katta iz qoldirgan

olimlar –

Roman Jakobson, Roland Barthes.

U.D.Skott, V.Moede, K.V.Shulte,

K.Marbe, E.Stern, V.Blumenfeld, J.B.Uotson, N.Myunsterberg, S.V.Xartyungen
va boshqalar bu borada salmoqli ilmiy izlanishlar olib bordilar.

Ingliz olimlari Den

Sperber va Deydr Vilson oʻzlarining ― “Relevance: Communication and Cognition”
asarlarida reklama matnlarining qanday qilib isteʻmolchilarning diqqatini jalb qilishi
va ularning qaror qabul qilish jarayonlariga taʻsir qilishi mumkinligini oʻrganishgan.
Dunyo tilshunosligida A.Repyevning ― “Reklama tili” nomli asariga reklama tili
batafsil tahlil qilingan ishlardan biri sifatida qaraladi.[1] Roman Jakobson — tilning
kommunikativ funksiyalarini aniqlashda muhim rol oʻynagan. U reklama va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

108

ISSN:3030-3621

peshlavhalarning ritorik va semantik funksiyalarini oʻrganishga asos solgan. Reklama
matnlarining insonlarga taʻsir qilish kuchini oʻrgangan. Roland Barthes — reklama
matnlarini semiotik tahlil qilgan. U reklamaning ijtimoiy va madaniy kodlar orqali
qanday maʻno yaratishini koʻrsatgan. Turkcha reklama matnlarining semiotik
asoslarini tadqiq qilgan E.Tuncher esa bir qarashda tushunilishi oson boʻlgan reklama
matnlaridagi yashirin ishoralarni (matn orqali nima ifodalangan, mualliflar nimani
ifodalashni maqsad qilishgan) aniqlash muhim ekanligini taʻkidlaydi. Reklama
matnlarini modellashtirish masalasini ingliz, turk va rus tillari misolida tadqiq qilgan
F.Galixanova reklamalarning amaliy samaradorligi muammosi, unda lingvistik,
psixolingvistik oʻziga xosliklari ochib berilishini muhim sanagan. [2]

Oʻzbekistonda bu sohada ilmiy ishlar koʻproq XX asr oxiri va XXI asr

boshlaridan boshlab rivojlangan. Oʻzbek tilida

reklama matnlarining til va uslub

xususiyatlari

boʻyicha maqolalar, dissertatsiyalar chop etilgan. Oʻzbek tilining soʻz

boyligi va sintaktik qurilishining reklama va tijoriy yozuvlarda qanday qoʻllanilishi
haqida ilmiy maqolalar yozilgan. Xususan, N.Chiniqulоv «Pеshlаvhаlаrning lisоniy
xususiyаtlаri» nоmli mоnоgrаfiyаsidа reklama va peshlavhalarning farqlari, ularning
lisoniy xususiyatlari haqida maʻlumotlar berib oʻtadi. B.X.Аbdullаyеv «Oʻzbеk
rеklаmа lingvistikаsi: nаzаriyа vа аmаliyоt» nоmidagi ilmiy ishida yurtimizdagi
ijtimоy rеklаmаlаr chuqur tahlil qilinadi.

T.Еshbеkоvning «Jаmоаtchilik bilаn аlоqаlаr

vа rеklаmа» oʻquv qoʻllаnmаsidа rеklаmа mаtnining uslubiyati haqida maʻlumotlar
beriladi. А.Аbdusаidоvning «Oʻzbеk tilining ijtimоiy mоhiyаti» mоnоgrаfiyаsidа,
«Rеklаmа tili аniq vа tiniq boʻlsin» va «Rеklаmа vа sаvоdxоnlik» kаbi mаqоlаlаridа
rеklаmа mаtnlаrining muhim xususiyаtlаri haqida fikrlar bildiriladi. Z.Tоhirоv
«Rеklаmаlаrining tili vа uslubiyаti nаzаriyаsi vа аmаliyоti» qoʻllanmasida ularga
qoʻyiladigan talablar keltirib oʻtilgan. Sh.Yunusovaning «Oʻzbek tilidagi reklama
matnlarining sintaktik xususiyatlari va ularning pragmatik xoslanishi» nomli ilmiy
ishida reklamalarning oʻrganilish tarixi va ularning turli xususiyatlari yoritib
oʻtilgan.[3] Abdullayev Begzodbek Oʻzbekistonda reklama tarixini, uning
sotsiopragmatik, semiotik va madaniy rivojini oʻrganib, ilmiy asos bilan yoritgan.
Oʻzbek tilshunosligida reklama matnlarining sotsiopragmatik, kognitiv va
diskursiyalik jihatlari umumiy koʻrsatkich sifatida tahlil qilgan. [4]
Kеyingi yillаrdа tilshunоsligimizdа rеklаmа, peshlavha va tijoriy yozuvlar
mavzusiga dоir koʻplаb ilmiy izlаnishlаr оlib bоrilmоqdа. Jumladan, D.Mаmirоvа,
Sh.Оmоnоv, А.Xоlbоyеvа, А.Moʻminоvа, D.Sоbirоvа, S.Xudоybеrdiyеvа,
А.Аxtyаmоv, J.Bаxаdirоv vа h.k. lаrni misоl tаriqаsidа sаnаb keltirish mumkin.
D.Mаmirоvа ilk bоr oʻzbеk tilshunоsligidа rеklаmа mаtnlаrini sоtsiоlingvistik jihаtdаn
tаhlil еtgаn boʻlsа, D.Sоbirоvа tibbiy rеklаmаlаrning sоtsiоprаgmаtik xususiyаtlаrini
ilmiy аsоslаb bеrdi. Tilshunоs S.Xudоybеrdiyеvа oʻzbеk mаrkеting tеrminоlоgiyаsigа
dоir ilmiy tаdqiqоt оlib bоrdi. Tаdqiqоtchilаr А.Xоlbоyеvа, А.Moʻminоvа,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

109

ISSN:3030-3621

А.Аxtyаmоv vа J.Bаxаdirоvlаr qiyоsiy аspеktdа rеklаmаning lingvоmаdаniy,
prаgmаlingvistik hаmdа kоgnitiv jihаtlаrini oʻrgаndilаr. [5] Bu olimlar reklama tilini
pragmatik, sotsiokultural, modallik, motivatsiya kabi nuqtayi nazarlardan chuqur
oʻrgangan. Ularning tadqiqotlari qisqa va aniq reklama matnlari, shiorlar, stilistik
vositalarning auditoriyaga taʻsir qilish mexanizmlarini ochib bergan. Solishtirma
yondashuvlar orqali madaniy farqlar, semantik-lingvistik kodlar ham ochilgan.
Ularning ishlari reklama tilining nazariy asosini mustahkamlab, tilshunoslik va
marketing sohasiga hissalar qoʻshgan.

Xulosa.

Peshlavha, reklama va tijoriy yozuvlarning lingvistik oʻrganilishi

nafaqat tilshunoslik fanida, balki marketing, kommunikatsiya, reklama sohalarida ham
muhim ahamiyatga ega. Bu sohada amalga oshiriladigan tadqiqotlar matnlarning
samaradorligini oshirish, auditoriya bilan muloqotni yaxshilash va tijoriy
muvaffaqiyatga erishishda yordam beradi. Ushbu yozuvlarning til va uslub
xususiyatlarini chuqur oʻrganish orqali matnlarni yanada samarali qilish, yangi
strategiyalar ishlab chiqish mumkin. Shu sababli, lingvistik tadqiqotlar bu sohani
yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Abduqodirova.S.A Tilshunoslikda reklama matnlarining psixolingvistil tadqiqiga
doir ishlar tahlili. Buxora davlat universiteti ilmiy axboroti. Maqola 2024, № 8,
avgust. 51- b.

2.

Chiniqulov N.J. Peshlavhalarning lisoniy xususiyatlari. Monografiya. –Toshkent:
Navoiy universiteti, 2019. 5 b.

3.

Mamirova D.Sh. Oʻzbek reklama matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari:
Filologiya fanlari boʻyicha falasafa doktori (PhD) dissetatsiyasi. – Samarqand,
2022.- 163 b.

4.

Botirova M. Jahon tilshunosligi va turkologiyada reklama tadqiqiga doir ishlar
tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences. 3(6) , 2023 – 55 b.

5.

https://uz.wikipedia.org/wiki/reklama_madaniyati.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Abduqodirova.S.A Tilshunoslikda reklama matnlarining psixolingvistil tadqiqiga

doir ishlar tahlili. Buxora davlat universiteti ilmiy axboroti. Maqola 2024, № 8,

avgust. 51- b.

Chiniqulov N.J. Peshlavhalarning lisoniy xususiyatlari. Monografiya. –Toshkent:

Navoiy universiteti, 2019. 5 b.

Mamirova D.Sh. Oʻzbek reklama matnlarining sotsiolingvistik xususiyatlari:

Filologiya fanlari boʻyicha falasafa doktori (PhD) dissetatsiyasi. – Samarqand,

- 163 b.

Botirova M. Jahon tilshunosligi va turkologiyada reklama tadqiqiga doir ishlar

tahlili // Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences. 3(6) , 2023 – 55 b.