Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
249
ISSN:3030-3621
TA`LIM MUASSASALARIDA MATEMATIKA O`QITISHDA INTERFAOL
METODLARDAN UNUMLI FOYDALANISH
Madaminova Dilnoza Lutfiddinovna
Andijon davlat texnika instituti akademik
litseyi matematika fani o'qituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada ta’limda matematika fanini o‘qitish, uning
o‘rganish obyekti, o‘qitishning xususiyatlari, o‘qitish umumiy metodikasining qonun
va qoidalarining aniq mavzu materiallariga tadbiq qilish yo‘llari, o‘quvchilarda
mustaqil mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish bilan birga ularda
matematikaning qonuniyatlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini tarbiyalash va
matematika darslarida interfaol metodlardan foydalanish imkoniyatlari va afzalliklari
xususida so`z yuritiladi.
Kalit so`zlar:
ta`lim tarbiya, tadqiqot, metodika, matematik tenglama, plastinka
diametri.
KIRISH
Bugungi kunda mamlakatimizda bo`layotgan ulkan bunyodkorlik ishlari, ta’lim-
tarbiya sohasida qabul qilingan qonun va qarorlar “Milliy dastur”imizda belgilab
berilgan buyuk maqsadlar hozirgi kun o`qituvchisini yanada ko`proq mehnat qilishga,
izlanishga da’vat etmoqda. Ushbu maqsadlarning ijobiy natijaga ega bo‘lishi, eng
avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng
dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni
shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan
bog‘liqdir. Zero, yurtning porloq istiqbolini yaratish, uning nomini jahonga keng
yoyish, ulug‘ ajdodlar tomonidan yaratilgan milliy-madaniy merosni jamiyatga
namoyish etish, ularni boyitish yosh avlodni komil inson hamda malakali mutaxassis
qilib tarbiyalashga bog‘liqdir. Malakali kadrlar tayyorlash jarayonining har bir
bosqichi o‘zida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, uni yuqori bosqichlarga
ko‘tarish, jahon ta’limi darajasiga yetkazish borasida muayyan vazifalarni amalga
oshirishi lozim. Bunda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar
tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarining mohiyatidan xabardorliklari hamda
ularni ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olishlari, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil
etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb
etadi.O‘qituvchilarning matematika fanlarini o‘qitishda yo‘naltirilgan darslar
jarayonini noan’anaviy shakllarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza
asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish
ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarning puxta,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
250
ISSN:3030-3621
chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining
kafolati bo‘la oladi. Ta’lim jarayoni o‘quv materiali mazmunini yoritishga xizmat
qiluvchi muayyan mavzu bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuini ifoda etish
imkonini beradi. Ta’lim mazmunida, shuningdek, o‘quvchilar tomonidan
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, ko‘nikma hamda malakalarning hajmi ham
o‘z ifodasini topa olishi lozim. Zero, ta’lim mazmunining g‘oyaviy jihatdan
mukammalligi o‘quvchilar tomonidan muayan bilim, ko‘nikma va malakalarning
o‘zlashtirilish darajasi bilan belgilanadi. Matematika darslarida bir xillikdan qochish
ya’ni darslarning noan’anaviy shakllarda tashkil etilishi, ta’lim jarayonini mukammal
andozalar asosida loyihalash, bu loyihalardan unumli foydalana olish o’quvchilar
tomonidan o’tilgan darslarning puxta, chuqur o’zlashtirilishi, ularda amaliy ko’nikma
va malakalarning hosil bo’lishining kafolati bo’la oladi. Zamonaviy ta’limga
qo’yilayotgan asosiy muhim talablardan biri ham ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch
sarflamasdan, qisqa vaqt ichida ulkan natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida
muayyan nazariy bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat
yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini
nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini
baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan
yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra
sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil
etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
- pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
- o‘qituvchi va o`quvchilar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
- o`quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning
egallanishini ta’minlashi;
- o`quvchilarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
- o`quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratishi;
- pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga
erishishni kafolatlashi zarur.
Interfaol metodlar deganda- ta’lim oluvchini faollashtiruvchi va mustaqil
fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo’lgan metodlar
tushuniladi. Bu metodlar qo’llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok
etishga chorlaydi. Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda,
o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning
afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil
hayotga tayyorlaydi. Interfaol metodlar orqali o’quvchilarning tashabbuskorligi
hamda jamoaviy izlanuvchanligini oshiriladi. Interfaol metodlardan foydalanib
darslarni tashkil etilsa, o’quvchi darsga bo’lgan qiziqishi yanada oshadi va ta’lim sifati
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
251
ISSN:3030-3621
yaxshilanadi. Interfaol usullar orqali o’tilgan darslar o’quvchini ijobiy fikrlashga,
olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, hamkorlikda
ish yuritishga, fikrni yozma bayon etishga chorlaydi. Interfaol metodlar orqali
o’tiladigan darslarda an’anaviy usullardan voz kechish degani emas, balki mazmunni
o’zaro faollikda hal eta olishdir. Interfaollik bu faollikdir, ya’ni o’quvchi va o’qituvchi
o’rtasidagi o’zaro muloqoti asosida kechadi. Albatta, har bir ishning maqsadi bo’lgani
kabi interfaol usullarni qo’llashdan maqsad bo’ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi
o’quv jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali o’quvchilarning faol, erkin fikr
yuritishga muhit yaratishdir. U o’zining intelektual salohiyatini, imkoniyatlarini
namoyon etibgina qolmay, balki o’quv sifatini va samaradorligini oshiradi,
ta’minlaydi. Matematika darslarida interfaol metodlar orqali tashkillashtirilsa, dars
ham qiziqarli, ham mazmunli o’tishi mumkin. Chunki, biz bilamizki, boshlang’ich
sinf o’quvchilar juda o’yinqaro bo’lishadi. Shuning uchun ham darslarni rang barang
metodlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq. Misol uchun “Ko’paytirish jadvali”ni
tushunishida o’quvchi qiynaladi. Agar bu mavzularni tushuntirishda interfaol metodlar
orqali tushuntirilsa, o’quvchining xotirasiga ham qolishi osonroq bo’ladi. Hozirgi
yuksalish va yangilanish davrida yashar ekanmiz biz o’qituvchilar interfaol metodlar
asosida dars jarayonalarini tashkil qilamiz. Oddiygina o’qitish metodini olsak, bu
tushuncha didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biridir. Didaktika va
metodikaga oid hozirgi zamon ishlarining ko’pchiligida o’qitish metodlari o’qituvchi
va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari usullari, bo’lib, bu faoliyat yordamida
yangi bilimlar, malaka va ko’nikmalarga erishiladi, o’quvchilarning dunyoqarashlari
shakllanadi, ularning qobilyatlari rivojlanadi. Darsda o’quvchilar faolligini oshiruvchi
vositalardan biri-interfaol metodlardir. Bu uslublar maktab pedagogikasi uchun
yangilik emas. Ulardan ilgari ham foydalanib kelingan. Qachonki, bu metodlar
samarali natija bera oladi:
-Dars va mavzuning maqsadlari to’g’ri aniq tanlanganda;
-Mavzuga mos metodlarni tanlay olinsa;
-Bir metod butun dars davomida qamrab olmasdan, balki kichik daqiqalarni
qamrab olsa;
-Tanlagan metod o’quvchilarga yangi bir axborotlarni yetkazib bersa, o’quvchi
mavzuni nima haqidaligini tezgina tushuna oladi. Biz dars jarayonida metodlarni
qo’laymiz dedik, bu bilan o’quvchilarning dars materiallarini o’zlashtirish darajasini
ancha yuqori bo’ladi. Biz dars jarayonida bolalarni yoshiga va bilim darajasiga qarab,
interfaol metodlardan foydalanib dars o’tamiz.
XULOSA
So’ngi yillarda pedagogika faoliyatda turli axborot vositalari (kopyuter,
televideniya, radio, nusxa ko’chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar)
yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
252
ISSN:3030-3621
O’qituvchilar oldida ta’lim jarayonida turli axborot vositalardan o’rinli va maqsadga
muvofiq foydalanish vazifasi turibdi. Biz o’qituvchilar darslarni turli xil innavotsion
metodlar orqali tushuntirib, yoritib bolalarga yetkazib berishga harakat qilishimiz
kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
1.Do'smurodova, G. X. (2020). Development of mathematics of students.
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8(2), 202-
206.
2.
Махмудова, Д. М., Дусмуродова, Г. Х. (2019). Трахтенберг методикасига
асосланиб сонларда купайтириш амаллари. Fizika, Matematika va Informatika,
5, 103-110.
3.
Дусмуродова, Г. Х. (2019). Математикадан иктидорни шаклланишида тескор
хисоблаш усулларининг ахамияти. Fizika, Matematika va Informatika, 56, 21-
25.
4.
Наримбетова, З. А., Сытина, Н. (2021). Учитель-нравственный пример для
ученика. Academic research in educational sciences, 2(1), 1153-1159.
5.
Eshkaraev, K., Norimbetova, Z. (2020). Methodological recommendations for
organizing and holding mathematical circles. European Scientific Conference,
248-250.
6.
Norimbetova, Z. A. (2020). Axborot kommunikatsion texnologiyalari yordamida
geometriya fanini o'qitish metodikasi (10-11-sinflar misolida).
7.
Narimbetova, Z. A. (2020). Matematika fanida ta'lim texnologiyalaridan
foydalanish o'quvchilar tafakkurining rivojlantiruvchi omil. Academic research in
educational sciences, 1(3), 1253-1261.