Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
233
ISSN:3030-3621
MUFTI MENKNING MOTIVATIONAL MOMENTS KITOBIDA
UCHRAGAN LEKSIK-SEMANTIK TRANSFORMATSIYALAR
YUZASIDAN TAHLIL
Karimov Suhrob Abdurahmonovich
Termiz Davlat Universiteti
Annotatsiya
: Ushbu maqola yozuvchi Mufti Menk qalamiga mansub
Motivational Moments kitobining tarjima jarayonida yuzaga kelgan Tarjimonlikning
leksik-semantik turlarini aniqlashni o’z ichiga oladi.
Kalit so’zlar
:
leksik-semantik transformatsiya, kontekst, umumlashtirish,
mantiqiy aloqa, antonimik tarjima.
Tarjima qilish-bu biz o’ylagandek bir so’zni o’zinigina hech qanday qonun-
qoidalarsiz boshqa tilga ko’chirish degani emas albatta.Tarjimaning ham tabir joyiz
bo’lsa o’ziga xos tosh-u tarozisi bor.Quyida biz shularga yuqoridagi asar bo’yicha
maqola mavzusidan ma’lum bo’lgan tarjima turlari doirasida tanishgan bo’lamiz
Dastavval leksik-semantik transformatsiyalarning turlariga to’xtalamiz.Ushbu
transformatsiyalar 5 xil hisoblanadi.
1.Kontekst
2.Umumlashtirish
3.Mantiqiy aloqa
4.Antonomik tarjima
5.Kompensatsiya
Birinchi turdagi transformatsiyamiz ya’ni so’zlarning ma’nosini kontekst orqali
aniqlash bu-keng ma’noli hamda ma’nosini aniqlash qiyin bo’lgan so’zlarni tarjima
qilishda qo’llaniladi.Yana ham aniqroq qilsak bu tur transormatsiya asliyat so’zga
aniqlik kiritish yoki uni konkretlashtirish demakdir.Quyida ushbu tur asarimizning
ham bir necha o’rinlarda kelganligiga guvoh bo’lamiz.Masalan asarimizda mavjud
ushbu jumlaga e’tiboringizni qarating u yerda aytilishicha When you control your
anger, you earn His pleasure agar shu yerda biz to’g’ridan-to’g’ri tarjima qilsak
quyidagicha tarjima hosil bo’ladi, g’azabingizni jilovlay olsangiz u kishi(erkak)ning
rahmati va huzur-xalovatiga erishasiz. Ko’rdingizmi to’g’ridan-to’g’ri tarjima doim
ham biz o’ylagan natijaga olib kelmaydi.Tarjimamiz g’aliz va mujmal bo’lmasligi
uchun yuqorida ta’kidlangan transformatsiya usulidan foydalanish qo’l keladi.Bundan
kelib chiqadiki biz Ingliz yoki har qanday tildan tarjima amalga oshirayotganda avval
shu tilda bizga nima deyilayotganining standart shaklini o’z tilimizdagi shaklini topib
olmog’ imiz lozim ekan.Umuman oladigan bo’lsak hech bir kitobni asliy tilidan
tarjima tilga leksik-semantik transformatsiyalarsiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
234
ISSN:3030-3621
Tarjimaning aynan bu turi bo’yicha qator mutaxassislar tomonidan bir qator fikr-
mulohazalar mavjud.Masalan shu kabi tushunchalardan biri L.S.Barxudarov
tomonidan ilgari surilgan.U yerda aytilishicha transformatsiyani biri ikkinchisining
asosida kelib chiqqan til yoki nutq birliklarining o’zaro munosabati deb ataydi.
Tarjimadagi transformatsiyaga esa tarjimada ekvivalentlik hamda adekvatlikni
ta’minlash uchun ishlatiladigan tillararo turli xil almashinishlarga aytiladi deb
ta’kidlagan.avval ta’kidlanganidek Motivational Moments kitobida ham bu tur
transformatsiyalar bisyor.Masalan ushbu kitob tarjima jarayonida mana budo not
worry about the noise and insults people make as you are trying to get closer to the
Almighty.Focus and be patient.He will guide you kabi jumlalarga duch kelamiz.Shu
yerda bu jumlalarning leksik-semantik tarjimasiga etiborimizni qaratsak.Demak bu
yerda tarjima quyidagicha bo’ladi Robbingizga yanada yaqinroq bo’lishga intilayotgan
bir vaqtda,atrofdagilar(insonlar)tomonidan bo’ladigan asossiz va bir pulga qimmat
tazyiq va tahqirlarga chalg’imang.Diqqatli hamda sabr-toqatli bo’ling.Alloh
yo’lingizni ochib qo’yadi.Ushbu tarjima jarayonida biz transormatsiyaning bevosita
birinchi turi hisoblangan konkretlashtirish shu bilan birga kontekstlardan topish
vositasida tarjima qilamiz.Sababi bu yerda kelgan the noiseso’zining lug’aviy
ma’nosiga e’tibor qilsak o’zbek tiliga shovqin ko’rinishida tarjiam qilinadi.
Endi transformatsiyaning ikkinchi turi bo’lmish tarjimani umumlashtirish orqali
amalga oshirishni ko’rib chiqqan bo’lamiz.
Umumlashtirish.Transformatsiyaning ikkinchi turi umumlashtirish nomi bilan
ataladi.Tarjimada aksariyat hollarda umumlashtirish tarjimaning pragmatik
xususiyatlariga ham bevosita bog’liqligini ko’rsatadi.Masalan,asliyat matnidagi atoqli
otlar o’sha tilda so’zlovchilar uchun informativ ahamiyatga ega bo’lishi mumkin,lekin
tarjimada bular hech qanday ahamiyatga ega bo’lmaydi.Xulosa o’rnida tarjima
amaliyoti ,aksariyat hollarda asliyatda berilgan ma’noda tarjima ili normalarida
ortiqcha hisoblangani bois ba’zi aniqliklar umumlashtiriladi.Ingliz tilida odamning
bo’yi, og’irligi aniq raqamlarda berilishi qabul qilingan.O’zbek tilida bo’y balandligi
novchabaland,daroz so’zlari,vazn esa og’ir,yengil kabi aniqlovchilar bilan beriladi.
Tarjima qilayotgan asarimizda ham bu usul yordamida ham tarjima qilish ko’zga
tashlanadi.
Misol tariqasida mana bu birliklarni keltirishimiz mumkin, do not allow your
trials to tear you down and make you bitter .Misol qilingan bu jumlalarni agar biz
umumlashtirish qoidalariga amal qilmasdan tarjima qilsak kitobni o’quvchi inson bu
yerda mantiqsizlik hamda g’alizlikka duch keladi.
Uchinchi turdagi transformatsiya ikki hodisa o’rtasidagi mantiqiy aloqaga
asoslanadi.Ulardan biri asliyat matnini atasa, ikkinchisi uning tarjima varianti deb
hisoblanadi.Bu transformatsiya matnda tasvirlangan vaziyatning semantik hamda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
235
ISSN:3030-3621
mantiqiy tahlilini talab etadi.Matndagi vaziyat o’z navbatida semantik jihatdan
rivojlantiriladi
Tarjimada sabab natija bilan almashtiriladi.Bunda eng asosiysi tarjimada til
normasiga putur yetmasligi hisoblanadi.’Often in our weakest moments we crumble’
gaplari o’rtasida mantiqiy bog’ liqlik hosil bo’lishi uchun uchinchi tur transformatsiya
qo’llanilgan.
Transformatsiyaning to’rtinchi turi antonimik tarjima hisoblanadi.Bu degani ba’ zi
hollarda asliyatda qo’llanilgan so’z tarjimada antonim bilan almashtirilishini anglatadi,
boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, agar gapda inkor so’zi bo’lsa, u tarjimada tushirib
qoldiriladi.
take it easy-tashvishlanaverma, i do not want to cheat-men to’g’risini aytaman’ deb
tarjima qilinishi mumkin.
Antonimik tarjimaga ehtiyoj paydo bo’lishining uchta asosiy sababi bor:1)asliyat
va tarjima tillar xususiyati 2) kontekst talablari 3)tarjima tilidagi an’ anaviy normaning
mavjudligidir.
Hech bir shubhasiz bu tur transformatsiya muallifi Mufti Menk bo’lgan va Karimov
Suhrob tomonidan tarjima qilinayotgan Motivational Moments’ asari tarji,asida ham
uchraydi.Misol tariqasida Feed your mind with positive thoughts daily.Things will get
better.Bear patience.Yes, it’s bitter but you’ll forget it all when you get there’
jumlalarini keltirib o’tamiz.Bu yerda Aqlingizni befoyda narsalar bilan
to’ldirmang.Shunda hammasi ajoyib bo’ladi.Albatta sabrli bo’lish orqali.Tushunaman
bu oson bo’lmasligi mumkin biroq najot yo’li yolg’iz shu.Yuqoridagi keltirilgan
iqtiboslarning eng avvalgi misralariga e’tibor qilsak asliy til ya’ni Ingliz tilida bu
positive’ shakl ya’ni inkor bo’lmagan holda keltirilgan.
Ammo biz uni o’zbek tiliga antonimik tarjima usli yordamida tarjima qilib,uni
negative’ ko’rinishida beramiz.
Xulosa o’rnida shuni bayon qilamizki, har qanday asar tarjimasini yuqoridagi
transformatsiya usullarisiz tarjima qila olmaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Mufti Menk Motivational Moments’,ALQ creative Pte.Ltd,Singapur
2.
I.G’afurov,O.Mo’minov,N.Qambarov
Tarjima
nazariyasi’(108-114
betlar),
“Tafakkur Bo’stoni”,Toshkent-2012
3.
Yulduz
Otaxonovna
Masharipova.”Tarjima
amaliyotida
leksik
transformatsiyalarning ahamiyati.Researchgate.net
4.
БархударовюЛ.С.”Язьiк и перевод.М.Международньiе отношения. .(45-210-
betlar) 1979