Mualliflar

  • G‘oybnazarova O‘g‘uloy Abdunazarovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112116

Annotasiya

Annotatsiya: Ushbu  maqolada huquqiy ong huquqiy  madaniyat tushunchasi, 
uni  maktab  o‘quvchilariga  yoshlikdan  tushuntirish  va  maktab  o‘quvchlarida  odatiy 
huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni  shakllantirishning  ahamiyati  va  maktab 
o‘quvchilariga dastlabki huquqiy tushunchalarni berish va bu orqali ularda jamiyat va 
davlatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarni hurmat qilish ruhini shakllantirishning davlat 
taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

229

ISSN:3030-3621

MAKTAB O‘QUVCHILARI ORASIDA HUQUQIY ONG VA HUQUQIY

MADANIYATINI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI

G‘oybnazarova O‘g‘uloy Abdunazarovna

Pastdarg‘om tuman MMTBga qarashli 66-umum

ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada huquqiy ong huquqiy madaniyat tushunchasi,

uni maktab o‘quvchilariga yoshlikdan tushuntirish va maktab o‘quvchlarida odatiy
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishning ahamiyati va maktab
o‘quvchilariga dastlabki huquqiy tushunchalarni berish va bu orqali ularda jamiyat va
davlatda o‘rnatilgan qonun-qoidalarni hurmat qilish ruhini shakllantirishning davlat
taraqqiyotidagi o‘rni haqida so‘z yuritiladi.

Annotion:

This article discusses the concept of legal awareness and legal

culture, the importance of explaining it to schoolchildren from a young age, the
formation of a common legal awareness and legal culture in schoolchildren, and the
role of providing schoolchildren with basic legal concepts and thereby forming in them
a spirit of respect for the laws and regulations established in society and the state in the
development of the state.

Huquqiy ong

-

ijtimoiy

ong shakli;

jamiyat

aʼzolarining mavjud huquqiy

munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida oʻz aksini
topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi

huquq

, balki uning tarixi, shuningdek boshqa

jamiyatlardagi voqeliklarni bilishni ham oʻz ichiga oladi. Alohida shaxs, guruh va
jamiyatning Huquqiy ongi ajratib koʻrsatiladi. Huquqiy ong huquqiy

mafkura

va

huquqiy psixologiyadan tashkil topgan. Huquqiy mafkura — har xil huquqiy hodisalar
haqidagi nuqtai nazar, tushuncha, gʻoya va qarashlarning ilmiy umumlashtirilgan
tizimidan iborat. Huquqiy ongning huquqiy mafkura qismida aksini topgan huquqiy
hodisalar huquqqa bagʻishlangan maxsus nazariy izlanishlarda oʻz rivojini topib, ilmiy
darajada anglab yetiladi. Bunday ilmiy asarlarning mazmuni odamlar maʼnaviy
mulkiga aylanib, ularning ongiga aniq huquqiy bilimlarni, mulohazalarni, eʼtiqod va
kayfiyatni olib kiradi. Huquqiy mafkura — shaxsning Huquqiy ongini ilmiy asosda
shakllantira borib, huquqqa, odamning huquqqa boʻlgan munosabatiga hal qiluvchi
taʼsir qiladi. Huquqiy

psixologiya

— huquqiy hodisalarni

hissiyot

bilan anglashdir.

Odam ijtimoiy hodisalarni, jumladan, huquqiy munosabatlarni nafaqat aql bilan,
balki

sezgi

bilan ham tushunib yetadi.

Huquqiy ong darajasi jamiyat aʼzolarining huquqiy maʼlumotlariga ham bogʻliqdir.
Shunga koʻra, fuqarolarning

huquqiy madaniyat

darajasini koʻtarishga koʻmak

beradigan huquqiy ax-borot tizimini tashkil qilishning ahamiyati katta. Huquqiy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

230

ISSN:3030-3621

madaniyatning darajasiga qarab, Huquqiy ong 3 turga ajratiladi: oddiy, ilmiy va kasbiy.
Oddiy Huquqiy ong, odatda, oʻz-oʻzidan vujudga keladi va odamning shaxsiy tajribasi,
huquqiy hodisalar bilan bogʻliq boʻlgan hayotiy vaziyatlar haqidagi tushunchasi bilan
belgilanadi. Bunga odamning ishga joylashuvidagi yoki oliy oʻquv yurtiga kirish
qoidalari yo boʻlmasa yoʻl qoidasini buzganligi uchun javobgarligi haqidagi bilimlar
misol boʻla oladi. Huquqiy ong borliq haqidagi oddiy tushunchalar chegarasida qolib
ketmaydi, doimo rivojlana borib, nazariy, ilmiy tushunchaga aylanadi. Ilmiy Huquqiy
ong ijtimoiy huquqiy haqiqatni u yo bu darajada toʻgʻri aks ettiruvchi bilimlar tizimini
oʻz ichiga oladi. Kasbiy Huquqiy ong esa yuridik oliy oʻquv yurtlarida oʻqish natijasida
shakllanadi, soʻngra, huquqiy amaliyot jarayonida sayqallanadi. Huquqiy fanlar
vakillari, huquqshunos amaliyotchilar uning

subʼyektlari

hisoblanadi.

Huquqiy ong jamiyat hayotining ijtimoiysiyosiy sharoitlari, uning madaniy
HUQUQIY, demokratik yoki avtoritar anʼanalari bilan belgilanadi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirib borish qonun

ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan
biri hisoblanadi. Yurtimizda so‘nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish,
jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2019 yildagi “Jamiyatda
huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish
to‘g‘risida” Farmonida “yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik
tushunchalarini

hamda

odob-axloq

normalarini

chuqur

singdirib

borish,

Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab oʻrgatish;” asosiy
vazifa qilib belgilab berilgan bo’lib, ushbu me’yoriy hujjat huquqiy demokratik davlat
hamda fuqarolik jamiyatni qurishni o’z maqsadi qilib olgan jamiyatimiz uchun
huquqiy tarbiyaning asosini belgilab beruvchi asosiy tamoyil bo’lib xizmat qiladi.
Darhaqiqat har qanday jamiyatda yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi doimo dolzarb
muammo sifatida e’tirof etiladi. Uning ikkinchi muhim jihati esa yoshlarning ijtimoiy-
huquqiy ongini shakillantirishda huquqiy tarbiyaning rolidir. O’zbekiston
Respublikasining uzluksiz ta’lim tizimining ajralmas va eng asosiy bo’g’ini
boshlang’ich ta’lim ekanligini e’tiborga olgan holda aynan huquqiy tarbiyani
rivojlantirishga shu bosqichda alohida ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.
Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar huquqiy jihatdan chuqur nazariy va amaliy bilimlar
hamda malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishi bilan birga milliy urf-odatlar va
qadriyatlarni hurmat qilishi, ma’naviy, ruhiy, jismoniy jihatdan sog’lom va barkamol,
fuqorolik burch va mas’uliyatini shakllangan bo’lib voyaga yetishlari kerak.
O’quvchilarda huquqiy tarbiyalashda maktab miqyosida olib boriladigan, ma’naviy-
ma’rifiy ishlarni olib borishda xalqning boy merosidan unumli foydalanish, uning
tizimli asosini ishlab chiqish, o’z oldimizga qo’ygan maqsadimizni samarali amalga
oshishishiga sababchi bo’ladi. Chunki, huquqiy tarbiya bu- tashkiliy ravishda


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

231

ISSN:3030-3621

muntazam olib boriladigan, aniq maqsadni ko’zlagan va shaxsga «guruh shaxslariga»
ta’sir qila oladigan, ularda huquqiy ong, huquqiy bilim, qonunlarga rioya qilish
xislatlarini vujudga keltiradigan harakatdir. Aynan o’qitish jarayonida olib boriladigan
ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlar asosida boshlang’ich sinf o’quvchilarida huquqiy
tushunchalarni shakllantirish bu har bir o’quvchining ichki hayoti, muhit kechinmalari,
aqliy qobiliyatlari, idrokini mujassamlashtirish, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq
farovonligi yo’lida xizmat qilish, O’zbekistonda yashayotgan barcha millat va
elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarni hurmat
qilish, ularni asrab avaylash va rivojlantirish, ma’rifatli, bilimli, huquqiy jihatdan
madaniyatli, ma’naviy axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxs bo’lib yetishishi
demakdir. Fuqarolik tarbiyasi tagzaminida xalq o’tmishi, tarixini o’rganish milliy
qadriyatlar mohiyatini anglashga asoslangan faoliyatga o’quvchilarni yo’naltirish
ijtimoiy maqsadni amalga oshirishga qaratirilgan yo’l sanaladi. O’quvchilarni haqiqiy
fuqaro etib tarbiyalash, ularda fuqarolik tuyg’usini rivojlantirish, fidoiy, vatanparvar
fuqaro sifatida tarbiyalash asnosida ta’minlanadi. Yosh avlodda fuqarolik hissi va
e’tiqodini tarbiyalamay turib, ularda axloqiy, xulqiy odatlar va huquqiy ko’nikmalarni
shakllantirib bo’lmaydi. Shuning uchun ham fuqarolik tuyg’usini qaror toptirish
murakkab jarayon hisoblanadi. Bunda dastlab o’quvchilarga fuqarolikning mohiyati va
me’yoriy qoidalar mazmuniga oid ilk tushunchalar to’g’risida bilimlar beriladi.
Avvalo, o’quvchiga fuqarolik odobi va madaniyati haqidagi tushunchalar beriladi, bu
xildagi hatti-harakatlarga oid ibratli shaxslar faoliyatidan namunalar keltiriladi, so’ngra
faoliyat uyushtiriladi. Ana shu asosida ularda fuqarolik tushunchasi shakllanadi va
fuqarolik xulqiy odatlari, ko’nikmalar hosil qilinadi. Badiiy va ilmiy adabiyotlar,
matbuot yangiliklari, kinofilm, spektakl g’oyalari, turli suhbatlar mazmunini
tushuntirish, targ’ib etib borish orqali o’quvchilar ongiga fuqarolik tushunchalari
singdiriladi. Bular orqali yosh avlodni qonunga itoatkorlik ruhini shakllantirib, ularda
har qanday huquqqa zid harakatlar uchun javobgarlikning muqarrarligi tushuntiriladi.
Xususan davlatimiz rahbarining 2019 yil 09 yanvar sanasidagi PQ-5618-son qarorida
ham quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning
asosiy vazifalari etib belgilandi:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar,

qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini
izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida

“Jamiyatda qonunlarga

hurmat ruhini qaror toptirish ‒ demokratik huquqiy davlat qurishning
garovidir!”

degan hayotiy g‘oyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo,

ta’lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e’tibor qaratish,
maktabgacha ta’lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

232

ISSN:3030-3621

huquqiy madaniyatni chuqur singdirish,

shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat

manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni saqlash g‘oyalarini

keng targ‘ib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda

odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish,

Konstitutsiyaning

muhim jihatlarini

ularga bolaligidan boshlab o‘rgatish;

aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy

tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda
tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg‘ularini
shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib

borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik
munosabatini shakllantirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza

qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ‘ibotni
amalga oshirish borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni

tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli
asosda yo‘lga qo‘yish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta’minlashdagi rolini

oshirish, huquqiy targ‘ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu
jumladan, veb-texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish;

yuridik ta’limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash,

qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy

asoslarini chuqur tadqiq etish. Aynan shu qarordan yoshlarning ongida huquqiy ong va
huquqiy madaniyatni shakllantirish dolazarb masala ekanligini ko‘rishimiz mumkin.