Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
205
ISSN:3030-3621
ABU HANIFA VA UNING “Al-OLIM VAL-MUTA’ALLIM” ASARI
Nasrullayev Izzatulloh Rustamjon o‘g‘li
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-kurs talabasi,
Ilmiy rahbar
:
Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish
ICESCO” dotsenti vazifasini bajaruvchisi,
Islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Annotatsiya:
Maqolada hanafiylik mazhabi asoschisi No‘mon ibn Sobitning
hayoti va ilmiy faoliyati, ta’lif qilgan asarlari hamda “al-Olim va-l-muta’allim”da
islom aqidasiga oid masalalarning yoritilishi, asarga yozilgan sharhlar va ularning
bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar:
No‘mon ibn Sobit, sahoba, imon, mo‘min, kofir, kalom.
Musulmon ommasiga Imom A’zam nomi bilan mashhur bo‘lgan No‘mon ibn
Sobit ibn Zuvto 699-yil Kufa shahrida tug‘ilgan
1
. U kishining otalari Sobit ibn Zuvto
asli fors bobolari Marzubon esa, asli Qobul hozirgi Afg‘onistonning poytaxtidan
bo‘lgan. Marzubon Umar (r.a)ning halifaligi davrida musulmon bo‘lib, Kufaga ko‘chib
keladi va manashu yerda qo‘nim topadi
2
.
Abu Hanifaning otalari Ali (r.a) bilan uchrashgan va o‘ziga hamda zurriyotiga
baraka tilab, u kishini duolarini olgan edi
3
. Rivoyatlarga qilinishicha, Sobit ibn
Marzubon Kufa shahrida birovning olmasidan bir tishlamni ruxsatsiz yegani uchun
egasidan halollik so‘raganida, uning imoni pok ekanini ko‘rgan olma sohibi qizini
nikohlab beradi va keyinchalik bu nikoh sabab Imom A’zam dunyoga keldi.
Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Kidom aytadilar: “Darhaqiqat, Ali (r.a)ning
duolari ijobat bo‘lib, Alloh Abu Hanifa (r.a)ni ulug‘ qilib qo‘ydi. Musulmonlarning
aksari u zotga ergashdi va fiqhda u zotning fikrlariga tayanadi”
4
, deydilar.
Abu Hanifa (r.a) yigitlik chog‘ida tijorat bilan shug‘ullangan. Bir kuni Imom
Sha’biy (r.a) bilan uchrashadi. U zot Abu Hanifa (r.a)dagi aql-farosatni ko‘rgach, uni
ulamolar huzuriga borib ilm olishga targ‘ib qiladi. O‘smir Imom Sha’biy nasihatiga
1
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoida ilmi va unga bog’liq masalalar. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2019. – B.
181.
2
Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent, Hilol-Nashr, 2022. – B. 42.
3
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoida ilmi va unga bog’liq masalalar. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2019. –
B.181.
4
Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 42-43.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
206
ISSN:3030-3621
amal qilib, ilm o‘rganishga kirishadi. Yillar o‘tib Abu Hanifa (r.a) yetuk alloma bo‘lib
yetishadi.
Abu Hanifa avval aqida va kalom ilmini o‘rgangan, keyin esa fiqh ilmiga jiddiy
kirishgan. U bu haqda: “Men kalom ilmi bilan insonlar meni ko‘rganda “Mana bu
falonchi”, deb barmoqlari bilan ishora qilib ko‘rsatadigan darajaga yetgunimga qadar
shug‘ullanib keldim”
5
, deydi.
Abu Hanifa (r.a) 22 yoshida hijriy 102-yil fiqh ilmini o‘rganishni boshlaydi.
O‘sha davrdagi Kufa faqihi Hammod ibn Abu Sulaymon (r.a)ning dars halqasiga
qatnab, asosiy fiqh ilmlarini u zotdan o‘rganadi. U ustozidan 18 yil ta’lim oladi. Abu
Hanifa zehn-idrokda boshqa talabalardan ilg‘or bo‘lganligi uchun ustozi uni
boshqalardan ustun ko‘rar va shunday der edi: “Mening to‘g‘rimda – halqa o‘rtasida
Abu Hanifadan boshqasi o‘tirmasin”. Abu Hanifa (r.a) shu darajaga yetdiki,
ustozlarining xos shogirdiga aylandi
6
. Shu bilan birgalikda, ko‘plab ustozlar bilan
uchrashib, ulardan dars olishlik uning odat tusiga aylangan.
U zotning ustozlari adadi 4000 ta bo‘lgan deyiladi. Ulardan yettitasi sahoba
(Hanafiy ulamolar taboqotlari borasida birinchi bo‘lib kitob yozgan alloma, imom,
muhaddis Abdulqodir ibn Abulvafo Qurayshiy Hanafiy Misriy “al-Javohiru al-
muziya” asarida shunday deydi: “Imom Abu Hanifa (r.a)ning o‘zi sahobalardan
Abdulloh ibn Unays, Abdulloh ibn Juz Zabidiy, Anas ibn Molik, Jobir ibn Abdulloh,
Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’ va Oysha bintu Ajarada (r.a)lardan hadis
eshitganini zikr qilgan”)
7
, to‘qson uch nafari tobe’in qolganlari esa, taba’a
tobe’inlardir
8
.
Mujtahid Imom Molikdan odamlar: “Abu Hanifa (r.a)ni ko‘rganmisiz?”, deb
so‘rashganda, “Ha agar ushbu ustunni tilla demoqchi bo‘lsa, hujjat topa oladigan
odamligini ko‘rdim”, deganlar.
Mujtahid Imom Shofe’iy: “Odamlar fiqhda Abu Hanifadan qarzdordirlar”,
deganlar.
Ulamolar: “Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom
Abu Hanifa (r.a) yerga qaytarib keladi”, deyishgan.
Mashhur Imom Abdulloh ibn Muborak: “Fiqhda eng kuchli odam Abu
Hanifadir. Unga o‘xshashini ko‘rmadim”, deganlar.
Abu Hanifa (r.a) hijriy 150-yil shavvol oyining o‘rtalarida vafot etganlar. U
kishining janozalariga kelgan kishilarning soni 50.000 ga yetgan. U zotga 6 marotaba
janoza o‘qiladi, oxirgi janozalarini o‘g‘illari Hammod o‘qiganlar.
5
Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 183.
6
Saymariy. Axboru Abiy Hanifata va ashobuh. – B.6 Xatib Bog’dodiy. Tarixu Bag’dod. J – 5. – B. 236.
7
H.Аminov, S.Primov. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. – B. 22.
8
Muhammad Ayyub Homidov Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 54.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
207
ISSN:3030-3621
“Al-Olim val-muta’llim” (
ملاعلا
ملعتملاو
) asari hanafiylik mazhabi asoschi Abu
Hanifa va u kishining shogirdlari Abu Muti’ Balxiyning savol-javoblari asnosida ta’lif
etilgan. Ushbu asarni bizgacha Abu Muqotil ibn Muslim Samarqandiy rivoyat qilib
yetkazgan. Kitobdagi mavzulalar o‘zida har bir musulmon kishi bilishi kerak bo‘lgan
masalalarni qamrab olgan.
Ushbu kitobni ba’zilar Imom A’zamga tegishli desa, yana ba’zilar u kishiga
tegishli emas deydilar. Bu kitobning aniq Abu Hanifaga tegishli ekanligini isbot qilish
uchun Mustafo Oshur ushbu asarni bevosita Imomi A’zamning o‘zidan eshitgan Abu
Muqotil ibn Muslim Samarqandiygacha bo‘lgan roviylarni keltirib o‘tgan.
Yuqorida aytib o‘tilganidek, ushbu kitob ustoz va shogirdning savol javoblari
asosida ta’lif etilgan. Abu Hanifa bu asarda ahli sunna aqidasiga dalil o‘laroq naqliy
(Qur’oni karim va hadisi sharif), aqliy hamda qiyosiy tahillarni keltirib o‘tgan.
Ushbu asar, o‘zida ko‘plab mavzularni qamrab olgan. Jumladan, sahobalar
davrida bo‘lmay, keyinchalik alohida fan sifatida shakillangan kalom ilmini o‘rganish
joiz ekanligi haqida savolga javoblar keltirilib o‘tiladi:
“Agar senga biror kishi sahobalar bu ishni qilmaganlar, sahobalarga yetgan narsa
senga kifoya qilmaydimi deb kalom ilmini o‘rganishdan qaytarsa, sen ularga, agar men
ham sahobalar davrida tug’ulganimda ularga yetgan narsa menga ham yetar edi, ammo
ularning huzurida bo‘lgan zot mening yonimda yo‘qlar deb javob bergin)”, deyiladi;
“Musulmon kishiga to‘g‘ri va noto‘ri yo‘ldagi shaxsni ajrata olmasligi yoki
adashgan toifalarning xatolarini bilmasligi ziyon ketiradimi, degan mazmundagi
savolga Abu Hanifa: “To‘g’rini xatodan ajrata olmasliging faqatgina bir tomondangina
ziyoni yo‘q. U ham bo‘lsa sen uning gunohi uchun jazo olmaysan. Lekin, boshqa
tomonlama ko‘plab ziyonlari bor. Ularga kelsak, u ikkisini ajrata olmasang insonlar
orasida ilmi yo‘q ekan degan nom olasan, sendan biror masala so‘rab kelinsa, to‘g‘ri
qilyapmanmi yoki xatomi deb undan chiqish yo‘lini bilmay qolasan. Yana bir ziyonini
aytadigan bo‘lsam, haqni nohaqdan ajrata olmasliging sababidan sen kimni Alloh
uchun yaxshi ko‘rish kerak ekanligini va yana kimni Alloh rizoligi uchun yomon
ko‘rish kerak ekanligi bilmay qolasan”, deya javob beradi
9
.
Ushbu javoblari bilan Abu Hanifa shogirdi, qolaversa barcha insonlarni ilm
olishlikka targ‘ib qiladi. G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy: “Oz-oz o‘rganib
dono bo‘lur, qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur”, deganidek, inson kuniga oz-ozdan
bo‘lsa ham ilm olishga harakat qilmog’i kerak.
Ushbu kitobda yana bir mavzu: “Alloh taolo insonlarni nimaga asosan mo‘min
yoki kofir deb biladi va odamlarchi?”, mazmunidagi savolga Abu Hanifa quyidagicha
javob beradi: “Alloh taolo kimnidir kofir yoki mo‘min deyishlikda bandalarnig qalbiga
qaraydi, biz esa, zohiri (Allohni tillari bilan tasdiq qilish yoki inkor qilishlariga va
9
Abu Hanifa. Al-Olim val-mutaallim / Zohid Kavsariy tahqiqi ostida. – Qohira, 1368 h. – B. 10.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
47-son_4-to’plam_Iyun -2025
208
ISSN:3030-3621
ibodatlari)ga qarab mo‘min yoki kofir deymiz” deb, bu fikrni aqliy dalillar bilan isbot
qilib bergan. Jumladan, Nabiy (a.s) davrlarida musulmonlar munofiqlarni ham ularning
tashqi qiyofalari va zohiran iqror bo‘lganlariga qarab, garchi Аlloh oldida kofir
bo‘lsalar ham, ularni mo‘minlar deb ataganliklarini ta’kidlaganlar
10
.
“Al-Olim va al-muta’allim” asariga Shayx Abu Bakr Muhammad ibnul Hasan
ibn Furak “Sharhu Al-Olim va al-muta’allim” nomli sharh yozgan. U 268 betdan
iborat. Ushbu sharh yozish jarayonida muallif Abu Hanifaning qarashlariga muofiq
tarzda ahlu as-sunna val-jamoa e’tiqodiga zid bo‘lgan mu’tazila, xavorij, shia va
shunga o‘xshash boshqa toifalarning fikrlarini keltirib, ularga batafsil raddiyalar
bergan.
Foydalainlgan manba va adabiyotlar ro’yxati
1.
Abu Hanifa. Al-Olim val-mutaallim / Zohid Kavsariy tahqiqi ostida. – Qohira,
1368 h. – 60. b.
2.
H.Аminov, S.Primov. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent:
Movarounnahr, 2017. – 435. b.
3.
Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. –
478. b.
4.
Saymariy. Axboru Abiy Hanifata va ashobuh. – B.6 Xatib Bog’dodiy. Tarixu
Bag’dod. J – 5. – 328. b.
5.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoida ilmi va unga bog’liq
masalalar. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2019. – 546. b.
Internet satlar
6.
Islom.uz.
7.
Muslim.uz.
8.
Madrasa.uz.
10
Abu Hanifa. Al-Olim val-mutaallim / Zohid Kavsariy tahqiqi ostida. – Qohira, 1368 h. – B. 23-25.