Mualliflar

  • J.S.Sidikjanov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.112123

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: ko‘ylak sorochka paxta mato to‘qima zig‘ir o‘rilish.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu  maqolada  erkaklar  sorochkasi  ishlab  chiqarish  uchun 
hozirgi  kunda  tikuvchilik  korxonalari  tomonidan  keng  foylanilayotgan  matolarning 
turlari, matoni tashkil qilgan tolalar xususiyati, ularning to’qilish usullari va naqshlari 
o’rganilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

295

ISSN:3030-3621

ERKAKLAR KOʻYLAGINI ISHLAB CHIQARISHDA QOʻLLANILADIGAN

MATERIALLAR VA ULARNING TAHLILI

J.S.Sidikjanov

Dizayn kafedrasi assistenti, PhD

Namangan davlat texnika universiteti


Annotatsiya.

Ushbu maqolada erkaklar sorochkasi ishlab chiqarish uchun

hozirgi kunda tikuvchilik korxonalari tomonidan keng foylanilayotgan matolarning
turlari, matoni tashkil qilgan tolalar xususiyati, ularning to’qilish usullari va naqshlari
o’rganilgan.

Kalit so’zlar:

ko‘ylak, sorochka, paxta, mato, to‘qima, zig‘ir, o‘rilish.


Kirish.

Bugungi kunda erkaklarning garderobidagi eng muhim kiyimlardan biri

bu sorochka uslubidagi koʻylagi hisoblanadi. Odatda ushbu koʻylaklar pidjak, palto
yoki kurtkalarning ostidan kiyiladigan erkaklar kostyumini toʻldiruvchi elementi
hisoblanadi, lekin bahor va yoz kabi mavsumlarda erkaklar kiyiming asosiy
assortimenti hisoblanadi. Vazifasiga koʻra koʻylaklar forma, kundalik yoki tantanali
kiyimlarga, shuningdek bichimi, silueti, shakliga koʻra bir necha xil turlarga boʻlinadi,
va yana mavsumga qarab bahor-kuz, yozgi va qishgi turlarga ham ajratish mumkin.

Erkaklar koʻylagi turli xomashyolar jumladan, paxta, zigʻir, ipak, jun, sun'iy va

aralash tolalardan iborat materiallardan tayyorlanadi [1]. Materiallar tola tarkibi,
toʻqilishi va naqshi boʻyicha farqlanadi. Ular odatda, sidirgʻa rangli, gul bosilgan, yoʻl-
yoʻl yoki katakli boʻladi.

Har bir xom ashyo turli xususiyatlarga ega. Masalan, paxta tolasi erkaklar

koʻylagini ishlab chiqarishda eng koʻp ishlatiladigan xomashyo hisoblanadi. Paxta
tolasining afzalligi past issiqlik oʻtkazuvchanligi, turli boʻyoqlarda yaxshi boʻyalishi,
ishqor va boshqa kimyoviy moddalar ta'sirida parchalanmasligi, ishqalanishga
chidamliligi kabilardir. Paxtaning gigroskopikligi ancha yuqori. Koʻpincha koʻylaklik
matolar uzun shtapelli yoki qayta taralgan uzun shtapelli (ELS) toladan qilinadi. Paxta
ipidan tayyorlangan mahsulotlar juda qulay va yumshoq. Paxta ipi baʼzan boshqa iplar
bilan birgalikda ishlatiladi [2]. 100% paxta ipidan toʻqilgan matolar yuqori
kirishuvchanlikka ega va paxtadan tayyorlangan mahsulotlarni loyihalash va ishlab
chiqarishda matoning xususiyatlariga alohida e'tibor berish kerak.

Zigʻir matolar - zigʻir oʻsimligidan olingan juda nozik tolalardan tayyorlangan

gazlama. Xom zigʻirni matoga aylantirish paxtani qayta ishlashga qaraganda koʻproq
vaqt va kuch sarflaydi, bu esa xarajatlarni oshiradi. Zigʻir iplari odatda paxtaga
qaraganda yengilroq. Zigʻir matodan tayyorlangan koʻylaklar juda yengil, havo
oʻtkazishi yuqori va qattiqligi paxtadan kamroq. Zigʻir matolari paxtadan koʻra tezroq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

296

ISSN:3030-3621

bugʻlanadi va juda namlik yuqori mamlakatlarda erkaklar uchun qulaylik yaratadi yoki
koʻp terlashga moyil boʻlgan erkaklar uchun ham tavsiya qilinadi.

Ipak koʻylaklar gʻayrioddiy, hashamatli va qimmatbaho kiyim hisoblanadi.

Ipakning qimmatligi undan tayyorlangan gazlamalarning chiroyli koʻrinishga ega
boʻlishi, yuqori mustahkamligi, yaxshi boʻyalishi, egiluvchanligi, namlikni oson
singdirishi bilan bogʻliq. Yigirilgan ipak iplari paxta iplari bilan bir qatorda gazlama
va buyumlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Paxta ipidan tabiiy ipak tolalari qoʻshilgan
holda toʻqilgan gazlamalar, xususan, havo oʻtkazuvchanligi, gigroskopiklik va eng
muhimi, gigiyenik xususiyatlarni yaxshilaydi [3]. Shuning uchun paxta-ipakli
mahsulotlarni yozgi mavsumda shuningdek, issiq iqlim sharoitlarida kiyishga tavsiya
etiladi.

Jundan ishlab chiqarilgan koʻylaklar shaklni yaxshi saqlaydi, hamda issiqlik

oʻtkazuvchanligi kam. Jun tolalari paxta tolalariga qaraganda uzunroq, mustahkamligi
past, lekin elastikligi yuqori boʻladi. Jun namni yaxshi shimadi va uni uzoq vaqt
saqlaydi. Biroq, bugʻ, harorat va bosim ta'sirida jun tolalari shaklini oʻzgartirish
mumkin. Bu xususiyatdan kelib chiqqan holda, tikuvchilik texnologiyasida jun mato
va kiyimlarga nam-issiqlik bilan ishlov berish usuli keng qoʻllaniladi [3, 4].

Sun’iy tolalar asosan paxta matolari bilan aralash holda qoʻllanadi. Paxta tolali

koʻylakning mustahkamligi va eskirishga chidamliligini oshirish uchun bir necha xil
iplar, neylon, polyester yoki boshqa sintetik tolalar qoʻshiladi.

Sun'iy va sintetik tolali koʻylaklik matolar yuqori sifatga ega boʻlmaydi va sifatli

koʻylak uchun tavsiya etilmaydi. Sintetik tolalardan iborat matolar faqat
mustahkamlik, eskirishga chidamlilik va arzonroq narx [4] kabi bir nechta afzalliklarga
ega lekin gigiyenik xossalari oʻta past boʻladi.

Matolarning oʻrilishi deb, tanda va arqoq iplarining ma’lum tartibda

oʻzaro bogʻlanishiga aytiladi. Tanda va arqoq iplarining oʻrilishini

koʻrsatuvchi shaklga oʻrilish naqshi deyiladi [5].

Oʻrilish jarayonida hosil boʻluvchi naqshning takrorlanishi rapport

(R) deb ataladi. Tanda ipi matoning sirtiga chiqib arqoq ipining ustini

qoplashi tanda qoplanishi deyiladi. Arqoq ipi matoning sirtiga chiqib tanda

ipining ustini qoplashi arqoq qoplanishi deyiladi.

Matolar oʻrilishi boʻyicha quyidagicha sinflarga boʻlinadi [6]:

1.

Oddiy yoki bosh oʻrilishlar;

2.

Mayda gulli oʻrilishlar;

3.

Murakkab oʻrilishlar;

4.

Yirik gulli (jakkard) oʻrilishlar.

Oddiy oʻrilishlar (1-rasm) sinfiga polotno, sarja va satin (atlas) oʻrilishlari

kiradi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

297

ISSN:3030-3621

1-rasm. Oddiy oʻrilishlar

Barcha oddiy oʻrilishlarga xos umumiy xususiyatlar shundaki, tanda

boʻyicha rapport arqoq boʻyicha rapportga teng boʻladi, bitta rapport ichida

har bir tanda ipi har bir arqoq ipi bilan faqat bir martagina oʻrilishadi.

1-jadval

Koʻp ishlatiladigan koʻylak matolarining turlari va tavsifi

Mato

turi

Oʻrilishi

Mato koʻrinishi

Qisqa tavsifi

Poplin

Poplin oddiy, tanda va arqoq
iplarini
navbatma-navbat ustiga chiqarib
oʻrish orqali toʻqilgan. Yumshoq,
havo oʻtkazuvchan, pishiq, juda
silliq

va

chidamli,

lekin

burishishga eng moyil

Oksford

(Rogoch-

ka)

Oksford - bu savat usulida toʻqish
boʻlib, bir nechta arqoq iplari teng
miqdordagi tanda iplar ustida
kesishadi. Koʻpincha, rangli arqoq
oq rangli tanda ip bilan kesishadi,
natijada ikki rangli naqsh paydo
boʻladi. Bir oz dagʻalroq, lekin
bardoshli, qalinroq va issiqroq

Pinpoint

Pinpoint - Oksford mato bilan bir
xil oʻrilishga ega, farq ikki-bir-ikki
toʻquv tuzilishi. Bitta arqoq ipi
ikkita tanda ipni kesib oʻtib,
toʻgʻnogʻich uchi koʻrinishini hosil
qiladi. Shaffof emas, yetarlicha
chidamli, lekin biroz ogʻirroq va
qalinroq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

298

ISSN:3030-3621

Sarja

Sarja - diagonal teksturaga ega
boʻlib, oʻziga xos diagonal naqsh
yaratish uchun har bir tanda va
arqoq iplarini ikkita vertikal ipning
ustiga va ostiga toʻqish orqali
qilingan. Poplindan yumshoqroq
va

qalinroq,

shuningdek,

gʻijimlanishga

chidamli

va

dazmollash oson, juda yaxshi
burma hosil qiladi

Shambre

Shambre - ishchi kiyimi uchun
poplin yoki sukno shaklidagi
yanada qulayroq yoki ish kiyimi
jozibadorligi uchun ogʻirroq ip
bilan qilingan polotno toʻqilgan
mato. Shambre gazlamasi tandada
rangli ip, arqogʻida esa oq ip. Bu
bir xil rang oʻzgarishiga ega
boʻlgan koʻylak vazniga ajoyib
alternativdir

Denim

Denimning konstruktsiyasi sarja
oʻrilishidir. Ikki rangli koʻrinishni
yaratish uchun rangli ip oq ip bilan
kesishadi. Rangli ip matoning
yuziga oʻtadi, oq esa orqa tomonda
qoladi

End-on-

End

End-on-end koʻylak matolarining
juda mashhur turidir. End-on-uch -
bu poplin toʻquv boʻlib, unda tanda
ipi bir rangda va arqoq ip boshqa
rangda boʻladi

Royal

oksford

Royal Oksford klassik Oksfordga
juda oʻxshash. Toʻquvning biroz
oʻzgarishi bilan farq qiladi. Ikkala
toʻquv oʻrtasida asosiy tuzilish
oʻxshashligi mavjud boʻlsa-da,
royal

Oksford

ikki-uch-ikki

tuzilmali oʻrilishda qurilgan.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

299

ISSN:3030-3621

Siniq

sarja

Siniq sarja - bu toʻqilganda "V
shaklidagi"

koʻrinishni

aks

ettiradigan mato. Ushbu matolar
silliq

teksturali

sirtga

ega,

shuningdek yaxshi buklama hosil
qiladi va dazmollash oson

Satin

Satin toʻrt yoki undan ortiq arqoq
iplari bir tanda ipdan oʻtadi yoki
aksincha: toʻrt yoki undan ortiq
tanda iplari arqoq ipdan oʻtadi.
Toʻqimachilikda tanda ip yoki iplar
toʻquv dastgohida qoʻzgʻalmas
holda ushlab turiladi, arqoq ip yoki
iplar esa ustki va ostidan toʻqiladi.
Satin oʻrilishi yorqin, ammo
chidamli emas

Jakkard Naqsh turiga koʻra

Jakkard toʻquv naqshli matolarni
ishlab

chiqarish

uchun

moʻljallangan maxsus dastgoh
yordamida

yaratilgan.

Turli

toʻquvlar

aralashmasidan

foydalanib,

naqshlarning

imkoniyatlari

cheksizdir.

Jakkardlar

yanada

murakkab

naqshlarni yaratish uchun bitta
rang yoki ranglar aralashmasidan
tayyorlanishi mumkin. Koʻpincha
jakkardning

orqa

tomoni

naqshning oyna tasviridir

Yuqoridagi 1-jadvalda erkaklar an’anaviy koʻylaklari uchun qoʻllaniladigan

materiallarning tasnifi

keltirilgan. Mazkur

1-jadvalda

koʻylaklik matolar

oʻrilishlarining aniq koʻrinishi berilgan boʻlib, turli oʻrilish usullari orqali turlicha
xususiyatli matolarni olish imkonini beradi.

Gazlamalardagi naqshlar ikki xil manba orqali hosil qilinadi. Matoning

boʻyalishi yoki bosma naqshidagi turli xil ranglarning kontrasti yoki uning iplarini turli
usulda oʻrilishi natijasida hosil qilingan tekstura [7]. Ranglar bilan yaratilgan naqshlar
koʻproq diqqatni tortadi va shuningdek, tekis va boʻrtmalarsiz boʻladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

47-son_4-to’plam_Iyun -2025

300

ISSN:3030-3621

Koʻpincha mato naqshlari teksturali, yoʻl-yoʻl va katakli yoki bosma naqshli

boʻladi. Tekstura – turli oʻrilish usullari orqali mato sirtida yaratilgan masalan, sarja
kabi eng oddiy naqsh boʻlsa, yoʻl-yoʻl va katak gazlamalar ikki yoki undan ortiq rangli
iplardan tuzilgan boʻladi.

Koʻylak uchun matolar har xil turlarga boʻlinadi va tolaning tarkibi, oʻrilishi va

naqshlari jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bu xususiyatlar matoning fizik-mexanik
xossalariga bevosita ta’sir koʻrsatadi.

Xulosa.

Mato ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan iplar mahsulot sifatini

aniqlashda katta ahamiyatga ega. Mahsulot sifati 70% yigirilgan ip sifati bilan
belgilanadi. Ipning tarkibi tabiiy, sun'iy yoki sintetik boʻlishi mumkin. Tabiiy iplar
ekologik toza ya’ni, oʻsimlik va hayvon juni kabi tolalardan olinadi [8]. Yigirilgan
tabiiy iplar sifatli boʻlib, gigiyenik xususiyati yuqori va tannarxi nisbatan baland
hisoblanadi.

Oʻrilish usuli matoning havo oʻtkazuvchanligi, ogʻirligi, chidamliligi, bikirligi

va kirishuvchanligi kabi xususiyatlariga ta’sir qiladi. Masalan, polotno oʻrilsihidagi
matolar sarjaga nisbatan mustahkamligi yuqori lekin havo oʻtkazuvchanligi pastroq
boʻladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Antonio Centeno. The Style Pyramid | Fit, Fabric, and Function. Internet source:

https://www.realmenrealstyle.com/style-pyramid/

2.

Chu Kwan Ki. Development of business shirt for man with apple div shape: the
establishment of new design process model and evaluation of ergonomic ease. PhD
Dissertation of The Hong Kong Polytechnic University, 2018 pp 187-200

3.

J.S.Sidikjanov. Study fabrics of men’s shirts. SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. VOLUME 2 ISSUE 2, 2023, p. 245

4.

Shirt

Fabric

Weaves

Guide.

Internet

source:

https://www.batchmens.com/pages/dress-shirt-fundamentals-shirt-fabrics-and-
weaves-guide
18

5.

Textiles and Fashion. Materials, Design and Technology. Edited by Rose Sinclair
(2014). Woodhead Publishing Series in Textiles: Number 126, Cambridge, UK:
Woodhead Publishing Limited. 4-5. 19

6.

U.M.Matmusayev, M.Q.Qulmaтov, T.A.Ochilov, Material Science. Textbook
//Materialshunoslik. Oʻquv qoʻllanma// «ILM ZIYO» Тashkent., 2013 20

7.

Б.А. Бузов, Н.Д. Алименкова. Материаловедение в производстве изделий
легкой промышленности (швейное производство). Учебник - Москва.
«Академия» 2010. 21

8.

J.S.Sidikjanov. Paxta matolarining kirishish parametrlari asosida erkaklar
koʻylagini loyihalash usulini takomillashtirish // PhD dissertatsiyasi, NamTSI,
Namangan, 2024. 18-20 b.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

Antonio Centeno. The Style Pyramid | Fit, Fabric, and Function. Internet source:

Chu Kwan Ki. Development of business shirt for man with apple body shape: the

establishment of new design process model and evaluation of ergonomic ease. PhD

Dissertation of The Hong Kong Polytechnic University, 2018 pp 187-200

J.S.Sidikjanov. Study fabrics of men’s shirts. SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL. VOLUME 2 ISSUE 2, 2023, p. 245

Shirt Fabric Weaves Guide. Internet source:

weaves-guide 18

Textiles and Fashion. Materials, Design and Technology. Edited by Rose Sinclair

(2014). Woodhead Publishing Series in Textiles: Number 126, Cambridge, UK:

Woodhead Publishing Limited. 4-5. 19

U.M.Matmusayev, M.Q.Qulmaтov, T.A.Ochilov, Material Science. Textbook

//Materialshunoslik. Oʻquv qoʻllanma// «ILM ZIYO» Тashkent., 2013 20

Б.А. Бузов, Н.Д. Алименкова. Материаловедение в производстве изделий

легкой промышленности (швейное производство). Учебник - Москва.

«Академия» 2010. 21

J.S.Sidikjanov. Paxta matolarining kirishish parametrlari asosida erkaklar

koʻylagini loyihalash usulini takomillashtirish // PhD dissertatsiyasi, NamTSI,

Namangan, 2024. 18-20 b.