Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
90
ISSN:3030-3621
ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN
SAMARALI FOYDALANISH
Kuvatova Nafisa
SamDChTI akademik litseyi
ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada adabiyot darslari jarayonida interfaol
metodlaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib berilgan.
Kalit so’zlar:
Ta’lim tizimi, adabiyot, metodika, didaktika, pedagogik
texnologiyalar, didaktik oʻyinlar, ta’lim sifati
Adabiyot fani akademik litseylarda o‘qitiladigan darslardan o‘zining nutq
madaniyati, tarix kabi fanlariga aloqasi bilan alohida ajralib turadi. Ona tili va
adabiyot faniga qiziqqan ta’lim oluvchi o‘z-o‘zidan badiiy adabiyotga oshno bo‘ladi.
Shunday ekan, bugungi kunda davlat miqyosiga koʻtarilgan kitobxonlik
madaniyatini shakllantirish mas’uliyati ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisining
zimmasiga alohida mas’uliyat yuklaydi. Fanni o’zlashtirishda turli usullarni yarata
olish, pedagogik mahoratni ko‘rsata bilish bu o‘qituvchining jamiyat oldidagi burchi
sanaladi. Hozirgi axborot maydoning kengayishi va faollashuvi zamonida soha
mutaxassisi har sohada o‘z faolligini ko‘rsata bilishi kerak. Bu o‘qituvchi har bir
darsini o‘ziga xos tarzda qiziqarli olib borishi, darsda yangidan yangi usul va
metodlarni o‘z o‘rnida qo‘llay bilishi, o‘quvchiga munosabatini yaxshi yo‘lga qo‘yishi
bilan belgilanadi. Yangicha usul, yangicha metod, eng avval, adabiyotda aks etishiga
erishish lozim. Biz bugun sodda, oʻquvchini fikrlashga, ijodiy yondashishga, shuning
bilan birga o‘quvchini ham hushyorlikka, ham faollikka undaydigan usullardan bir
nechtasi haqida fikr yuritmoqchimiz. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar ta’lim
sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Buni biz biror mavzu negizida
ko‘rib oʻtamiz .Masalan, akademik litseyning 2-kurs talabalariga dastur bo’yicha
"Gaʻfur Gʻulomning “Shum bola” qissasi tahlili" mavzusida o’tilgan mavzu(
Mustaqillik davri she’riyati)ni so’rash uchun “Karta” didaktik o’yinidan foydalanish
mumkin. Bu didaktik oʻyinlarning alohida ajralib turadigan jihati shuki, o‘quvchini
hushyorlikka undash bilan birga uning faolligini oshirishga xizmat qiladi. Agar
o‘qituvchi o‘quvchilarga uyda berilgan vazifaga qo‘shimcha tarzda “Karta” tayyorlab
kelishni aytsa, o‘quvchilar, albatta, savolni yozish bilan birga o‘sha savolga javobni
ham bilib oladi. Savollar oʻqiladi, oʻquvchilar qo’lidagi muvofiq javob yozilgan karta
stol ustiga tashlanadi. Kimning qoʻlida karta qolib ketsa, oʻquvchiga jarima ball
qoʻllanadi. Savollar quyidagicha boʻlishi mumkin:
1.Toʻra Sulaymon qachon tugʻilgan? J: 1934-yil
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
91
ISSN:3030-3621
2. Toʻra Sulaymonnig ilk she’riy toʻplami J: Istar koʻngil
3.Toʻra Sulaymonnig dostonilaridan birining nomini toping? J: “Qorasoch”
4.To’ra Sulaymonning she’rlaridan birining nomi? J: Tavallo
5.Tog’ay Murodning qissasini toping J: Yulduzlar mangu yonadi
6.Gul bir yon chaman bir yon sheri muallifi J: Toʻra Sulaymon
7.Grafika sherining muallifi J: Usmon Azim
8.She’rlaridan birida asr bilan vidolashgan ijodkor kim? J: Jamol Kamol
Darsning keying yangi mavzuning bayoni qismida “Terminlar soʻzlaganda”
metodida oʻrganilayotgan mavzuga doir termin(atama)lar qayd etilgan tarqatmalar
beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarni yangi mavzu bilan tanishtirayotganda ta’lim
oluvchilar tarqatmadagi terminlarni o’qituvchi izohlashini diqqat bilan kuzatib, uni
eslab qolishga harakat qiladilar. Bu o‘yin yangi mavzularini oʻzlashtirishda juda
qo‘l kelib, ilm oluvchining diqqatini dars jarayoniga tortishga yordam beradi.
Mavzusiga doir tarqatmada aks etgan obrazlar(Shum bola, Omon, Sariboy, Yusuf
kontor, Hoji bobo, masjid imomi, eshon, Sulton oʻgʻri kabilar) haqidagi
ma’lumotlarni xotirasida saqlab, obrazni ta’riflab berishadi. Bu metod oʻquvchida
tahlil qilish, fikrlashni shakllantirish uchun xizmat qiladi. . Ona tili va adabiyot
fanining asosiy maqsadi o‘quvchi fikr dunyoqarashiga ta’sir etibgina qolmasdan, uni
chiroyli nutq egasi sifatida shakllantirishdan iborat ekan, fan o‘qituvchisi yuqoridagi
kabi didaktik o‘yinlarni dars jarayonida keng miqyosda tashkil etib, o‘z o‘quvchilarini
jamiyatning har sohasida faol inson qilib tarbiyalashni o‘z oldiga maqsad qilgan holda
fan xonasiga kirishi zarurdir, qolaversa, bu uning vijdoniy burchi ekanligini esdan
chiqarmasa bo‘lgani.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Батыршина А. Р. Технология организации самостоятельной работы студентов
// Высшее образование сегодня. – 2008. – № 9. – С. 82 – 84.
2. Вачков И.В. Методика преподавания психологии: Учебное пособие / И.В.
Вачков. – М.: Ось-89, 2008. – 208 с.
3.G‘afur G‘ulom SHUM BOLA (Qissa) Yoshlar nashriyot uyi Toshkent – 2018