Jild 48 № 1 (2025)
Maqolalar
RATSIONAL TENGLAMALAR VA ULARNI YECHISH METODIKASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada ratsional tenglamalar tushunchasi, ularning
turlari va yechish usullari nazariy va metodik jihatdan yoritilgan. Tenglamalarni
o‘rganishda o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni rivojlantirish, yechim jarayonida
xatolardan saqlanish, taqqoslash, umumlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish muhim
ahamiyat kasb etishi alohida ta’kidlanadi. Shuningdek, ratsional tenglamalarni
yechishga oid o‘quvchilarga mo‘ljallangan metodik yondashuv ham ishlab chiqilgan.
ПОВЫШЕНИЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ОХРАНЫ ТРУДА НА ПРЕДПРИЯТИЯХ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНОГО ТРАНСПОРТА
Аннотация. Статья раскрывает актуальные проблемы и основные
направления повышения безопасности в сфере охраны труда. Целью работы
является исследование актуальных направлений для совершенствования служб
охраны труда и их внедрение в организациях и предприятиях. Проанализированы
современные практики управления сферой охраны труда, научная литература,
нормативно-правовые акты, а также все факторы, оказывающие влияние на
охрану труда в организациях и предприятиях. А также в статье
рассматривается актуальность совершенствования систем управления
охраной труда (СУОТ) на предприятиях, влияние принципов бережливого
производства на вопросы безопасности и возможность использования этих
принципов для совершенствования СУОТ.
TARJIMA JARAYONIDA OBRAZLI IFODALARNING MA’NO YO’QOTISH XAVFI:O’ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
Abstrakt
Ushbu maqolada o‘zbek va ingliz tillaridagi obrazli ifodalar, xususan, idiomalar,
maqol-matalar va metaforalar tarjima jarayonida yuzaga keladigan asosiy muammolar
tahlil qilinadi. Maqolada figurativ ifodalarning to‘liq va ekvivalent tarjima qilinmasligi
natijasida ma'no yo‘qotish, madaniy xususiyatlarning o‘zlashtirilmay qolishi hamda
kommunikativ samaraning kamayishi holatlari yoritiladi. Tadqiqot jarayonida qiyosiy
tahlil, tarjima namunalarini o‘rganish va nazariy adabiyotlarni tahlil qilish metodlari
qo‘llanildi. Tadqiqot natijalari tarjimonlarga obrazli ifodalarni tarjima qilishda yuzaga
keladigan qiyinchiliklarni yengib o‘tishda amaliy tavsiyalar berishga qaratilgan.
THE IMAGE OF BIRDS IN THE WORKS OF ABDULLA ORIPOV
Abstract. This article analyzes the artistic and symbolic interpretation of bird
imagery in the poetry of the People’s Poet of Uzbekistan, Abdulla Oripov. It examines
the ideological-aesthetic meaning, human emotions, aspirations, and spiritual values
expressed through various bird symbols found in the poet’s works. The harmony
between the image of birds in his poetry and their place in folk oral creativity and
national thinking is also explored.
THE USE OF MUAMMO AS A LITERARY ART FORM IN CLASSICAL UZBEK LITERATURE
Classical Uzbek literature is notable not only for its ideological and
philosophical content, but also for the aesthetic richness expressed through various
artistic devices. Among them, letter-based literary arts such as muammo, kitobat, and
istikhraj hold particular value due to their formal, logical, and intellectual complexity.
Through these artistic forms, poets demonstrated not only their creative prowess, but
also enriched the reader’s thinking, evoked unique pleasure, and enhanced the
persuasive power of poetic expression.
KOD ALMASHTIRISH HODISASI VA UNING SOTSIOLINGVISTIK SABABLARI
Annotatsiya: Ushbu tadqiqot ko‘p tilli O‘zbekiston kontekstida kod
almashtirishning sotsiolingvistik hodisasini o‘rganadi. Kod almashtirish – bu bir nutq
doirasida ikki yoki undan ortiq tillarning navbatma-navbat qo‘llanishi bo‘lib, u ayniqsa
o‘zbek jamiyatida, xususan o‘zbek va rus tillari o‘rtasida tobora keng tarqalmoqda.
Tadqiqot tilshunoslik, psixologik va ijtimoiy omillar aholining turli qatlamlari til
xulqiga qanday ta’sir qilishini o‘rganadi. Sotsiolingvistik kuzatuv va nutq tahliliga
asoslangan holda maqola kod almashtirishning bir nechta sabablarini aniqlaydi:
pragmatik qulaylik, ijtimoiy identifikatsiyani ifodalash, obro‘li tilga intilish va leksik
bo‘shliqlarni to‘ldirish. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, kod almashtirish namunalari yosh,
ta’lim darajasi, shahar-qishloq farqi va ommaviy axborot vositalariga ta’sir darajasiga
qarab farqlanadi. Bu hodisa ayniqsa yoshlar va shahar kasb egalari orasida, xususan
raqamli kommunikatsiyada keng tarqalgan. Maqolada xulosa qilinishicha,
O‘zbekistonda kod almashtirish oddiy lingvistik tendensiya emas, balki murakkab
sotsiomadaniy jarayonlarning aksidir. Bu esa til siyosati, shaxsiy va guruh identiteti
hamda post-sovet til manzarasidagi madaniyatlararo muloqotga ta’sir ko‘rsatadi. Kod
almashtirishning odatiylashuvi shuningdek shahar o‘zbek nutqida gibrid nutq
uslublarining shakllanayotganidan dalolat bo‘lishi mumkin.
НОИНВАЗИВ УСУЛДА ЁПИҚ БУРЧАКЛИ ГЛАУКОМАНИ ДАВОЛАШНИНГ САМАРАДОРЛИГИНИ БАХОЛАШ
Аннотация. Мазкур мақолада ёпиқ бурчакли глаукомани даволашда
Nd:YAG лазерли иридотомия усулининг самарадорлиги ўрганилди. Тадқиқот
РИКМИАТМ Бухоро филиали кўз касалликлари бўлимида 2022–2024 йиллар
давомида 22 нафар бемор (68% эркак, 32% аёл) иштирокида амалга оширилди.
Барча беморларда стандарт офтальмологик текширувлар ўтказилиб, кейинчалик
YAG лазерли периферик иридотомия жарроҳлик усули билан даволаш
муолажалари бажарилди. Даволашдан кейин кўриш ўткирлиги ва кўз ички
босимида сезиларли даражада яхшиланиш кузатилди: кўриш ўткирлиги 0,5–0,9
гача ошди, кўз ички босими эса 18–25 мм.сим.уст. даражагача пасайди. Бирон-
бир ножўя таъсир қайд этилмади. Ушбу усулнинг ноинвазивлиги, амбулатор
шарт-шароитда ўтказилиши ва асоратларнинг камлиги уни амалиётда кенг
қўллаш имконини яратади.
РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ АНАЛИЗ ИСТОРИИ БОЛЕЗНИ ПАЦИЕНТОВ С ПРОЛАПСОМ ОРГАНОВ МАЛОГО ТАЗА ЗА ПОСЛЕДНИЕ 10 ЛЕТ: ОЦЕНКА ФАКТОРОВ РИСКА, РЕЗУЛЬТАТОВ ЛЕЧЕНИЯ, ЭФФЕКТИВНОСТИ ЛЕЧЕБНЫХ МЕРОПРИЯТИЙ И ЧАСТОТЫ РЕЦИДИВОВ
Аннотация В статье представлен ретроспективный анализ 10-летнего
периода истории болезни пациенток с пролапсом органов малого таза. Оценены
ключевые факторы риска, изучены методы лечения, их эффективность и частота
рецидивов. Полученные данные позволяют оптимизировать подходы к лечению
и профилактике данной патологии.
METABOLIK SINDROMDA KO‘Z TOMIRLARI ENDOTELIYSIDAGI PATOLOGIK O‘ZGARISHLARNI BIOKIMYOVIY MARKERLAR ORQALI BAHOLASH
Annotatsiya. Ushbu maqolada metabolik sindromga (MS) chalingan
bemorlarda ko‘z tomirlari endoteliysida yuzaga keladigan patologik o‘zgarishlarni
baholashda biokimyoviy markerlarning ahamiyati o‘rganildi. Tadqiqotga 12 nafar MS
tashxisi qo‘yilgan bemor jalb qilindi. Bemorlarning qon zardobida azot oksidi (NO),
endotelin-1, VCAM-1, ICAM-1 va E-selectin darajalari aniqlandi hamda
oftalmoskopiya orqali ko‘z tomirlaridagi mikroangiopatik o‘zgarishlar baholandi.
Natijalar NO darajasining pasayishi va boshqa markerlarning oshishi endotelial
disfunktsiyaning kuchayganini ko‘rsatdi. Bu holat mikrosirkulyatsiyaning buzilishi,
ko‘z tomirlari devorlarining yallig‘lanishi va o‘tkazuvchanligining ortishi bilan bog‘liq
ekanligi aniqlandi. Biokimyoviy markerlar MSda ko‘z mikrotomirlari holatini
baholashda muhim diagnostik vosita sifatida taklif qilinadi.
YANGI KONSTITUTSIYA -TARAQQIYOT QOMUSI
Annotatsiya Mazkur maqolada insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,
ekologik huquqlarining ta’minlashi natijasida jamiyat va davlat taraqqiy etishi
qisqacha ochib berilgan.
TEMIR YOʻL TRANSPORTI KORXONALARIDA MEHNAT XAVFSIZLIGINI BOSHQARISH TIZIMINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
Annotatsiya. Maqolada temir yoʻl transportida mehnatni muhofaza qilish
sohasidagi samaradorlikni oshirishning dolzarb muammolari va asosiy yoʻnalishlari
koʻrsatilgan. Ishning maqsadi mehnatni muhofaza qilish xizmatlarini takomillashtirish
va ularni tashkilotlarda joriy etishning tegishli yoʻnalishlarini oʻrganishdan iborat.
Mehnatni muhofaza qilishni boshqarishning zamonaviy amaliyoti, ilmiy adabiyotlar,
normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek tashkilot va korxonalarda mehnatni muhofaza
qilishga taʼsir qiluvchi barcha omillar tahlil qilinadi. Maqolada, shuningdek, temir
yoʻl transporti tizimiga qarashli korxona, tashkilot va muassasalarda mehnatni
muhofaza qilish va xavfsizlikni boshqarish tizimlarini (MMBT) takomillashtirishning
dolzarbligi, ishlab chiqarish tamoyillarining xavfsizlik masalalariga taʼsiri va
mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlikni yaxshilash uchun ushbu tamoyillardan
foydalanish imkoniyatlari koʻrib chiqiladi. Temir yoʻl tizimiga qarashli lokomotiv
deposi chilangari bilan oqibati ogʻir boʻlgan baxtsiz hodisa sodir boʻlganda
korxonaning iqtisodiy zarari koʻrib chiqilgan, hamda korxonada mehnat xavfsizliginitaʼminlashni nazorat qilishni kuchaytirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish
mutaxassislari shtat birligiga va soniga eʼtibor berilishi koʻrsatib oʻtilgan.
TURKISTONNING MUSTAQILLIK SARI YO‘LI: TARIXIY TAHLIL
Annotatsiya: Mazkur maqolada Turkiston o‘lkasining mustamlakachilik
siyosatidan milliy uyg‘onishgacha bo‘lgan tarixiy yo‘li, XX asr boshidagi siyosiy
harakatlar, mustaqillik g‘oyasi shakllanishi va uning bosqichlari tahlil qilinadi.
Shuningdek, turkistonlik jadidlarning siyosiy, madaniy va ijtimoiy faolligi, Sovet
hokimiyatining bosqini, va mustaqillik uchun kurash muhim tarixiy voqeliklar asosida
yoritiladi.
ZAMONAVIY YOSHLAR ORASIDA IJTIMOIY IDENTITET SHAKLLANISHINING SOTSIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada zamonaviy yoshlar orasida ijtimoiy identitet
shakllanishining sotsiologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Identitet nazariyalariga doir
G‘arb olimlarining qarashlari mahalliy kontekst bilan solishtirilib, O‘zbekiston
yoshlari orasida identitet shakllanishiga ta’sir qiluvchi omillar chuqur yoritilgan.
Jumladan, oila, ta’lim, diniy institutlar, ijtimoiy tarmoqlar, gender va iqtisodiy
sharoitlar bu jarayonga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani empirik ma’lumotlar asosida
ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, yoshlar orasida identitetda ko‘p qatlamlilik, rollar
to‘qnashuvi, performativ identitet, identitet inqirozi va submadaniyatlar tahlil qilinib,
sog‘lom ijtimoiy identitetni shakllantirishga oid takliflar ilgari surilgan. Maqolada
sotsiologik yondashuvlar orqali yoshlarning o‘zligini anglash jarayoni chuqur tahlil
qilinadi.
IMMUNOTERAPIYANING ZAMONAVIY ONKOLOGIYADA O‘RNI
Annotatsiya: Onkologik kasalliklar dunyo bo‘ylab o‘limning yetakchi sababi
bo‘lib qolmoqda. So‘nggi yillarda saratonni davolashda an’anaviy usullar (jarrohlik,
kimyo va nurlanish terapiyasi) bilan bir qatorda, immunoterapiya jadal sur’atlar bilan
rivojlanmoqda. Ushbu maqolada immunoterapiya turlari, ta’sir mexanizmi, klinik
qo‘llanilishi va afzalliklari haqida zamonaviy ilmiy manbalar asosida tahlil berilgan.
GLOBALLASHUV DAVRIDA GEOGRAFIYA TA’LIMINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda ayrim xorijiy
mamlakatlar tajribasi va ulardan ilg‘or o‘qitish usullari yoritilib berilgan.
OB-HAVO SIRLARI: O'ZIMIZNING OB-HAVO STANSIYAMIZNI QURISH (STEAM LOYIHASI: MA'LUMOTLARNI YIG'ISH VA VIZUALLASHTIRISH)
Annotatsiya:Mazkur maqola boshlang'ich sinf o'quvchilarini ob-havo
hodisalarini kuzatish va tushunishga yo'naltirishga bag'ishlangan. Unda STEAM (Fan,
Texnologiya, Muhandislik, San'at, Matematika) yondashuvi asosida oddiy
materiallardan o'z ob-havo stansiyasini qurish bo'yicha amaliy loyiha taklif etilgan.
Loyiha davomida o'quvchilar harorat, shamol yo'nalishi va yomg'ir miqdorini o'lchash
kabi meteorologik jarayonlarni ilmiy asosda o'rganadilar, stansiyaning dizaynini
yaratish va ma'lumotlarni yig'ish orqali muhandislik va texnologik ko'nikmalarini
rivojlantiradilar. Maqolada, shuningdek, tanqidiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish,
jamoaviy ishlash va atrof-muhitga e'tibor berishning ahamiyati ham yoritilgan.
OYNING GEOFIZIK TUZILISHI VA INSONIYAT PARVOZLARI TARIXIDAGI O‘RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Oy sirtining geofizik tuzilishi, ichki qatlamlari,
modda tarkibi va geologik xususiyatlari tahlil qilinadi. Oyga qilingan inson parvozlari
— xususan, “Apollo” dasturi orqali olingan ilmiy natijalar, Oy sirtidan keltirilgan
namunalar va seysmik ma’lumotlar asosida Oy strukturasi haqida xulosalar chiqariladi.
Shuningdek, Oyga parvozlar insoniyat ilm-fanidagi burilish nuqtasi sifatida baholanadi
va ularning texnologik, siyosiy va falsafiy ahamiyati yoritiladi.
SINF JAMOASINI TUZISH VA BIRLASHTIRISHDA SINF RAHBARINING OILA VA JAMIYAT BILAN OLIB BORADIGAN ISHLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf rahbarining sinf jamoasini
birlashtirishda oila va jamiyat bilan olib boradigan ishlari, sinf rahbarining vaziyfalari
haqida aytiladi.
THE IMPORTANCE AND EFFECTIVENESS OF NEW INTERACTIVE METHODS IN TEACHING ENGLISH
- Annotation: The article discusses the importance of using new pedagogical
technologies in teaching English, and analyzes all the possibilities of the student, taking
into account the complexity of the subject. It also gives examples of new methods in
language development and explains its importance.
CHET TILINI O’QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Maqolada chet tili darslarining o‘tilishi jarayonida ilg‘or
pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot
vositalaridan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan..
МЕТОДИКА ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА В ПРОФЕССИОНАЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ
Аннотация: Существует множество интерактивных методов обучения
русскому языку. В частности, преподавание русского языка в профессиональном
образовании значимо, поскольку имеет ряд эффектов. В статье рассматривается
использование русского языка в профессиональных процессах и интерактивные
методы, широко используемые в сфере его преподавания.
TIBBIY BIOLOGIYA VA GENETIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR VA USULLARDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Tibbiy biologiya va Genetika darslarini o'tish uchun bir qancha
zamonaviy texnologiyalar va metodologiyalar mavjud. Ushbu texnologiyalar ta'lim
jarayonini yanada interaktiv, qiziqarli va samarali qilishga yordam beradi. Maqolada
tibbiy biologiya va genetika darslarini o'tish uchun foydali bo'lishi mumkin bo'lgan
ba'zi texnologiyalar va usullar keltirilgan.
BIOLOGIYA FANINI O’QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK YONDASHUV
Annotatsiya: bugungi kunda ta’lim tizimining jadallik bilan rivojlanib
borayotgan sharoitida biologiya fanini o‘qitishga ixtisoslashgan pedagog kadrlarni
tayyorlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Biologiya fanining ilmiy
yutuqlari hayotning turli jabhalarida o‘z aksini topmoqda va bu esa mazkur fandan
ta’lim berish sifatiga bo‘lgan talabni oshirmoqda. Shu sababli, ta’limda biologik
bilimlarning o‘rni va roli kundan-kunga muhimlik kasb etmoqda.
MUSTABID TUZUM DAVRIDA ZIYOLILARGA QARSHI REPRESSIYALAR: SABABLARI VA OQIBATLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Sovet Ittifoqi, xususan, O‘zbekiston SSR
hududida XX asrning 20–50-yillarida ziyolilar qatlamiga nisbatan amalga oshirilgan
siyosiy repressiyalar sabablari va ularning ijtimoiy-siyosiy oqibatlari tahlil qilinadi.
Maqolada totalitar tuzum sharoitida ilm, madaniyat va milliy tafakkurning bostirilishi,
ziyolilarning yo‘q qilinishi orqali jamiyat taraqqiyotiga yetkazilgan zarar ochib
beriladi.
O'QUVCHILARDA XXI ASR KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarda XXI
asr ko‘nikmalarini shakllantirish zarurati va usullari tahlil etilgan. Tanqidiy fikrlash,
ijodiy yondashuv, raqamli savodxonlik, jamoaviy ishlash, muammoli vaziyatlarda
qaror qabul qilish kabi kompetensiyalarni rivojlantirishda samarali metodlar – interfaol
o‘qitish, loyihaviy ta’lim, STEAM yondashuvi, o‘yinli metodlar va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosidagi vositalar taqdim etiladi. Shuningdek, milliy
tarbiya qadriyatlari bilan uyg‘un metodik model ishlab chiqiladi.
INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR: NAZARIYA VA AMLIYOT UYG’UNLIGI
Annotatsiya: Maqolada innovatsion pedagogik texnologiyalarning ta’lim
jarayonidagi o‘rni, nazariy asoslari va ularning amaliyotga tatbiq etish yo‘llari tahlil
qilingan. Tadqiqot davomida Toshkent va Andijon viloyatlaridagi umumta’lim
maktablarida eksperimental darslar o‘tkazilib, innovatsion texnologiyalarni
qo‘llashning o‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish darajasiga va ijodiy fikrlash
ko‘nikmalariga ta’siri empirik asosda o‘rganilgan. Maqolada innovatsion
yondashuvlarning o‘qituvchilar tomonidan samarali tatbiq etilishi uchun zarur metodik
va texnik shart-sharoitlar, o‘quv muhitini yangilash mexanizmlari ochib berilgan.
Tadqiqot natijalari, shuningdek, zamonaviy pedagogikaning asosiy yo‘nalishi sifatida
konstruktivistik yondashuvning ahamiyatini asoslab beradi. Muallif, innovatsion
texnologiyalarni faqat metod emas, balki shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim konsepsiyasi
sifatida talqin etadi. Maqola pedagogik amaliyotda innovatsion yondashuvlarni tizimli
va samarali qo‘llash bo‘yicha ilmiy-nazariy va uslubiy tavsiyalarni o‘z ichiga oladi.
NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN ZAMONAVIY SINTETIK DORI-DARMON VOSITALARNING KIMYOVIY TARKIBI
Annotatsiya: Maqolada nafas yo‘llari kasalliklari va uning kelib chiqish
sabablari, zamonaviy tibbiyotda nafas yo‘llari kasalliklarini davolash usullari, nafas
yo‘llari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan zamonaviy sintetik dori-darmon
vositalarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinib, ularning kimyoviy fo‘rmulalari va inson
organizmiga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
EKSKURSIYA DARSLARIDA FOYDALANILADIGAN METODLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada tabiiy fan darslarida ekskursiyaga olib chiqishda
foydalaniladigan metodlar va tabiiy fanlarda ekskursiyaning afzalligi haqida aytiladi.
TABIIY FANLAR NAZARIYASI VA METODIKASI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR VA SAMARALI METODLAR YORDAMIDA OʻQITISH
Annotatsiya
Mazkur maqolada tabiiy fanlarni oʻqitishning nazariy asoslari, o‘quvchilarning
tabiat haqidagi bilimlarini shakllantirishda zamonaviy metodik yondashuvlarning o‘rni
yoritiladi. Shuningdek, dars jarayonida ko‘rgazmalilik, tajriba va interaktiv
metodlardan foydalanishning samaradorligi asoslab berilgan.
GIDROSFERA VA DUNYO OKEANI HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA
Annotatsiya
Ushbu maqola gidrosfera va uning tarkibiy qismi bo‘lgan Dunyo okeani haqida
umumiy tushuncha beradi. Gidrosfera Yerning suv qobig‘ini tashkil etadi va uning
tarkibida okeanlar, dengizlar, daryolar, ko‘llar, yer osti suvlari va atmosferadagi suv
bug‘lari mavjud. Dunyo okeani Yer yuzining katta qismini egallab, iqlimni boshqarish,
suv aylanishini ta’minlash, biologik xilma-xillikni saqlash, transport va resurslar
manbai sifatida katta ahamiyatga ega.
“QUYOSH SISTEMASI SIRLARI”
Annotatsiya
O‘zbek tilida: Maqolada Quyosh sistemasi, Quyosh, sayyoralar, Yerning
noyobligi va zamonaviy kosmik tadqiqotlar haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar
bayon etiladi.
На русском: В статье раскрываются научные сведения о Солнечной
системе, планетах, уникальности Земли и современных космических
исследованиях.
In English: The article presents scientific information about the Solar System,
the uniqueness of Earth, and modern space exploration.
GANDBOLCHILARDA SAKROVCHANLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI MASHQLAR
Аnnotatsiya: Ushbu maqolada gandbolchilarda sakrovchanlik qobiliyatini
rivojlantirishning turli xil usullari yoritilgan.
OʻZBEKISTONDA SOGʻLIQNI SAQLASH ISHI: UMR KOʻRISH DAVOMIYLIGI VA AHOLI SALOMATLIGI
Annotatsiya: Maqolada Oʻzbekistonda sogʻliqni saqlash ishi, Oʻzbekistonda
umr koʻrish davomiyligi, aholi salomatligi va sogʻliqni saqlash muassasalari
to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan.
SUN’IY INTELLEKT: ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNING YANGI BOSQICHI
Annotatsiya: Sun’iy intellekt (SI) bugungi kunda texnologik taraqqiyotning
eng ilg‘or yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. U kompyuter tizimlariga inson aql-idroki
bilan bog‘liq vazifalarni o‘rganish, mantiq yuritish, muammolarni hal qilish va
qarorlar qabul qilish bajarishga imkon beradi. Bugungi kunda SI sog‘liqni saqlash,
ta’lim, transport, moliya va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy
intellekt yordamida inson hayoti yanada qulay va samarali bo‘lishi mumkin. Shu bilan
birga, bu texnologiyaning axloqiy va huquqiy jihatlari ham dolzarb masala bo‘lib
qolmoqda. Demak, sun’iy intellektni rivojlantirishda nafaqat texnik, balki ijtimoiy va
falsafiy yondashuvlar ham muhim ahamiyatga ega.
MAKTABGACHA TA’LIMDA BOLALARNING IJTIMOIY-EMOTSIONAL RIVOJLANISHINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-
emotsional rivojlanishining ahamiyatini yoritadi. Unda bolalarning his-tuyg‘ularini
tushunish va boshqarish, boshqalar bilan muloqot qilish, empatiyani rivojlantirish va
ijtimoiy normalarga moslashish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish usullari ko‘rib
chiqilgan. Maqolada ushbu rivojlanish bolaning kelajakdagi muvaffaqiyatiga qanday
ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilingan.
SHE’RDA YASHAGAN MUHABBAT: FAYNBERG BADIIY MEROSIGA ZAMONAVIY NIGOH
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqola o‘zbek she’riyatida chuqur falsafa, poetik sukut va samimiyat
uyg‘unligini yaratgan shoir Aleksandr Faynberg ijodini “So‘zsiz sukunatlar” to‘plami
asosida tahlil qiladi. Shoirning muhabbat, yolg‘izlik, o‘zlikni anglash kabi mavzularni
minimal so‘z va kuchli ruhiy qatlamlar orqali ifoda etish mahorati o‘rganiladi. Maqola
zamonaviy o‘quvchi qalbiga Faynberg she’riyati qanday ta’sir etayotgani, uning
poetik olami qanday zamonaviy talqinga ega ekani haqida mulohazalarni ilgari suradi.
RUS TILINI O‘RGATISH BO‘YICHA ZAMONAVIY YONDASHUVLAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada rus tilini samarali o‘rgatishning zamonaviy
usullari tahlil qilinadi. Til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, innovatsion metodlar,
axborot texnologiyalarining o‘rni, shuningdek, motivatsiya va individual yondashuv
kabi jihatlar muhim o‘rin egallaydi. Maqolada nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda
amaliy tavsiyalar ham beriladi. Rus tilini o‘rgantish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar
milliy ta’lim tizimi sharoitida qanday natijalar berayotgani haqida fikr yuritiladi.
SUN'IY INTELLEKT: TEXNOLOGIYA VA INSONIYATNING KELAJAGI
Abstract. Such topics as "Artificial Intelligence: Technology and the Future of
Humanity" are currently one of the most important and very relevant issues. The rapid
development of artificial intelligence has a significant impact on all areas of human
life. In this topic, we will talk about the opportunities and harms of artificial
intelligence, its impact on society and its role in the future.
BANK INFRATUZILMASINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY ELEMENTLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada bank infratuzilmasining iqtisodiy mazmuni, uning
bank tizimidagi o‘rni va ahamiyati yoritilgan. Bank infratuzilmasining tarkibiy
qismlari — moliyaviy institutlar, to‘lov tizimlari, axborot-kommunikatsiya
texnologiyalari, regulyator organlar va ularning o‘zaro aloqalari tahlil qilingan.
Shuningdek, maqolada zamonaviy bank infratuzilmasini rivojlantirishdagi dolzarb
masalalar, xalqaro tajribalar va O‘zbekistondagi holat misolida amaliy tavsiyalar
berilgan. Infratuzilmaning samarali ishlashi moliyaviy barqarorlik va bank xizmatlari
sifatini oshirishdagi o‘rni ham yoritib o‘tilgan.
BANKLAR FAOLIYATINI TA’MINLASHDA BANK INFRATUZILMASINING O’RNI
Annotatsiya: Mazkur maqolada bank infratuzilmasining bank tizimi
samaradorligini oshirishdagi ahamiyati tahlil qilinadi. Bank infratuzilmasi — bu
banklarning moliyaviy xizmatlarini ko‘rsatishda foydalaniladigan texnologik, tashkiliy
va axborot-kommunikatsiya vositalari majmuasidir. Maqolada zamonaviy bank
infratuzilmasining asosiy tarkibiy qismlari, ularning bank xizmatlari ko‘rsatishdagi roli
hamda raqamli transformatsiya jarayonida yuzaga kelayotgan yangi infratuzilmaviy
ehtiyojlar yoritilgan. Shuningdek, rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida
O‘zbekistonda bank infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.
TIJORAT BANKLARNING BUGUNGI KUNDAGI FAOLIYATINING HOLATI VA UNING TAHLILI
Annotatsiya: Mazkur maqolada tijorat banklarining hozirgi kundagi iqtisodiy
jarayonlardagi o‘rni, ularning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, moliyaviy xizmatlar bozori
rivojlanishiga qo‘shayotgan hissasi hamda yuzaga kelayotgan muammolar yoritilgan.
Shu bilan birga, bank sektoridagi raqobatning kuchayishi, raqamli texnologiyalar joriy
etilishi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilingan. Maqolada shuningdek,
O‘zbekistonda tijorat banklari faoliyatining statistik ko‘rsatkichlari asosida amaliy
tahlil o‘tkazilib, ularning moliyaviy barqarorligi va rivojlanish istiqbollari yuzasidan
xulosalar berilgan.
PEDAGOGLARDA TARBIYAVIY FAOLIYATNING USTUVORLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada pedagoglarda tarbiyaviy faoliyatning ustuvorligi
haqida ya’ni o‘qituvchi mahorati birinchi o‘rinda uning dars mashg‘ulotlardagi
tayyorgarlik darajasi hisoblanadi. Pedagog faoliyatida mumtazam va mazmunli,
maqsadli o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘zining metodlari bilan boyitib borishi kerak.
YURAKDAN O‘TIB, TARIXDA QOLGAN SATRLAR: FAYNBERG IJODINING MOHIYATI
Ushbu maqolada Aleksandr Faynbergning “Chig‘ir” she’riy to‘plami asosida
shoirning ijodiy qarashlari, badiiy uslubi va inson hamda Vatanga bo‘lgan munosabati
yoritiladi. She’rlar tahlili orqali shoirning obraz yaratish mahorati, poetik ifoda
vositalari va ularning ta’sirchanlik darajasi o‘rganiladi. Asarda Faynberg ijodining
bugungi avlod ongida qanday aks etishi, uning badiiy-falsafiy mohiyati haqida fikr
yuritiladi.
KO‘NGIL TILIDA YOZILGAN IJOD: ALEKSANDR FAYNBERG SHE’RIYATI HAQIDA TADQIQ
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqolada o‘zbek she’riyatining o‘ziga xos ovoz egalari safidan joy
olgan Aleksandr Faynberg ijodiga baho beriladi. Asosan “Yurakdagi ohang” she’riy
to‘plami asosida shoirning lirik qahramoni, badiiy tafakkuri, obrazlar tizimi, til va
tuyg‘u uyg‘unligi, hamda “ko‘ngil tili” orqali yaratgan poetik olami tahlil etiladi.
Maqola o‘zbek lirikasida samimiyat va badiiy minimalizm orqali chuqur ma’no
berishning yorqin namunasi sifatida Faynberg ijodini o‘rganishga qaratilgan.
INFORMATIKA O‘QITUVCHISI O‘Z ISHINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH UCHUN KASBIY RIVOJLANISHI VA O‘QUVCHILARGA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARNI O‘RGATISH MASALASI
Annotatsiya: Maqolada zamonaviy pedagogik yondashuvlar, interaktiv
o‘qitish, gamifikatsiya, masofaviy ta’lim va onlayn platformalardan foydalanish kabi
texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga qanday qo‘llash mumkinligi tahlil qilingan.
Shuningdek, masofaviy ta’limning o‘sib borayotgan roli, informatika
o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslari va innovatsion texnologiyalarni
o‘quvchilarga o‘rgatishda yangi metodlarni qo‘llash masalalari yoritilgan. Ushbu
maqola informatika o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishining ahamiyatini,
o‘quvchilarga zamonaviy texnologiyalarni o‘rgatishda ularning rolini va ta’lim
tizimining kelajakdagi rivojlanishidagi o‘rnini yoritib beradi.
KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING MAMLAKATIMIZ YALPI ICHKI MAHSULOTIDAGI ULUSHI
Annotatsiya: Ushbu tezisimizda Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan
iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni
takomillashtirishni haqida fikr yuritiladi. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz
rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.
DAVLAT IQTISODIYOTI RIVOJLANISHIDA XUSUSIY TA'LIMNING BUGUNGI KUNDAGI O'RNI
Annotatsiya: Quyida keltiradigan maqolada mamlakatda ta’lim tizimini
rivojlantirish orqali iqtisodiy o’sishni ta’minlash masalalari, asosan xususiy ta’lim
tizimining iqtisodiyotda tutgan o’rni bo’yicha turli xil nazariyalar, olimlarning fikrlari
tadqiq etilgan. Shuningdek, O’zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish bo’yicha
amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi aytilgan.
GARDEROBDAGI ZAMONAVIYLIK BELGISI
Annotasiya: Ushbu maqolada moda olamiga eskirmas buyum sifatida kirib
kelgan galstukning tarixi, erkaklar modasi xilma-xilligiga va erkinligiga qat’iy nazar
erkaklar kostyumining asosiy bezagi ekanligi, galstukni qanday tanlanishi haqida
ma’lumotlar berilgan.
BOSHLANGʻICH SINFLARDA ZAMONAVIY DARS VA UNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda zamonaviy dars
jarayonining mazmun-mohiyati, shakllari, metodik asoslari, shuningdek, pedagogik
texnologiyalar asosida darsni tashkil qilishning samarali yondashuvlari ilmiy-nazariy
jihatdan tahlil etiladi. Zamonaviy dars nafaqat o‘quvchilarga bilim berish, balki
ularning ijtimoiy, psixologik, axloqiy va estetik jihatdan kamol topishini ham
ta’minlaydi. Maqolada an’anaviy yondashuvlar bilan zamonaviy interfaol
metodlarning farqlari ochib berilib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yosh
xususiyatlariga mos dars shakllari misollar bilan ko‘rsatib o‘tilgan. O‘qituvchining
zamonaviy darsdagi roli, dars strukturasi, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
imkoniyatlari va o‘quvchilarning ta’limiy ehtiyojlariga mos moslashtirilgan
yondashuvlar haqida ham keng yoritilgan.
ADABIYOT DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN SAMARALI FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada adabiyot darslari jarayonida interfaol
metodlaridan samarali foydalanishning ilmiy-nazariy xususiyatlari ochib berilgan.
КАК МОТИВИРОВАТЬ ПОДРОСТКОВ К УЧЁБЕ?
Аннотация: В статье рассматриваются актуальные вопросы мотивации
подростков к учебной деятельности в условиях современной образовательной
среды. Подростковый возраст отличается специфическими психологическими и
поведенческими особенностями, которые напрямую влияют на уровень учебной
мотивации. Автор акцентирует внимание на важности индивидуального подхода
к учащимся, значении внутрисемейной и школьной поддержки, а также на роли
учителя как мотивирующего фактора. В работе выделены основные методы
повышения интереса к учёбе, включая использование интерактивных
технологий, игровых элементов, проектной деятельности и цифровых ресурсов.
Особое внимание уделяется сотрудничеству между родителями и педагогами в
процессе формирования устойчивой мотивации. Представленные рекомендации
могут быть полезны педагогам, психологам и родителям при организации
эффективного воспитательно-образовательного процесса.
UZBEK LITERATURE.
Annotation: This academic article explores the evolution of Uzbek literature
from its roots in ancient oral traditions to the modern literary era. It begins with an
examination of heroic epics such as "Alpomish" and continues through the classical
Golden Age under Alisher Navoi, who laid the foundations of Chagatai literature. The
paper analyzes literary developments during the periods of the Bukhara, Khiva, and
Kokand Khanates, followed by the Jadid reformist movement and the impact of Soviet
ideology on literary production. It also delves into the revival of national literature after
Uzbekistan’s independence in 1991, highlighting the emergence of postmodernist
techniques, themes of identity and spirituality, and the growing role of female authors.
Central themes include patriotism, historical memory, social criticism, and the
enduring connection between literature and Uzbek cultural identity. The paper
emphasizes how Uzbek writers continue to engage with global literary trends while
preserving their national literary heritage.
"THE ROLE AND IMPORTANCE OF ENGLISH IN THE WORLD"
Annotation: This article aims to identify the role and importance of the English
language in the modern world and its development indicators.
PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TA’LIM-TARBIYA JARAYONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH
Annotatsiya: Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish
vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq
yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim
oluvchiga aniq maqsadini belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga
olib keladi.Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlar fundamental bilim
berish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy mushohada yuritish
qobiliyatini rivojlantirish, nazariya hamda amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib
berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining
tarmoqlari uchun tatbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni
ta’minlashdan iborat. Noana’naviy o’qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan
tashqari vaqtlarda foydalanish o’qituvchidan yuksak mahoratni talab etadi. Dars
tushunarli, qiziqarli bo’lishi uchun o’quv materiallarini saralash, o’quv jarayonini
loyihalashtirish hamda o’quv jarayoniga tegishli bo’lgan turli topshiriqlarni bajarish
uchun tavsiyalar berish zarur. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda yangi
adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari va elektron
kitoblardan foydalanish fanlar ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning
uchun esa o’qituvchining o’zi noan’anaviy o’qitish metodlaridan bilim, malaka va
ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.
YO‘L HARAKATI QOIDALARI VA ULARNING XAVFSIZLIKDAKI AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yo‘l harakati qoidalarining mohiyati, turlari va
ularning inson hayotidagi xavfsizlikni ta’minlashdagi o‘rni tahlil qilinadi. Muallif yo‘l
harakati ishtirokchilarining – haydovchilar, piyodalar, bolalar va velosipedchilarning
– qoidalarga amal qilishdagi roli, jamiyatdagi yo‘l madaniyatining ahamiyati hamda
davlat va jamoatchilikning burchi haqida fikr yuritadi. Shuningdek, zamonaviy
texnologiyalar vositasida yo‘l harakati xavfsizligini oshirish imkoniyatlari yoritiladi.
Maqola yoshlarda yo‘l harakati madaniyatini shakllantirish, tartib va intizomni
oshirishga xizmat qiladi.
TARIX VA ZAMONAMIZ
Anotatsiya: Mazkur tezisda tarixning asl mazmunini aniqlash yo’lidagi
izlanishlar hamda zamonaviy O’zbekistonimiz tarixi bilan tanishib chiqamiz. Zero,
tarixsiz kelajak yo’q – degan gap bejiz emasligiga guvoh bo’lamiz.
PROFESSIONAL TAʻLIMDA OʻQITUVCHILARNING PEDAGOGIK YUKLAMALARINI OPTIMALLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA YECHIMLAR.
Annotatsiya: Mazkur maqolada professional taʻlim sohasida faoliyat
koʻrsatayotgan oʻqituvchilarning pedogogik yuklamalarini optimallashtirish, asosiy
eʻtibor taʻlim sifati va natija koʻrsatkichlariga qaratilishi kerakligi hamda bu borada
hozirda professional taʻlim tizimida amalda boʻlgan oʻqituvchilarning an’anaviy ish
yuritishidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirilgan. Shu bilan birga maqolada Oʻquvchilar bilimini obyektiv baholashdagi
muammolar va ularni hal qilish yoʻllari haqida fikr yuritilgan.
TARBIYA FANINI OʻQITISHDA OʻQUVCHILARNING KОMMUNIKАTIVLIK KОMPЕTЕNTSIYALАRINI SHAKILLANTIRISH
Аnnоtаtsiya. Maqola boshlangʻich sinf tarbiya fanini oʻqitishda oʻquvchilаrining
fanga oid kompetensiyalarini¸ rivоjlаntirish yoʻllаri koʻrsаtilgаn. Shuningdеk,
tarbiya dаrslаridа kоmmunitаtiv kоmpеtеntsiyani shаkllаntirish mаsаlаlаri yoritilgаn.
TABIIY DORI VOSITALARINING AFZALLIKLARI, ZAMONAVIY FARMAKOLOGIYASIDAGI O'RNI
Annotatsiya:Ushbu maqolada tabiiy o'simlik mahsulotlaridan olingan dori
vositalarining turlari, ularning tayyorlanish usullari, saqlash va qo'llanilish sohalari
haqida ma'lumotlar berilgan. Tabiiy o'simlik dori vositalari inson sog'lig'ini tiklashda,
turli kasalliklarni davolashda muhim rol o'ynaydi. Maqolada tabiiy dori vositalarining
afzalliklari, zamonaviy farmakologiyada o'rni va ularni ishlab chiqarishda amal
qilinadigan asosiy qoidalar ko'rib chiqiladi.
HOZIRGI KUNDA XALQ TABOBATINING AHAMIYATI VA UNI TIBBIYOTDA TUTGAN O’RNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada xalq tabobati sohasiga hozirgi kunda
bo’layotgan talab va ehtiyoj hamda xalq tabobatining ahamiyati uni tibbiyotda
tutayotgan o’rni atroflicha muhokama qilindi.
FAVQULODDA XOLATLARDA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH
Annotatsiya:Maqolada favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda birinchi tibbiy
yordam ko‘rsatishning ahamiyati, prinsip va metodlari o‘rganiladi. Favqulodda
vaziyatlar inson hayoti va salomatligi uchun jiddiy tahdidlarga olib kelishi mumkin,
shuning uchun ularni to‘g‘ri va samarali boshqarish juda muhimdir. Birinchi tibbiy
yordam inson hayotini saqlab qolish, jarohatlar va boshqa xavf-xatarlarga qarshi
kurashishda asosiy bosqich hisoblanadi. Favqulodda vaziyatlarda birinchi yordam
ko‘rsatishning turlari, texnikalari, shuningdek, birinchi yordam ko‘rsatuvchi shaxsning
xatti-harakatlari va zarur bilim va ko‘nikmalar muhokama qilinadi.
TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI O‘QUVCHILARNING TANQIDIY FIKRLASH KO‘NIKMALARINI RIVOJLANTIRISH
Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar yordamida
o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish
masalalari yoritilgan. Raqamli vositalarning o‘quv jarayonidagi ahamiyati, tanqidiy
fikrlashni rivojlantirishga ta’siri, shuningdek, amaliy tajribalar asosida olingan
natijalar tahlil qilingan.
GERMANIYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MIKROBIZNES OʻYINI SIMULYATSIYASI
Annotatsiya:Germaniya metodikasi asosidagi “Biznes asoslari” o‘quv dasturi
tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi.
Professional ta’lim tizimi o‘quvchilarini xorijiy tajribalar asosida moliyaviy
savodxonligini oshirishga qaratilgan “German Sparkassenstiftung for International
Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda professional taʼlim tizimi pedagog
kadrlarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish yoʻlga
qoʻyilgan.
ARTIFICIAL INTELLIGENCE IN EARLY CANCER DETECTION: A NEW ERA IN ONCOLOGY
Abstract. Artificial Intelligence (AI) has emerged as a transformative tool in the
field of oncology, particularly in the early detection of cancer. By enhancing diagnostic
accuracy and enabling faster analysis of medical imaging and biomarkers, AI offers
the potential to significantly improve patient outcomes. This article reviews current
applications of AI in cancer screening, highlights clinical successes, and discusses
ethical and practical challenges associated with its implementation.
MENTAL HEALTH IN ADOLESCENTS AND YOUNG ADULTS: RISING BURDEN OF DEPRESSION AND ANXIETY
Abstract. Mental health disorders among adolescents and young adults have
escalated in recent years, with depression and anxiety disorders becoming particularly
prevalent. The interplay of social pressures, digital exposure, and socio-economic
stressors has been implicated in this increase. The article reviews epidemiological
trends, highlights key risk factors, and explores interventions aimed at mitigating this
global public health concern.
GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA SIYOSIY HAYOTNING INTEGRATSIYALASHUVINING IJTIMOIY-FALSAFIY TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada globallashuv jarayonlari davrida siyosiy hayotda
yuz berayotgan integratsiyalashuv jarayonlarining ijtimoiy-falsafiy mohiyati tahlil
qilinadi. Bunda siyosiy tizimlarning o‘zaro yaqinlashuvi, xalqaro siyosiy institutlararo
hamkorlik, fuqarolik jamiyatining transformatsiyasi, milliy suverenitet va global
boshqaruv muammolari falsafiy yondashuv asosida ko‘rib chiqiladi.
ОСОБЕННОСТИ МЕСТНЫХ И СИСТЕМНЫХ МЕХАНИЗМОВ АЛЛЕРГИЧЕСКОГО ВОСПАЛЕНИЯ ПРИ СЕЗОННОМ АЛЛЕРГИЧЕСКОМ РИНИТЕ
В статье представлены результаты исследования цитокинового профиля,
противомикробных пептидов (α- дефензинов), а также показателей клеточного
иммунитета у пациентов с сезонным аллергическим ринитом в стадии
обострения. Показано, что иммунный статус больных характеризуется
увеличением относительного количества CD3- CD19+ лимфоцитов и снижением
CD3+CD8+ клеток, активацией гуморального иммунитета и увеличением
концентрации цитокинов-регуляторов Тh2 иммунного ответа (ИЛ-4 и ИЛ-10) в
назальном секрете и сыворотке крови. Это сочеталось со снижением
функциональной активности Тh1- лимфоцитов – регуляторов клеточного
иммунного ответа, повышенной продукцией провоспалительных цитокинов
(ИЛ-1β, ИЛ-8) и противомикробных пептидов – α-дефензинов (HNP1-3),
способствующих дегрануляции тучных клеток и секреции медиаторов,
поддерживающих аллергическое воспаление.
TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR
Annotatsiya: Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar borasidagi
mamlakatimizning mustaqillik yillarida va hozirgi kunda islohotlar olib
borilayotganligi, mamlakatimiz fuqarolarining xavfsizligini muhofaza qilish, urush
davrida tinch aholining huquq va majburiyatlarini mahofaza qilish, harbiy asirlar bilan
muomala qilish, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlatlarning harbiy
xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o’xshash boshqa
organlarga xizmatga kirish, yollanish tinchlik va insoniyat xavsizligiga qarshi jinoyat
ekanligini ogohlantirish, terrozimga qarshi faoliyat olib borilayotganligi ya’ni
O’zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi yuritgan siyosati va qonun jihatdan
terrorizm harakatlarini ta’qiqlab qo’yilishi, shuningdek terrorizm to’g’risida
ma’lumotlarni va faktlarni tegishli organlarga xabar qilmaslik va terrorizmni
moliyalashtirish ham tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat hisoblanib
mamlakatimizda, bunday harakatlar uchun jazolar tayinlanishi, milliy, iriqy , etnik yoki
diniy adovatni qo’zg’atissh va shunday materiallarni tarqatishning ijtimoiya xavfli
xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.
INTENSIV TERAPIYA BO‘LIMI BEMORLARIDA LINEZOLIDNING KLINIK SAMARADORLIGINI TAXLILI
Annotatsiya: Terapiya bo‘limida ko‘p sonli holatlarda metitsillinrezistent
tillarang stafilokokk, metitsillinga sezgir tillarang stafilokokk va vankomitsinga
rezistent enterokokk kasallikka va o‘limga olib keluvchi patogenlar hisoblanadi.
Shuning uchun Intensiv terapiya bo‘limi klinitsistlari grammusbat bakteriyalarning
rezistentligi qonuniyatlarini, ularga qarshi bardoshli va samarali antibiotiklarning
qo‘llanilishini bilishlari muhimdir. Linezolid – sintetik oksazolidinon antibiotik
hisoblanib, vankomitsin rezistent entererokokk chaqirgan infeksiyalarda, metitsillin
rezistent tillarang stafilokokk va metitsillin sezgir tillarang stafilokokk chaqirgan
kasalxona ichi pnevmoniyalarda, tillarang stafilokokk va streptokokk chaqirgan teri va
yumshoq to‘qimalar infeksiyalarida qo‘llanilishi uchun tasdiqlangan.Maqolada
intensiv terapiya bo‘limi bemorlarida linezolidning klinik samaradorligi yoritildi.
KORXONALARDA MEHNAT MUHOFAZASINI BOSHQARISH SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA AXBOROT TIZIMLARINING ILMIY ASOSLARI
Annotatsiya: Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishni tashkil etish boʻyicha
maʼlumotlarni toʻplash va operativ boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha
axborot tizimini ishlab chiqish dolzarbligi keyingi yillarda eʼtiborni tortayotgan
dolzarb masaladir. Texnologiya tez surʼatlar bilan rivojlanishda davom etar ekan,
xodimlarning xavfsizligi va farovonligini taʼminlash uchun keng qamrovli
maʼlumotlarni yigʻish va boshqarish tizimiga boʻlgan ehtiyoj tobora ortib boradi.