Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
82
ISSN:3030-3621
GARDEROBDAGI ZAMONAVIYLIK BELGISI
Nosirova Dilafruzxon Akbarovana
Farg’ona shahar 1-son politexnikumi
“Tikuvchilik fanlari” o’qituvchisi
Annotasiya:
Ushbu maqolada moda olamiga eskirmas buyum sifatida kirib
kelgan galstukning tarixi, erkaklar modasi xilma-xilligiga va erkinligiga qat’iy nazar
erkaklar kostyumining asosiy bezagi ekanligi, galstukni qanday tanlanishi haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar:
Qadimiy Rim,
galstuk, bo’yin ro’moli,
avangard, Teofil Gote
“Romantizm, latsk, kostyum, garderob, ziyolilik belgisi.
Ko‘pchilikka ayonki, har qanday ishbilarmon kishining sipo ko‘rinishini uning
did bilan kiyinishi belgilaydi.Albatta, har ishbilarmon ko‘ylagiga mos tanlangan
galstuk yoki bo‘yinbog‘ atrofdagilar e’tiborini tortishini yaxshi biladi. Hatto G’arbda
“Sifatli galstuk har qanday maqtovdan yuqori” degan ibora ham mavjud.
Moda olamiga eskirmas buyum sifatida kirib kelgan galstukning tarixi 300
yildan oshadi.
Galstuk yoki bo‘yin ro‘moli Qadimiy Rimda paydo bo‘lgan. Rim legionerlari
uni bo‘ynini isitish uchun kiyishgan.
1600-yillarda Avstriya-Vengriya urushida g‘alaba qozongan xorvatlar Parijga
yurish qilishganda, ular bo‘ynidagi yorqin rangli ro‘molcha qirol Lyudovik XIV ning
e’tiborini tortadi. Qirol ham shu zahoti bo‘yniga ro‘molcha tashlab oladi va shu-shu
matoli bo‘yinbog‘lar rusum bilan boshlaydi
Bo‘yin ro‘molini Yevropada XVII asrni o‘rtasida kiyishadigan bo‘ldi. Barokko
badiiy uslubi davrida dabdaba kostyumlar, katta pariklar kiyishgan, bo‘yin ro‘mol esa
yoqani o‘rniga bo‘lgan. Uni bo‘yniga aylana o‘rab oldida bantga bog‘lashgan. XVII
asrni 70-yy. bo‘yin ro‘molni bir necha tor bantga bog‘lab, to‘r uchlarini jyustokorni
(kaftan) ustiga chiqarishardi.
90-yy.
a-la-Steinquerk
paydo bo‘ldi. Uni bo‘yinga aylanasiga o‘rab, uchlarini
jyuyustkorni uchinchi izmasiga kirgizishardi. Galstuk atamasi 1692y. Steyinkerkdagi
(SHteyinkirxe) jang bilan bog‘liq, u yerda frantsuz askarlari inglizlarni ustidan g‘alaba
qozongan. “Xech qanday jangdan keyin qilinmagan marosim bilan Parij saroyida va
barcha qirollikda g‘alaba nishonlangan... Bu davrda erkaklar qiyin bog‘lanadigan to‘r
galstuklar kiyishgan. Jang oldidan askarlar tez kiyinib, galstuklarini pala-partish
bog‘lashgan. Ayollar o‘z liboslari uchun uni namuna sifatida olishgan”
“
Galstuk”
so‘zi ehtimol golland tilidan tadbiq etilgan va keyin nemis so‘zi
o‘rniga keldi (
Hals
– bo‘yin,
Tuch
- ro‘mol).
“Kravat
” va “galstuk” atamasi ko‘p xorij
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
83
ISSN:3030-3621
tillarda saqlangan. Frantsuzcha -
cravate,
polyakcha –
krawate
. Rus kostyumida Petr
1ni reformalaridan so‘ng kirgan. U davrda uni
galstuk, galshtuk
va hattoki
gauzduk
deb atashgan.
XVIII asrda bo‘yin ro‘molni o‘rniga qora lenta-
soliter
kirdi. Uni parikni
orqasiga mahkamlab, bo‘yinni urashardi va oldida bant bog‘lashardi. Ba’zan lentaga
yupqa to‘rdan qo‘yma burma taqishardi.
1789 yilda Frantsiyada inqilob va Direktoriya davrida kostyum ko‘pincha
g‘ayriodatiy bo‘lgan. Olifta-aslzodalar oq matodan yoki dokadan bo‘yin ro‘molni turli
tumon usulda bog‘lashardi. Uni har doim yangicha bog‘lash bashang hisoblanardi.
Aslzoda erkak galstukni kuniga uch marta almashtirishi lozim edi.
1812- yldagi urushdan so‘ng modada
col russe
galstuk ommabop bo‘ldi.
Shundan keyin erkaklar ijtimoiy holi faqat kostyumining sifati bo‘yicha
farqlanadigan bo‘ldi. Yarqiragan, ser bezakli libos kiyish kelishmagan qiliq deb
hisoblanardi. Qanchalik darajada erkaklar kostyumi oddiy bo‘lsa, shunchalik galstukka
ko‘p e’tibor berilardi. Hattoki galstukni bog‘lash san’atiga bag‘ishlangan o‘quv
qo‘llanmalar bo‘lgan. O‘quv kursi 15 darsdan iborat bo‘lib, galstukni bog‘lash 32
usulini tavsiya etgan. SHunday o‘quv qo‘llanmani mualliflaridan biri Onore Balьzak
bo‘lgan edi. Qo‘llanmani tavsiyalariga binoan erkakning o‘ziga xosligi galstuk
tanlashda va uni bog‘lashda bilinardi. Maslan, zakovatning galstugi zo‘r mahorat bilan
bog‘lanishi lozim edi, tor fikrli kishining fantaziyasi yo‘qligini galstuk bog‘lashidan
ko‘rish mumkin edi.
Romantizm davri galstuk tarixida izsiz qolmadi. “Keng duxoba qaytarmali
jaketning xurpaygan bantli enli galstuk astoyidl o‘ylangan kostyumni qo‘shimchasi
bo‘lgan. U xech qanday oq dog‘ni, ich kiyimni ko‘rsatmaydi – bu romatizmni oliy
zeboligidir” (Teofil Gote “Romantizm tarixi”).
Romantiklar ko‘ylak va oq yoqaliarini sotuvchilarning ramzi deb masqara
qilishardi. Galstuk qiya bichilgan gazlama bo‘lagi yoki diagonali bo‘yicha taxlangan
ro‘mol bo‘lgan. Keng tomoni bo‘yinni urardi, uchlari esa oldida har xil usulda
bog‘lanardi: sharq didida, a-lya-Bayron yoki o‘z fantaziyasiga binoan.
X1X asrni 50 yy. yumshoq sharfni o‘rniga oxorlangan astarli galstuklar keldi, u
orqasida tugmalanardi, odida esa katta yassi bant tikilardi. 50 yy. ikkinchi yarmida
plastron kiyishgan – manishkaning tepasini berkitadigan keng yumshoq galstuk. Uni
sidirg‘a yoki naqshli gazlamadan qilishardi va dur yoki qimmatbaho toshli tug‘nog‘ich
yoki kameya bilan qiyishardi. Plastronni syurtuk yoki pidjak bilan kiyishardi. Yozda
fulyar yoki batistdan rangli galstuklarni erkin tugun yoki bantga bog‘lashardi. Kechki
kostyum-frakga oq batistdan yoki dokadan galstuk kiyishgan. Smokingga qora galstuk
mansub edi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
84
ISSN:3030-3621
X1X asr 70 yy. “arzon dabdabalik” paydo bo‘ldi – tugmalanadigan oxorlangan
yoqa va manjetlar. Bu davrda tayyor (bog‘langan) galstuk va taxlamali plastron va
bantga yoki dengiz tuguniga bog‘langan uzun sharflar ommabop bo‘ldi.
XX asr boshida galstuk uchun sir yoki nimkimmatbaho toshlar bilan bezatilgan
qisqichlar modaga kirdi. Ko‘pincha, taqa, ayolning boshi, silizatsiyalangan gul
shaklida qisqichlar moda bo‘ldi.
1904 yilda Milan sahnasida “CHio-CHio-San” operasi qo‘yilgandi, uning
avvalgi nomi “Madam-Baterflyay”, “Madam-kapalak” bo‘lgani bois orkestrantlar
galstuklari kapalakni eslatadigan original shaklda qilingandi. SHu vaqtdan boshlab
“
kapalak-galstuk
” bashang kostyumda odat bo‘ldi. Yarqiragan yirik “kapalak-galstuk”
yoshlar avangard libosida moda elementi bo‘ldi. Bu galstukni ayollar ham kiyishardi,
u kostyumga odmiylikni baxsh etadi.
30 yy. jun garus yoki sutaj tasmasidan to‘qilgan galstuklar moda bo‘lgan.
Xozir ham erkaklar modasi xilma-xilligiga va erkinligiga qat’iy nazar erkaklar
kostyumining asosiy bezagi sifatida galstuk qoldi. Harbiy forma kiyimida tayyor
shakllangan tugunli orqasida tugmalanadigan galstuk-
regat
qo‘llanadi.
Galstuk- erkaklar modasini darakchisidir. U ko‘lakning yoqasini kattaligini,
burchagini, pidjak yelkasining enini, yoqa va latskanini enini, bel sathini, tugmalarni
sonini va joylanishini, pidjak va shimni enini, poyafzal shaklini belgilaydi.
Galstuk hozir ham rasmiy kiyim belgisidir. Ba’zi rasmiy marosimlar
o‘tkazilganda galstuk kiyish marosimni rasmiyligini bildiradi, galstuksiz marosim
o‘tqaziladigan bo‘lsa, erkinlik beriladi.
Galstuk yalang‘och bo‘yinga kiyilib va oldida erkin osilib tursa – beparvolikni
ko‘rsatadi. Bu libosda ishbilarmon uslubiga mos kelmaydigan o‘ziga xos avangarddir.
XX asr ikinchi yarmidan galstuk ayollar garderobida ham qo‘llanadigan bo‘ldi.
Ular rangba
-
rang matolaridan qilinib, erkakcha tugunga bog‘lanadi. Ayniqsa
ishbilarmon ayollarning rasmiy kiyimda galstuk keng qo‘llanadi.
Turli rangdagi ko‘ylak va kostyumga to‘g‘ri keluvchi 2-3 xil galstuk tanlay
olsangiz, sipolik uchun shuning o‘zi kifoya. Ayniqsa, to‘q ko‘k va qora rangdagi
galstuklar har qanday kiyimga mos tushadi. Hatto jinsi kiyimlar bilan ham galstuk
taqsa bo‘ladi, faqat buning uchun kostyumni to‘g‘ri tanlay bilish lozim.
Xullas o‘z didingizga mos galstuk tanlashda adashmang.
Bugungi kunda galstuk ziyolilik belgisi hisoblanadi. Galstukning tabiiy
matolardan tayyorlangan turi, ayniqsa, qo’lda to’qilgani, Italiya mahsuloti dunyoda
yuqori baholanadi.
Foydalangan adabiyotlar
1.
Hasanboeva G.K.. Shomansurova M. , Maxsus kompozitsiya – T. : Yangi asr
avlodi, 2007
2.
Libos dizayni fani bo’yicha ma’ruza matn prof. Hasanboeva G.K. Toshkent-2011