Mualliflar

  • Abdulxamidov Dilmurod Umarjon o'g'li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118912

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Kichik biznes iqtisodiy ko’rsatkichlar elektron tijorat mulkdorlik barqaror rivojlanish.

Annotasiya

Annotatsiya:    Ushbu  tezisimizda  Mamlakatimizda  amalga  oshirilayotgan 
iqtisodiy  islohotlarning  hozirgi  bosqichi  kichik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlikni 
rivojlantirish,  unga  keng  iqtisodiy  erkinlik  berish  bilan  samaradorligini  oshirishni 
takomillashtirishni haqida fikr yuritiladi. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz 
rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

73

ISSN:3030-3621

KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNING MAMLAKATIMIZ

YALPI ICHKI MAHSULOTIDAGI ULUSHI

Abdulxamidov Dilmurod Umarjon o'g'li

Email: dil9295a@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu tezisimizda Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan

iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan samaradorligini oshirishni
takomillashtirishni haqida fikr yuritiladi. Bu maqsadga erishish uchun mamlakatimiz
rahbari tomonidan bir qancha farmon va qarorlarning ishlab chiqilishi kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni samaradorlini oshirishga albatta xizmat qiladi.

Kalit so’zlar:

Kichik biznes, iqtisodiy ko’rsatkichlar, elektron tijorat,

mulkdorlik, barqaror rivojlanish.

ДОЛЯ МАЛОГО БИЗНЕСА И ЧАСТНОГО ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА

В ВАЛОВОМ ВНУТРЕННЕМ ПРОДУКТЕ НАШЕЙ СТРАНЫ


Аннотация:

В данной диссертации рассматривается современный этап

экономических реформ, реализуемых в нашей стране, направленных на развитие
малого бизнеса и частного предпринимательства, предоставление ему широкой
экономической свободы, повышение его эффективности. Для достижения этой
цели разработка ряда указов и постановлений главы нашего государства,
безусловно, послужит повышению эффективности малого бизнеса и частного
предпринимательства.

Ключевые слова:

Малый бизнес, экономические показатели, электронная

коммерция, собственность, устойчивое развитие.

THE SHARE OF SMALL BUSINESS AND PRIVATE ENTREPRENEURSHIP

IN THE GROSS DOMESTIC PRODUCT OF OUR COUNTRY


Annotation:

This thesis discusses the current stage of economic reforms being

implemented in our country, which aims to develop small business and private
entrepreneurship, provide it with broad economic freedom, and increase its efficiency.
To achieve this goal, the development of a number of decrees and resolutions by the
head of our country will certainly serve to increase the efficiency of small business and
private entrepreneurship.

Keywords:

Small business, economic indicators, e-commerce, ownership,

sustainable development.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

74

ISSN:3030-3621

KIRISH

Mustaqilik yillarida O’zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo’lgan xususiy

mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd
etish zarur. O’rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror
yuksaltirish, yangi ish o’rinlari yaratish va aholi darajasini oshirishning muhim omili
bo’lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo’yicha qulay
ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi. O’zbekiston
Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning mamlakatimizni 2014-yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining
majlisida so’zlagan ma’ruzasida ta’kidlaganidek, “kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish bo’yicha ko’rilgan choratadbirlar
natijasida o’tgan yili 20 mingdan ziyod yangi kichik biznes subyektlari tashkil etildi,
ularning umumiy soni esa 195-mingdan ziyodini tashkil etdi. Bu 2000-yilga nisbatan
2 barobar ko’pdir. Yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2000-yildan buyon 31 foizdan 56
foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda 12,9 foizdan 31,1 foizga o’sdi”. 1
Yuqoridagi ko’rsatkichlardan ko’rinib turibdiki, ushbu soha mamlakat iqtisodiyotini
rivojlantirishda tobora salmoqli o’rin egallab bormoqda. Kichik va xususiy
korxonalarnirig ijtimoiy-iqtisodiy o'sishini jadallashtirish muammolarini hal qi1ish
iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy boshqaruvni tubdan qayta ko'rish
asosida amalga oshiriladi. Shunga muvofiq ravishda xoja'lik faoliyati jarayonida
yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish bo’yicha ilmiy asoslangan xulosa va
tavsiyalarning ahamiyati ortadi. Iqtisodiyotdagi tarkibiy islohotlar natijasida
tadbirkorlik mehnat unumdorligining o'sishi, mehnat mazmunidagi chuqur
o'zgarishlar, qo'l mehnati tarqalgan sohalarning sezilarli kamayishi va inson omiliga
yangicha yondashuv masalalari bilan bog'liq bo’lgan mehnatga haq to’lash tizimini
tadqiq etish, ayniqsa, muhimdir. Modernizasiyalashtirish jarayonini ishlab chiqarishga
joriy qilish natijasida ishchi xodimlarning ilmiy va kasbiy tayyorgarligi, ularning
mehnat va ijtimoiy faolligiga bo’lgan talablar keskin ortadi. Bozor iqtisodiyoti
sharoitda turli ukladligi korxonalarning raqobatga dosh berishi, korxonalarda personal
mehnatni tashkil etish va haq to'lash tizimini takomillashtirish, mehnatni ilmiy asosda
tashkil etishning muhim yo’nalishi sifatida mehnat unumdorligi va samaradorligini
oshirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu maqsadlarni kichik va xususiy
korxonalarda personallar mehnatini tashkil etish, uning samaradorligini oshirish
kompleks tadqiq qilishning alohida dolzarbligini ifodalaydi. Mazkur tadqiqot ishi
mavzusini tanlashga turtki bo’ldi.

Shundan kelib chiqib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish

respublikamizda keng ko’lamli islohotlar va modernizasiya yo’lini izchil davom
ettirishda asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Bunda, ayniqsa qishloq


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

75

ISSN:3030-3621

xo’jaligiga berilayotgan e’tiborni misol keltirishimiz mumkin. Tadbirkorlarning
muayyan mahsulotlarni ishlab chiqarish, ish bajarish xizmat ko’rsatish bo’yicha
faoliyati tadbirkorlik faoliyatini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining
“Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonunida
ta’riflanishicha “Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) – tadbirkorlik faoliyati
subyektlari tomonidan qonuun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal
qilib va o’z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan
tashabbuskor faoliyat”. Tadbirkorlik faoliyati asosida bir qator shart va talablar mavjud
bo’ladi.

Birinchidan, tadbirkor Tovar va xizmatlar ishlab chiqarish jarayonida ishlab

chiqarish

omillarini

birlashtiradi

va

“kotalizator”

vazifasini

bajaradi.

Ikkinchidan, biznesni yuritish jarayonida u mustaqil qarorlar qabul qilishdek qiyin bir
vazifani

zimmasiga

oladi.

Uchinchidan tadbirkor – tashkilotchi shaxs bo’lib yangi ishlab chiqarish

texnologiyalarini joriy qilib, yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga intiladi.

To’rtinchidan, tadbirkor – tavakkal qilishdan qo’rqmaydigan insondir.

U nafaqat o’z mol – mulkini, vaqti, mehnati bilan, Balki o’z sheriklari, hisadorlari
qo’shgan mablag’lar bilan ham tavakkal qilishga boradi.

Tadbirkorlik faoliyati to’g’risida yuqorida keltirilgan turli xil fikr va

yondoshuvlarni umumlashtirgan holda, qisqa qilib quyidagicha ta’rif berish mumkin:
tadbirkorlik faoliyati – shakli va sohasidan qat’iy nazar, foyda olish va undan samarali
foydalanish maqsadiga qaratilgan iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyatinig
amalga oshirilishida quyidagi bir qator qoidalarga rioya etishni talab qilinadi:

- Tadbirkorning xo’jalik yuritish bo’yicha huquq va erkinliklariga ega bo’lishi;
- Tadbirkorlik faoliyati mulkdorning o’zi tomonidan ham, uning mol mulki

asosida ish yurutuvchi subyekt tomonidan ham amalga oshirishi mumkinligi;

- Xo’jalik yuritish erkinligini ta’minlovchi qulay iqtisodiy muhit va ijtimoiy –

siyosiy sharoitning mavjud bo’lishi;

- Mukchilik va o’zlashtirishning turli – tuman shakillari va turlarining

mavjudligi;

- Tadbirkorning maxsus bilimga, ma’lumot va malakaviy tayyorgarlikga ega

bo’lishi.

Tadbirkorlik faoliyatining turli shakllari xilma-xil bo’lib, ular orasida o’zining

xo’jalik yuritish ko’lamini cheklangani bilan ajratib turuvchi kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat
ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishidagi o’rni va amaliyoti bu soha tomonidan amalga
oshiriluvchi vazifalar orqali namoyon bo’ladi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

76

ISSN:3030-3621

Bunday vazifalarning turli – tumanligi esa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik

sohasining jahondagi barcha mamlaakatlar uchun ham, o’ziga xos xususiyatlarga ega
bo’lgan alohida bir mamlakat uchun ham qandaydir darajada ahamiyat kasb etishidan
darak beradi. Prezidentimiz bu borada konstitutsiyamizning 18 yilligiga bag’ishlangan
tantanali marosimdagi ma’ruzasida quyidagilarni takidlagan edi: “Kichik biznez va
xususiy tadbirkorlikning izchil rivojlanib borishi ta’minlash orqali biz mamlakatimizda
jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy tayanchi va poydevori bo’lgan o’rta sinfning
shakillanishiga va uning tobora mustahkam bo’lib borishiga erishmoqdamiz”.
Barchamizga ayonki, aynan ana shu ijtimoiy qatlam – ya’ni o’rta sinf yurtimizda
amalga oshirayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirimizdan, mamlakatimizning
izchil va barqaror rivojlanishidan eng ko’p mafaatdordir. Shu bois kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik bugungi kunda jamiyatimizdagi ijtimoiy va siyosiy
barqarorlikning kafolati va tayanchiga, yurtimizning taraqqiyot yo’lidan faol
harakatlantiradigan kuchga aylanib bormoqda. Kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati to’g’risada so’z yuritilganda, eng avvalo,
uning istemol bozoridagi muvozanatni ta’minlash vazifasini ta’kidlash lozim. Uzoq
yillik sobiq rejali iqtisodiyot tajribasidan ma’lumki, o’ta darajada yiriklashgan ishlab
chiqarish ehtiyojlar va talab tuzilishidagi o’zgarishlarga qiyin moslashuvchan,
harakatchanlik borasida o’ta sust hisoblanadi.

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida qishloq xo`jaligida chuqur tarkibiy

islohotlar o`tkazilib, sohada bozor munosabatlarini shakllantirish, mulkchilikning
nodavlat shakliga o`tish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish,
dehqon va fermer xo`jaliklari faoliyatini yo`lga qo`yish kabi muhim masalalarni hal
etishga katta e`tibor berildi. Bugungi kunda fermerlik farakati jadal rivojlanib,
dehqonchilikda: g`allachilik, paxtachilik, sholikorlik, meva-savzavotchilik hamda
chorvachilikda:

qoramolchilik,

qo`ychilik,

qorako`lchilik,

parrandachilik,

asalarichilik, baliqchilik yo`nalishlarida hamda mahsulotlarni qayta ishlash sohalarida
faoliyat ko`rsatayotgan ko`p tarmoqli fermer xo`jaliklari rivojlanib bormoqda.

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan

makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini
saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini
modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini
kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy
mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni
kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish.

XULOSA

Hozirgi paytda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish sur’atlarini

jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

77

ISSN:3030-3621

aholi daromadlarini oshirish masalalarini hal etishda ham etakchi o’rin tutmoqda. Shu
sababli, kichik biznes sub’ektlari faoliyatini o’rganish va sohada mavjud muammolarni
echish yo’llarini tadqiq qilish va ularning samaradorligini oshirish muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Шaдиeвa, Г. (2021). Иннoвaциoн иқтиcoдиёт шapoитидa тaдбиpкopликни
pивoжлaнтиpишнинг aйpим нaзapий жиҳaтлapи. Иқтисодиёт ва таълим, (4),
210- 215.

2.

SHADIYEVA, G. (2020). Social and economic concept of “Family economy”, its
development and conceptual ways to raise welfare. ЭКОНОМИКА, (9), 168-176.

3.

Mardievna, S. G., & Boltaevna, S. F. (2021). The role of public-private
partnerships in attracting investment projects in the transport sector. Journal of
Contemporary Issues in Business and Government Vol, 27(6).

4.

Кушников Е.И., Хаджинов Л.В. Некоторые аспекты оценки влияния
образования на экономический рост // Вопросы инновационной экономики.
– 2022. – Том 12. – № 1. – С. 535-550.

5.

Abdikarimov, I. (2024). Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim tizimi
rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 264-269.

6.

Sherov, A. (2019). Reforms in the system of higher education and their impact on
financial

Bibliografik manbalar

REFERENCES

Шaдиeвa, Г. (2021). Иннoвaциoн иқтиcoдиёт шapoитидa тaдбиpкopликни

pивoжлaнтиpишнинг aйpим нaзapий жиҳaтлapи. Иқтисодиёт ва таълим, (4),

- 215.

SHADIYEVA, G. (2020). Social and economic concept of “Family economy”, its

development and conceptual ways to raise welfare. ЭКОНОМИКА, (9), 168-176.

Mardievna, S. G., & Boltaevna, S. F. (2021). The role of public-private

partnerships in attracting investment projects in the transport sector. Journal of

Contemporary Issues in Business and Government Vol, 27(6).

Кушников Е.И., Хаджинов Л.В. Некоторые аспекты оценки влияния

образования на экономический рост // Вопросы инновационной экономики.

– 2022. – Том 12. – № 1. – С. 535-550.

Abdikarimov, I. (2024). Innovatsion iqtisodiyot sharoitida oliy ta’lim tizimi

rivojlanishining oʻziga xos xususiyatlari. Iqtisodiyot va taʼlim, 25(2), 264-269.

Sherov, A. (2019). Reforms in the system of higher education and their impact on

financial

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари