Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
60
ISSN:3030-3621
PEDAGOGLARDA TARBIYAVIY FAOLIYATNING USTUVORLIGI
Anvarjonova Kamolaxon Zohidjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
“Tarix” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada pedagoglarda tarbiyaviy faoliyatning ustuvorligi
haqida ya’ni o‘qituvchi mahorati birinchi o‘rinda uning dars mashg‘ulotlardagi
tayyorgarlik darajasi hisoblanadi. Pedagog faoliyatida mumtazam va mazmunli,
maqsadli o‘z bilim va ko‘nikmalarini o‘zining metodlari bilan boyitib borishi kerak.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, tarbiya, dars, metod, o‘quvchi, faoliyat, o‘qituvchi, usul,
pedagog, mahurat, kommunikativ, kasbiy shakllanish.
Аннотация:
В данной статье рассматривается приоритетность
образовательной деятельности среди педагогов, то есть мастерство учителя в
первую очередь основывается на уровне его подготовки на уроках. Учитель
должен систематически, осмысленно и целенаправленно обогащать свои знания
и умения собственными методами работы.
Ключевые слова:
образование, воспитание, урок, метод, ученик,
деятельность,
учитель,
метод,
педагог,
умение,
коммуникативный,
профессиональное становление.
Abstract:
This article discusses the priority of educational activity for teachers,
that is, the teacher's skill is primarily the level of his training in lessons. In his work,
the teacher should systematically and meaningfully, purposefully enrich his knowledge
and skills with his own methods.
Keywords:
education, upbringing, lesson, method, student, activity, teacher,
method, teacher, skill, communicative, professional formation.
KIRISH
Tarbiya — jamiyatning ma’naviy va madaniy asoslarini mustahkamlovchi,
inson shaxsini har tomonlama shakllantirishga qaratilgan muhim ijtimoiy
jarayonlardan biri bu jarayonning muvaffaqiyati, avvalo, pedagoglarning kasbiy
mahorati, tarbiyaviy qarashlari va amaliy faoliyatiga bevosita bog‘liq hisoblanadi.
Pedagog tarbiya orqali yosh avlod qalbiga ezgulik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik,
odob-axloq kabi umuminsoniy fazilatlar singdirilib borilyabdi. Shu bois, pedagoglarda
tarbiya faoliyatining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi nafaqat ta’lim tizimining, balki butun
jamiyatning taraqqiyotida ham hal qiluvchi omil bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada
pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati, uning mazmuni, metodik asoslari va zamonaviy
yondashuvlari haqida xolisona tahlil qilinadi.Pedagoglarda tarbiya faoliyati deganda
avvalo o‘qituvchi yoki tarbiyachilarning o‘quvchi-yoshlargaijtimoiy,axloqiy,ma’naviy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
61
ISSN:3030-3621
va madaniy qadriyatlarni singdirish,ularni har tomonlama barkamol shaxs sifatida
voyaga yetkazishga qaratilgan faoliyat jarayoni tushuniladi.
Pedagoglarning tarbiya faoliyati asosiy yo‘nalishlari:
Axloqiy tarbiya-
yoshlarga halollik,hurmat,ma’suliyat,odoblilik kabi yaxshi
fazilatlarni o‘rgatishdan iborat
1
.
Jismoniy tarbiya-
sog‘lom turmush-tarzini targ‘ib qilish va jismoniy
rivojlanishga e’tibot qaratilgan tarbiya hisoblanadi.
Vatanparvarlik tarbiyasi-
yurtga mehr-muhabbat,sadoqat va milliy
qadriyatlarni hurmat qilishga chorlaydilar.
Estetik tarbiya-
san’at,adabiyot,musiqa orqali go‘zallikni qadrlashga
o‘rgatiladi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida bilim berish bilan birga, tarbiyaviy ishlarning
samaradorligini oshirish muhim masalalarga aylanmoqda. Chunki shaxsning barkamol
rivojlanishida tarbiya muhim omil hisoblanadi. Shu bois pedagog faoliyatining
ajralmas qismi sifatida tarbiyaviy ishlar ustuvor ahamiyat kasb etib kelmoqda. Pedagog
nafaqat bilim beruvchi, balki o‘quvchining ma’naviy olamini shakllantiruvchi, uning
axloqiy, estetik, huquqiy qarashlarini mustahkamlovchi yetakchi shaxsdir. Har bir
o‘qituvchining kasbiy faoliyati tarbiya bilan chambarchas bog‘liq bo‘ladi. U bolaning
har tomonlama kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya orqali insoniylik,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi qadriyatlar singdirilib kelinadi.
Tarbiyaviy faoliyati ustuvorligi, avvalo, uning uzluksiz va tizimli olib borilishi
bilan belgilanadi. Dars jarayonida pedagog o‘quvchilarga faqatgina fan asoslarini
emas, balki u bilan birga hayotiy tajriba, madaniyat, axloqiy me’yorlarni ham
o‘rgatadi. Shu bois pedagogik mahorat nafaqat bilim berishda, balki tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatishda ham o‘z aksini topishi kerak.
Tarbiyaviy ishlar ko‘p tomonlama bo‘lib, ular sinfdan tashqari mashg‘ulotlar,
to‘garaklar, tadbirlar, suhbatlar orqali amalga oshiriladi. Pedagog bu jarayonda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, qiziqishlarini hisobga olgan holda, har bir bola
bilan individual yondashuv asosida ishlashi maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa, oilaviy
tarbiya bilan maktab tarbiyasi bir-biriga chambarchas holda olib borilgandagina ijobiy
natijalar berishi mumkin. Bugungi kunda ta’lim jarayonida bilim berish bilan birga,
tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish muhim masalalarga aylandi. Chunki
shaxsning barkamol rivojlanishida tarbiya muhim omil hisoblanadi. Shuning uchun
pedagog faoliyatining ajralmas qismi sifatida tarbiyaviy ishlar ham ustuvor ahamiyat
kasb etadi.Pedagog bilim beruvchi, balki o‘quvchining ma’naviy olamini
shakllantiruvchi, uning axloqiy, estetik, huquqiy qarashlarini oshiruvchi yetakchi
shaxsdir. Har bir o‘qituvchining kasbiy faoliyati tarbiya bilan chambarchas bog‘liq
1
М.Х. Muxamadaliveva, Z.M. Zarifova. A.A. Artikbaveva. “OILA VA IJTIMOIY PEDAGOGIKA”- TOSHKENT , 2022. 25-bet
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
62
ISSN:3030-3621
bo‘lib, u bolaning har tomonlama kamol topishida muhim rol o‘ynaydi. Tarbiya orqali
insoniylik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi qadriyatlar ham singdirilib boriladi
2
.
Tarbiyaviy ishlar ko‘p qirrali bo‘lib, ular sinfdan tashqari mashg‘ulotlar,
to‘garaklar, tadbirlar, suhbatlar orqali amalga oshiriladi. Pedagog bu jarayonda
o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini, qiziqishlarini inobatga olgan holda, har bir bola
bilan individual yondashuv asosida ishlashi kerak. Ayniqsa, oilaviy tarbiya bilan
maktab tarbiyasi uyg‘un holda olib borilgandagina ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Pedagogik jarayonda pedagogik faoliyat turlari o'quv va tarbiyaviy ishlardir.
Tarbiyaviy ish - bu insonlarning komil inson bo'lib yetishishi, har xil muammolarni hal
etish uchun o'quv muhitini tashkil etish uchun, shaxslarni turli xil faoliyat turlarini
boshqarishga qaratilgan pedagogik faoliyat
3
. Bola tarbiyasida pedagogikaning o'rni
beqiyos .Tarbiyaviy ishda bolaning ruhiyatidan kelib chiqib ish ko'rish zarur.
4
Bunda
bizga psixologiya fani juda katta yordam beradi. Kattalarga bo'lgan hurmat, insoniy
fazilatlarni, har xil tarbiyaviy jarayonlarni o'z ichiga oladi . Hozirgi kunda katta yoshli
odamlar ham pedagogika fanini qiziqib o'rganishmoqda. Nega deganda ular o'zlarini
xato kamchiliklarini ko'rgan holda ya'ni : xudbin insonga aylanishi, tarbiyani buzuqligi
, qo'pol so'zlar harakatlar tufayli lekin ular bir vaqtning o'zida ham psixologiya fani
bilan ham shug'ullansalar shunda ta'siri sezilarli bo'lar edi. Pedagogika sohasida
faoliyat yuritayotgan kadrlarimiz albatta o'zlarining ta'lim tarbiyasi, fe'l atvori yaxshi
bo'lishi va oliy ma'lumotli pedagog bo'lishi kerak. Pedagogik faoliyat faqat "ta'lim
doirasi"da olib borilmaydi. Aytmoqchimanki, faqat maktab, kollej, universitet emas.
Masalan, hunar o'rganadigan odamlar qanchadan qancha. O'rganilayotgan faoliyatni
chuqur o'rganish uchun o'sha sohani yaxshi biladigan o'rgata olish qobilyati, yetqizib
berish kabi salohiyatlarga ega bo'lishlari zarur. Bu ham pedagogik jihatlarga borib
taqaladi. Ta'lim sohasini asosiy maqsadi - ta'lim samaradorligiga erishish, qo‘yilgan
maqsadga erishish. Tarbiyaviy jarayonda maqsadga erishishga intilinmaydi, chunki
tarbiyaviy jarayonda tashkiliy ishlar ma'lum bir vaqt ichida bola psixikasida,
tarbiyasida shakllanadigan jarayondir. Bunda faqat aniq maqsadga yo'naltirilgan
vazifalarni izchil olib borilmoqda.
O‘quv jarayoni bu ikkinchi etap hisoblanadi:
Bolani bilish qobilyati o‘tilyotgan darsdan boshlab shakllanadi unda nazariy
idrok etish bilan birga tafakkur qilish qobilyatlari ham rivojlanadi. Shu bilan birga
o'quvchilarga vazifalar berib borish uni tekshirish ularda bo'lgan mas'uliyat hisini
uyg'otadi va olgan bilimlarini yanada mustahkamlaydi.
2
Azamat MUXTAROV, TDIU professori, falsafa fanlari doktori Sohibjon UMARJONOV, TDIU tayanch doktoranti “Ilm-
Ziyo-Zakovat”.2023. 36- bet
3
R. AMavlonova, N. X. Rahmonqulova, B. A. Normurodova, K. O. Matnazarova. “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”-
TOSHKENT. 2014. 35 bet
4
R. AMavlonova, N. X. Rahmonqulova, B. A. Normurodova, K. O. Matnazarova. “TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”-
TOSHKENT. 2014. 15-20 betlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
63
ISSN:3030-3621
O'quv ishida o'qitish tizimiga, o'qitish metodlari kiradi. O'quv jaroyoni bu
o'qituvchilar bilan izchil ravishda bog'liq bo‘ladi .
Xulosa:
qilib aytganda, pedagog tarbiyaviy faoliyati bilim berishdan ham balki
ko‘proq mas’uliyat talab qiladigan sohadir. Zamon talablariga javob beradigan,
barkamol, mustaqil fikrlovchi avlodni tarbiyalashda pedagoglarning tarbiyaviy ishga
jiddiy e’tibor qaratishini zamon talab etmoqda. Bu esa, kelajak poydevori hisoblanadi.
Pedagoglarning asosiy vazifalaridan biri- yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk va
sog‘lom qilib tarbiyalashdir. Tarbiya- bu shunchaki faoliyat emas, balki pedagogic
jarayoning asosiy tayanchi hisoblanadi. Shuning uchun har bir pedagog o‘z kasbiy
faoliyatda tarbiyaviy ishlarni ustuvor deb bilish, har bir darsda, har bir muloqotda
o‘quvchining shaxsiy rivojlanishiga e’tibor qaratish kerak. Barkamol jamiyat bu
avvalo yaxshi tarbiyalangan avlod hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
R. AMavlonova, N. X. Rahmonqulova, B. A. Normurodova, K. O. Matnazarova.
“TARBIYAVIY ISHLAR METODIKASI”- TOSHKENT. 2014.
2.
Azamat MUXTAROV, TDIU professori, falsafa fanlari doktori Sohibjon
UMARJONOV, TDIU tayanch doktoranti “Ilm-Ziyo-Zakovat”. Toplam . Maqola
2023.
3.
М.Х. Muxamadaliveva, Z.M. Zarifova. A.A. Artikbaveva. “OILA VA IJTIMOIY
PEDAGOGIKA”- TOSHKENT , 2022.
4.
Муслимов Н.А., Муталипова М.Ж., Абдуллаева Қ.М. Бўлажак
ўқитувчиларнинг
коммуникатив
компетентлигини
шакллантириш
технологияси. Методик қўлланма. –Т., 2014.
5.
Муслимов Н.А. ва б. Касбий малака ва педагогик маҳорат. Узлуксиз малака
ошириш йўналиши бўйича ўқув материаллари. –Т., 2009. 12. Очилов М.
Муаллим қалб меъмори. – Т.: Ўқитувчи, 2000.
6.
Nishonova S. Sharq Uygʻonish davri pedagogik fikr taraqqiyotida barkamol inson
tarbiyasi. Ped. fan. Dokt.diss. -T., 1998
7.
https://new.tdpu.uz/areport/188786