Annotatsiya: Ushbu maqolada rus tilini samarali o‘rgatishning zamonaviy
usullari tahlil qilinadi. Til o‘rgatishda kommunikativ yondashuv, innovatsion metodlar,
axborot texnologiyalarining o‘rni, shuningdek, motivatsiya va individual yondashuv
kabi jihatlar muhim o‘rin egallaydi. Maqolada nazariy yondashuvlar bilan bir qatorda
amaliy tavsiyalar ham beriladi. Rus tilini o‘rgantish bo‘yicha zamonaviy yondashuvlar
milliy ta’lim tizimi sharoitida qanday natijalar berayotgani haqida fikr yuritiladi.