Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
15
ISSN:3030-3621
TINCHLIK VA XAVFSIZLIKKA QARSHI JINOYATLAR
Еrgashev Javlonbek A'zamovich
Xo’jaobod tumani politexnikumi
huquqshunoslik fani katta o'qituvchisi.
Annotatsiya:
Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar borasidagi
mamlakatimizning mustaqillik yillarida va hozirgi kunda islohotlar olib
borilayotganligi, mamlakatimiz fuqarolarining xavfsizligini muhofaza qilish, urush
davrida tinch aholining huquq va majburiyatlarini mahofaza qilish, harbiy asirlar bilan
muomala qilish, O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet davlatlarning harbiy
xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o’xshash boshqa
organlarga xizmatga kirish, yollanish tinchlik va insoniyat xavsizligiga qarshi jinoyat
ekanligini ogohlantirish, terrozimga qarshi faoliyat olib borilayotganligi ya’ni
O’zbekiston Respublikasining terrorizmga qarshi yuritgan siyosati va qonun jihatdan
terrorizm harakatlarini ta’qiqlab qo’yilishi, shuningdek terrorizm to’g’risida
ma’lumotlarni va faktlarni tegishli organlarga xabar qilmaslik va terrorizmni
moliyalashtirish ham tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat hisoblanib
mamlakatimizda, bunday harakatlar uchun jazolar tayinlanishi, milliy, iriqy , etnik yoki
diniy adovatni qo’zg’atissh va shunday materiallarni tarqatishning ijtimoiya xavfli
xususiyatlari haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar
: fuqarolar, qiynash, harbiy asirlar, atrof-muhit agentlari. urushni
targ’ib qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid.
KIRISH
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlar turli moddalardan tashkil
topgan bo‘lib, ularning har biri tinchlik va insoniyat xavsizligini muhofaza qilishda
katta ahamiyatga ega. Tinchlikning muhofaza qilinishi xalqlar va davlatlar o‘rtasida
zo‘rlik ishlatmasdan tashqi siyosat olib borishga, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni
bajarishga, xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya
etishga, davlatlar o‘rtasidagi qurolli kurashning yo‘qligiga, dunyo, jamiyat rivojlanib
borgan sari xalqaro munosabatlarning subyektlari o‘rtasida vujudga keladigan
mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning usullarini ishlab chiqish
imkoniyatini yaratadi. Insoniyat xavfsizligini muhofaza qilish ham tinchlikni
muhofaza qilish bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘ylaymanki,
tinchlik ta‘minlangan bo‘lsa, insoniyat xafsizligi ham taminlangan bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining ―Tinchlik va insoniyatning
xavfsizligiga qarshi jinoyatlar‖ bobiga:
1.Urushni targ‘ib qilish (150-modda);
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
16
ISSN:3030-3621
2.Agressiya (151-modda);
3.Urushning qonun va udumlarini buzish (152-modda);
4.Genotsid (153-modda); 5.Yollanish (154-modda);
6. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya
organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish (1541-
modda);
7. Terrorizm (155-modda);
8. Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik (1551-modda);
9. Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida o‘quvdan o‘tish, chiqish
yoki harakatlanish (1552-modda);
10. Terrorizmni moliyalashtirish (1553-modda);
11. Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zgatish (156-modda);
Urushni targ‘ib qilish: Bu jinoyatning ijtimoiy xavfi, avvalo, shaxsning bir
mamlakatni ikkinchi mamlakatga nisbatan qoʻzgʻatish uchun turli shakldagi qarashlar,
Qoyalar yoki chaqiriqlar tarqatib dunyoni va davlatlarning tinchligini xavf ostiga
qoʻyadigan holatga keltirishidir. Urushni targʻib qilish xalqaro huquq me‘yorlariga
ziddir. Mazkur jinoyatning bevosita obyekti tinchlik va davlat hamda xalqlarning
rivojlanishi va hayotiy faoliyatining sharti boʻlgan tinch hayot kechirishidir. Obyektiv
tomondan urushni targʻib qilish bir mamlakatning ikkinchisiga agressiya amalga
oshirishiga erishish maqsadida qanday shaklda boʻlmasin qarashlar, gʻoyalar yoki
chaqiriqlar tarqatishdir.
Urush olovini yoqishga qaratilgan chaqiriqlar, qarashlar yoki gʻoyalarni
tarqatish vaqtidan boshlab jinoyat tugallangan deb topiladi.
Har qanday shakldagi urushni targʻib qilish subyektiv tomondan ongli ravishda,
ya‘ni shu harakatni anglagan holda amalga oshiriladi. Shunga koʻra bu jinoyat qasddan
sodir etilishi mumkin. Aybdor oʻzining urush olovini yoqish haqida gʻoyalar,
qarashlar, kayfiyatlarni tarqatganligini biladi va mazkur qilmish urush, agressiya kabi
oqibatlarni keltirib chiqarishidan qat‘i nazar shuni xohlaydi. Jinoyatni kvalifikatsiya
qilish uchun uning maqsad va motivi ahamiyatsizdir.
Mazkur jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan barcha shaxslar boʻlishi
mumkin. Urushni targʻib qilishni agressiyaga dalolatchilik (JK 151-moddasi) qilishdan
ajratish lozim. Ularning farqi shundaki, agressiyaga dalolatchilik qilish hech qachon
ommaviy tus olmaydi va JK 151moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti
boʻlishi mumkin boʻlgan aniq bir shaxsning irodasiga qaratilgan boʻladi, urushni
targʻib qilish esa, koʻpchilikka nisbatan amalga oshirishni va urush ochilishining
zarurligini va maqsadga muvofiqligini omma ongida shakllantirishni maqsad qiladi.
Agressiya: Tajovuz qilish bir davlat tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning
suvereniteti, hududiy daxsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
17
ISSN:3030-3621
nazaridan g‘ayriqonuniy bo‘lgan har qanday kuch ishlatish tushuniladi.
Agressiyaning eng xavfli ko‘rimishi qurolli kuch ishlatishdir. Bir davlatning boshqa
davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavsizligiga qarshi og‘ir xalqaro jinoyat
hisoblanadi. BMT Bosh Assambleyasining 29- sessiyasi (1974) ―Agressiyani
belgilash to‘g‘risida‖gi rezolyutsiya yakdillik bilan ma‘qullangan. Bilvosita, iqtisodiy
va g‘oyaviy agressiya tushunchalari bor.
Agressiyaning bevosita obyekti tinchlik va tinch hayot kechirish asoslari hamda
JK 151-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning quyidagi: agressiv urushni
rejalashtirish yoki unga tayyorgarlik koʻrish, shuningdek, shu harakatlarni amalga
oshirishga qaratilgan fitnada qatnashishda namoyon boʻladi.
Jinoyatning obyektiv tomoni agressiv urushni boshlash yoki olib borish
hisoblanadi.
Agressiyaning subyektiv tomoni bila turib sodir etilgan aybli harakat bilan
tavsiflanadi (toʻgʻri qasd).
Davlatning harbiy masalalarini hal qilish vakolatiga ega mansabdor shaxslar
agressiyaning subyekti boʻlishlari mumkin. Mansabdor shaxslar agressiv urushlarni
rejalashtirish va tayyorlashda qatnashadilar yoki mazkur harakatni bajarish uchun fitna
uyushtiradilar.
Urushning qonun va udumlarini buzish: Xalqaro jinoiy huquq bu jinoyatlarni
harbiy jinoyatlar guruhiga kiritadi. Uning ijtimoiy xavfi, avvalo, shundan iboratki,
urushning oʻzi odamlarning oʻlishi va qirilib ketishiga, shahar va qishloqlarning vayron
boʻlishiga, madaniy boyliklarning yoʻq boʻlib ketishiga, taraqqiyot jarayonining
orqaga surilishiga va shu kabi ogʻir oqibatlarga olib keladi. Shubhasiz, urush
qonunlarini buzish har bir urushning oqibatlarini kuchaytiradi va ogʻirlashtiradi.
Urush olib borishning vositalari va usullariga rioya qilish borasidagi
munosabatlar jinoyatning asosiy bevosita obyekti boʻlib hisoblanadi. Qoʻshimcha
bevosita obyekt boʻlib, harbiy asirlar va tinch aholining xavfsizligini va inson
taraqqiyotining yutugʻlariga erishishni ta‘minlash boʻyicha ijtimoiy munosabatlar
hisoblanadi. Obyektiv tomondan urush qonunlari va udumlarini buzish deganda, tinch
aholini yoki harbiy asirlarni qiynash, jismonan qirib yuborish, tinch aholini majburiy
ishlarga yoki boshqa maqsadlarda haydab ketish, xalqaro huquq bilan taqiqlangan
urush olib borish vositalarini qoʻllash, shaharlar va aholi yashash joylarini behuda
vayron qilish, mulkni talontoroj qilish, shuningdek, bunday harakatlarni qilishga
buyruq berishda ifodalangan urushning qonun va udumlarini buzish tushuniladi.
Jinoyatning subyektiv tomoni toʻgʻri qasddan sodir etilishi bilan tavsiflanadi,
chunki shaxs oʻz xatti-harakatining ijtimoiy xavfliligini va huquqqa xilofligini biladi,
shunday boʻlsa-da, uni sodir etishni xohlaydi.
Jinoyatning subyekti – 16 yoshga yetgan aqli raso jismoniy shaxs. Har qanday
harbiy xizmatchi jinoyat subyekti boʻlishi mumkin. Harbiy asirlarga nisbatan sodir
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
18
ISSN:3030-3621
etilgan harakatlar xususida gap ketganda mansabdor shaxslar, harbiy xizmatchilar yoki
ularni qoʻriqlash, saqlash, nazorat qilish va h.k. boʻyicha muayyan huquq va
mas‘uliyatga ega boʻlgan boshqa shaxslar jinoyat subyekti boʻlishlari mumkin.
Genotsid: bu xalqaro jinoyatlarning bir turi: irqi, millati, dini, etnik tarkibiga
koʻra, aholi guruhlarini yoppasiga yoki qisman jismonan qirib yuborishga qaratilgan
harakat. BMT Bosh Assambleyasining genotsid jinoyatlarining oldini olish va ularni
amalga oshirganligi uchun jazolash toʻgʻrisidagi konvensiyasiga (1948) koʻra, genotsid
qattiq qoralanadi, aybdor shaxslarga nisbatan xalqaro jinoiy javobgarlik belgilanadi.
Bunda mazkur shaxslarning ijtimoiy mavqei, genotsid tinchlik yoki urush vaqtida sodir
etilganligi hisobga olinmaydi. Konvensiyani imzolagan davlatlar oʻz hududlarida
genotsidni amalga oshiruvchi va unga undovchi shaxslarni jazolash boʻyicha huquqiy
meʼyorlarni ishlab chiqish majburiyatini oʻz zimmalariga oladilar. Irqiy kamsitishning
barcha shakllarini yoʻq qilish toʻgʻrisidagi BMT konvensiyasida (1965) ham genotsid
qattiq qoralanadi (qarang Irqchilik, Aparteid). Ikkinchi jahon urushi davrida
gitlerchilar Germaniyasining slavyan va yahudiy millatlariga mansub aholi (taxminan
12 mln. kishi)ni ommaviy qirgʻin etishi (qarang Fashizm), Pol Pot va Iyeng Sari
toʻdasining Kampuchiya xalqiga qarshi vahshiyona jinoyatlari (ular oqibatida 3 mln.
kishi yoʻq qilib yuborildi) va h. k. genotsidning eng ashaddiy koʻrinishi hisoblanadi.
Genotsidning bevosita obyekti sayyoramizdagi istiqomat qiluvchi kishilarning millati,
etnik, irqiy xususiyatlari yoki dinidan qat‘i nazar, xavfsizligi va tinch- totuvligini
ta‘minlaydigan ijtimoiy munosabatlar tizimidir. Shuni ta‘kidlash kerakki, genotsiddan
jabrlanuvchilar butun milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhlar hisoblanadi va genotsid
ularni yoʻq qilishga qaratilgan boʻladi.
Genotsidning obyektiv jihati biror-bir milliy, etnik, irqiy yoki diniy guruhni yoʻq
qilishga qaratilgan harakat sifatida belgilanadi. Bu harakat shu guruh a‘zolarining
oʻldirilishi, bir guruh shaxsning jismonan toʻla yoki qisman qirilib ketishiga olib
keladigan turmush sharoitini qasddan yaratish, bunday shaxslarni jismonan toʻla yoki
qisman qirib yuborish, bola tugʻilishini zoʻrlik bilan kamaytirish yoxud bolalarni ana
shu odamlar guruhidan olib, boshqasiga topshirish kabi harakatlar sodir etish va shu
harakatlarni sodir etishga buyruq berishda namoyon boʻladi.
JK 153-moddasida nazarda tutilgan jinoyat dispozitsiyasida koʻrsatilgan
harakatlarning sodir etilgan davridan boshlab, biror-bir oqibatning kelib chiqishidan
qat‘i nazar jinoyat tugallangan hisoblanadi.
Genotsid subyektiv tomondan toʻgʻri qasddan sodir etiladi.
Jinoyatning subyekti 16 yoshga toʻlgan shaxs, shuningdek, mas‘ul vazifalarda
ishlaydigan mansabdor shaxslar boʻlishi mumkin. 13 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan
shaxslar JK 153-moddasida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etganida javobgarlikka
tortiladi: bunga odam oʻldirish, ogʻir tan jarohati yetkazish va h.k. kiradi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
19
ISSN:3030-3621
Yollanish: Tushunchasi 1949 yil 12 avgustdagi Jeneva Konvensiyasiga xalqaro
qurolli ziddiyatlar qurbonlarini himoya qilish haqidagi Qoʻshimcha protokol (I
Protokol) ning 47-moddasida belgilab berilgan. Shunga koʻra, yollanuvchi bu qurolli
harakatlar boʻlayotgan hudud yoki chegaradan tashqarida asosan shaxsiy manfaatni
koʻzlab yoki moddiy ragʻbatlanishga ega boʻlish niyatida qurolli ziddiyatlarda ishtirok
etuvchi shaxsdir. Yollanishning bevosita obyekti xalqaro huquq tomonidan oʻrnatilgan
urush olib borishning vositalarini va uslublarini qoʻllashni nazorat qiluvchi ijtimoiy
munosabatlardir. JK 154-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv
tomoni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi boʻlmagan
shaxsning nazoratdagi hududida muqim istiqomat qiluvchi shaxs ham emas, Qurolli
Kuchlar tarkibiga ham kirmaydi va biror davlat tomonidan uning Qurolli Kuchlari
safida rasmiy vazifalarni bajarish uchun yuborilmasligidadir. JK 154-moddasida
nazarda tutilgan jinoyat yollanuvchini qurolli ziddiyatlar yoki harbiy harakatlarda
ishtirok etgan damdan boshlab yoxud yollanuvchini yollash, oʻqitish, pul mablagʻlarini
berish yoki boshqa turdagi moddiy ta‘minotlarni amalga oshirishi yoxud
yollanuvchidan qurolli ziddiyatlar yoki harbiy harakatlarda foydalanish vaqtidan
boshlab tamomlangan hisoblanadi. Subyektiv tomondan yollash va yollanish faqat
ongli ravishda qasddan sodir etiladi. JK 154-moddasi 1- qismida nazarda tutilgan
yollanish jinoyatining subyekti boʻlib 16 yoshga yetgan aqli raso, jismoniy shaxs
hamda faqat yollanuvchi ishtirok etishi mumkin. Ya‘ni, bu yerda subyekt maxsusdir.
JK 154-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatning subyekti esa umumiydir.
Yollanuvchi deb, quyidagi belgilarga ega boʻlgan shaxslarga aytiladi: 1) yollanuvchi
boshqa davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli ziddiyatlar yoki harbiy
harakatlarda moddiy ragʻbat yoki shaxsiy foyda olish maqsadida ishtirok etadi; 2) u
nizolashayotgan davlatning fuqarosi va harbiy xizmatchisi emas; 3) u nizolashayotgan
davlat nazorat qilinib turgan hududda doimiy yashamaydi; 4) u Qurolli Kuchlar safida
rasmiy vazifalarni bajarish uchun hech qanday davlat tomonidan vakolat berilmagan
shaxsdir. Chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya
organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish:
Oʻzbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasining
52-moddasida
«Oʻzbekiston
Respublikasini himoya qilish — Oʻzbekiston Respublikasi har bir fuqarosining
burchidir» deb belgilab qoʻyilgan. Jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundaki, uning sodir
etilishi natijasida huquq-tartibotga, davlatlarning tinch-totuv munosabatlariga,
Oʻzbekiston Respublikasining mudofaa imkoniyatlariga putur yetadi. Bundan tashqari,
harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy adliyaga va boshqa shu
kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirish yoki yollanish natijasida Oʻzbekiston
fuqarolaridan yollanuvchilar sifatida foydalanish haqida fikrlar vujudga keladiki, bu
holat xalqaro tashkilot tomonidan qat‘iyan taqiqlanadi. JK 1541-moddasida nazarda
tutilgan jinoyatning bevosita obyekti davlatlarning xavfsizligi va osoyishta hayotini
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
20
ISSN:3030-3621
ta‘minlovchi, ularning rivojlanishi va hayotiy faoliyati sharoitlarini ta‘minlovchi
ijtimoiy munosabatlardir. Fakultativ obyekt sifatida bu yerda Oʻzbekiston
Respublikasining suvereniteti, tashqi xavfsizligi, obroʻyi xizmat qiladi. JK 1541-
moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatning obyektiv tomoni Oʻzbekiston
Respublikasi fuqarosining harbiy xizmatga, xavfsizlik organlariga, politsiyaga, harbiy
adliyaga va boshqa shu kabi xorijiy davlat tashkilotlariga kirishini tashkil qiladi. JK
1541-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning subyektiv tomoni doimo anglangan
holda toʻgʻri qasddan sodir etiladi. JK 1541-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan
jinoyatning subyekti maxsus shaxs boʻlib, u faqat 16 yoshga yetgan aqli raso
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi mumkin. JK 1541-moddasi 2-qismida
nazarda tutilgan jinoyatning subyekti esa 16 yoshga toʻlgan har bir aqli raso jismoniy
shaxs boʻlishi mumkin. Bu shaxslarning fuqaro-ligi ahamiyatsizdir.
Terrorizm: siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi
oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik
harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar).
Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (masalan, ekstremistik siyosiy
toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi
tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari).
Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan.
Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el
davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki
oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish,
aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish,
odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora
siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin
tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan
jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy,
kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo
boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan
bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi. Oʻzbekiston Respublikasida
"Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000-yil 15 dek.).
Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga
erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa
obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda
davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir
etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni
murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga,
xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar
qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
21
ISSN:3030-3621
Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik
ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat
organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi
operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab
berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini
tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki
bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa
xizmatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum
qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning
kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki
mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz
vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda
terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan
boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy
javobgarlikdan ozod etiladi.
Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar va faktlarni xabar qilmaslik: Tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan
terrorchilik harakatlari toʻgʻrisidagi isbotlangan, aniq ma‘lum boʻlgan ma‘lumotlar
va faktlarni xabar qilmaslik bevosita tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi
qaratiladi hamda surishtiruv, tezkor-qidiruv, tergov, prokuratura va sud organlarining
jinoyatlarni fosh etish va jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan adolatli jazo tayinlash,
shu orqali jinoyat sodir etgan va boshqa shaxslar tomonidan yangi jinoyat sodir
etilishini oldini olish hamda fuqarolarni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalashdek oʻta
muhim faoliyatini tartibga soluvchi ijtimoiy munosabatlarga tahdid qiladi. Ushbu
jinoyatning ijtimoiy xavfliligi shundan iboratki, u jinoyatchining jinoyat izlarini
yashirish va qilmish uchun jinoiy javobgarlikdan qutulib qolish yoʻlidagi harakatlariga
imkoniyat yaratadi, shu orqali terrorchilik harakatlarini sodir etayotgan shaxsni
«ragʻbatlantiradi», tinchlik va insoniyat xavfsizligiga putur yetkazadi. Oʻz navbatida,
huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ishini ogʻirlashtiradi, jinoyatni ochish,
jinoyatchilarni aniqlash va fosh qilishni qiyinlashtiradi, bularning barchasi keyinchalik
latent (yashirin) jinoyatchilikning oʻsishiga ta‘sir koʻrsatadi. Yuqorida zikr etilgan
holatlar pirovard natijada jinoyat uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini amalga
oshirishga salbiy ta‘sir koʻrsatadi.Terrorizmni moliyalashtirish: Terrorizmni
moliyalashtirishning obyekti – tinchlik va xavfsizlikni ta‘minlash borasidagi ijtimoiy
munosabatlar, Oʻzbekiston Respublikasining jamoat xavfsizligi. Fuqarolarning hayoti,
sogʻligi va mulkiy manfaatlari, davlat mulki xavfsizligini ta‘minlash borasidagi
ijtimoiy munosabatlar terrorizmni moliyalashtirishning qoʻshimcha obyekti
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
22
ISSN:3030-3621
hisoblanadi.
Terrorchilik
tashkilotlariga
yoxud
terrorchilik
faoliyatiga
koʻmaklashayotgan yoki bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki
bilvosita har qanday mablagʻ- vositalarni, resurslarni berish yoki yigʻish, boshqa
xizmatlar koʻrsatish terrorchilik tashkilotlarini moliyalashtirishga, ularni har qanday
moddiy ta‘minlashga qaratilgan faoliyatni har qanday shaklda, shu jumladan
yashirincha yoki ochiq faoliyat koʻrsatadigan, homiylik niqobi ostida mablagʻlar
toʻplaydigan turli yordam jamgʻarmalari, tashkilotlar, birlashmalar tuzish, terrorchilik
tashkilotlarini moliyalashtirishga koʻmaklashuvchi yoki ularda ishtirok etuvchi
shaxslarni moliyalashtirish, kreditlash, ularga foizsiz, imtiyozli qarzlar berish
maqsadida faoliyat koʻrsatuvchi moliyaviy tuzilmalar, banklar tashkil etish yoʻli bilan
amalga oshirishni nazarda tutadi. Terrorchilik tashkiloti faoliyatini moliyalashtirish
manbalari daromadi terrorchilik tashkiloti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun
yoʻnaltirilayotgan korxonalar, boshqa ishlab chiqarish tashkilotlari boʻlishi mumkin.
Mablagʻ-vositalarni, resurslarni berish, agar aybdor ularni kimga va nima uchun
berayotganini bilsa, bevosita berish sifatida baholanishi lozim. Mablagʻ-vositalarni,
resurslarni bilvosita berish aybdor ularni terrorchilarga emas, balki vositachilarga,
masalan, biron-bir jamgʻarmaga, homiylik tashkilotiga bergan, ammo mazkur
mablagʻvositalar, resurslar kimga va nima uchun moʻljallanganini aniq bilgan hollarda
mavjud boʻladi. Mablagʻ-vositalarni, resurslarni berishdan farqli oʻlaroq, ularni yigʻish
mazkur mablagʻ-vositalarni, resurslarni ularni taqdim etuvchi shaxslardan keyinchalik
terrorchilik tashkilotlariga yoki terrorchilik harakatiga koʻmaklashuvchi yoki unda
ishtirok etuvchi shaxslarga berish uchun jamgʻarishdan iborat faoliyatdir.
Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo‘zgatish: Milliy, irqiy, etnik va diniy
adovatni targʻib qiluvchi materiallarni tarqatish deganda, uchinchi shaxs foydasiga
oʻzidan soqit qilishning har qanday (sotish, sovgʻa qilish, koʻchalarda tarqatish va shu
kabilar) koʻrinishi yoki material tarkibi bilan shaxslarni tanishtirish (varaqalarni osish,
ommaviy axborot vositalarida namoyish etish, auditoriya oldida chiqish qilish, elektron
aloqa vositalari va internet tarmogʻining boshqa imkoniyatlaridan foydalanish va
boshqalar) usullarini tushunish lozim. Milliy, irqiy, etnik va diniy adovatni targʻib
qiluvchi hujjatlarni tarqatish, berilgan materiallarning tarkibini, ma‘lumotini yoki
xabarini hech boʻlmaganda bir kishiga yetkazish vaqtidan boshlab tamomlangan
jinoyat hisoblanadi.
XULOSA
Tinchlik va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyatlarga kiruvchi urushni targ‘ib
qilish, agressiya, urushning qonun va udumlarini buzish, genotsid, yollanish, chet
davlatarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki
shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga kirish, yollanish, terrorizm,
tayyorlanayotgan yoki sodir etilgan terrorchilik harakatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar
va faktlarni xabar qilmaslik, terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
23
ISSN:3030-3621
o‘quvdan o‘tish, chiqish yoki harakatlanish, terrorizmni moliyalashtirish, miliy, irqiy,
entik yoki diniy adovat qo‘zg‘atish kabi jinoyatlar jamiyat rivojlanishi uchun katta xavf
soladi. Xulosa qilib shuni aytish kerakki, tinchlik va insoniyat xavfsizligini muhofaza
qilish uchun jamiyatdagi har bir shaxs, diniy oqimlarga aldanmaslik va urush yuz
berayotgan vaqtda o‘z huquqlarini bilishi, harbiylar esa xalqaro konventsiyalarda
nazarda tutilgan qoidalarga rioya etishi shart! Xalqaro terroristik tashkilotlar girdobiga
tushib qolmaslik uchun shaxsda diniy va dunyoviy bilimlar yetarli bo‘lishi kerak deb
o‘ylayman. Buning uchun esa, inson ommaviy axborot vositalaridagi rasmiy xabarni
va atrofda bo‘layotgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy jarayonlarni kuzatib borishni va
o‘z mustaqil fikrlariga ega bo‘lish kerak deb o‘ylayman. Tinchlik va xavfsizlikka oid
jinoyatlarni kamaytirish uchun davlat organlari va huquqshunoslar (qisman biz ham)
o‘z vazifalarimizni sitqidildan bajarishimiz va fuqarolarga bunday jinoyatlarning
ijtimoiy xavfliligi va oqibatlari haqida muntazam tushuntirib borishni taklif qilaman.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (2001 yil 1 aprelgacha bo‘lgan
o‘zgartirihlar va qo‘shimchalar bilan) – T.: Yuridik adabiyotlar publish ,2021 y.
2.
‘‘O‘zbekison Milliy Ensiklopediyasi‘‘. Birinchi jild. Toshkent, 2000 yil.
3.
Karimov. I. A O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik
shartlari va taraqqiyot kafolatlari, Terrorizm, 1997 yil.
4.
Karimov. I. A ‗‗Terrorizm xavfi to‘g‘risida, Terorizm‘‘, 2001 yil.
5.
Karimov. I. A ―Vatanimizning tinchigiva xavfsizligi o‘z kuch qutratimizga,
xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog‘liq.‖ Terrorizm 2004 yil.
6.
―Harbiy asirlarga munosabat to‘g‘risida‖ Jeneva konventsiyasi, 1949 yil 12 avgust.
7.
―Quruqlikdagi urush qonunlari va odatlari to‘g‘risida‖gi konventsiya, 1907 yil 18
oktabr.
8.
―Urush paytida tinch aholini himoya qilish to‘g‘risida‖ Jeneva konventsiyasi,
1949 yil 12 avgust.