Mualliflar

  • Imomboyeva Oyminisa Munisovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118930

Annotasiya

 Annotatsiya:Germaniya metodikasi asosidagi “Biznes asoslari” o‘quv dasturi 
tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi. 
Professional  ta’lim  tizimi  o‘quvchilarini  xorijiy  tajribalar  asosida  moliyaviy 
savodxonligini  oshirishga  qaratilgan  “German  Sparkassenstiftung  for  International 
Cooperation”  tashkiloti  bilan  hamkorlikda  professional  taʼlim  tizimi  pedagog 
kadrlarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish yoʻlga 
qoʻyilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

161

ISSN:3030-3621

GERMANIYA TEXNOLOGIYASI ASOSIDA MIKROBIZNES OʻYINI

SIMULYATSIYASI

Imomboyeva Oyminisa Munisovna

Xo’jaobod tumani politexnikumi

biznes asoslari fani o'qituvchisi.

Annotatsiya:

Germaniya metodikasi asosidagi “Biznes asoslari” o‘quv dasturi

tadbirkorlik koʻnikmalarini oshirishga yordam beradi.

Professional ta’lim tizimi o‘quvchilarini xorijiy tajribalar asosida moliyaviy

savodxonligini oshirishga qaratilgan “German Sparkassenstiftung for International
Cooperation” tashkiloti bilan hamkorlikda professional taʼlim tizimi pedagog
kadrlarini Germaniya metodikasi asosida tadbirkorlik koʻnikmalariga oʻqitish yoʻlga
qoʻyilgan.

KIRISH

Germaniya ta’lim tizimi butun dunyoda yuqori sifatli va innovatsion

yondashuvlar bilan tanilgan. Germaniya iqtisodiyoti, xususan, kichik va o‘rta biznes
sektori o‘zining samarali va raqobatbardosh modeliga asoslangan. Bu
muvaffaqiyatning asosi, albatta, ta’lim tizimining sifatli va o‘zgaruvchan bo‘lishidadir.

Xususan, Germaniyada yosh tadbirkorlarni tayyorlashda foydalaniladigan

biznes asoslari fanining o‘qitilishida texnologiyalarning o‘rni katta. Germaniyaning
ta’lim

tizimi iqtisodiy va biznes ta’limini butun mamlakat bo‘ylab yuqori darajada olib

boradi. Ta’lim jarayonida yoshlarni innovatsion va kreativ fikrlashga, yangi g‘oyalar
ishlab chiqishga, bozorni tahlil qilishga va samarali biznes strategiyalarini ishlab
chiqishga yo‘naltirishadi. Bu esa o‘z navbatida, Germaniya iqtisodiyotining
raqobatbardoshligini oshiradi.

Hamkorlik doirasida joriy yili 19 nafar professional taʼlim tizimi pedagog-

kadrlari Germaniyaning Landshut shahrining “Sparkassenakademie Beyern”
akademiyasida Germaniyada dual taʼlim tizimi, “WISO darsi” misolida oʻquv
jarayonlari, taʼlim dasturlarini ishlab chiqish metodikalari, taʼlim sifatini oshirish
boʻyicha xalqaro ekspertlar tomonidan malaka oshirdilar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

162

ISSN:3030-3621

Mazkur tajribalar asosida xalqaro ekspertlar bilan birgalikda professional ta’lim

muassasalari o‘quvchilarining moliyaviy savodxonligini oshirishga qaratilgan
simulyatsion va kompetensiyaga asoslangan “Biznes asoslari” o‘quv dasturi ishlab
chiqildi. Ushbu o‘quv dasturining maqsadi, o‘quvchilarga o‘z biznes-g‘oyasini amalga
oshirish va shaxsiy daromadga ega bo‘lish hamda daromadlarini oshirish uchun
o‘zining shaxsiy tadbirkorlik korxonasiga asos solishga o‘rgatishdan iborat.

O‘quv dastur 3 ta "simulyatsion o‘yin"dan iborat bo‘lib, ular “Jamg‘arma o‘yini”

simulyatsiyasi 18 soat bo’lib, shundan, 12 soat biznes o‘yin, 6 soat nazariy dars;
“Mikro biznes o‘yini” simulyatsiyasi 30 soat bo’lib, shundan, 22 soat biznes o‘yin, 8
soat nazariy dars; “Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo‘yicha suhbatga
tayyorgarlik ko‘rish” o’yini 12 soat bo’lib, shundan, 6 soat nazariy dars, 6 soat amaliy
mashqlardan iborat etib belgilangan.

“Biznes asoslari” o‘quv dasturi 2023/2024-o‘quv yilidan joriy etilib, unda o‘quv

jarayoni maxsus jihozlangan auditoriyada tashkil etilishi, auditoriyada dars jarayonlari
bir vaqtda ikki nafar pedagoglar tomonidan, kichik guruhlarga ajratilgan holda olib
borilishi, shuningdek, har bir o‘quv jarayoni simulyatsiya uchun zarur bo‘lgan moddiy
va metodik ta’minot vositalari yordamida tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunda
Germaniyaning “German Sparkassenstiftung for International Cooperation” tashkiloti
hududdagi barcha professional ta’lim muassasalarini “Jamg‘arma o‘yini”, “Mikro
biznes o‘yini”, “Biznesni rejalashtirish va kredit olish bo‘yicha suhbatga tayyorgarlik
ko‘rish” simulyatsion o’yinlari uchun zarur bo’ladigan moddiy va metodik ta’minot
vositalari bilan ta’minlashni o‘z oldiga maqsad etib belgilab qo‘ygan.

“Biznes asoslari” o‘quv dasturini joriy etishda o‘quv jarayonlari Germaniya

tajribasidan kelib chiqib simulatsion o‘yinlar, Noy-hau sessiyalar, enerjayzerlar,


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

163

ISSN:3030-3621

amaliy mashqlar, ishtirokchilarning taqdimotlari va feedback kabi usullardan
foydalanib tashkil etiladi.

“Biznes asoslari” o‘quv dasturi davomida o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan

bilim va ko‘nikmalar ichki nazorat bo‘yicha amaldagi tartib asosida baholanishi
belgilangan. Baholash usullari yozma, og‘zaki, savol-javob, test, amaliy topshiriqlar,
ishbilarmonlik-vaziyatli rolli o‘yinlarni bajarish orqali o‘quvchilarning o‘quv
elementini o‘zlashtirish natijalarini aniqlashga imkon beradi.

Yangiliklar.
Germaniya jamg‘arma kassalari fondi bilan hamkorlikda seminar-trening

o‘tkazildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligi
tomonidan Germaniya jamg‘arma kassalari fondi (German Sparkassenstiftung) bilan
hamkorlikda bugungi yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirish maqsadida
Toshkent davlat transport universitetida “Mikro biznes o‘yini” bo‘yicha seminar-
trening tashkil etildi.
Mazkur “Mikro biznes oʻyini” treningining maqsadi:
- Tadbirkorona fikrlash va harakat qilish, maqsad sari intilish;
- Mikrofirmalarning qiyinchiliklari va imkoniyatlari hamda ularga qanday
munosabatda bo‘lish;
- Buxgalteriya hisobi va nazorat qilishning asosiy prinsiplari va simulyatsiya (o‘yin)
davomida moliyaviy vositalardan foydalanish yo‘llari;
- Mijozlarni chuqurroq tushunish va marketing bo‘yicha asosiy bilimlarni
rivojlantirish;
- Bozor dinamikasi va raqobatni anglash hamda mustaqil qarorlarni qabul qilish;
- Mikro moliya tashkilotlari va mijozlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni o‘rnatish
masalalari va ularning oqibatlarini anglash.

Shuningdek, ushbu seminarlar yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, ularda sohaga

bo‘lgan qiziqishni uyg‘otish va ko‘nikma hosil qilishdagi ahamiyatini inobatga olib,
boshqa hududlardagi ta’lim muassasalarida ham bosqichma-bosqich tashkil etilishi
rejalashtirilgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari.

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni.

3.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g’risida”gi Qonuni, 1996 yil
25 aprel.

4.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari
to‘g’risida”gi Qonuni. – T.: 14 aprel 1999 yil.

5.

“Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar
to‘g’risida”. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2000 yil 21 mart.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va

qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, O‘zbekiston

Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning asarlari.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 11-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining

Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g’risida”gi Qonuni, 1996 yil

aprel.

O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati kafolatlari

to‘g’risida”gi Qonuni. – T.: 14 aprel 1999 yil.

“Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar

to‘g’risida”. “Xalq so‘zi” gazetasi, 2000 yil 21 mart.