Mualliflar

  • Isroilova Mahbuba Axmatovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118931

Kalit so‘zlar:

Kalit so`zlar: Professional idrok texnologiya falsafiy dialektik kasb-hunar ta’limi ijtimoiy.

Annotasiya

Annotatsiya:  Pedagogda  shakllangan  bilim,  ko‘nikma,  malaka,  o‘qitish 
vositalari,  zamonaviy  pedagogik  texnologiyalar  imkoniyatlarini  maqsadga  muvofiq 
yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim 
oluvchiga  aniq  maqsadini  belgilab  beradi.  Bu  esa,  o‘z  navbatida,  pedagogik 
texnologiyalarni qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga 
olib keladi.Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlar fundamental bilim 
berish  orqali  o’quvchilarning  ilmiy  dunyoqarashini  va  falsafiy  mushohada  yuritish 
qobiliyatini rivojlantirish, nazariya hamda amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib 
berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining 
tarmoqlari uchun  tatbiq  etish, ta’lim  olishni  davom  ettirish  uchun  zamin  yaratishni 
ta’minlashdan iborat. Noana’naviy o’qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan 
tashqari  vaqtlarda  foydalanish  o’qituvchidan  yuksak  mahoratni  talab  etadi.  Dars 
tushunarli,  qiziqarli  bo’lishi  uchun  o’quv  materiallarini  saralash,  o’quv  jarayonini 
loyihalashtirish hamda o’quv jarayoniga tegishli bo’lgan turli topshiriqlarni bajarish 
uchun  tavsiyalar  berish  zarur.  Nazariy  va  amaliy  mashg’ulotlar  o’tkazishda  yangi 
adabiyotlardan  foydalanish  bilan  bir  qatorda  internet  ma’lumotlari  va  elektron 
kitoblardan foydalanish fanlar ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning 
uchun  esa  o’qituvchining  o’zi  noan’anaviy  o’qitish  metodlaridan  bilim,  malaka  va 
ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

156

ISSN:3030-3621

PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN TA’LIM-TARBIYA

JARAYONLARIDA SAMARALI FOYDALANISH

Isroilova Mahbuba Axmatovna

Andijon shahar pedagogika texnikumi xotin - qizlar

masalalari bo‘yicha direktor o‘rinbosari.


Annotatsiya

: Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish

vositalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq
yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim
oluvchiga aniq maqsadini belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik
texnologiyalarni qo‘llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga
olib keladi.Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan fanlar fundamental bilim
berish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy mushohada yuritish
qobiliyatini rivojlantirish, nazariya hamda amaliyotning dialektik bog’liqligini ochib
berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga, xalq xo’jaligining
tarmoqlari uchun tatbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun zamin yaratishni
ta’minlashdan iborat. Noana’naviy o’qitish metodlaridan dars jarayonida va darsdan
tashqari vaqtlarda foydalanish o’qituvchidan yuksak mahoratni talab etadi. Dars
tushunarli, qiziqarli bo’lishi uchun o’quv materiallarini saralash, o’quv jarayonini
loyihalashtirish hamda o’quv jarayoniga tegishli bo’lgan turli topshiriqlarni bajarish
uchun tavsiyalar berish zarur. Nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tkazishda yangi
adabiyotlardan foydalanish bilan bir qatorda internet ma’lumotlari va elektron
kitoblardan foydalanish fanlar ta’limi darslari samaradorligini yanada oshiradi. Buning
uchun esa o’qituvchining o’zi noan’anaviy o’qitish metodlaridan bilim, malaka va
ko’nikmalarga ega bo’lishi talab etiladi.

Kalit so`zlar:

Professional, idrok, texnologiya, falsafiy, dialektik, kasb-hunar

ta’limi, ijtimoiy.


Yurtimizda amalga oshirilgan islohotlar tufayli barcha jumladan ijtimoiy

-

iqtisodiy sohalarda shuningdek, ta'lim tizimida ham keskin о‘zgarishlar yuz bermoqda.

O‘zbekistonda ilm-fan, texnika va texnologiyasining so'nggi yutuqlariga

asoslangan mukammal ta'lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega.

“Malakali pedagog kadrlar tayyorlash hamda o'rta maxsus, kasb-hunar ta’limi

muassasalarini shunday kadrlar bilan ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga
oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, bugungi kunda o‘rta maxsus kasb-
hunar ta’limi tizimida o‘quv jarayoni tegishli darajada tashkil qilinishi, mashg’ulotlar
zamonaviy ta'lim texnologiyalariga tayangan holda o'tkazilishi lozimligi zamonaviy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

157

ISSN:3030-3621

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan taminlanishi zarurligidan kelib chiqib,
fanlarni maqsadli samarali va kafolatlangan natijali o‘qitish davr talabidir.

Professional ta’lim muassasalarida o’qitilayotgan barcha fanlar ta’limida

fundamental bilim berish orqali o’quvchilarning ilmiy dunyoqarashini va falsafiy
mushohada yuritish qobiliyatini rivojlantirish, nazariya va amaliyotning dialektik
bog’liqligini ochib berish, idrok etish qobiliyatini oshirish, olgan bilimlarini hayotga,
xalq xo’jaligining tarmoqlari uchun tadbiq etish, ta’lim olishni davom ettirish uchun
zamin yaratishni ta’minlashdan iborat.

O‘zbekistonda ta’lim tizimini rivojlantirish istiqbolini belgilab beruvchi “Ta’lim

to‘g‘risida”gi Qonunda uzluksiz ta’lim tizimi oldiga umumiy hamda mutaxassislik
madaniyatini yuksak, ijodiy va ijtimoiy jihatdan faol, jamiyat hayotida sodir
bo‘layotgan voqealarni tahlil eta oladigan, istiqbolli masalalarni hal etish qobiliyatiga
ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash vazifalarini qo‘ydi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya sohasiga

milliy didaktik nuqtai nazardan yondashib, uni quyidagicha ta’riflaydi: «Ta’lim
O‘zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchanlik faoliyatini baxsh etadi. O‘sib
kelayotgan avlodning barcha yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo‘ladi, kasb-kori,
mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodlarning doimo tajribasi anglab olinadi va
yosh avlodga o‘tadi».

Demak, zamonaviy sharoitda ishlab chiqarish malakali kadrlarga bo‘lgan

ehtiyojni ifodalovchi, uning qondirilishi uchun o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda oliy
ta’lim tizimiga buyurtma berishi, ushbu buyurtmani qondirish maqsadida tashkil
etiladigan ta’lim jarayonini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minotni yaratishdagi
ishtiroki bilan o‘quv muassasalari faoliyatini samarali tashkil etilishiga ta’sir
ko‘rsatadi.

Ma’lumki, barcha davrlarda ham o‘qitish mazmuni, ta’lim tizimi ijtimoiy

taraqqiyot bilan o‘zaro muvofiqlikda rivojlanib kelgan. Ro‘y bergan ijtimoiy
o‘zgarishlarning barchasi muayyan darajada ta’lim mazmunida o‘z aksini topadi. Buni
ilm-fan, texnika va texnologiya sohalarida ro‘y bergan o‘zgarishlarning o‘qitish
jarayoniga tatbiqi misolida ham ko‘rish mumkin. Bugungi kunda ta’lim muassasalarida
asrlar davomida insoniyat tomonidan asoslangan ilmiy bilimlardan yosh avlodni
xabardor etish maqsadida tizimli, izchil, uzluksiz va, albatta, maqsadga muvofiq
ravishda pedagogik faoliyat olib boriladi. XXI asrda texnika va texnologiya
sohalarining jadal rivojlanishi esa ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy o‘zgarishlar, ilm-
fan, texnika va texnologiya yutuqlarini ta’lim mazmuniga singdirishda
peshqadamlikka erishildi.

Respublikamizning taniqli olimlari mintaqamizning ijtimoiy-pedagogik

sharoitiga moslashgan, ilmiy asoslangan pedagogik texnologiyalarni yaratish va ularni
ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqda. Dastlab, «Texnologiya»


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

158

ISSN:3030-3621

tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki
so‘zdan - «texnos»-hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib, «hunar fani»
ma’nosini anglatadi. Biroq bu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq tavsiflab
bera olmaydi, yoxud texnologik jarayon-bu mehnat qurollari bilan mehnat vositalariga
ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish sohasidagi mehnat jarayoni tushuniladi.
Demak, bu ta’rifni tadqiqotimiz mavzusiga ko‘chirish mumkin, unda: pedagogik
texnologiyalar-bu o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga
ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs sifatlarini
shakllantirish jarayoni, deb ta’riflasak xato bo‘lmaydi.

Uzoq yillardan beri pedagogik texnologiyalarga o‘quv jarayonini texnik

vositalar yordamida amalga oshirish deb qarab kelindi. Faqat 70-yillardan boshlab
pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya
deganda, sub’yekt tomonidan ob’yektga ko‘rsatilgan ta’sir natijasida sub’yektda sifat
o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar
va sharoitlardan foydalanib, ob’yektga yo‘naltirilgan amallarning bajarilishini ko‘zda
tutadi.

Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o‘z nuqtai nazaridan kelib

chiqqan holda ta’rif bergan. Hali bu tushunchaga to‘liq va yagona ta’rif qabul
qilinmagan. Ushbu ta’riflar ichida eng maqsadga muvofig‘i YUNESKO tomonidan
berilgan ta’rif sanaladi. “Pedagogik texnologiya – ta’lim shakllarini optimallashtirish
maqsadida o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik
resurslarni qo‘llash, ularning o‘zaro ta’sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli
metodlar majmuasidir”.

Texnologiya deganda, sub’yekt tomonidan ob’yektga ko‘rsatilgan ta’sir

natijasida sub’yektda sifat o‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya
har doim zaruriy vosita va sharoitlardan foydalanib, ob’yektga yo‘naltirilgan aniq
maqsadli amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi.Yuqorida
keltirilgan tushunchalarni o‘quv jarayoniga ko‘chiradigan bo‘lsak, o‘qituvchi
(pedagog)ning o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchi-o’quvchilarga muayyan
sharoitlarda ko‘rsatgan tizimli ta’siri natijasida ularda jamiyat uchun zarur bo‘lgan va
oldindan belgilangan ijtimoiy sifatlarni jadal shakllantiruvchi ijtimoiy hodisa yoki
boshqacha aytganda, o‘qituvchi tomonidan o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga
ta’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs
sifatlarini shakllantirish jarayoni deb ta’riflash mumkin.

Texnologiya tushunchasi regulativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga

ega bo‘lib, erkin ijod qilishga undaydi:

- samarador o‘quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo‘qotishga olib keladigan samarasiz) asosdan

ko‘ra intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

159

ISSN:3030-3621

- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish;
- o‘qitish davomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda

yo‘qotish;

- ta’lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy harakatlarni

algoritmlash;

- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o‘zlashtirish va

boshqalar.

Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Texnologik

yondashuv deganda tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida
qo‘llaniladigan usul va metodlar to‘plami tushunilib, qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul metodlari majmuasi tushuniladi. Agar metod
bilish yo‘li, tadqiqot yo‘li yoki biror faoliyatdagi ma’lum amaliyot va nazariy bilimlar
sohasini egallashni harakatlar, operatsiyalar, usullar majmuasi deb tushunsak,
pedagogik texnologiyaning ta’lim usuli, ma’lum ma’noda ta’lim-tarbiya jarayonlari,
vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.

Pedagogik texnologiyani an’anaviy o‘qitish metodikasidan farqlovchi belgilari

ko‘p. Pedagogik texnologiya an’anaviy metodikadan, avvalo maqsadlarning qo‘yilishi
va unga erishishi bilan farqlanadi. Pedagogik texnologiya usuli tarkibiy qismiga
ta’limning umumiy maqsadlarini ishlab chiqish, ta’lim maqsadlarini nazorat (test)
topshiriqlariga o‘tkazish, maqsadga erishish usullari kiradi.

Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, o‘qitish vositalari, zamonaviy

pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga muvofiq yo‘naltira olish
qobiliyatlari mavjud bo‘lib, u davlat ta’lim standartlari asosida ta’lim oluvchiga aniq
maqsadini belgilab beradi. Bu esa, o‘z navbatida, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga olib keladi. Belgilangan
maqsad va vazifalarni e’tiborga olgan holda ta’limning harakatchan modeli yaratiladi.
Modelni ishlab chiqish asosan tizimli yondashuv uslubi, maqsadlar tizimini yaratish va
unga erishish ketma-ketligiga asoslangan holda olib boriladi. Ta’lim modelini yaratish
zamonaviy ta’lim texnologiyasining asosiy talablaridan biridir.

Bugungi kunda O‘zbekistonda jahon ta’lim maydoniga kirishga yo‘naltirilgan

yangi ta’lim tizimi qaror topmoqda. Bu jarayon bilan bir vaqtda pedagogik o‘quv-
tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyotida sezilarli o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda.
Ta’limdagi yondashuvlar tarkibi o‘zgarmoqda va boshqacha munosabatlar, pedagogik
mentalitetlar o‘rnatilmoqda. Ta’lim tizimi yangi axborotlar bilan ishlash qobiliyati
ijodiy yechimining ta’lim dasturini individuallashtirishga qaratilishi bilan
boyitilmoqda.

Ta’lim – pedagogik jarayonning muhim tarkibi bo‘lib, o‘quvchi-o’quvchi bilan

o‘qituvchi (pedagog) ning shaxsga yo‘naltirilgan o‘zaro munosabatlari hisoblanadi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

160

ISSN:3030-3621

Ijtimoiy bilimga teng bo‘lgan pedagogik texnologiyalarning tashkil topishida fanning
roli ortib bormoqda.

O‘quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizimning asosiy texnologik

jihati – o‘quv jarayonining so‘nggi natijalariga yo‘naltirilganligini kuzatish mumkin.

Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgilangan

maqsadlarga qaratilganlik, ta’lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatishdir.
O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq
qamrab oladi. O‘qituvchi (pedagog) o‘z oldiga o‘quvchi-o’quvchilar o‘quv
materialining mazmunini tushunib, o‘zlashtirib, ma’lum bilimlarni egallab, amaliyotda
qo‘llashga o‘rgansin degan maqsadni qo‘yadi. Pedagogik maqsadga erishganlik yoki
erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, o‘qituvchi (pedagog)
o‘zining mehnati samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga
yoki aksincha, samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin.

Adabiyotlar

1.

Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini
oshirish yo'llari. - T.. Nizomiy nomndagi TDPU, 2009.

2.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi: Nasaf, 2000.

3.

G'anieva M. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalar!
to'plami. T.. TDIU. Iqtisodiyot. 2013

4.

G'anieva M. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash pedagogik texnologiyalar
to'plami T.. TDIU. Iqtisodiyot. 2013

Bibliografik manbalar

Adabiyotlar

Ishmuhamedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini

oshirish yo'llari. - T.. Nizomiy nomndagi TDPU, 2009.

Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. -Qarshi: Nasaf, 2000.

G'anieva M. Nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarda o'qitish texnologiyalar!

to'plami. T.. TDIU. Iqtisodiyot. 2013

G'anieva M. Kichik guruhlarda hamkorlikda ishlash pedagogik texnologiyalar

to'plami T.. TDIU. Iqtisodiyot. 2013