Mualliflar

  • Mirzajonova Nasibaxon Miraxmedovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118933

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Xalq tabobati akupunktura mizoj tabiblar dori va vaksina.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  xalq  tabobati  sohasiga  hozirgi  kunda 
bo’layotgan  talab  va  ehtiyoj  hamda  xalq  tabobatining  ahamiyati  uni  tibbiyotda 
tutayotgan o’rni atroflicha muhokama qilindi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

150

ISSN:3030-3621

HOZIRGI KUNDA XALQ TABOBATINING AHAMIYATI VA UNI

TIBBIYOTDA TUTGAN O’RNI

Mirzajonova Nasibaxon Miraxmedovna

Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino

nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi

xalq tabobati fani o’qituvchisi.


Annotatsiya:

Ushbu maqolada xalq tabobati sohasiga hozirgi kunda

bo’layotgan talab va ehtiyoj hamda xalq tabobatining ahamiyati uni tibbiyotda
tutayotgan o’rni atroflicha muhokama qilindi.

Kalit so’zlar:

Xalq tabobati, akupunktura, mizoj, tabiblar, dori va vaksina.

KIRISH

Hozirgi kunda ekologik vaziyatning yildan-yilga yomonlashib borayotganligi va

boshqa ijtimoiy-iqtisodiy muammolar tufayli o’tkir surunkali,onkologik va turli xildagi
kasalliklar yuzaga kelmoqda.Ammo bu holatlarga nisbatan,davlatimiz byudjeti
tomonidan zamonaviy tibbiyotga katta miqdorda mablag’ ajratildi.Bundan tashqari
kasalliklarga qarshi bo’lgan vaksina va dorilar ishlab chiqarildi.Shu bilan birga
zamonaviy

tibbiy

jihoz

va

uskunalar

bilan

ta’minlangan

tibbiy

markazlar,shifoxonalar,klinikalar tashkil etildi.Ammo ushbu holatni ko’p jihatdan
tibbiyotning barcha mintaqalariga va aholining barcha qatlamlariga to’liq kirib
bormaganligi hamda dori vositalarining narxi yuqori darajada ekanligi,shu dori
vositalari yuqorida keltirilgan ba’zi kasalliklarni keltirib chiqaryotganligi tufayli
kasalliklar to’liq darajada bartaraf etilmayapti. Dori va vaksinalarning sifat darajasi
pastligining asosiy sabablaridan biri:zamonaviy tibbiyotda dori vositalari tabiiy
bo’lmagan mahsulotlardan kimyoviy usulda sintez qilinadi.Natijada bu dorilar
organizm faoliyatini sustlashtiradi yoki tezlashtiradi.Buning oqibatida organism
zo’riqadi va boshqa kasalliklar yuzaga keladi,organizm dorilar keltirayotgan zaraga
qarshi kurashish bilan ovora bo’ladi.Bu kabi holatlar aholi o’rtasida xalq tabobatining
ommalashishiga va tabiblarga bo’lgan ehtiyojning yuqori bo’lishiga olib kelmoqda.

Yevropalik olimlar tomonidan fuqarolarning xalq tabobatiga bo’lgan

munosabati o’rganilgan,ya’ni bir nechta so’rov nomalar o’tkazilgan. Tadqiqotlar
natijasi shuni ko’rsatdiki,onkologik va ayrim murakkab kasalliklarni davolashda
zamonaviy tibbiyotga nisbatan xalq tabobati usuli bilan davolash ancha samarali,qulay
va arzonligini ko’rsatdi.Barchamizga ma’lumki Koronavirus pandemiyasi davrida
ham,qaysi davlatda xalq tabobati va sog’lom turmush tarzi yuqori bo’lsa,o’sha davlatda
keng tarqalmadi va nisbatan tez bartaraf etildi.Shu sababli ham xalq tabobatining
kasalliklarni davolash,tashhis qo’yish bo’yicha samarali usullarini zamonaviy tibbiyot


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

151

ISSN:3030-3621

bilan bog’lash va bu sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash maqsadida Prezidentimiz
Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 12-oktabrda”O’zbekiston Respublikasida xalq tabobati
sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 3968-sonli qarori qabul qilindi.

Bunga muvofiq,2020-yil 1-maydan davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs

maqomiga ega Respublika xalq tabobati ilmiyamaliy markazi hamda tibbiyot OTMlari
va Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat texnikumlarida yuridik shaxs maqomiga ega
bo’lmagan Xalq tabobatini rivojlantirish markazlari tashkil etildi.Mana shu
markazlarda esa xalq tabobatining asosiy yo’nalishlari, hisoblangan, fitoterapiya,
ayurveda, akupunktura, gomeopatiya, yoga, moksoterapiya, naturopatiya, osteopatiya,
terminal tibbiyot, xiro-amaliyot, sigun kabi yo’nalashlari ochildi va yo’lga qo’yildi. Bu
kabi yo’nalishlarning rivojlanishi va amaliyotda tatbiq etilishi maqsadida davlatimiz
tomonidan

mablag’lar

ajratildi.

hamda

O’zbekiston

xalq

tabobati

assotsiatsiyasi,”Tabobat” akademiyasi tashkilotlari bilan faoliyat olib borilmoqda.
Barcha OTM muassasalarida ham bu yo’nalish bo’yicha o’quv-dasturlar tuzildi va
talaba yoshlarning amaliy ko’nikmalariga ham qo’ldan kelganicha sharoitlar
yaratilmoqda. Shu bilan birgalikda Xitoy, Korea, Hindiston davlatlari bilan
hamkorliklar olib borilmoqda. Jannatmakon O’zbekistonimizning shifobaxsh bo’lgan
barcha o’simliklaridan oqilona foydalanilgan holda ulardan turli tuman dorilar va
damlamalar tayyorlanmoqda.Va mana shu dorilarni bemorlarning mizojiga qarab
tavsiya etilmoqda. Shuni ham unutmaslik kerakki insonlarning mizoji bo’lgani kabi,bu
dunyoda barcha ne’matlarning, shu jumladan dori-darmonlar ham mizojga ega ekan.
Bularni o’z mizojiga ko’ra tavsiya etish ko’pgina kasalliklarni bartaraf etishga yordam
bermoqda.Ya’ni mizoj tabobatning boshlang’ich bo’g’ini desak ham mubolag’a
bo’lmaydi. Chunki mizoj tabiblar tomonidan qo’yayotgan tashhisning asosi
hisoblanadi. Mizojga ko’ra kasalliklar aniqlanadi,bartaraf etiladi,sog’lom turmush tarsi
yo’lga qo’yiladi. Qisqasi mizojni bilgan tabibgina bemorni muvaffaqiyatli davolay
oladi. Bundan tashqari akupunktura,ya’ni igna bilan davolash yo’nalishi ham keng
tarqalmoqda va turli kasalliklarni,jumladan xirurgik kasalliklarni davolashda ham
birgina ignalar orqali bartaraf etilmoqda. Akupunktura yo’nalishi orqali meridianlarda
joylashgan biologik faol nuqtalarga ta’sir etiladi natijada nerv tomirlari retseptorlariga
ta’siri orqali asab tizimi funksional holatini o’zgartiradi, organizmning tabiiy holatini
tiklaydi, umumiy immunitetni faollashtiradi, limfa va qon aylanishini yaxshilaydi, qon
bosimi, yurak va miya faoliyatini normallashtiradi.Yana hijoma, apiterapiya va
yuqorida keltirilgan yo’nalishlar rivojlanmoqda bularga davlatimiz tomonidan kata
e’tibor qaratilmoqda. Bu kabi yo’nalishlar shifoxonalarda, xususiy klinikalarda
faoliyat ko’rsatmoqda. YOshlarimiz hozirda bu kabi yo’nalishlar bilan shug’langan
holda turli kasalliklarni davo choralarini topmoqda. Insonlarda xalq tabobatiga bo’lgan
talabning yuqoriligi sababli,xalq tabobatining har bir yo’nalishi bo’yicha klinikalar
tashkil etilmoqda. Jumladan xijoma, girudoterapiya, apiterapiya, akupunktura kabilari.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

152

ISSN:3030-3621

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Sh. M. Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga
doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4668 10.04.2020.

2.

Abu Ali ibn Sino.Tib qonunlari//1-,2-,3-jildlar.T.:O’zME.-1993.

3.

Yuldasheva Lola Sadullayevna.Xalq tabobati falsafasi. Toshkent INVEST BOOK.-
2023

4.

Muhammad at-tabib al-Haraviy.Mizoj haqida risola. Toshkent Vneshtorgizdat.-
1991

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Sh. M. Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga

doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi PQ-4668 10.04.2020.

Abu Ali ibn Sino.Tib qonunlari//1-,2-,3-jildlar.T.:O’zME.-1993.

Yuldasheva Lola Sadullayevna.Xalq tabobati falsafasi. Toshkent INVEST BOOK.-

Muhammad at-tabib al-Haraviy.Mizoj haqida risola. Toshkent Vneshtorgizdat.-