Mualliflar

  • Sotvoldiyev Nodirjon Muhammadkozimovich

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118936

Kalit so‘zlar:

Kalit soʻzlar: oʻqituvchilar pedagogik yuklama hujjatbozlik bilimni baholash taʻlim sifati raqamlashtirish avtomatlashtirish professional taʻlim obyektiv baholash vaqtni boshqarish oʻquv jarayoni test sinovlari elektron jurnal metodik ishlar oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish.

Annotasiya

Annotatsiya:  Mazkur  maqolada  professional  taʻlim  sohasida  faoliyat 
koʻrsatayotgan  oʻqituvchilarning  pedogogik  yuklamalarini  optimallashtirish,  asosiy 
eʻtibor taʻlim sifati va natija koʻrsatkichlariga qaratilishi kerakligi hamda bu borada 
hozirda professional taʻlim tizimida amalda boʻlgan oʻqituvchilarning an’anaviy ish 
yuritishidagi  muammolar  hamda  ularni  bartaraf  etish  yuzasidan  fikr-mulohazalar 
bildirilgan.  Shu  bilan  birga  maqolada  Oʻquvchilar  bilimini  obyektiv  baholashdagi 
muammolar va ularni hal qilish yoʻllari haqida fikr yuritilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

135

ISSN:3030-3621

“OʻQITUVCHILAR – BILIM YETKAZUVCHI, HUJJAT

TAYYORLOVCHI EMAS!”

PROFESSIONAL TAʻLIMDA OʻQITUVCHILARNING PEDAGOGIK

YUKLAMALARINI OPTIMALLASHTIRISH: MUAMMOLAR VA

YECHIMLAR.

Sotvoldiyev Nodirjon Muhammadkozimovich

Margʻilon iqtisodiyot va servis texnikumi

e-mail: sotvoldiev.nodirjon@mail.ru

+99890-562-15-89

Annotatsiya:

Mazkur maqolada professional taʻlim sohasida faoliyat

koʻrsatayotgan oʻqituvchilarning pedogogik yuklamalarini optimallashtirish, asosiy
eʻtibor taʻlim sifati va natija koʻrsatkichlariga qaratilishi kerakligi hamda bu borada
hozirda professional taʻlim tizimida amalda boʻlgan oʻqituvchilarning an’anaviy ish
yuritishidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yuzasidan fikr-mulohazalar
bildirilgan. Shu bilan birga maqolada Oʻquvchilar bilimini obyektiv baholashdagi
muammolar va ularni hal qilish yoʻllari haqida fikr yuritilgan.

Kalit soʻzlar:

oʻqituvchilar

,

pedagogik yuklama

,

hujjatbozlik

,

bilimni baholash

,

taʻlim sifati, raqamlashtirish,

avtomatlashtirish

,

professional taʻlim

,

obyektiv baholash

,

vaqtni boshqarish

,

oʻquv jarayoni

,

test sinovlari

,

elektron jurnal

,

metodik ishlar

,

oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish.

"TEACHERS ARE KNOWLEDGE PROVIDERS, NOT DOCUMENT

PREPARERS!"

OPTIMIZING THE PEDAGOGICAL WORKLOAD OF TEACHERS IN

VOCATIONAL EDUCATION: PROBLEMS AND SOLUTIONS.

Nodirjon Mukhammadkozimovich Sotvoldiyev

Margilan Economics and Service Technical School


Annotation:

This article discusses the optimization of pedagogical workloads

for teachers working in the field of vocational education, emphasizing that the primary
focus should be on the quality of education and performance indicators. It also
highlights the current challenges in the traditional teaching methods within the
vocational education system and presents reflections on how to address them.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

136

ISSN:3030-3621

Additionally, the article explores issues related to the objective assessment of students'
knowledge and proposes ways to resolve them.

Keywords:

teachers, pedagogical workload, paperwork, knowledge assessment,

education quality, digitalization, automation, vocational education, objective
evaluation, time management, learning process, testing, electronic gradebook,
methodological work, teacher motivation.

Kirish.

Muammoning mohiyati.

Ozbekiston Respublikasi umumiy va oliy taʻlim tizimida soʻngi yillarda juda

yaxshi islohotlar otkazildi. Bulardan asosiysi oʻqituvchining har oyda pedogogik
yuklamalari hisobotlari hujjatlarini tayyorlab qog’oz versiyada ma’muriyatga
topshirish kabi ortiqcha vaqtni talab qiladigan ishlariga barham berildi.

Ammo, professional taʻlim tizimida bu kabi eskicha yondoshuv va an’anaviy

talablarga hamon amal qilib kelinmoqda.

Professional taʻlim muassasalarida ishlayotgan oʻqituvchilar nafaqat dars berish

va darsga tayyorgarlik koʻrish, balki bundan tashqari koʻplab hujjatlar tayyorlash,
yaʻni, pedagogik yuklama hujjatlarini tayyorlash kerakligi ularning juda koʻp vaqtini
olishga sabab boʻlmoqda. Bu esa oʻz navbatida oʻqituvchining eng asosiy ishi boʻlgan
darsga tayyorgarlik koʻrishiga va uni sifatli oʻtishiga, yangi mavzu uchun turli interfaol
metodlarni izlab topishiga, eng asosiysi Oʻquvchilarning yangi bilimlarni olishi uchun
sarflaydigan vaqtini kamaytirishga olib kelmoqda. Qisqa qilib aytganda oʻqituvchi
darsga tayyorgarlik koʻrishdan tashqari ortiqcha “hujjatbozlik”, “rasmbozlik” kabi
ishlar bilan mashg’ul boʻlmoqda.

Bunday holat quyidagilarni keltirib chiqarmoqda:

Oʻqituvchining darsga sifatli tayyorgarlik koʻrish vaqtini kamayishi;

Ijodiy yondashuv va yangi pedagogik usullarni qoʻllash imkoniyatini
cheklanishi;

Oʻqituvchilarning professional kuyish (burnout) sindromiga duchor boʻlishi;

Taʻlim sifatining pasayishiga taʻsir qilishi;

Oʻquvchilarning oʻqituvchiga, fanga, darsga qiziqishlarini pasayishi.

Asosiy muammolar:

1.

Ortiqcha hujjatbozlik:

o

Har oy koʻplab jadvallar, hisobotlar, monitoringlar toʻldirish talabi;

o

Boshqa oʻqituvchilarning darslarini tahlil qilib, har bir dars tahlilini yozib
oylik hisobotda taqdim etishning majburiy ekanligi;


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

137

ISSN:3030-3621

o

Har bir guruhda oʻtgan oylik dars soatlarini hisoblab qogʻoz versiyada
taqdim etishi;

o

Darsdan tashqari koʻpgina jaroyonlarni rasmga olishi va uni qog’ozga
chop etib oylik hisobotda taqdim etishi;

o

Nazariy, amaliy, laboratoriya va seminar mashgʼulotlari boʼyicha
konsultatsiyalar oʻtganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, fotolavhalarni
tayyorlashi;

o

Mustaqil ishlarni qabul qilganligini, yakuniy davlat attestatsiya
komissiyasi ishida ishtirok etganligini tasdiqlovchi fotolavhalarni
tayyorlashi;

o

Oraliq va yakuniy nazorat ishlarini oʻtkazganligini, shuningdek
Oʻquvchining

qoldirgan

(oʻzlashtirmagan)

darslarini

qayta

topshirganligini tasdiqlovchi hujjatlarni tayyorlashi;

o

Ochiq dars yoki master-klassga tayyorgarlik koʼrish va oʻtkazganligini
tasdiqlovchi hujjatlarni, fotolavhalarni tayyorlashi;

o

Oʻquvchilarni fan (modul) olimpiadasi, kasbiy koʻrik tanloviga tayyorlash
ishlari bo’yicha hujjatlarni, fotolavhalarni tayyorlashi;

o

Talim dasturlarini ishlab chiqish yoki takomillashtirish ishlarida ishtirok
etganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, fotolavhalarni tayyorlashi;

o

Ilmiy maqola yoki tezislar yozishi va nashr ettirishi;

o

Umumiy oʻrta talim tashkilotlari oʻquvchilari, shuningdek katta
yoshdagilar oʻrtasida kasbga yoʻnaltirish boʼyicha targʻibot-tashviqot
ishlarini olib borganligini tasdiqlovchi ishlar haqida hujjatlarni,
fotolavhalarni tayyorlashi;

o

Professional talim muassasasida tashkil etilgan fan, sport va kasb
toʻgaraklarini olib borganligini tasdiqlovchi jurnalni yuritishi,
fotolavhalar tayyorlashi;

o

Sport, madaniy-marifiy, koʻrik tanlovlar, seminar, treyning va
konferensiyalar oʻtkazganligi va ishtirok etishganligini tasdiqlovchi
hujjatlarni, fotolavhalarni tayyorlashi.

Afsuslanarlisi shuki, yuqorida sanab oʻtilgan darsdan tashqari bajariladigan

barcha “hujjatbozlik”, “rasmbozlik” ishlari Oʻquvchi uchun emas, balki qachondir
kelib oʻqituvchini bajargan ishlarini tekshiruvchi, kamchilik topib moliyaviy chora
ko’ruvchi uchun ekanligidir. Bu holat oʻqituvchini mustaqil, erkin faoliyat
koʻrsatishiga salbiy taʻsir koʻrsatib uni ortiqcha bosim bilan ishlashga majbur qiladi.
Bu oʻz navbatida, oʻqituvchilarning darsga tayyorgarlik koʻrishiga, yangi mavzu
uchun interfaol metodlarni izlab topishiga, noananaviy dars otish texnologiyalarini
ishlab chiqishga vaqtlari yetmay qolishiga olib keladi. Natijada dars jaroyoni


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

138

ISSN:3030-3621

qiziqarsiz, sifatsiz tashkillanadi, Oʻquvchilarning darsga qiziqishlari, faolliklari
ta’minlanmay qoladi, taʻlimda samaradorlik koʻrsatkichlari pasayib ketadi.

2.

Oʻquvchilar bilimini obyektiv baholashdagi muammolar:

o

Baholashning subyektivligi -

Oʻquvchilarning bilimini baholashda

baʻzan oʻqituvchilarning shaxsiy fikrlari yoki his-tuyg'ulari taʻsir qilishi
mumkin. Bu, ayniqsa, yozma imtihonlar yoki sinovlarda, oʻqituvchi tomonidan
amalga oshirilgan baholashda namoyon boʻlishi mumkin. Oʻqituvchining
shaxsiy yondashuvi yoki baʻzi Oʻquvchilar bilan munosabatlari, bilimni
baholashning to'g'ri va ob'ektiv boʻlishiga to'sqinlik qilishi mumkin;

o

Bilimni baholashda texnologiyalarning kam ishlatilishi -

Hozirgi

kunda dunyoning rivojlangan mamlakatlarida taʻlim tizimida bilimni
baholashda raqamli texnologiyalar va onlayn platformalar faol qoʻllaniladi.
Oʻzbekistonda bu boradagi ishlar yangi bosqichda rivojlanayotgan boʻlsa-da,
texnologiyalarni baholash tizimiga integratsiya qilishda hali toʻliq natijalarga
erishilmagan. Bu esa baholashni yanada ob'ektiv va samarali boʻlishini
qiyinlashtiradi.

3.

Vaqtni samarasiz sarflash:

o

Qoʻlda, kompyuterda yozish, chop etish, koʻchirish, tasdiqlash jarayonlari
qoʻshimcha vaqt talab qiladi.

4.

Raqamlashtirishning yetishmasligi:

o

Koʻpgina professional taʻlim muassasalarida elektron hujjatlarni
boshqaruv tizimi hali yetarlicha yoʻlga qo’yilmagan.

Taklif etiladigan yechimlar:

1.

Hujjatlar sonini qisqartirish yoki umuman yo’qotish:

Oʻquv jaroyonini hisobga olishni toʻliq avtomatlashtirish; (masalan, "1 ta
elektron jurnal" orqali barcha maʻlumotlarni kiritish).

Takroriy maʻlumotlarni avtomatlashtirish (davomat, baholar, oʻquv rejalarini
avtomatik tizimlar orqali boshqarilishi).

2.

Pedagogik yuklamani aniq baholash:

Oʻqituvchilarning ish yukini standartlashtirish (masalan, 1 soat dars = 1,5 soat
darsga tayyorgarlik deb hisoblash).

Darsdan tashqari ishlar (tadbirlar, metodika) uchun hujjatlar talab qilmaslik.

3.

Asosiy eʻtiborni natijaga qaratish:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

139

ISSN:3030-3621

Oʻquvchilar bilimini baholashni obyektiv yoʻlga qo’yish;

Oʻquvchilar bilimini baholashni raqamli texnologiyalar va onlayn
platformalarni faol qoʻllanilishi orqali markazlashtirilgan holda amalga
oshirish;

Oraliq, yakuniy nazorat test sinovlarida yaxshi natija koʻrsatgan Oʻquvchilarni
“aktivlar” guruhiga oʻtkazish yoki davlat tomonidan moliyaviy
rag’batlantirish;

Oraliq, yakuniy nazorat test sinovlarida yaxshi natija koʻrsata olmagan
Oʻquvchilarga qayta topshirishga vaqt berish yoki “passivlar” guruhiga
oʻtkazish;

Oraliq, yakuniy nazorat test sinovlarida Oʻquvchilari yaxshi natija koʻrsatgan
oʻqituvchilarni moliyaviy rag’batlantirish;

Oraliq, yakuniy nazorat test sinovlarida Oʻquvchilari yaxshi natija
koʻrsatmagan oʻqituvchilarga yana imkoniyat berish, ularni malaka oshirish
kurslariga jalb etish.

4.

Raqamli taʻlim platformalarini joriy etish:

Elektron jurnal va dasturlarni mukammallashtirish ("Prof-emis.edu.uz "
tizimini).

Avtomatik hisobot tizimlari (masalan, Google Forms yoki maxsus dasturlar
orqali maʻlumotlarni yigʻish).

5.

Oʻqituvchilarga qoʻshimcha imtiyozlar berish:

Taʻlim jaroyoniga yangilik kiritgan oʻqituvchilarni ragʻbatlantirish (bonuslar,
qoʻshimcha taʼtillar berish);

Yordamchi xodimlar jalb etish (masalan, metodistlar yoki maʼmuriy
xodimlarning hujjatlar bilan shugʻullanishi).

6.

Taʻlim muassasa ichidagi jarayonlarni optimallashtirish:

Muntazam auditoriyalar oʻtkazish (oʻqituvchilar va Oʻquvchilar fikrini
o’rganish va muammolarni hal qilish).

Vaqtni boshqarish boʻyicha treninglar tashkil qilish (qanday samarali
rejalashtirish kerakligi haqida).


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

140

ISSN:3030-3621

Xulosa: Oʻqituvchilar – bilim yetkazuvchi, hujjat tayyorlovchi emas!

Agar oʻqituvchilarning asosiy vazifasi – sifatli dars oʻtish va bilim berish boʻlsa,

unda:


Istagimiz:

Hujjatbozlikka yoʻl qo’yilmasin;

Ish yuki aniq va adolatli baholansin.


Xulosa oʻrnida yana shuni aytmoqchimanki, oʻqituvchi koʻproq Oʻquvchining

bilimini oshirish uchun, uning natijasi uchun ishlashi kerak. Bunga erishish uchun
professional taʻlim muassasalarida tahsil olayotgan Oʻquvchilarning bilimini
baholashda raqamli texnologiyalar va onlayn platformalarni faol qoʻllanilishi, har bir
fan bo’yicha oʻtkaziladigan oraliq va yakuniy nazorat ishlarini baholashni tashqaridan,
markazlashtirilgan holdagi obyektiv baholash tizimini yoʻlga qo’yish kerak deb
o

ʻ

ylayman. Bu ishlarni respublika davlat test markazi bilan hamkorlikda amalga

oshirib borish eng holis va toʻgʻri yoʻl deb bilaman. Ana shunda Oʻquvchi oʻz bilimini
baholanishini o

ʻ

byektiv, holis ekanligini tushunib, o’qishga, fanlarni oʻzlashtirishga

mas’uliyatni chuqur his qilgan holda qaraydi, oʻz ustida koʻproq ishlaydi va
oʻqituvchidan koʻproq bilim olishga intiladi. Bu oʻz navbatida oʻqituvchining ham oʻz
ustida koʻproq ishlashiga, oʻz fanini, fanga oid yangiliklarni yanada koʻproq o’rganib
Oʻquvchiga yetkazishga undaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

Qonun hujjatlari va davlat dasturlari

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

(2021).

“Kasbiy taʻlim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”

. PF-6125-son.

2.

Vazirlar Mahkamasining qarori

(2022).

“Oʻqituvchilarning hujjatbozlik

yukini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar”

. 345-son.

Kitoblar (Ilmiy, pedagogik asarlar)

3.

Toʻrayev, H.

(2020).

Kasbiy taʻlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar

.

Toshkent: “Oʻqituvchi” nashriyoti.

4.

Xolmirzayev, B.

(2019).

Taʻlim sifatini baholash: nazariya va amaliyot

.

Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

5.

Qodirov, M.

(2021).

Raqamli taʻlim: muammolar va yechimlar

. Namangan:

“Namangan matbuoti”.

Ilmiy jurnallardagi maqolalar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

141

ISSN:3030-3621

4.

Abdullayeva, S.

(2022). “Kasbiy taʻlim muassasalarida oʻqituvchilarning

pedagogik yuklamasini optimallashtirish”.

Pedagogika jurnali

, 4(12), 45–52.

5.

Yusupov, R.

(2023). “Elektron jurnallar va ularning samaradorligi”.

Zamonaviy

taʻlim

, 6(3), 28–35.

6.

Sobirova,

D.

(2021).

“Oʻquvchilarni obyektiv baholashning yangi

usullari”.

Xalq taʻlimi

, 5, 18–23.

Gazetalardagi maqolalar

7.

“Oʻqituvchilar hujjatlar emas, bilim uchun ishlashi kerak”

(2023, 15-

mart).

Oʻzbekiston ovozi gazetasi

.

8.

“Hujjatbozlikka barham berish – taʻlim sifatining kaliti”

(2022, 10-

oktabr).

Xalq soʻzi gazetasi

.

9.

“Kasbiy taʻlimda raqamlashtirish: birinchi qadamlar”

(2023,

5-

yanvar).

Maʼrifat gazetasi

.

Onlayn manbalar va resurslar

10.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vazirligi.

(2023).

“Kasbiy taʻlimda

avtomatlashtirish dasturlari”

.

www.edu.uz

11.

“Prof-emis.edu.uz”

– Kasbiy taʻlim muassasalari uchun elektron monitoring

tizimi.

12.

“Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma”

(2022).

www.uzpedagog.uz

Qoʻshimcha tavsiya etilgan adabiyotlar

15.

Toshpoʻlatov, A.

(2020).

Oʻqituvchilar uchun vaqtni boshqarish

. Toshkent:

“Iqtisodiyot” nashriyoti.

16.

“Pedagogik mahorat”

jurnali. (2021–2023). Toshkent: OʻzPITI nashriyoti.




Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

Qonun hujjatlari va davlat dasturlari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni (2021). “Kasbiy taʻlim

tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”. PF-6125-son.

Vazirlar Mahkamasining qarori (2022). “Oʻqituvchilarning hujjatbozlik

yukini kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar”. 345-son.

Kitoblar (Ilmiy, pedagogik asarlar)

Toʻrayev, H. (2020). Kasbiy taʻlimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar.

Toshkent: “Oʻqituvchi” nashriyoti.

Xolmirzayev, B. (2019). Taʻlim sifatini baholash: nazariya va amaliyot.

Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.

Qodirov, M. (2021). Raqamli taʻlim: muammolar va yechimlar. Namangan:

“Namangan matbuoti”.

Ilmiy jurnallardagi maqolalar

Abdullayeva, S. (2022). “Kasbiy taʻlim muassasalarida oʻqituvchilarning

pedagogik yuklamasini optimallashtirish”. Pedagogika jurnali, 4(12), 45–52.

Yusupov, R. (2023). “Elektron jurnallar va ularning samaradorligi”. Zamonaviy

taʻlim, 6(3), 28–35.

Sobirova, D. (2021). “Oʻquvchilarni obyektiv baholashning yangi

usullari”. Xalq taʻlimi, 5, 18–23.

Gazetalardagi maqolalar

“Oʻqituvchilar hujjatlar emas, bilim uchun ishlashi kerak” (2023, 15-

mart). Oʻzbekiston ovozi gazetasi.

“Hujjatbozlikka barham berish – taʻlim sifatining kaliti” (2022, 10-

oktabr). Xalq soʻzi gazetasi.

“Kasbiy taʻlimda raqamlashtirish: birinchi qadamlar” (2023, 5-

yanvar). Maʼrifat gazetasi.

Onlayn manbalar va resurslar

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʻlimi vazirligi. (2023). “Kasbiy taʻlimda

avtomatlashtirish dasturlari”. www.edu.uz

“Prof-emis.edu.uz” – Kasbiy taʻlim muassasalari uchun elektron monitoring

tizimi.

“Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma” (2022). www.uzpedagog.uz

Qoʻshimcha tavsiya etilgan adabiyotlar

Toshpoʻlatov, A. (2020). Oʻqituvchilar uchun vaqtni boshqarish. Toshkent:

“Iqtisodiyot” nashriyoti.

“Pedagogik mahorat” jurnali. (2021–2023). Toshkent: OʻzPITI nashriyoti.