Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
132
ISSN:3030-3621
TARIX VA ZAMONAMIZ
Andijan state institution of foreign languages
Student:
Muxamadjonova Laylo
E-mail: muhammadjonovalaylo048@gmail.com
Phone: +998 50 709 84 06
Research supervisor:
Yaqubjonova Rozixon
E-mail: yaqubjonovaruzixon@gmail.com
Phone: +998 91 482 22 91
Anotatsiya:
Mazkur tezisda tarixning asl mazmunini aniqlash yo’lidagi
izlanishlar hamda zamonaviy O’zbekistonimiz tarixi bilan tanishib chiqamiz. Zero,
tarixsiz kelajak yo’q – degan gap bejiz emasligiga guvoh bo’lamiz.
Kalit so’zlar:
mustaqillik, tarixiy rivojlanishlar, tarixchining talqini, taraqqiyot,
globalizatsiya
Аннотация:
В данных тезисах мы рассмотрим исследования,
посвящённые определению истинной сути истории, а также ознакомимся с
современной историей Узбекистана. Ведь не зря говорят: «Без прошлого нет
будущего».
Ключевые слова:
независимость, историческое развитие, интерпретация
историка, прогресс, глобализация.
Annotation:
In these theses, we explore research on identifying the true essence
of history and get acquainted with the modern history of Uzbekistan. Indeed, it is no
coincidence that it is said, “Without history, there is no future.”
Keywords:
independence, historical developments, historian’s interpretation,
progress, globalization.
Biz so’nggi bir necha yil davomida, tarix nuqtai nazaridan o’ya qisqa vaqt
mobaynida dunyo yangi ko’rinishdagi O’zbekiston vujudga kelganini e’tirof etmoqda
deb faxr bilan aytishimiz mumkin va taraqqiyotimizning zamonaviy tamoyillari haqida
ham so’z yuritamiz.
Avvalambor, tarix deganda nimani tushunamiz, tarix bu insoniyatning o’tgan
davrlarini o‘rganish va baholash jarayonidir. U bizga qanday qilib rivojlanganimizni,
qanday xalqlardan tashkil topganligimizni va madaniy merosimizni anglash
imkoniyatini beradi. Har bir tarixiy voqea, shaxs yoki davr, zamonamizga ta'sir
ko'rsatgan va bizni bugungi kunda qanday yashashimizni belgilagan muhim unsurdir.
Tarix insoniyatning o'zligini anglashi va rivojlanishi uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni
taqdim etadi. Har bir davr o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, u zamonamiz bilan
bog'liq.Aslida esa tarix va zamonaviylik so’alzarini bir biridan ajratib bo’lmaydi,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
133
ISSN:3030-3621
darhaqiqat, tarix va zamonamiz bu bir-biriga chuqur bog'langan ikki dunyodir. Tarix
bizni kim ekanligimizni tushunishga yordam beradi, zamonamiz esa bizning
kelajagimizga yo'nalish beradi. Ular bir-biriga ta'sir o'tkazib, o'zaro bog'liq holda
rivojlanadi. Tarixning o'rganilishi zamonamizning muammolarini tushunish va ularni
hal qilishga yordam beradi, zamonamizdagi voqealar esa tarixni yangicha ko'rishga
imkon beradi. zamonamizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy muammolari tarixdan
saboq olishni talab qiladi. Tarixni bilmasdan, xuddi xato qayta-qayta takrorlanayotgan
odam kabi, bir xil xatolardan xalos bo'la olmaymiz. Misol uchun, etnik to'qnashuvlar
va urushlarning tarixini bilish bizga tolerantlik va bag'rikenglikni targ'ib qilishda
yordam beradi.
Zamon haqida gap ketganda, bevosita hayolimizni turli atamalar chulg’ab
oladi,misol uchun globallashuv yoki boshqalar aslida ham zamonamiz globalizatsiya,
texnologik rivojlanish va madaniy almashuvlar davridir. Internet, sun'iy intellekt va
raqamli texnologiyalar hayotimizni tubdan o'zgartirgan holda, yangi imkoniyatlar
yaratmoqda. Shuningdek, ijtimoiy-siyosiy masalalar, ekologik krizis va pandemiyalar
kabi muammolar bizning vaqtimizning muhim jihatlari hisoblanadi. Boshqa tomondan,
zamonamizdagi voqealar tarixga yangicha qarashni talab qiladi. Bugungi kunimizda
texnologiya va kommunikatsiya vositalarining tez rivojlanishi jamiyatimizni tubdan
o'zgartirmoqda. Ushbu o'zgarishlar tarixni o'rganishga ham ta'sir qiladi. Yangi
ma'lumotlar va arxivlar paydo bo'ladi, tarixiy tadqiqotlarning usullari o'zgaradi.Aynan
shuning uchun ham tarix va zamonamiz o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud. O'rgangan
tarixiy tajribalarimiz, bugungi kunda qanday harakat qilishimizda muhim ahamiyatga
ega. Tarixdan olingan darslar orqali biz kelajakni rejalashtirish va mavjud
muammolarni yechishga yordam beradigan qarorlar qabul qilamiz. Shu bilan birga,
zamonaviy hodisalar tarixni yanada boyitmoqda va yangi izlanishlarga sabab
bo'lmoqda
Bu mavzu insoniyatning o'zgarishlari va rivojlanishini o'rganadigan mavzudir.
Tarixiy voqealar bizga o'tmishdan saboq olish imkonini beradi, zamonamiz esa
texnologiya, globalizatsiya va ijtimoiy o'zgarishlar orqali yangi imkoniyatlarni
yaratmoqda. Tarixni o'rganish jamiyatni yaxshiroq tushunishga va kelajakda duch
keladigan muammolarni hal qilishga yordam beradi. Bu bog'liqlik o'tmishdan kelajakni
shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Shunday qilib, tarix va zamonimizni o'rganish, nafaqat o'tmishni anglash, balki
kelajakni shakllantirishda ham muhimdir. Insoniyat tarix davomida ko'plab
sinovlardan o'tgan bo'lsa-da, har bir davr o'zining o‘ziga xos saboqlari bilan ahamiyatli.
Biz ulardan foydalanib, yanada yuksak maqsadlarga erishishimiz mumkin. Biroq,
zamonamizning tez o'zgaruvchan tabiati tarixga ham ta'sir qiladi, yangi ma'lumotlar va
arxivlar paydo bo'lib, tarixiy tadqiqotlarning usullari o'zgaradi. Xulosa qilib aytganda,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
134
ISSN:3030-3621
tarix va zamonamiz bir-biriga uzviy bog'liqdir. Tarixdan saboq olib, zamonamizdagi
voqealarni to'g'ri baholash bizga kelajagimizni shakllantirishga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Абул Косим Махмуд аз-Замахшарий. Нозик иборалар. -Т:Камалак. 1992, 13б.
2.
Karimov I.A.“Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. T., “Sharq”, 1998, 3-bet.
3.
Karimov I.A.. O’zbekistonnning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li // O’zbekiston:
milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. T. 1. – T.: O’zbekiston, 1996. – 39 b.
Foydalanilgan saytlar:
4.
https://fayllar.org/tarixiy-xotirasiz-kelaiak-yoq.html
5.
library.tsdi.uz
6.
http://fayllar.org/tarix-va-zamonamiz-v5.html
7.
Scientific
Journal
Impact
Factor
(SJIF
2022=4.63)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22230