Mualliflar

  • Mirislomov Mirdavlat Miraziz o‘g‘li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118943

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: Geografiya ta’limi ta’lim tizimi pedagogik texnologiyalar ilg‘or xorijiy tajribalar o‘qitish usullar metodllar innavatsion ta’lim.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  geografiya  fanini  o‘qitishda  ayrim  xorijiy 
mamlakatlar tajribasi va ulardan ilg‘or o‘qitish usullari yoritilib berilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

106

ISSN:3030-3621

GLOBALLASHUV DAVRIDA GEOGRAFIYA TA’LIMINI

RIVOJLANTIRISHDA XORIJ TAJRIBASI

Mirislomov Mirdavlat Miraziz o‘g‘li

CHDPU Tabiiy fanlar fakulteti

Geografiya va iqtisodiy bilim

asoslari yo‘nalishi talabasi

+998999932305


Annotatsiya

: Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda ayrim xorijiy

mamlakatlar tajribasi va ulardan ilg‘or o‘qitish usullari yoritilib berilgan.

Kalit

so‘zlar

: Geografiya ta’limi, ta’lim tizimi, pedagogik texnologiyalar, ilg‘or

xorijiy tajribalar, o‘qitish usullar, metodllar, innavatsion ta’lim.


Kirish

.

Jahon ta’limida zamonaviy va sifatli bilim berish eng muhim

masalalardan biri hisoblanadi. XXI asrda ta’lim yangi ijtimoviy-madaniy
o‘zgarishlarni shakilantirmoqda.Jahonda ta’lim sohasining rivojlanishi fanlarni
interfoal metodalar, axborot-kommunikatsiy va pedagogik texnologiyalar asosida
o‘qitishni takomillashatirsh zaruriyatini yuzaga keltirmoqda. Mamlakatimizda ta’lim
sohasida amalga oshirilayotgan ishlar iqtisodiyoti sohalari va ilm-fan sohasidagi
islohatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablrida geografiya ta’limini isloh qilishga
axamiyat berlimoqda.Geografiya fani sohasida ham ta’lim jarayoniga ilg‘or xalqaro
tajribalarni joriy etish, o‘quvchilarning fanni o‘qish orqali bilim darajasinining
oshirishga xizmat qiladi .O‘qitish amaliyotiga ta’limning innavatsion shakillarini joriy
etish,o‘quvchilarining

bilimi,ko‘nikma

malaka

va

kompetenisiyalarining

shakillanishiga xizmat qiladi.Bu vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarga bilim
beruvchi sifatidagina emas,balki ularning o‘qishi, izlanishi va fikirlashi uchun sharoit
yaratib beradigan shaxs sifatida turishi lozimdir.

Asosiy

qisim

. Birinchi guruhga kiruvchi mamlakatlarda geografiya ta’limi asosan

tabiiy va iqtisodiy geografiya kurslaridan tashkil topgan. Shahar va qishloq joylardagi
barcha maktablarda yagona o‘quv rejasi asosida o‘tkaziladi. Ikkinchi guruh
mamlakatlarida geografiya bilimlari maxsus fanlar tarzida emas, balki integratsiya
(birikma) tarzida bo‘lib, boshqa fanlar kurslar tarkibiga qo‘shilib ketgan. Bunda
geografiyani chuqur o‘rganishni xoxlovchilar maxsus fakultativ mashg‘ulotlar
orqaligina o‘z bilimlarini oshirish mumkin. SHu tufayli xam bu guruxdagi davlatlarda
geografiya ta’limi bo‘yicha yagona davlat rejasi yo‘q, har bir o‘quituvchi maktab
sharoit nuqtai nazaridan kelib chiqib, o‘quv programmasini tuzish mumkin. Masalan;
AQSHda 1700 dan ortiq okrug mavjud bo‘lib, ularning baarchasida o‘ziga xos bo‘lgan
geografik ta’lim mavjud va bir-biriga o‘xshamaydigan programmalar bo‘yicha ish


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

107

ISSN:3030-3621

yuritiladi. Uchunchi guruh mamlakatlarida geografiya majburiy o‘rganiladigan fanlar
qatoriga kirmaydi va uni fakulьtativ mashg‘ulotlar orqali o‘rganish asosiy o‘rinni
egallaydi. Umuman olganda Yevropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlarida
barcha o‘quvchilar uchun majburiy bo‘lgan fanlar qatorida, xilma-xil murakkablikdagi
fakultativ kursar turi keng tarqalgan. Jahon tajribasida 3 bosqichli ta’lim tizimi asosiy
hisoblanadi, ya’ni:

Boshlang‘ich maktab 1-4 sinf;

o‘rta bosqich 5-9 sinf;

yuqori bosqich 10-12 sinf [1; 163].

Har bir bosqichda geografiya ta’limi o‘ziga xos maqsadga ega. Masalan, birinchi

bosqich maktablarida geografiya ta’limining asosiy maqsadi atrof muxitni o‘rganish.
Ikkinchi bosqichda o‘z mamlakatining xayotini o‘rganish va zarur kasblar xaqida
ma’lumotlar olish, ta’limiy ko‘nikma va malakalarni shakillantirishdan iborat.
Uchinchi bosqichdagi maktablarda insoniyatning global muammolarini va jahon
xo‘jaligini o‘rginishdan iborat. Deyarli ko‘pchilik mamlakatlarda geografiya ta’limi
tizimi davlatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tizimi bilan bog‘liq. Tabiiy va iqtisodiy
geografiyani o‘rganish asos qilib olingan sobiq SSRda va SHarqiy Yevropa
mamlakatlarida tabiat va xo‘jalikning rivoj lanish qonuniyatlari, jamiyat va tabiat
o‘rtasidagi munosabatilar, atrof muxit muammolari geografiya ta’limining asosini
tashkil qiladi. urli mamlakatlaridagi geografiyadan o‘quv darsliklari va qo‘llanmalarini
tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, Tularda bitta kursni o‘qish uchun bir necha qo‘llanma
chiqariladi. Ko‘pchilik hollarda ular qiziqarli ma’lumotlarga boy bo‘lib, axborot
xususiyatiga ega. Bunday qo‘llanmalarda matn 20-30 % ni, tasvir 20 % ni, statistika
20 % ni, savol va topshiriqlar 20 % ni tashkil etadi [2;3].

Kitobdagi tasvirlar nihoyatda sifatli. Quyi sinflar qo‘llanmalarida esa deyarli

xarita yo‘q, ular o‘rnini xarita sxemalar egallagan. Tekstda raqamli sonlar deyarli
uchramaydi, mavjudlari ham taqqoslash xarakteriga ega bo‘lib, ular eng past, eng
yuqori, eng kichik, eng baland, eng uzun kabi tarzlarda berilgan. Qo‘yiladigan
savollarning aksariyati muammoli topshiriqlar, diskussiya savollari, amaliy o‘yinlar
tarzida berilgan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan geografiya darsliklarida
kompьyuterlar bilan ishlash uchun maxsus savollar, qiqarli topshiriqlar, matematik
statistika usullari, turli o‘yinlar, testlar tarzida geografik bilimlarni egallashga keng
o‘rin berilgan. O‘quvchilar ularni mustaqil bajarishlari jarayonida tadqiqotchi rolini
o‘ynaydilar. ografiya o‘quv programmalari ko‘pchilik davlatlarda bir xil bo‘lib,
mamlakatning tabiiy va iqtisodiy geografiyasini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Geografiya
o‘quv programmalari ko‘pchilik davaltlarda bir xil bo‘lib,mamlakatning tabiiy va
iqtisodiy geografiyasini o‘rganishga bag‘ishlanadi. Keyingi paytlarda rivojlanayotgan
mamlakatlarda o‘quv programmalari geografiya darslari mamlakat xalq xo‘jaligi
ixtiyojini e’tibroga olgan xolda tuzilmoqda va yaratilmoqda. Deyarli barcha


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

108

ISSN:3030-3621

rivojlanayotgan va rivojlanmagan mamlakatkarda ekologik ma’lumotlar bilan
o‘quvchilarni

tanishtirish

geografiya

dasturlarida

yetarlicha

o‘rinni

egallagan.Maktablarda yagona dastur yo‘q.Har bir o‘lka o‘z dasturi va darsliklarga ega.

Dunyoning ko‘plab davlatlarida geografiya ta’limida eng ko‘p qo‘llanadigan

usullar quydagilar.

Evristik

suxbat

metodi

. Bunda asosiy e’tibor o‘quvchilarni ko‘proq mustaqil

bilim olishga, kichik tadqiqotlar qilishga o‘rgatishdan iborat. Kartinalar, turli xil
xujjatlar, vositalar asosida muammolar savollar o‘quvchilar diqqatiga havola etiladi.
Bunday usulda ko‘proq AQSH, Buyuk Britaniya, Yangi Zillandiya, G‘arbiy Yevropa
davlatlarida keng tarqalgan.

Tarqatma

kartochkalar

usuli

. turli chizmalar jadvallar, xaritalar turlicha

xatoliklarga yo‘l qo‘yib tuziladi va tarqatiladi, o‘quvchilar o‘ul qo‘yilgan o‘sha
xatolarni mustaqil topishlari talab qilinadi. Turli xil misollar va masalalar yechish xam
o‘quvchilarni darsga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish tufayli ulardan keng qo‘llaniladi,
o‘quvchilarda ishbilarmonlik, uddaburonlik hislatlarini shakillantirish uchun ham
ko‘proq misol va masalalardan foydalaniladi.

To‘g‘ri

-

noto‘g‘ri

usuli

.Matnlar, ya’ni javoblar to‘g‘ri, noto‘g‘ri tarzda

aralashtirilib berilishi shulardan to‘g‘risini raqamlar bilan belgilab ajratish keng
tarqalgan usullardan hisoblanadi.

Statistik

manbalar

bilan

ishlash

, kartografik qo‘llanmalardan foydalanish,

matematik modellashtirish keng tarqalgan o‘qitish uchullari hisoblanadi. Ayniqsa
disskusiya, tortishuvlar kapitalistik mamlakatlar geografiya ta’limida keng tarqalgan
[3; 92].

Mamlakatimizda geografiya fanini yangi ta’lim texnologiyalari asosida qo‘llash

uchun juda katta imkoniyatlarga ega. Lekin mazkur texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha
ilmiy-metodik ishlar juda sust oilib borilmoqda

Rivojlangan mamlakatlar xususan,AQSH, Buyik Britaniya,Yaponiya, Fransiya,

Germaniya kabi mamlakatda ta’limda qo‘lanilayotgan innavatsion usullarning
aksariyati o‘quvchilarning kreativ fikirlash va qobiliyatni hisobga olgan holda olib
boriladi.

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida geografiya fanini o‘qitishda e’tibor

berilayotgan asosiy jihat shundaki, o‘quvchilarning ko‘nikma va malakalarni
shakllantirishga qaratilgan. Bu davlatlarda geografiya ta’limi ko‘proq fan bo‘yicha
muammolarni, nazariyalarni, qonunlarni va kategoriyalarni o‘rganishga qaratilgan.
Oxirgi o‘n yilliklarda jahon mamlakatlaridagi maktablarda geografiya fani bo‘yicha
ta’lim berish va oliy ta’lim muassasalarida geografiya o‘qituvchilarini tayyorlash va
ularning malakasini oshirish ancha yuqori pog‘onaga ko‘tarildi. Hozirgi kunda
geografiya ta’limi jahonning ko‘pgina mamlakatlarida uchta yo‘nalishda o‘qitiladi. [4;
48].


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

109

ISSN:3030-3621

Xulosa.

Globallashuv davrida geografiya ta’limini rivojlantirish uchun xorijiy

tajriba shuni ko‘rsatadiki, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, amaliyotga asoslangan
o‘qitish metodlarini qo‘llash va o‘quv dasturlarini zamonaviy ehtiyojlarga
moslashtirish muhimdir. Raqamli vositalar va GAT (GIS) texnologiyalaridan
foydalanish geografik tahlilni chuqurlashtiradi, global muammolarni anglashga
yordam beradi va yoshlarning kreativ fikrlashini rivojlantiradi. Xorijiy tajribaning
o‘zimizga mos jihatlarini integratsiya qilish ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

Vaxobov H. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent -2007. 163-166 b.

2.

Madiyar Daniyarovich Abdullayev GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA
XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI // Academic research in educational
sciences. 2022. №7. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/geografiya-fanini-o-
qitishda-xorijiy-mamlakatlar-tajribasi

3.

Ibroimov Sherzod Ibroim o'g'li, & Tulavayeva Sangina Ergashvoy qizi. (2023).
G'ARB DAVLATLARIDA GEOGRAFIYA TA'LIMINI O'QITILISHI. Innovative
development

in

educational

activities,

2(6),

86–94.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7781572

4.

Qurbonbekova Nargiza GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA XORIJIY
MAMLAKATLAR TAJRIBASI

“Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar

talqinida” mavzusidagi 4-sonli respublika ilmiy konferensiyasi .



Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

Vaxobov H. Geografiya ta’limi metodikasi. Toshkent -2007. 163-166 b.

Madiyar Daniyarovich Abdullayev GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA

XORIJIY MAMLAKATLAR TAJRIBASI // Academic research in educational

qitishda-xorijiy-mamlakatlar-tajribasi

Ibroimov Sherzod Ibroim o'g'li, & Tulavayeva Sangina Ergashvoy qizi. (2023).

G'ARB DAVLATLARIDA GEOGRAFIYA TA'LIMINI O'QITILISHI. Innovative

development in educational activities, 2(6), 86–94.

Qurbonbekova Nargiza GEOGRAFIYA FANINI O‘QITISHDA XORIJIY

MAMLAKATLAR TAJRIBASI “Ilm-fan muammolari yosh tadqiqotchilar

talqinida” mavzusidagi 4-sonli respublika ilmiy konferensiyasi .