Mualliflar

  • Salayeva Aziza Muhammadmurot qizi
  • Hakimova Muyassar Rashidovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118957

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: konstitutsiya inson huquq jamiyat davlat erkinlik ta’lim tarbiya.

Annotasiya

Annotatsiya Mazkur maqolada insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, 
ekologik  huquqlarining  ta’minlashi  natijasida  jamiyat  va  davlat  taraqqiy  etishi 
qisqacha ochib berilgan.  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

245

ISSN:3030-3621

YANGI KONSTITUTSIYA -TARAQQIYOT QOMUSI

Salayeva Aziza Muhammadmurot qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq

ta’limi yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Hakimova Muyassar Rashidovna

Falsafa, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi

kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya

Mazkur maqolada insonning shaxsiy, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy,

ekologik huquqlarining ta’minlashi natijasida jamiyat va davlat taraqqiy etishi
qisqacha ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

konstitutsiya, inson, huquq, jamiyat, davlat, erkinlik, ta’lim,

tarbiya.

Kirish

Insoniyatning uzoq tadrijiy taraqqiyoti jarayonida oila, xalq, millat, jamiyat va

davlat paydo bo‘lgan. Bu ijtimoiy tuzilmalar soddalikdan murakkablikka qarab
rivojlanib borgan. Yuqoridagi mavjud subyektlar doimo boshqaruvga ehtiyoj sezadi.
Ularning xatti-harakatlarini huquqiy tartibga solish, huquq va erkinliklariga daxl
qilinmasligi uchun qat’iy belgilangan qonunchilik tizimi mavjud bo‘lishi kerak. Ushbu
qonunchilikning yuqori bosqichida konstitutsiya turadi desak mubolag‘a bo‘lmasa
kerak. Konstitutsiyaning inson, jamiyat va davlat faoliyatidagi ahamiyati haqida
birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shunday fikrni bayon etgan: “Tabiiyki, har qanday
davlatning yuzi, obro‘-e’tibori uning Konstitutsiyasi hisoblanadi. Konstitutsiya
davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan qomusnomadir”

1

. Inson

baxt-saodati, farovonligi va jamiyatning osoyishtaligi bevosita davlatning asosiy
qomusi normalarining ta’sirchanligiga bog‘liq bo‘ladi.

Konstitutsiya milliy qonunchiligimiz poydevori bo‘lib, hamma kodekslar,

qonunlar, huquqiy hujjatlar, qonunosti hujjatlari ushbu qonunga asoslanadi.
Konstitutsiya faqat inson huquq va manfaatlaridan iborat bo‘lmay, balki, davlat va
fuqarolar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning chegarasini ham belgilab berishi bilan
izohlanadi. O‘zbekiston mustaqilligining qonuniy kafolati sifatida 1992-yil 8-dekabrda
konstitutsiyamiz qabul qilindi. Bu mamlakatimiz tarixidagi muhim tarixiy sana bo‘ldi.
Prizidentimiz Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiyamiz haqida “Xalqimizning siyosiy-
huquqiy tafakkurining yuksak namunasi bo‘lgan Konstitutsiyamiz yurtimizda

1

Karimov I.A Inson baxt uchun tug’iladi. – T.:”Sharq”. 2001, 37-38 bet


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

246

ISSN:3030-3621

demokratik davlat va fuqorolik jamiyati barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro
maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda”

2

,

- degan edilar. Konstitutsiya xalqimizning mustabid tuzum davrida toptalgan huquq va
erkinliklarini tiklashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Davlat organlari, mansabdor
shaxslarning fuqarolar oldidagi ma’suliyati e’tirof etilib, o‘z o‘rnida fuqarolarning ham
jamiyat va davlat bilan munosabatlarida burchli ekanligi qayd etildi.

Ijtimoiy jarayonlarni bir me’yorda saqlab turishning imkoni mavjud emas. Vaqt

o‘tgan sayin ijtimoiy jarayonlarda ham o‘zgarishlar, yangilanishlar bo‘ladi. Bu esa
inson va jamiyat hayotida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. Shunday ekan, davlat
boshqaruvini takomillashtirib, uni inson manfaatlariga moslashtirib borishda qonunlar
ham isloh etilib, jamiyat taraqqiyotiga yangicha andozada yaratilishini taqazo etadi.
Shunday jarayonlarning tasdig‘i sifatida Konstitutsiyaviy islohatlar o‘tkazishni
zaruriyatga aylantirib qo‘ydi. Shu sabali ham asosiy qonunimiz qabul qilingandan
buyon 2023-yilgacha 15 marotaba o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish maqsadida
konstitutsiyaviy qonunlar qabul qilindi. Bu safargi konstitutsion islohotlarning ko‘lami
kengroq bo‘lganligi uchun asosiy qomusimizni yangi tahrirda qabul qilish lozim
topildi. Mamlakatimizda yangi tahrirdagi konstitutsiya loyihasi xalq muhokamasi
uchun taqdim etildi. 2023-yil 30-apreldagi o‘tkazilgan referendum natijasida
fuqarolarimiz tomonidan ma’qullandi va 1-may kunidan qonunan kuchga kirdi.

Konstitutsiyamizning matniga 65 foiziga o‘zgartirish kiritilib, oldin e’tirof

etilmagan ko‘plab normalar kiritildi. Jumladan yangi tahrirdagi konstitutsiya Yangi
strategik tamoyillarni ham qamrab olgan. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida
yillar davomida amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat
– davlat” tamoyiliga o‘zgartirildi

3

. Konstitutsiyamizning asosiy vazifasi ham inson

hayotida farovonlikni ta’minlashda davlat organlari, jamoatchilik tashkilotlarining
tashabbuskorligini oshirish maqsad qilib qo‘yilgan.

Fransuz ma’rifatparvari Monteskyening fikricha, huquqiy davlatga siyosiy

qonuniylik va xavfsizlikni qaror toptirishga, hokimiyatni bir-birini cheklab
muvozanatga solib turuvchi qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga
bo‘lish yo‘li bilan erishiladi. Zero huquqiy davlat suveren bo‘lgan xalqning irodasiga
bog‘langach, “faqat millat chinakam suverendir. Faqat xalqgina chinakam qonun
chiqaruvchi bo‘la oladi. Faqat xalq irodasigina siyosiy hokimiyat hisoblanadi”

4

.

Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqotda konstitutsiyaviy islohatlarni amalga

oshirishda iqtisodiy faoliyat erkinligi masalalari oʻrganishda induktsiya va deduktsiya,
analiz, sintez, qiyosiy tahlil, ilmiy mulohazalar berilgan. Tahlil va natijalar

2

Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. T.:

“O’zbekiston”.2018.3-tom.58-bet.

3

https://cyberleninka.ru/article/n/Yangi-O‘zbekiston-inson-jamiyat-davlat-konsepsiyasining-jamiyat-hayotidagi-o

‘rni

4

История политических учений. – М.: Политиздат, 1971


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

247

ISSN:3030-3621

Tahlil va natijalar.

Har qanday adolatli qonun taraqqiyotga xizmat qiladi.

Qonun qat’iy kuchga ega bo‘lsa jamiyat yangi bosqichga ko‘tarila oladi. Bu esa
insonlar hayot tarziga ijobiy o‘zgarishlar olib kirib, ularni davlat va mansabdor shaxslar
faoliyatidan mamnunlik hissini kuchaytiradi. Bu jarayonlarni amalga oshirish
qonuniylik, qonun oldida tenglik kabi tamoyillarning davlatdagi ijtimoiy, iqtisodiy,
siyosiy va ma’naviy jarayonlardagi tutgan o‘rni bilan belgilanadi.

Qonuniylik va huquq tartibot tantana qilmasa, shaxsning huquqlari va

erkinliklar, qattiq intizom, ichki uyushqoqlik va ma’suliyat ustuvor bo‘lmasa, qonun
va an’analar hurmat qilinmasa, huquqiy davlatni tasavvur qilib bo‘lmaydi

5

. Qonuniylik

bu qonunga og‘ishmay rioya qilishda ifodalnadi. Har bir davlatning va davrning o‘z
qonuni bo‘lishi kerakligi masalasi antik davrda ham mavjud bo‘lgan. Qonun yetarli
kuchga ega bo‘lmasa, fuqarolarning huquq va erkinliklariga putur yetishi tabiiydir.
Mashhur yunon faylasufi Platon fikricha “ Qonun yo‘q joyda davlat tanazzulga
uchraydi”

6

. Bu yerda aynan qonun kuchining yetarli emasligi nazarda tutilgan. Shu

holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun ham mamlakatimizda jamiyat taraqqiyotiga moslab
qonunlar qabul qilinishi o‘rinlidir.

Hech kim insonning sha’nini, qadr-qimmatini kamsitishga, uni toptalishiga

qaratilgan xatti-harakat qilishga haqli emas. Shaxsni haqorat qilish, u haqida yolg‘on
uydirmalar tarqatganlik uchun davlat ta’sirchan choralarni qo‘llay oladi. Bu borada
shunday g‘ayriqonuniy holatlarning oldini olish bo‘yicha 2023-yil 11-aprelda ham
Xotin qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, shafqatsizlik va zo‘ravonliklarning
oldini oldini olish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizda aybsizlik prezumpsiyasi qoidasining

yanada insonparvarlashganini, fuqarolarning malakali yuridik yordam olish huquqini
alohida bir moddada belgilanishi, sodir etilgan aybli qilmish uchun takroran hukm
qilinishi mumkin emasligi kabi normalar kiritilishi tabiiy huquqlarimizni yanada
mustahkamladi.

Fuqarolar siyosiy huquqlaridan foydalanib, saylovlarda qatnashishlari, munosib

nomzodlarni saylashlari, o‘zlari ham bevosita hokimiyat organlariga nomzod sifatida
saylanishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolarning siyosiy huquqlari ularga turli xil
muammolar yuzasidan shikoyat, taklif, iltimos mazmunida murojaat qilish huquqlarini
yanada mustahkamlaydi.

Fuqarolar faqat shaxsiy va siyosiy huquqlar bilan mukammal huquqlarga ega

bo‘la olishmaydi. Ularning iqtisodiy huquqlari bu huquqlar safida yetakchilik qiladi.
“Iqtisod deb pul va mol kabi ne’matlarning qadrini bilmakka aytilur,

7

-deb yozadi

ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy. Iqtisodiy huquqlarsiz shaxslarni ijtimoiy

5

Каримов.И.А.. «Ўзбекистон-келажаги буюк давлат».-Т.: «Ўзбекистон». 1992. 38-б.

6

Yo’ldoshev S.A Antik falsafa , T.: 2006.126-b

7

Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёки ахлоқ.-Т.: «Ўқитувчи». 1992. 33-б.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

248

ISSN:3030-3621

munosabatlarning subyekti sifatida baholash mushkul. Jumladan, har bir shaxsning
muldor bo‘lish huquqiga egaligi, fuqaro sifatida xohlagan banklarimizga omonat
qo‘yishimiz, mulkni meros qilib olishimiz hech qanday to‘sqinliklarsiz huquqlarmizni
amalga oshirishimizga imkon beradi.

Konstitutsiyada davlatning ijtimoiy sohada amalga oshirishi lozim boʻlgan

vazifalari bilan bogʻliq normalar 3 barobarga koʻpaytirildi hamda ijtimoiy davlat
modelini amalga oshirish mexanizmlari belgilandi.

Birinchidan, Konstitutsiyamizda aholining ijtimoiy jihatdan yordamga muhtoj

qatlamini uy-joy bilan taʼminlash boʻyicha davlat tomonidan amalga oshirilishi kerak
boʻlgan vazifalari hamda mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorini oʻrnatishda
insonning kam-koʻstsiz hayot kechirishini taʼminlash eʼtiborga olinishi belgilandi.

Ikkinchidan, davlat fuqarolarning ish bilan bandligini taʼminlashi, ishsizlikdan

himoya qilishi, kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha majburiyatlari Konstitutsiya
normasi darajasiga koʻtarildi.

Uchinchidan, fuqarolarning malakali tibbiy yordamga boʻlgan huquqlari

mustahkamlab qoʻyildi hamda davlatning barcha taʼlim sohalariga birdek eʼtibor
berishi, xususan, inklyuziv taʼlim sifatini rivojlantirishi hamda oʻqituvchi maqomini
yuksaltirishga doir normalar mustahkamlandi.

Yosh avlod tarbiyasi har bir davrda muhim vazifa bo‘lib kelgan. Yoshlarning

iqtidori, salohiyati, axloqiy tarbiyasiga qarab shu yurtning istiqboli belgilanadi.
Ayniqsa, bugungi kunda yurtimizda Uchinchi Renessansni barpo etishdek ulkan
vazifani amalga oshirishda yoshlar ta’lim-tarbiyasining huquqiy kafolati bo‘lmog‘i
darkor.

Ta’limni rivojlantirish konstitutsiyamizda mustahkamlanar ekan, yosh avlodni

axloqiy jihatdan yetuk, komil inson etib tarbiyalash bu borada eng muhim vazifadir.
Keng qamrovli, har tomonlama bilimga ega bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalash yurtimiz
islohotlarining markazida ekanligini ham unutmasligimiz, shunday imkoniyatlardan
foydalanib jamiyat taraqqiyotiga hissa qo‘shishimiz kerak. Munavvarqorining
fikricha, yosh avlodni tarbiyalash bilangina millatni uyg‘otish, Vatanni ozod qilish,
xalq ma’naviyatini yuksaltirish, turmushni farovonlashtirish mumkin. Adib
yoshligidan bolalarda mehnatga qiziqish, g'ayrat, jasorat fazilatlarini tarbiyalashni
tavsiya etadi.

8

Yoshlarni puxta bilimlarni egallashlarida pedagog o‘qituvchilarning

o‘rni alohida ehtiromga loyiq. Yangilangan konstitutsiyamizda o‘qituvchilar
faoliyatining huquqiy kafolati, ularning jamiyat rivojlanishida eng katta mas’ul shaxs
ekanliklariga urg‘u berilgan. 52- moddasi ikkinchi qismida Davlat o‘qituvchilarning
sha’ni va qadr -qimmatini himoya qilish, ularning ijtimoiy va moddiy farovonligi,
kasbiy jihatdan o‘sishi to‘grisida g‘amxo‘rlik qiladi deyilgan. Bu modda mohiyatini

8

R .A .Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova ,M.K.Shirinov, S.Hafizov.” Umumiy pedagogika “ Toshkent –

2018


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

249

ISSN:3030-3621

chuqur his qilgan har bir pedagogning o‘z kasbiga yanada mehr muhabbati oshadi.
Qolaversa, jamiyatdagi har bir shaxsning o‘qituvchilarga nisbatan yangicha nigohda
qarashlariga, ularning munosib mehnatlarini qadrlashga o‘rgatadi. O‘qituvchilarning
bilim va malakalarini xalqaro baholash tizimlari orqali tekshirishga qaratilgan
TALLIS dasturi ham yurtimizda 2024-yildan boshlab yo‘lga qo‘yiladi. Bu esa yana
ham ilm-fanni taraqqiy ettirishda zarur metod vazifasini o‘tashi ehtimoldan xoli emas.

Xulosa va takliflar.

Yangi konstitutsiya – biz fuqarolarning munosib hayot

kechirishimizning garovi, huquqiy himoyasining yanada ishonchli kafolatli, xalqaro
andozalarga moslab yaratilgan eng muhim qomusimizdir. Ushbu qonunga asoslanib
insonlar taqdiri hal etiladi, yangi ijtimoiy munosabatlar yuzaga keladi. Ishonamizki, bu
qonun yurtimizdagi milliy qonunchilik tizimini yanada taraqqiy ettirishda o‘z
davrining eng mukammal qonunchiligi yaratilishida va shu qonunlarga asoslanib
adolatli jamiyat qurilishida muhim fundament vazifasini o‘taydi. Yangi O‘zbekistonni
dunyodagi eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin oilishida muhim qonun bo‘ladi.
Konstitutsiyaviy tuzatishlar, avvalambor, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga
mansub boʻlgan fuqarolarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va
ekologik huquqlari hamda manfaatlarini taʼminlashga, himoya qilishga qaratilgan
toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan normalarga aylanadi. Konstitutsiyaga tuzatishlar
fuqarolarning iqtisodiy huquqlarini, xususiy mulkchilikni, iqtisodiy faoliyatning
erkinligini himoya qilishga qaratilganligi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bunda:

- davlat tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik va

investitsiyaviy muhitni, shart-sharoitlarni taʼminlashi, iqtisodiy faoliyatda insofsiz
raqobatga, monopollashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi;

- tovarlar, xizmatlar, ishchi kuchi va moliyaviy mablagʻlarning erkin

harakatlanishi kafolatlandi;

- yer qonunda nazarda tutilgan shartlar asosida va tartibda xususiy mulk bo‘lishi

mumkinligi mustahkamlandi;

- davlat byudjetini shakllantirish hamda ijro etish tartib-taomillari ochiqliligi,

uning ustidan jamoatchilik nazorati amalga oshirilishi nazarda tutildi.

Jamiyatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar albatta butun

xalqimiz irodasini oʻzida mujassam qilib, ularning xohish va irodalarini ifoda etdi.
Xalqaro umum e’tirof etilgan normalar va boshqa koʻplab oliy maqsadlar qoʻyilgan.
Kelgusi referendum jarayonjlariga xalqimiz tayyor turishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1.

O‘zbekiston Respublikasini Yangi Konstitutsiyasi T. 2023

2.

Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi. T.: “O‘zbekiston”.2018.3-tom.58-bet.

3.

Falsafa: Qomusiy lug‘at (tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – T.: “Sharq” ,
2004 , 68-bet.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

250

ISSN:3030-3621

4.

Karimov I.A Inson baxt uchun tug‘iladi. – T.:”Sharq”. 2001, 37-38 bet

5.

Karimov.I.A.. “O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat”.-T.: “O‘zbekiston”. 1992. 38-
bet

6.

Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi. T.: “O‘zbekiston”.2018.3-tom.58-bet.

7.

R .A .Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova ,M.K.Shirinov,
S.Hafizov.” Umumiy pedagogika “ Toshkent – 2018

8.

Yo‘ldoshev S.A Antik falsafa , 126-bet

9.

Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёки ахлоқ.-Т.: «Ўқитувчи». 1992. 33-б.

10.

История политических учений. – М.: Политиздат, 1971

11.

https://cyberleninka.ru/article/n/Yangi O‘zbekiston inson jamiyat davlat
konsepsiyasining jamiyat hayotidagi o

rni

12.

Hakimova, M. (2025). Ikkinchi jahon urushi davrida Surxon vohasi ayollarining
maorif va madaniyat sohasiga qo ‘shgan munosib hissalari.

MAKTABGACHA VA

MAKTAB TA’LIMI JURNALI

,

3

(6).

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar.

O‘zbekiston Respublikasini Yangi Konstitutsiyasi T. 2023

Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi

farovon bo‘ladi. T.: “O‘zbekiston”.2018.3-tom.58-bet.

Falsafa: Qomusiy lug‘at (tuzuvchi va mas’ul muharrir Q.Nazarov). – T.: “Sharq” ,

, 68-bet.

Karimov I.A Inson baxt uchun tug‘iladi. – T.:”Sharq”. 2001, 37-38 bet

Karimov.I.A.. “O‘zbekiston-kelajagi buyuk davlat”.-T.: “O‘zbekiston”. 1992. 38-

bet

Mirziyoyev Sh. “Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi

farovon bo‘ladi. T.: “O‘zbekiston”.2018.3-tom.58-bet.

R .A .Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova ,M.K.Shirinov,

S.Hafizov.” Umumiy pedagogika “ Toshkent – 2018

Yo‘ldoshev S.A Antik falsafa , 126-bet

Абдулла Авлоний. Туркий гулистон ёки ахлоқ.-Т.: «Ўқитувчи». 1992. 33-б.

История политических учений. – М.: Политиздат, 1971

https://cyberleninka.ru/article/n/Yangi O‘zbekiston inson jamiyat davlat

konsepsiyasining jamiyat hayotidagi o‘rni

Hakimova, M. (2025). Ikkinchi jahon urushi davrida Surxon vohasi ayollarining

maorif va madaniyat sohasiga qo ‘shgan munosib hissalari. MAKTABGACHA VA

MAKTAB TA’LIMI JURNALI, 3(6).