Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
221
ISSN:3030-3621
“QUYOSH SISTEMASI SIRLARI”
Andijon davlat pedagogika instituti
Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi
307-guruh talabalari
Tursunbekova Jannatxon
Turdiboyeva Muslima
Toshlanova Madina
Nabiyeva Nilufar
Annotatsiya
O‘zbek tilida: Maqolada Quyosh sistemasi, Quyosh, sayyoralar, Yerning
noyobligi va zamonaviy kosmik tadqiqotlar haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar
bayon etiladi.
На русском: В статье раскрываются научные сведения о Солнечной
системе, планетах, уникальности Земли и современных космических
исследованиях.
In English: The article presents scientific information about the Solar System,
the uniqueness of Earth, and modern space exploration.
Kirish
Kosmos — bu cheksiz, to‘xtovsiz kengayib borayotgan makon bo‘lib, u
millionlab galaktikalarni, trillonlab yulduzlarni, milliardlab sayyoralarni o‘z ichiga
oladi. Biz yashayotgan sayyora — Yer, faqatgina bir kichik nuqta bo‘lib, Quyosh
sistemasi deb nomlanuvchi yulduz atrofidagi tizimda joylashgan.
Quyosh sistemasi – Yaratilishi va Tuzilishi
Quyosh sistemasi taxminan 4,6 milliard yil avval gigant gaz va chang bulutining
(nebulaning) gravitatsion siqilishi natijasida vujudga kelgan. Bu nazariya “tumanlik
nazariyasi” (nebular hypothesis) deb ataladi va olimlar orasida eng keng tarqalgan
tushuntirish hisoblanadi.Asosan vodorod va geliy gazlaridan iborat changli bulut
gravitatsiya ta’sirida siqila boshlagan.Siqilish davomida markazda Quyosh shakllandi,
qolgan material esa aylanma harakatda bo‘lgan disk ko‘rinishini oldi.
Quyosh sistemasining tuzilishi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
222
ISSN:3030-3621
Quyosh sistemasining asosiy komponentlari quyidagilardan iborat:Quyosh —
sistemaning markazidagi yulduz, uning massasi butun tizim massasining 99,86% ini
tashkil etadi.
Quyoshda vodorod termoyadro reaksiyasi orqali geliyga aylanishi natijasida katta
miqdorda energiya ishlab chiqiladi.
Quyosh tizimining uzoq tashqi sohalari haqidagi maʼlumotlar quyoshga
yaqinlashuvchi uzun davrli kometalar va shu sistemani qoplagan kosmik changlarni
kuzatishdan olinadi. Quyosh tizimi hududidagi har qanday jism ham quyosh tizimiga
kiravermaydi. Quyoshning taʼsir doirasidagi har bir jismning quyosh tizimiga kirishi
uchun avvalo uning musbat kinetik va manfiy potensial energiyalarining yigʻindisi,
yaʼni toʻla energiyasi manfiy boʻlishi kerak. Bunda jism quyoshning tortishish kuchini
yenga olmay quyosh tizimi doirasida qoladi. Buning uchun quyosh tizimiga tegishli
jismlarga quyoshning tortishish kuchi taʼsiri boshqa yulduzlarnikiga nisbatan ortiq
boʻlishi kerak.
Quyosh tizimining umumiy tuzilishini birinchi marta Nikolay Kopernik toʻgʻri
ifodalab, Yer va sayyoralarning quyosh atrofida aylanishini asoslab berdi (XVI asr).
Uning geliotsentrik sistemasi birinchi marta sayyoralarning quyosh va yergacha
boʻlgan nisbiy masofalarini aniqlashga imkon berdi. S.Kepler sayyoralarning harakat
qonunlarini (XVII asr boshlari), I.Nyuton butun olam tortishish qonunini (XVII asr
oxiri) kashf qildilar. Bu qonunlar quyosh tizimidagi jismlar harakatlarini oʻrganuvchi
fan-osmon mexanikasit asos boʻldi. Quyosh tizimiga kiruvchi kosmik jismlarning fizik
tabiatini oʻrganish, asosan, T.Galileshtt teleskop kashf qilganidan boshlandi. 1609-
yilda Galileo Galiley oʻzi yasagan kichik teleskopi yordamida Oy, Venera, Yupiter va
Saturnni kuzatib, ajoyib kashfiyotlar qildi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
223
ISSN:3030-3621
Quyosh tizimi jismlarining harakatlarini boshqaruvchi asosiy jism quyoshdir.
Sayyoralar, asosan, ichki (Merkuriy, Venera, Yer va Mars) va tashqi (Yupiter, Saturn,
Uran va Neptun) guruhlarga boʻlinadi va ular oʻz xususiyatlari bilan bir-birlaridan
tubdan farq qiladi. Ichki sayyoralarning oʻrtacha zichliklari 4,0-5,6 g/sm³, tashqi gigant
sayyoralarniki 0,7-2,3 g/sm³ boʻlishi ularning boshqa-boshqa moddalardan tashkil
topganligini bildiradi. Venera, Mars, Merkuriy va Yupiter atmosferalari tekshirilganda
ichki sayyoralar atmosferalari tashqilari-nikiga qaraganda ancha siyrak ekanligi
maʼlum boʻldi. Venerada S02dan iborat juda zich (sathiga yaqin joyda Yer
sathidagidan 60 marta zich) atmosfera mavjud. Mars atmosferasi ham, qisman, S02dan
iborat. Tashqi sayyoralar atmosferasi juda qalin va zich boʻlib, asosan, metan, ammiak
va vodoroddan iborat. Gigant sayyoralar ichki sayyoralarga qaraganda oʻz oʻqlari
atrofida juda katta tezlik bilan aylanadi. Plutonning fizik tabiati gigant say-
yoralarnikidan tubdan farq qilganligi uchun uni tashqi sayyoralar qatoriga qoʻshib
boʻlmaydi. Sayyoralar tabiiy yoʻldoshlarining 95 % ga yaqini tashqi sayyoralar
atrofida guruhlanadi; mas, Yupiter va Saturn sayyoralarining oʻzlari Quyosh tizimiga
oʻxshash kichik sistemani eslatadi. Ularning baʼzi yoʻldoshlari (masalan, Yupiterning
Ganimedi)ning oʻlchamlari Quyosh tizimidagi ayrim sayyoralar (masalan,
Merkuriy)ning oʻlchamidan ancha katta (qarang: Sayyoralarning yoʻldoshlari).
(https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Sayyoralarning_yo%CA%BBldoshlari)
Saturn
sayyorasida oʻzining 20 ga yaqin yoʻldoshidan tashqari, juda mayda jismlardan iborat
halqa sistemasiga ega. Bu jismlar Kepler qonuniga mos ravishda harakatlanib, Saturn
„yoʻldoshlari“ hisoblanadi. Bulardan tashqari, orbitalari Mars va Yupiter sayyoralari
orasida joylashgan minglab Kichik sayyoralar mavjud. Baʼzi sayyoralar ekssentritetlari
katta boʻlgani uchun ular Quyoshga Merkuriyga nisbatan yaqin kelib, undan Saturn
orbitasi masofasiga teng masofaga uzoqlashadi.
Quyosh atrofida 8 ta sayyora harakatlanadi:
1. Merkuriy – eng yaqin va eng kichik sayyora
2. Venera – Yerga eng yaqin, issiq atmosfera
3. Yer – hayot mavjud bo‘lgan yagona sayyora
4. Mars – qizil sayyora, suv izlari mavjud
5. Yupiter – eng katta sayyora, kuchli magnit maydon
6. Saturn – halqalar bilan mashhur
7. Uran – yonboshlab aylanuvchi muz gigant
8. Neptun – Quyoshdan eng uzoq va sovuq sayyora
Yo‘ldoshlar
• Ko‘plab sayyoralar o‘z yo‘ldoshlariga ega. Yerning yo‘ldoshi — Oy.Undan
384400 km uzoqlikda.Quyosh sistemasidagi beshinchi eng kata yo’ldosh.Marsning
yo’ldoshi Fobos va Deymos.Yupiterda 90+ ta yo‘ldosh bor.Saturnning yo’ldoshlari
ham 100 dan ortiq.Merkuriy va Veneraning yo’ldoshi yo’q.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
224
ISSN:3030-3621
Kometalar
Kometalar — Quyosh sistemasidagi muz, tosh va chang aralashmasidan tashkil
topgan osmon jismlaridir. Ular Quyoshga yaqinlashganda qiziydi va yuzasidagi muz
bug‘lanib, kometa quyruqlari (gaz va chang) hosil qiladi.
Kometa so‘zi lotincha “cometa” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, “sochli yulduz”
degan ma’noni anglatadi.Kometa odatda quyidagi qismlardan iborat:
Kometa yuragi, 1–50 km gacha bo‘lgan muzli, toshli jismlar aralashmasidan
iborat.U “kir” muz to‘pi (dirty snowball) deb ham ataladi.
Quyoshga yaqinlashganda yadro qiziydi, muz bug‘lanadi va gazlar chiqadi.Gaz
va changdan tashkil topgan atmosfera ko‘rinishini oladi, diametri minglab kilometrga
yetishi mumkin.
Kometaning eng ajralib turadigan qismi:
Gaz (ion) quyruq: Quyosh shamoli ta’sirida Quyoshdan qarama-qarshi tomonga
cho‘ziladi.
Chang quyruq: Quyosh nurlari ta’sirida shakllanadi, egri shaklda bo‘ladi.
Kometa quyruqlari har doim Quyoshga qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘ladi.
Kometalarning orbita harakati.Kometalar Quyosh atrofida cho‘zilgan elliptik
orbitalar bo‘ylab harakatlanadi.Harakat tezligi va orbitasi ularning kelib chiqish
hududiga bog‘liq.Ba’zilari Quyosh yaqinidan bir necha oyda o‘tadi (qisqa davrli),
ba’zilari esa ming yillarda qaytadi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
225
ISSN:3030-3621
Xulosa.
Quyosh tizimidagi deyarli barcha jismlar uchun baʼzi umumiy qonuniyatlar
oʻrinli: barcha sayyoralar Quyosh atrofidan ekliptikaga yaqin tekislikda bir tomonga
(olamning shimoliy qutbidan qaralganda soat mili harakatiga tes-kari tomonga)
harakatlanib aylanadi (bu toʻgʻri harakat deyiladi). Venera va Urandan boshqa barcha
sayyoralar oʻz oʻqlari atrofida toʻgʻri harakat qiladi. Kosmik uchishlar quyosh tizimini
oʻrganishda yangi imkoniyat yaratdi. Uchirilgan kosmik zondlar Quyosh tizimidagi
sayyoralarning ichki tuzilishlarini jadallik bilan tadqiq qilmokda. Kosmik zondlar Oy,
Venera, Mars va boshqa sayyoralarga yumshoq qoʻndi. AQSH astronavtlari birinchi
marta Oyga qadam qoʻydi (1969), „Pioner—10“ va „Pioner—11“ kosmik zondlar
kichik sayyoralardan oʻtib, Yupi-ter sayyorasi yaqinida aylandi (1972-1974-yil). 1997-
yil oktabrda uchirilgan „Gyuy-gens“ kosmik zondi (NASA va Yevropa kosmik
agentligibilan)Tadqiqotchilar Titanni Yer bilan taqqoslashmoqda. Kosmik uchishlar
yordamida Quyosh tizimini yanada batafsilroq oʻrganish uchun yaqin kelajakda boshqa
sayyoralarga parvoz qilish, uzoq kos-mosga ilmiy apparatlar yuborish, as-teroid va
kometalarga qoʻnib, sayyoralararo ilmiy sayohat qilish ishlari moʻljallanmoqda.
Foydalingan adabiyotlar:
1.
NASA
Solar
System
Exploration:
https://solarsystem.nasa.gov
2.
ESA (European Space Agency): https://www.esa.int (https://www.esa.int/)
3.
Britannica: “Natural satellite” maqolasi
4.
OpenStax Astronomy – “Moons of the Solar System” bo‘limi