Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
206
ISSN:3030-3621
NAFAS YO‘LLARI KASALLIKLARINI DAVOLASHDA ISHLATILADIGAN
ZAMONAVIY SINTETIK DORI-DARMON VOSITALARNING
KIMYOVIY TARKIBI
Maxmudova Sultonposhsha Abdullayevna
Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat
salomatligi texnikumi farmakologiya va
umumiy retseptura fani o’qituvcnisi.
Annotatsiya:
Maqolada nafas yo‘llari kasalliklari va uning kelib chiqish
sabablari, zamonaviy tibbiyotda nafas yo‘llari kasalliklarini davolash usullari, nafas
yo‘llari kasalliklarini davolashda ishlatiladigan zamonaviy sintetik dori-darmon
vositalarning kimyoviy tarkibi tahlil qilinib, ularning kimyoviy fo‘rmulalari va inson
organizmiga salbiy ta’siri haqidagi ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
Kalit so‘zlar
: nafas yo‘llari, nafas yo‘llari kasalliklari, virus, infeksiya, o‘tkir
respirator kasalliklar, shamollash, yo‘tal, gripp, havo - tomchi, endotoksin, rinit,
nazofaringit, laringit, traxeit, bronxit, ensefalitlar, meningoensefalitlar, ambroksol.
Mamalakatimizda kuz fasli kirib kelishi bilan havo harorati pasayib borishi,
havoning nisbiy namligi ortishi, ertalab kechqurunlari havo sovib, kunduzgi vaqtda iliq
bo‘lishi kuzatiladi. Bunday vaqtlarda turli kasallik tarqatuvchi virus va bakterialarni
rivojlanishiga qulay sharoit tug‘iladi. Bu viruslar inson nafas olish organlarining
faoliyatiga ta’sir etadi. Natijada sovqotish, immunitetning kuchsizlanishi nafas olish
organlarining kasallanishiga sababchi bo‘ladi. Nafas yo‘llariga burun, hiqildoq,
kekirdak, bronxlar shilliq pardalari kiradi. Shamollash-organizmning sovqotishidan
kelib chiqadigan hastalikdir. Shamollash o‘tkir respirator kasalliklarning umumiy nomi
bo‘lib, bu turkumga tumov, zotiljam, gripp kabi bir nechta virus infeksiyali kasalliklar
kiradi. Shamollash yuqumli kasallik bo‘lib, turli xil virus shtammalri orqali chaqiriladi.
Viruslar doimo rivojlanishi va o‘zgarib turishi sababli organism ularga qarshi doimiy
immunitet hosil qila olmaydi. Shuning uchun ham shamollash kishining kuch –
quvvatini va organizmning mikroblarga qarshi kurashish qobiliyatini susaytiradi.
Shamollagan kishining eti uvishadi yoki sovqotadi, aksiradi, burun achishib suv keladi,
tana xarorati ko‘tariladi, boshi og‘rib, ohas bo‘ladi, darmoni quriydi. Shamollash
sog‘lom odamga havo – tomchi orqali yuqadi. Ammo shamollash bilan grippni farqlash
kerak. Aslida gripp va shamollashning simptonlari bir qancha o‘xshash bo‘lsada, lekin
shamollash grippga nisbatan bemorda yengil kechadi va gripp bemorni o‘ta zayif qilib
qo‘yadi. Hozirgi kunda zamonaviy tibbiyotda gripp va shamollash kasallik
belgilarining namoyon bo‘lish jiddiyligini kamaytirishga qaratilgan davolash usuli –
Simptomatik terapiyadan keng foydalaniladi. Bu organizm patogenga qarshi kurashish
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
207
ISSN:3030-3621
uchun qo‘shimcha kuch beradi. Ushbu guruh vositalariga analgetik dori-darmonlar,
antipiretiklar (isitma tushiruvchi vositalar), yallig‘lanishga qarshi, mukolitik va
mukokinetik preparatlar hamda umumiy qo‘llab-quvvatlovchi dori-darmonlar kiradi.
Gripp epidemiyasi mavsumida shamollashni uy sharoitida davolash usullari aholining
deyarli yarmi tomonidan esga olinadi: ko‘pchilik tezda va iloji bo‘lsa, ko‘p harajatsiz
shifo topishni istaydi. Albatta, shamollash va grippga qarshi dorilar tanlashning eng
yaxshi usuli — shifokor bilan maslahatlashishdir. Biroq, u yoki bu sabablarga ko‘ra
buning imkoni bo‘lmasa, qanday davolanish usullari mavjudligini, gripp va uning
asoratlariga qarshi tabletkalar va kukunsimon parashoklarning qay holatda ishlatilishi
va bir-biridan qanday farq qilishi haqida bilish foydadan holi emas. Biror kasallikni
davolash yoki uning oldini olish maqsadida ishlatiladigan dorilar organizmga maxalliy
yoki umumiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Dori qo‘llangan joyning o‘zida ko‘rsatadigan
ta’sir maxalliy ta’sir xisoblanadi. Bu ta’sir dorining to‘qimaga tushgan joyida yuz
beradi. Masalan: ko‘zga tomiziladigan, og‘iz va tomoq chayqaladigan dorilar va
hokazolar. Dorilarning umumiy ta’siri dori vositalarining qonga so‘rilganidan so‘ng
boshlanadi. Masalan: lobelin, sititon, qon tomirlariga yuborilgandan so‘ng nafas
markazini qo‘zg‘atadi va nafas olish tezligi oshadi, efir nafas yo‘llari orqali ta’sir
etganda shilliq qavatlar sekin soviydi, so‘ngra sezmaydigan bo‘lib qoladi. Keyin efir
qonga so‘rilib, avval markaziy nerv sistemasini qo‘zg‘atadi, so‘ngra tinchlantiradi,
ya’ni narkoz ro‘y beradi. Umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi dorilar biror organ faoliyatini
qo‘zg‘ashi yoki susaytirishi mumkin. Nafas organlariga ta’sir ko‘rsatadigan vositalarga
yo‘talni to‘xtatadigan, balg‘am ko‘chiruvchi bronxolitik moddalar kiradi. Yo‘talga
qarshi vositalar ta’sirida yo‘talish kamayadi. Yo‘tal – murakkab reflector jarayon
bo‘lib, yuqori nafas yo‘llari, bronxlar va bronxiolalarning ta’sirlanishi tufayli yuzaga
keladi va asosan, himoya vazifasini o‘taydi, chunki yo‘tal nafas yo‘llaridagi qitqilovchi
ba’zi zarrachalarni tez chiqarib tashlaydi. Uzoq vaqt davom etadigan yo‘tal bemorni
bezovta qiladi. Bemorlar surunkali bronxit, nafas olish yo‘llarining yallig‘lanishida
ko‘proq yo‘taladilar. Hozirgi kunda zamonaviy tibbiyotda ko‘p ishlatilib kelinayotgan
sintetik dori vositalariga quyidagilarni misol qilib keltirishimiz mumkin: Solpadein-
Yo‘talni va og‘riq qoldiruvchi preparat. Qadog‘ida 12 ta bo‘ladi. Tasir qiluvchi faol
modda: Parasetamol(C8H9NO2), Kofein(C8H10N4O2). Nojo‘ya ta’siri: O‘ta yuqori
sezuvchanlikning teri reaksiyalari, shu jumladan toshma, Bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i,
uyqusizlik, qo‘zg‘aluvchanlik, xavotirlik va ta’sirchanlik, asabiylik. Kuchli yurak
urishini his qilish. Davolanish vaqtida kofein saqlovchi ichimliklar bilan qabul qilish
organizmda kofeinning dozasini oshishiga olib keladi, u o‘z navbatida kofeninning
nojo‘ya reaksiyalarini paydo bo‘lish xavfini oshirishi mumkin. Kofein(C8H10N4O2)
Ambrobene- Tabletka va sirop shaklida ishlab chiqariladi. Shamollash va grippda
qo‘llaniladi. Tasir etuvchi modda; Ambroksol(C13H18Br2N2O).
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
208
ISSN:3030-3621
Ambroksol(C13H18Br2N2O) Nojo‘ya ta’siri: Allergik reaksiyalar. Kam
hollarda – holsizlik, bosh og‘rig‘i, diareya, og‘iz bo‘shlig‘i va nafas yo‘llarini qurishi,
ekzantemalar, rinoreya, qabziyat. Yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganda –
gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish. Libeksin-shamollash va grippga faol tasir qiladi.
Faol modda: Prenoksdiazin (C23H27N3O). Nojo‘ya ta’siri: Allergik reaksiyalar. Kam
hollarda teri toshmasi, angionevrotik shish, og‘iz va tomoqni qurishi, og‘iz bo‘shlig‘i
shilliq qavatining anesteziyasi (vaqtinchalik uvishishi va sezuvchanlikni yo‘qolishi).
Nerv tizimi toliqishi. Prenoksdiazin(C23H27N3O) Bromgeksin-sintetik modda.
Shilliq tarkibidagi mukoprotein va mukopolisaxarid tolalarini depolimerizatsiyalab,
balg‘amni suyultiradi va qovushqoqligini kamaytirib, ajralishini osonlashtiradi.
Bundan tashqari, kuchsiz darajada yo‘talni kamaytiradi. Ushbu dori vositasi sirop va
tabletka xolida uchraydi shamollash va gripp kasaliklarini davolashda ishlatiladi. Tasir
etuvchi modda: Bromgeksin (C14H20Br2N2). Bromgeksin(C14H20Br2N2) ~
Nojo‘ya ta’siri: Kam, uzoq muddat qabul qilinganida ko‘ngil aynishi, qusish, dispeptik
ko‘rinish, me’da yarasi kasalligining zo‘rayishi, allergik reaksiyalar (teri toshmalari,
yuzni shishi, rinit va boshqaalar); transaminazalarning qon zardobidagi darajasini
oshishi paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda preparatni qabul qilish to‘xtatiladi.
Bundan tashqari yana bir necha dorilarni misol keltirish mumkin. Ular nafas
yo‘llarining yallig‘lanishida, balg‘am ko‘chishini yengillashtiradi, yo‘talni
yumshatadi. Bronxolitiklar deb - nafas yo‘llari, bronxlarning torayib qolishini bartaraf
etadigan, ularni kengaytiradigan, nafas olishni tiklaydigan preparatlarga aytiladi.
Bronxial astma kasalligining og‘ir yengilligiga qarab, uning xurujini bartaraf qilish
uchun bronxolitiklar beriladi. Salbutamol- bronxial astma xurujlarini bartaraf etish va
oldini olish uchun qo‘llaniladi. Aerosol ko‘rinishida chiqariladi, ingalyatsiya qilinadi.
Tasir qiluvchi modda; salbutamol. Salbutamol Eufillin- eng samarador miotrop
spazmolitik hisoblanadi. Bronxolitik ta’siridan tashqari eufillin kichik qon aylanish
doirasida bosimni tushiradi, yurak, buyrak va bosh miyada qon aylanishini yaxshilaydi.
Faol modda; Aminofillin (C16H24N10O4). Aminofillin(C16H24N10O4) Preparatini
ishlatish ancha bexatar va samaralidir. Uning 10ml 2,4% eritmasi venadan yuboriladi.
Xulosa qilib aytganda, hozirgi kunda zamonaviy tibbiyot usullari asosida nafas yo‘llari
kasalliklarini davolashni bir necha turlari bo‘lib, ularning barchasida sintetik dori
vositalari qo‘llanib kelinmoqda. Bu sintetik dorilar kimyoviy tarkibi ko‘rib
chiqilganda, ularning asosini aspirin (atsetilsolitsil kislota), prenoksdiazin, salbutamol,
eufillin, kofein, ambroksol kabi birikmalar tashkil etadi. Mazkur pereparatlar nafas
yo‘llari kasalliklarini davolash bilan bir qatorda organizmga nojo‘ya ta’sir
ko‘rsatmoqda. Shuning uchun bugungi kunda shifokorlar oldidagi eng dolzarb
muammolardan biri sintetik dori vositalarini inson organizmiga nojo‘ya ta’sirini
bartaraf etishdan iboratdir. Buning uchun nafas yo‘llari kasalliklarini davolashda
ishlatiladigan dori vositalarini kimyoviy tarkibiga ko‘ra ushbu moddalar qaysi
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
48-son_1-to’plam_Iyul -2025
209
ISSN:3030-3621
o‘simliklarda mavjudligini aniqlash va ularni ajratib olish usullarini ishlab chiqish
lozim. Biz bu muammoni hal qilishda inson organizmi uchun nojo‘ya ta’sirga ega
bo‘lmagan tabiiy davolovchi vositalar sifatida otquloq o‘simligi, pista po‘sti,
arpabodiyon va anjir o‘simliklari, sarimsoq piyozi, sholg‘om, dolchin, qizil lavlagi, oq
tol bargi va qayin novdalari, qoqio‘t, sabzi, turup kabi shifobahsh o‘simliklar va tabiiy
asaldan foydalangan xolda davolash usullarini ishlab chiqishni tavsiya etamiz.
Foydalanigan adabiyotlar:
1.
I.R.Asqarov Sirli tabobat.//Fan va texnologiyalar nashriyoti-matba uyi.-2021. 796-
798 b.
2.
A.M.Ubaydullayev Nafas organlari kasallilkalri. Toshkent “Yangi asr avlodi” 2009.
39-40 b.
3.
O‘.B.Sharopov, F.K.G‘afforova, U.I.Shodmonov “Ichki kasalliklar”, T, 2003.
4.
M.J.Allayeva,
Z.Z.Hakimov,
S.R.Ismailov,
S.Dj.Aminov,
T.B.Mustanov
Farmokologiya “Hilol media” nashriyoti. Toshkent – 2020. 234 – 256 b.
5.
S.S.Azizova “Farmakologiya” Yangi asr avlodi-Toshkent. 2006. 6. Д.А.Харкевич
Фармакология. Москва издательская группа “ГЭОТАР- Медиа” 2018. 263 стр.