Mualliflar

  • Isakova Gulibodom Uktamovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.118973

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘z: chet tili ilm-fan kommunikativ-axborot pedagogik texnlogiyalardan.

Annotasiya

 
Annotatsiya:  Maqolada  chet  tili  darslarining  o‘tilishi  jarayonida  ilg‘or 
pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot 
vositalaridan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan..  


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

181

ISSN:3030-3621

CHET TILINI O’QITISHDA ILG‘OR PEDAGOGIK

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Isakova Gulibodom Uktamovna

Andijon shahar 3-son politexnikumi

ingliz tili fani katta oʼqituvchisi.


Annotatsiya:

Maqolada chet tili darslarining o‘tilishi jarayonida ilg‘or

pedagogik texnologiyalarni, interfaol, innovatsion usullardan, kommunikativ-axborot
vositalaridan foydalanish to’g’risida ma’lumotlar keltirilgan..

Kalit so‘z:

chet

tili,

ilm-fan,

kommunikativ-axborot,

pedagogik

texnlogiyalardan.

KIRISH

Hozirgi kunda uzluksiz talim tizimidagi ta’lim yuqori o’ringa ega. Maktablarda

xorijiy tillarni o’qitish masalalari zamonaviy ilg’or texnologiyalardan foydalangan
xolda amalga oshirilmoqda. O’quvchilarga chet tili fanlarini o’qitishda ilg’or
umumevropa texnologiyalaridan foydalanish, ta’lim jarayonini zamonaviy darslik va
o’quv adabiyotlari bilan ta’minlash, o’qitishning noan’anaviy uslublarini amaliyotga
joriy etish, ayniqsa, o’quv jarayonida axborot texnologiyalari vositalaridan keng
foydalanish o’ta muhim masalalar sirasidandir.

Bizga ma’lumki, hozirgi kunda ilm-fan, texnika shiddat bilan o’sib bormoqda.

Har bir sohada taraqqiyot ilgari qadam tashlamoqda. Ayniqsa, ilm-fanda katta
o’zgarishlar, sezilarli yutuqlarga erishilmoqda. Har bir fanni yangi innovatsion
pedagogik texnlogiyalardan foydalanib o’quvchilarga yetkazib berish bugungi kundagi
ta’limning asosiy talablaridan biri hisoblanadi. Shu bilan birga chet tilini o’qitishni,
o’rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko’rish to’g’risida
ko’p ishlar amalga oshirilyapti.

Xususan,

O’zbekiston

Respublikasining

birinchi

Prezidenti

Islom

Abdug’aniyevich Karimovning 2012 yil 13 dekabrdagi PQ 1875-sonli qarori qabul
qilingandan so’ng mamlakatimizda chet tillarni o’qitishga, o’rganishga bo’lgan e’tibor
yanada kuchaydi. Yurtimizda chet tillarni o’qitilishida yangicha bosqich, yangicha
davr boshlandi. Chet tili darslarining o’tilishi jarayonida ilg’or pedagogik
texnologiyalarni,

interfaol,

innovatsion

usullardan,

kommunikativ-axborot

vositalaridan foydalanish talab qilinmoqda. Respublikamizda chet tilining o’qitilishi,
chet tili o’qituvchilarining bilim va ko’nikmalarini baholashning umumyevropa
ramkalari tavsiyanomalari (CEFR) ga mos ravishda yangi usul va talablari ishlab
chiqildi. U nga ko’ra umumta’lim maktablari va kasbiy ta’limdagi o’quvchilari uchun
darsliklar yaratildi.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

182

ISSN:3030-3621

Ushbu talablarga mos ravishda o’quv xonalari stendlar va yangi axborot

kommunikativ texnikalar bilan jihozlandi. Ta’lim texnologiyalari, bu ta’lim jarayonida
zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishdir. Shuningdek, ta’lim
jarayoniga zamonaviy innovatsion texnologiyalarini olib kirish orqali ta’lim sifati va
samaradorligini yanada oshirishni nazarda tutadi. Xususan, chet tilini o’rganishda
bunday axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanishning bir qancha
afzalliklari mavjuddir. Til o’rganish va o’qitishda zamonaviy taxnologiyaning roli
beqiyosdir. Texnologik vositalardan foydalanish chet tili o’rganishning har bir aspect
(o’qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish)ida qo’l keladi. Masalan, tinglab
tushunish uchun, albatta kompyuter, player, CD disklarsiz bu jarayonni amalga
oshirish mumkin emas. Tinglab tushunish til o’rganishning eng muhim qismlaridan
biridir. Bunda o’quvchi bir paytning o’zida so’zlovchining talaffuzi, Grammatik
qoidalarga rioya qilganligi, so’z boyligi va uning ma’nolariga e’tibor berishi talab
qilinadi.

Ta’lim jarayonida zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda o’quvchilar ham

axborot — kommunikatsion texnologiyalarni yaxshi bilish va ulardan foydalana olishi
muhim omil hisoblanadi. Chet tilini zamonaviy texnologiyalardan foydalanib o’rgatish
va o’rganish eng samador usullardan biridir. Bu jarayonda, jumladan - kompyuter,
planshetlardan foydalanganda o’quvchi chet tilidagi video roliklarni, namoyishlarni,
dialoglarni kino yoki multfilmlarni ham ko’rishi ham eshitishi mumkin — chet tilidagi
radio eshittirishlar va televideniyadagi dasturlarni eshitish va tomosha qilish mumkin.
Bu texnik vositalardan foydalanish o„quvchilarning chet tilini o„rganishlari jarayonini
qiziqarliroq va samaraliroq bo’lishini ta’minlaydi. Globallashuv jarayonida
hayotimizni internetsiz tasavvur qilish qiyin. Chet tilini o’rganish va o’qitish
jarayonida undan unumli foydalanishning eng samarali usullardan hisoblanadi. Internet
orqali chet tilida so’zlashuvchilar bilan muloqot qilish imkoniyati paydo bo’ladi.
Ta’lim jarayoniga zamonaviy-kommunikatsion texnologiyalarni olib kirish ulardan
maqsadli va to’g’ri, unumli foydalanish, ular orqali o’quvchida chet tiliga bo’lgan
qiziqishni orttirish, o’qitish samaradorligini oshirish eng muhim masala hisoblanadi.
Bu orqali ta’limning innavatsion texnologiyalaridan foydalanishga imkoniyat tug’iladi
va talab ortadi.

Bugungi kunda innavatsion ta’lim texnologiyalarining bir necha xil usullari

mavjud. U lardan darslarda mavzuni yoritishda keng va turli usullaridan foydalanilsa,
darsning samaradorligi yuqori bo’ladi va o’quvchilrning darsga bo’lgan
qiziqishlarining ortishi ham ta’minlanadi. Chet tili darslarining o’qitilishida turli rolli,
harakatli o’yinlardan foydalanish ham darsga ham til o’rganishga bo’lgan qiziqishni
ortishiga sabab bo’ladi. O’quvchilarning juft yoki kichik guruhlarda ishlashlari orqali
esa o’quvchilarning boshqalar bilan kommunikativ aloqa qilishlari uchun yordam
beradi. Chet tilini o’qitishda grafik organayzerlardan foydalanib, mavzuga oid yangi


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

183

ISSN:3030-3621

so’zlarni, grammatik qoidalarni tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Grafik
organayzerlar orqali bular berilsa, yodda saqlanib qolishi ham oson bo„ladi. Chet tilini
o’qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning ham samarasi yuqoridir.
Ta’limning barcha bo’g’inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va
asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o’rgatsin. Pedagogik
texnologiyaning asosiy mohiyati o’quvchilarni qiziqtirib o’qitish va bilimlarni to’liq
o’zlashtirishga erishishdir. Ta’limda berilayotgan bilimlarni o’quvchilarning
ko’pchilik qismi puxta o’zlashtirishi pedagogik texnologiya joriy etilishining asosiy
maqsadi hisoblanadi. Pedagogik texnologiya ta’lim-tarbiya jarayonining mavjud
qonuniyatlariga, mamlakatimiz rivojlanishining o’ziga xos xususiyatlariga, tarixiy
taraqqiyot tajribalariga asoslanadi. Pedagogik texnologiyani yaratish milliylik va
muminsoniylik tamoyillariga, insonparvarlik va demokratiya prinsiplariga, ijodkorlik
va tashabbuskorlikka tayanadi Bugungi kunda fan-tеxnikaning rivojlanishi bilan inson
faoliyati nihoyatda kеngayib, yangi tеxnologiyalar kirib kеlmoqda. Sifat o’zgarishlari
shundan dalolat bеradiki, endilikda yangi mеtodikalarni talab etadigan va ta’lim
jarayonining ajralmas qismiga aylanib borayotgan, unga o’zining ma’lum
xususiyatlarini joriy etadigan yangi tеxnikaviy, axborotli, audiovizualli, vositalar ham
mavjud bo’lib, ular zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalarni aniq voqеlikka aylantirdi.
Pеdagogik tеxnologiya mohiyat-е’tibori jihatidan boshqa tеxnologiyalar bilan bir safda
turadi, chunki ular ham boshqalari qatori o’z xususiy sohasiga, mеtodlari va
vositalariga egadir.

Suhbat metodi -

suhbat savollarini ketma-ketlikda qo’yish, yordamchi va

qo„shimcha savollarni o’z vaqtida berish, o’quvchilarni faollashtirish, o’quvchilar
javobidagi xatolarni to’g’rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi.

Hikoya metodi

– o’quv materialini jonli, obyektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish,

axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi uslubi.

Ma’ruza metodi –

o’quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish,

muammolarni qo’yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish,
umumlashtirish, o’quvchilarning diqqatini jalb qilish uslubi.

Ko‘rgazmali metodlar -

guruhiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko’rgazma,

ekran vositalari, AKTning ko’rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish
metodlari kirib, muayyan holda quyidagi ko’rgazmali vositalarni namoyish qilish,
illyustratsiya, demonstratsiya, o’quv kinofilmlari, videofilmlar, AKTning ta’limiy,
modellashtirilgan dasturlari, elektron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish,
ko’rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritishi, ketma-
ketlikda o’quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi.

Amaliy

metodlar -

guruhiga kuzatish, tajribani tashkil etish va o’tkazish, amaliy ishni bajarish

metodlari kirib, ular mos holda, obyektlarni tanib olish va aniqlash, kuzatish va
tajribalar o’tkazish, o’quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish, amaliy


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_1-to’plam_Iyul -2025

184

ISSN:3030-3621

ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat qilish,
topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o’z-o’zini nazorat qilish, amaliy ish,
kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo’ladi.

Ta‟lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o’quvchilar ma’lum bir grammatik

qoidani,masalan, modal fe’llardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so’zlarni joylashtirib
chiqishi mumkin. Chet tilini o’rganishga ehtiyoj yuqori bo’lgan bir davrda, ta’lim
jarayonida

zamonaviy

axborot

texnologiyalaridan,

innavatsion

ta’lim

texnologiyalaridan unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo’lishiga olib keladi.
Innavatsion ta’lim texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to’g’ri
va unumli foydalanilganidadir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

M. Xodjayeva, M. Qahhorova “Chet tilini o„qitish metodikasi.” Fan va texnologiya
nashriyoti” Toshkent. 2013 .

2.

“Chet tilini o„qitish metodikasi” Sh. Alimov, A. Ismoilov 131.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

M. Xodjayeva, M. Qahhorova “Chet tilini o„qitish metodikasi.” Fan va texnologiya

nashriyoti” Toshkent. 2013 .

“Chet tilini o„qitish metodikasi” Sh. Alimov, A. Ismoilov 131.