Mualliflar

  • Qahhorova Marjona Dilshodovna
  • Jabborova Gulbahor Sobirjon qizi
  • Ismatullayeva Jasmina Sherzodovna
  • Abdug’aniyev Bekzod

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.119021

Kalit so‘zlar:

Kalit so’zlar: Buddaviylik Hindiston Siddxartxa Gautama Shakyamuni Budda Tadxagata Djina Bxagavan azob-uqubat mavjud qiynoqlarning sabablari mavjud qiynoqlarni tugatish mumkin qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjud to‘g‘ri tushunish to‘g‘ri niyat qilish to‘g‘ri o‘zini tutish to‘g‘ri anglash to‘g‘ri harakat qilish to‘g‘ri hayot kechirish to‘g‘ri fikr yuritish to‘g‘ri gapirish.

Annotasiya

 
Annotatsiya: Buddaviylik — dunyodagi eng qadimiy va eng keng tarqalgan 
dinlardan  biri  bo‘lib,  miloddan  avvalgi  VI-V  asrlarda  Hindistonda  paydo  bo‘lgan. 
Uning asoschisi Siddhartha Gautama (Budda) bo‘lib, u hayotning haqiqiy ma’nosini 
anglab yetgach, odamlarni  “Nirvana” holatiga erishishga da’vat etgan. Buddaviylik 
insonning  ma’naviy  o‘sishiga,  sabr-toqat  va  bag‘rikenglikka  asoslangan  dinlardan 
biridir. U bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, 
millionlab kishilar unga e’tiqod qiladi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

282

ISSN:3030-3621

DUNYO DINLARI: BUDDAVIYLIK DINI.

Qahhorova Marjona Dilshodovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabasi

Jabborova Gulbahor Sobirjon qizi

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabasi

Ismatullayeva Jasmina Sherzodovna

Samarqand davlat tibbiyot universiteti 1-kurs talabasi

Email: marjona.qahhorova@icloud.com

Abdug’aniyev Bekzod

Samarqand davlat tibbiyot universiteti,

ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o’qituvchisi

Email: abduganievbekzod2409@gmail.com

Annotatsiya:

Buddaviylik — dunyodagi eng qadimiy va eng keng tarqalgan

dinlardan biri bo‘lib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda paydo bo‘lgan.
Uning asoschisi Siddhartha Gautama (Budda) bo‘lib, u hayotning haqiqiy ma’nosini
anglab yetgach, odamlarni “Nirvana” holatiga erishishga da’vat etgan. Buddaviylik
insonning ma’naviy o‘sishiga, sabr-toqat va bag‘rikenglikka asoslangan dinlardan
biridir. U bugungi kunda ham dunyoning ko‘plab davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib,
millionlab kishilar unga e’tiqod qiladi.

Kalit so’zlar:

Buddaviylik, Hindiston, Siddxartxa, Gautama,Shakyamuni,

Budda, Tadxagata, Djina, Bxagavan, azob-uqubat mavjud, qiynoqlarning sabablari
mavjud, qiynoqlarni tugatish mumkin, qiynoqlardan qutilish yo‘li mavjud, to‘g‘ri
tushunish, to‘g‘ri niyat qilish, to‘g‘ri o‘zini tutish, to‘g‘ri anglash, to‘g‘ri harakat,
qilish, to‘g‘ri hayot kechirish, to‘g‘ri fikr yuritish, to‘g‘ri gapirish.

Kirish

Dunyo dinlari insoniyat tamadduni va madaniyatining ajralmas qismi bo‘lib, har

bir din o‘ziga xos falsafiy, axloqiy va tarixiy jihatlarga ega. Buddaviylik esa,
dunyodagi eng qadimiy va eng keng tarqalgan dinlardan biri hisoblanib, uning ta’limoti
inson ma’naviy kamolotiga, ichki uyg‘unlik va tinchlikka asoslanadi. Miloddan
avvalgi VI-V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan Buddaviylik Siddhartha Gautama
(Budda) tomonidan asos solingan bo‘lib, u insonni hayotiy azob-uqubatlardan xalos
bo‘lish yo‘llarini izlashga undagan. Ushbu tadqiqot Buddaviylikning kelib chiqishi,
asosiy tamoyillari va bugungi kunda inson hayotiga ta’siri kabi jihatlarni o‘rganishga
qaratilgan. Buddaviylik nafaqat diniy e’tiqod tizimi, balki insonni ma’naviy kamolot
sari yetaklovchi hayot falsafasi sifatida ham qabul qilinadi. Bugungi dunyoda uning


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

283

ISSN:3030-3621

sabr-toqat, bag‘rikenglik va ichki tinchlikni targ‘ib etuvchi qadriyatlari global
miqyosda qiziqish uyg‘otmoqda.

Natija va muhokama

: Buddaviylik inson hayotining ruhiy va falsafiy

jihatlariga e’tibor qaratgan eng qadimiy dinlardan biri bo‘lib, uning ta’limoti butun
dunyoda keng tarqalgan va turli madaniyatlarda o‘z ifodasini topgan. Ushbu tadqiqot
davomida Buddaviylikning kelib chiqishi, asosiy tamoyillari, tarixiy rivojlanishi va
zamonaviy jamiyatdagi o‘rni chuqur tahlil qilindi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra,
Buddaviylikning asosiy g‘oyalari inson hayotidagi azob-uqubatlarning mavjudligi va
ularning sabablari hamda ulardan xalos bo‘lish yo‘llariga qaratilgan. Budda o‘z
ta’limotida insonni ichki xohish-istaklardan voz kechishga va ma’naviy kamolot sari
harakat qilishga chaqirgan. Bu ta’limot, ayniqsa, "To‘rt ulug‘ haqiqat" va "Sakkiz qator
yo‘l" konsepsiyalari orqali ifodalangan. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, bu tamoyillar
nafaqat diniy e’tiqod sifatida, balki hayot falsafasi sifatida ham qabul qilinib kelmoqda.

Maqolada qo‘llanilgan metodlar:

tarixiy tahlil, taqqoshlash va falsafiy-

metodik yondashuv.

Buddaviylik – jahon dinlari ichida eng qadimiysi hisoblanib, miloddan avvalgi

VI–V asrlarda Hindistonda vujudga kelgan. Bu dinga e’tiqodqiluvchilar, asosan,
Janubiy, Janubi-Sharqiy vaSharqiy Osiyo mamlakatlarida, Shri Lanka, Hindiston,
Nepal, Butan, Xitoy, Singapur, Malayziya, Indoneziya, Mongoliya, Koreya, Vetnam,
Yaponiya,Kombodja, Birma, Tailand, Laosda va qismanYevropa va Amerika
qit’alarida, Rossiyaning shimoliy mintaqalari – Buryatiya, Qalmiqistonda
istiqomatqiladilar. Hozirgi kunda dunyoda buddaviylar soni 850 mln.ga yaqin bo‘lib,
ularning 1 mln.ga yaqinini monaxlar tashkil etadi. Buddaviylikning asoschisi folklor
va badiiy adabiyotlarda Siddxartxa, Gautama, Shakyamuni,Budda, Tadxagata, Djina,
Bxagavan kabi ismlar bilan zikr etiladi. Bu ismlarning ma’nolari quyidagicha:
Siddxartxa – shaxsiy ismi, Gautama – urug‘ ismi, Shakyamuni – shaklar yoki shakiya
qabilasidanchiqqan donishmand, Budda – nurlangan, Tadxagata –shunday qilib,
shunday ketgan, Djina – g‘olib, Bxagavan – tantana qiluvchi. Bu ismlar ichida eng
mashhuri Budda bo‘lib, dinga buddaviylik nomi berilgan. Buddaviylik uchta asosiy
g‘oyaga asoslanadi:

1. Tirik mavjudotlarning azob-uqubati (Dukkha) – hayot doimiy azob va ranjdir.
2. Azobning sababi (Samudaya) – azob insonning orzu-havas va istaklariga

bog‘liq.

3. Azobdan xalos bo‘lish yo‘li (Nirodha) – istak va orzularni tark etib, ichki

tinchlikka erishish mumkin. Bu maqsadga erishish uchun “Sakkiz qator yo‘l” amal
qilinishi lozim:

• To‘g‘ri nazar
• To‘g‘ri niyat
• To‘g‘ri so‘z


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

284

ISSN:3030-3621

• To‘g‘ri harakat
• To‘g‘ri hayot tarzi
• To‘g‘ri sa’y-harakat
• To‘g‘ri tafakkur
• To‘g‘ri diqqat
Buddaviylik uch asosiy yo‘nalishga bo‘linadi:
1. Theravada – eng qadimiy buddaviylik ta’limoti, asosan Shri-Lanka, Tailand

va Birmada tarqalgan.

2. Mahayana – kengroq va xalqchil buddaviylik, Xitoy, Yaponiya va Koreyada

ommalashgan.

3. Vajrayana (Tibet buddaviyligi) – maxsus rituallar va ibodatlarga asoslangan

buddaviylik yo‘nalishi. Hozirgi kunda Buddaning beshta biografiyasi ma’lum:

«Maxavostu» – milodning II asrida yozilgan,«Lalitavistara» – milodning II–III

asrlarida yuzaga kelgan, «Buddaxacharita» – Budda faylasuflaridan biri Ashvagxoshey
tomonidan milodning I–II asrlarida yaratilgan, «Nidanakatxa» – milodning I asrida
yozilgan va «Abnixishkramansutra». Buddaviylik hisobiga ko‘ra esa, Butama –
Buddamil. av. 623- yilda tug‘ilib, 544-yilda vafot etgan. Shakya qabilasining
podshohlaridanbiri Shud- dxodananing o‘g‘li bo‘lgan. Uning saroyi Himolay tog‘lari
etagida Kapilavasti degan qishloqdabo‘lgan (hozirda Nepal hududidA.. Onasi –
malikaMayya. Podshoh o‘z o‘g‘lini orzu- havaslar og‘ushidatarbiyalab, uni hech bir
kamchiliksiz katta qiladi. Siddxartxa ulg‘ayib qo‘shni podshohlardan biriningqizi
Yashadxaraga uylanadi va o‘g‘il ko‘rib, unga Raxula deb ism qo‘yadi. Hech bir
qiyinchilik va kamchilik ko‘rmay o‘sganbola Siddxartxa bir kuni ittifiqo bir keksa chol,
birbemor hamda og‘ir mehnat qilayotgan bir rohibni uchratadi, va nihoyat, bir
kishining vafotiga guvoh bo‘ladi. Bundan qattiq ta’sirlangan shahzoda insoniyatni
qiyinchilik va azobdan qutqarish yo‘llarini axtarib saroyni tashlab ketadi. Bu vaqtda u
30 yoshda edi. U beshta rohib bilan qishloqma-qishloq kezib yuradi. Ko‘p vaqt u
rohiblarga hamrohlik qilib, ularning yo‘llarida ma’lum maqsad yo‘qligini, bu yo‘l o‘z
oldiga qo‘ygan maqsadi – insoniyatni azob-uqubatdan qutqarishga olib bormasligini
anglaydi va rohiblar jamoasidan ajraladi. U chakalakzor o‘rmonlarda kezib, charchab
birdaraxtning tagida dam olish uchun o‘tiradi va o‘zicha,to haqiqatni topmaguncha shu
yerdan turmaslikka qaror qiladi. Bu o‘tirishning 49 kuni uning qalbidan «Senhaqiqatni
topding» degan sado keladi. Shu paytdauning ko‘z oldida butun borliq namoyon
bo‘ladi. Uhamma joyda shoshilinch qayoqqadir intilishni ko‘radi. Hech bir joyda
osudalik yo‘q, hayot nihoyasiz uzoqlikni ko‘zlab o‘tib ketayotgan edi. Inson aqli
yetmas bir kuch. Trishna – yashash, mavjud bo‘lish umidi barchani tinchini buzar,
halok qilar va yana qayta yaratar edi. Shunda Budda kimga qarshi kurashish kerakligini
angladi. Shu ondan u Budda nurlangan deb ataldi. U tagida o‘tirgan daraxt esa–
nurlangan daraxt deb atala boshladi. Budda Varanasi yaqinidagi Rishipatana


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

285

ISSN:3030-3621

bog‘ida,o‘zining besh rohib do‘stlariga birinchi da’vatini qildi va o‘shalar uning
birinchi shogirdlari bo‘ldilar. Shu kundan boshlab Budda o‘z shogirdlari
bilanqishloqma- qishloq yurib o‘z ta’limotini tarqatib,o‘ziga yangi izdoshlar orttiradi.
Budda 40 yil davomida o‘z ta’limotini Hindistonning turli joylariga yetkazadi va 80
yoshida Kushtnagara degan joyda dunyodan o‘tadi. Uning jasadi, hind udumiga ko‘ra,
kuydirilib, xoki 8 ta budda jamoalariga bo’lib yuborildi va har bir jamoa uni dafn etgan
joyida ibodatxona barpo etdi. Buddaning hayoti haqida turli afsonalar ham mavjud.
Bu afsonalarda aytilishicha, Budda ko‘p yillar davomida yer yuzidagi turli qiyofada
qayta tug‘ilgan: 84 marta ruhoniy, 58 marta podshoh, 24 marta rohib,13 marta
savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq,8 marta g‘oz, 6 marta fil, shuningdek,
baliq, qurbaqa, kalamush, quyon kabi. Jami 550 marta qayta tug‘ilgan.U doimo
qayerda, qay qiyofada tug‘ilishini o‘ziga o‘zi belgilagan. So‘nggi marta uni xudolar
insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar. Bu
afsonalarning ba’zilariga ko‘ra, yer yuzida Gautamaga qadar 6 ta budda o‘tgan.
Shuning uchun buddaviylikning ba’zi muqaddas joylarida 7 taibodatxona barpo
etilgan. 7 ta Botxa daraxti o‘tkazilgan. Ba’zi afsonalar 24 ta Budda avlodi o‘tgan,
ba’zilari minglab Buddalar o‘tgan deb da’vo qiladi. Buddaviylik qadimiy hind diniy-
falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan, amaliyot va nazariyotdan iborat diniy
tizim sanaladi. Budda yangi diniy qonun-qoidalar, rasm-rusumlar ishlab chiqmagan,
balki har bir inson tug‘ilish va o’lim mashaqqatlaridan qutilishi uchun amal qilishi
lozim bo‘lgan bir necha ko‘rsatmalarni ishlab chiqdi, xolos.Uning ta’limoti insonning
xayolida, ishlarida va o’zini tutishida ezgulik g‘oyasini ilgari suradi. U vedalardagi
gunohsizlik ta’limotini inkor qildi, hayvonlarni qonli suratda qurbonlik qilishni
qoraladi, varna (kasta tizimini va undagi ruhoniylarning boshqalardan ustunligini inkor
qildi). Budda oliy yaratuvchi kuchning borligiga shubhava ishonchsizlik bildirgan.
Uning fikricha, insonning shaxsiy kamoloti va ezgu hayot kechirishidir. Budda
ta’limotining asosi «hayot – bu azob,uqubatdir» va «najot yo‘li mavjud» degan
g‘oyadir. Buddaviylik qonuniyatlariga ko‘ra inson o‘ziga moslashgan mavjudot bo‘lib,
o‘zida tug‘iladi, o‘zini o‘zi halok qiladi yoki qutqaradi. Bu narsa Buddaning
ilkda’vatida mujassamlashgan 4 haqiqatda o‘z ifodasini topgan. Birinchi haqiqat –
«Azob-uqubat mavjuddir». Unihar bir tirik jon boshidan kechiradi, shuning uchun
harqanday hayot – qiynoq, azob-uqubatdan iborat. Tug‘ilish, kasallik, o‘lim, yomon
narsaga duch kelish, yaxshi narsadan ayrilish, yomon narsadan ayrilish, o‘zi xohlagan
narsaga ega bo‘lmaslikbarchasi qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonunibir-biriga
bog‘liqlik bo‘lib, hech bir narsa ma’lum sababsiz yaralmaydi. Har bir hodisa yoki
harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuninguchun buddaviylik
dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Ikkinchi haqiqat – «qiynoqlarning
sabablari mavjud». Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib,
ularni haqiqiy va doimiydeb hisoblaydi hamda doimo ularga ega bo‘lishga intiladi. Bu


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

286

ISSN:3030-3621

intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tuzilgan
hayotdaryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayotuchun karma hozirlaydi.
Demak, qayta tug‘ilish,yangitdan qiynoqlarga duchor bo‘lish davom etadi.
Buddaviylar fikricha, Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.
Uchinchi haqiqat – «qiynoqlarni tugatish mumkin». Yaxshi yoki yomon niyatlar,
intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to‘g‘ri keladi. Bu holatda inson qayta
tug‘ilishdan

to‘xtaydi.

Nirvanaholati,

buddaviylar

fikricha,

«hayot

g‘ildiragidan»tashqariga chiqish, «men» degan fikrdan ajralib,insonning hissiy
tuyg‘ularini to‘la tugatishdir. To‘rtinchi haqiqat – «qiynoqlardan qutilish
yo‘limavjud». Bu yo‘l – «Sakkizta narsaga amal qilish,to‘g‘ri tushunish, to‘g‘ri harakat
qilish, to‘g‘ri muomalada bo‘lish, fikrni to‘g‘ri jamlash». Buddaviylik ta'limoti bir
qator devon shakliga keltirilgan to'plamlarda bayon qilingan. Ulardan eng asosiysi
Tripitaka– uch savat ma’nosini anglatadi. U uch qismdan iborat bo‘lganligi uchun
shunday nom bilan atalgan. Buddaviylikning buyozma manbasi hozirgi davrda Shri-
Lankada saqlanib qolgan Keyinchalik shakllangan sanskrit, xitoy, tibet, kxmer va
yapontillaridagi buddaviylikka oid adabiyotlar ancha kengtarqalgan, ammo ularning
tarixiy qiymati kamroq. Budda hayotiga tegishli rivoyatlarning barchasi Tripitakada
jamlangan. O‘rta Osiyoda islom dinining kirib kelguniga qadar(VII– VIII asr) qadimiy
mahalliy dinlar qatori buddaviylikning keng yoyilganligini kuzatish mumkin. Mil. av.
I asr va milodning IV asrlari oralig‘idaKushon imperiyasi buddaviylikning Maxayana
yo‘nalishini davlat dini deb e’lon qildi. Bungacha buddaviylik Hindistonda uzoq
tarixga ega bo‘lsa ham, u yerda asosiy yo‘nalish bo‘lgan Xinayana bunday mavqega
erishmagan edi. Kanishka, Vima, Kadfiz vaulardan keyingi kushon imperatorlari
buddaviyliknikeng yoydilar. Ular bu din an’analarini amaldarivojlantirish, boshqa
xalqlar o‘rtasida tarqatish uchunBalx, Marv, Termiz, Samarqand, Buxoro,
Shosh,Turkiston, Quva, Koson, O‘sh, Bolasog‘un, Koshg‘arva boshqa shaharlarda
buddaviylik takyagohlari va xonaqohlari, ibodatxonalarini qurib, buddaviylikning
muqaddas kitoblari, sutra va pastrilarni o‘rganish,tarjima qilish va sharhlash uchun
sharoit yaratibberdilar. Hozirda mamlakatimizdagi Qoratepa, Fayoztepa,Sayram, Quva
va boshqa joylarda topilayotgan buddahay kalchalari yoki ularning parchalari,
Ayritomdagi hayvon peshtoqi parchasidagi budda musiqachilarining tasviri va boshqa
ashyoviy osori atiqalar, saroy va ibodatxonalar O‘rta Osiyodagi buddaviylik haqida
xabar beruvchi manbalardir. Bu dinga tegishli yozma manbalar qadimgi turkiy
yozuvda, uyg‘ur bitiklaridava boshqa yozuvlarda saqlanib qolgan. Miloddan avvalgi
III–I

asrlarda

buddaviylik

Hindiston

hududidan

chiqib

janubi-sharqiy

yo‘nalishbo‘yicha Xinayana ta’limoti shaklida yoyilgan. Buning sababi bir necha
asrlar mobaynida ShimoliyHindiston, O‘rta va Markaziy Osiyo hududlarining yagona
Kushon saltanati bayrog‘i ostida birlashtirilishi bo‘ldi. Aynan Markaziy Osiyo orqali
buddaviylikUzoq Sharqqa kirib ikkinchi hayotini boshladi. O‘rta Osiyoda


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

287

ISSN:3030-3621

buddaviylikka tegishli juda ko‘plabtarixiy obidalar topilgan. Ular orasida
Fayoztepadantopilgan bu dinga tegishli kompleks eng yirigihisoblanadi. U yerdan
chiqqan diniy bitiklar, haykallarbilan birga topilgan ibodatxonaning hududi anchakatta
joyni egallagan. Eski Termizdan topilgan Qoratepa buddaviy kompleksi I asri Kushon
saltanatining gullagan davriga to‘g‘ri keladi. Qoratepadagi har bir inshoot yer ustki va
g‘or ichida joylashgan –ibodatxona, saroy, bir xizmatchi – monax uchun
moslashtirilgan hujradan iborat. Dalvarzintepa kompleksi 1967–1968-yillarda
qazibochilgan bo‘lib, Termiz yaqinidagi Surxon vohasiningo‘rta qismida joylashib G.
Pugachenkova va B.Turgunov boshchiligidagi olimlar tomonidan ochildi.
Dalvarzintepada topilgan buddaviylik kompleksibu din ta’limoti Kushon saltanatining
shimoliy viloyatlarida milodning I asrida yoyilganligini ko‘rsatadi. Janubiy
O‘zbekistonda joylashgan Baqtriya– Toxaristonning shimoliy qismida 1960-
yillarningyarmidan 1980-yillargacha buddaviy inshootlarning yettitasi aniqlanib
o‘rganildi. Budda- viylikning tarqalishida O‘rta Osiyoning g‘arbidagi Parfiya,
Baqtriya, Sug‘d kabi viloyatlari muhim ahamiyat kasb etganligi Xitoy yozma
manbalarida ta’kidlanadi. Buddaviylikning asosiy yo‘nalishlaridan biri Xinayana
yo‘nalishidir. Xinayana «kichik g‘ildirak»ma’nosini anglatib, u rasmiy diniy yo‘nalish
sifatida mil. av. I asrlarda shakllangan. Biroq uning asosiy qoidalari ancha avval, shu
jumladan, Tripitakada bayon qilingan. Xinayana ta’kidlashicha, dxarmalar tabiatini
o‘rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo‘l bilanbo‘ladi. Bu yo‘l juda og‘ir va faqat
monaxlargina vana holatiga yetishi mumkin. Keyinchalik Xinayanada juda ham
murakkab va dabdabaliibodatlar (masalan, «Budda tishiga sig‘inish»),buddaviylikning
muqaddas

joylariga

ommaviyziyoratlar

joriy

qilingan.

Bu

yo‘nalish

sharqiyHindistonda, Shri-Lanka, hindi-xitoy davlat- larida tarqalgan.

Xulosa:

Buddaviylik – insonning ma’naviy kamoloti va ichki tinchlikka erishishiga

yo‘naltirilgan qadimiy dinlardan biridir. U hayotning o‘tkinchiligi va azob-
uqubatlarning mavjudligini tan oladi hamda insonni ruhiy ozodlik va Nirvanaga
erishishga undaydi.Buddaviylik ta’limotiga ko‘ra, azoblarning sababi insonning
xohish-istaklari bo‘lib, ulardan voz kechish orqali haqiqiy baxtga erishish mumkin.
Buning uchun inson Sakkiz qator yo‘l bo‘ylab yurishi lozim: to‘g‘ri fikrlash, to‘g‘ri
so‘zlash, to‘g‘ri hayot kechirish va boshqa ma’naviy tamoyillarga rioya qilish.Bugungi
kunda buddaviylik dunyoning ko‘plab davlatlarida keng tarqalgan bo‘lib, u faqatgina
diniy e’tiqod emas, balki hayot falsafasi sifatida ham qabul qilinadi. Uning sabr-toqat,
bag‘rikenglik va tinchlikni targ‘ib etuvchi qadriyatlari millionlab odamlar tomonidan
e’tirof etilgan va kundalik hayotda qo‘llanilmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik – Toshkent, «Navо»
nashriyoti, 2019.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

48-son_2-to’plam_Iyul -2025

288

ISSN:3030-3621

2.

Tulemetova G.T., Hasanboyev O‘.M. Dinshunoslik, darslik – Toshkent, 2020.

3.

Tulemetova G.T., Hasanboyev U.M. Religovedenie, o‘quv qo‘llanma – Toshkent,
2021.

4.

Muratov D., Alimova M., Karimov J., Najmiddinov J., Jo‘rayev Sh. Dinshunoslik,
o‘quv qo‘llanma – Toshkent, «Complex Print» nashriyoti, 2019.

5.

Dinshunoslik ma’ruzalar matni / Yo‘ldoshxo‘jayev X.T. – ToshDSHI nashriyoti,
2000.

6.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, o‘quv
qo‘llanma / K.A. Shermuhamedov – Toshkent, 2018.

7.

Dinshunoslik: ma’lumotnoma / Toshkent – «Mehnat» nashriyoti, 2004.

8.

Islom va aqidaparast oqimlar, o‘quv qo‘llanma / A. Tulenov, Toshkent: Sharq,
2013.

9.

Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik (100 savolga 100 javob) – Toshkent Islom
Universiteti, 2013.

10.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari,
o‘quv qo‘llanma / Toshkent Islom Universiteti, 2013.

11.

Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik / Utamurodov S., Toshkent –
O‘zbekiston, 2013.

12.

Halokat tuzog‘i (soxta salafiylarning kirlikdorlari) / Meliquziyev J., «Toshkent
Islom Universiteti», 2013.

13.

Missionerlik mohiyati, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish turlari / Ochilidyev A.,
Toshkent, 2009.

14.

Bag‘rikenglik dinlarning ma’rifiy asosi / Sirojiddinov Sh., Toshkent, 2010.

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar:

Muratov D., Alimova M., Karimov J. Dinshunoslik, darslik – Toshkent, «Navо»

nashriyoti, 2019.

Tulemetova G.T., Hasanboyev O‘.M. Dinshunoslik, darslik – Toshkent, 2020.

Tulemetova G.T., Hasanboyev U.M. Religovedenie, o‘quv qo‘llanma – Toshkent,

Muratov D., Alimova M., Karimov J., Najmiddinov J., Jo‘rayev Sh. Dinshunoslik,

o‘quv qo‘llanma – Toshkent, «Complex Print» nashriyoti, 2019.

Dinshunoslik ma’ruzalar matni / Yo‘ldoshxo‘jayev X.T. – ToshDSHI nashriyoti,

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari, o‘quv

qo‘llanma / K.A. Shermuhamedov – Toshkent, 2018.

Dinshunoslik: ma’lumotnoma / Toshkent – «Mehnat» nashriyoti, 2004.

Islom va aqidaparast oqimlar, o‘quv qo‘llanma / A. Tulenov, Toshkent: Sharq,

Diniy bag‘rikenglik va mutaassiblik (100 savolga 100 javob) – Toshkent Islom

Universiteti, 2013.

Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning ma’naviy-ma’rifiy asoslari,

o‘quv qo‘llanma / Toshkent Islom Universiteti, 2013.

Globallashuv va milliy ma’naviy xavfsizlik / Utamurodov S., Toshkent –

O‘zbekiston, 2013.

Halokat tuzog‘i (soxta salafiylarning kirlikdorlari) / Meliquziyev J., «Toshkent

Islom Universiteti», 2013.

Missionerlik mohiyati, maqsadlar, oqibatlar va oldini olish turlari / Ochilidyev A.,

Toshkent, 2009.

Bag‘rikenglik dinlarning ma’rifiy asosi / Sirojiddinov Sh., Toshkent, 2010.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари

Fotima Sharipovna NAZAROVA, Jabborova Gulbahor Sobirjon qizi, Qahhorova Marjona Dilshodovna, Ismatullayeva Jasmina Sherzodovna, ODAM EMBRIOGENEZI. JINSIY HUJAYRALAR , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 48 № 2 (2025)

Fotima Sharipovna NAZAROVA, Qahhorova Marjona Dilshodovna, Jabborova Gulbahor Sobirjon qizi, Ismatullayeva Jasmina Sherzodovna, DAUN SINDROMI KELIB CHIQISHINING GENETIK SABABLARI. , Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi : Jild 48 № 2 (2025)