Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
162
ISSN:3030-3621
O’QUVCHILARDA MAKTAB PSIXOLOGI TOMONIDAN MUSTAQIL
KASB-HUNAR TANLASHNI SHAKLLANTIRISH
Qodirov Nilufar Abdusattor qizi
Namangan davlat universiteti doktoranti
E-mail:
Annotatsiya:
“Kasb tanlash”, “Mustaqil fikrlash”, “Ongli ravishda mustaqil
kasb-hunar tanlashga tayyorlash” tushunchalarini pedagogik-psixologik tavsiflarini
boyitish va oʼquvchilarni ongli ravishda mustaqil kasb-hunar tanlashga yoʼnaltirilgan
pedagogik jarayon modelini takomillashtirish. Ilgʼor xorijiy va tarixiy tajribalar
asosida oʼquvchilarda kasb-hunar tanlashga oid mustaqil fikrlashni shakllantirish
jarayonining mazmuni, shakllari, vositalari, usul va metodlarini tanlash.
Kalit so’zlar:
Tafakkur, mustaqil fikrlash, ta’lim-tarbiya, tashkilotchilik
qobilyati, bilim, ko’nikma malaka, shaxs, qiziqish, mayl, kasb.
ФОРМИРОВАНИЕ САМОСТОЯТЕЛЬНОГО ВЫБОРА ПРОФЕССИИ У
УЧАЩИХСЯ ШКОЛЬНЫМ ПСИХОЛОГОМ
Кадирова Нилуфарь Абдусаттор қизи
докторант Наманганского государственного университета
Аннотация:
Обогатить педагогико-психологическую характеристику
понятий «Выбор профессии», «Самостоятельное мышление», «Подготовка к
осознанному самостоятельному выбору профессии» и усовершенствовать
модель педагогического процесса, направленного на осознанный выбор
профессии учащимися. Выбрать содержание, формы, средства, методы и
приемы формирования самостоятельного мышления учащихся в отношении
выбора профессии с учетом передового зарубежного и исторического опыта.
Ключевые слова:
Мышление, самостоятельное мышление, образование,
организаторские способности, знания, умения, личность, интерес, склонность,
профессия.
FORMATION OF INDEPENDENT CAREER CHOICE IN STUDENTS BY A
SCHOOL PSYCHOLOGIST
Kadirova Nilufar Abdusattor qizi
PhD student at Namangan State University
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
163
ISSN:3030-3621
Annotation:
Enrich the pedagogical and psychological characteristics of the
concepts of "Choice of profession", "Independent thinking", "Preparation for
conscious independent choice of profession" and improve the model of the pedagogical
process aimed at consciously choosing a profession by students. Select the content,
forms, means, methods and techniques of the process of forming independent thinking
in students regarding the choice of profession based on advanced foreign and
historical experience.
Key words:
Thinking, independent thinking, education, organizational skills,
knowledge, skills, personality, interest, inclination, profession.
Kirish
Umumiy oʼrta taʼlim tizimi oʼquvchi shaxsini shakllantirish va uning kasb-hunar
tanlashida muhim davr hisoblanadi. Shu maʼnoda aytish joizki, “Umumiy oʼrta taʼlim
bilimlarning zarur hajmini beradi, mustaqil fikrlash, tashkilotchilik qobiliyati va
amaliy tajriba koʼnikma va malakalarini rivojlantiradi, dastlabki tarzda kasbga
yoʼnaltirishga va taʼlimning navbatdagi bosqichini tanlashga yordam beradi”
Kasbni toʼgʼri tanlash inson hayotida muhim qadam boʼlib, yosh avlodning
butun umridagi muvaffaqiyati koʼp jihatdan kasbning qanchalik toʼgʼri tanlanishiga
bogʼliq.
“Kim boʼlsam ekan?” degan savol har bir oʼquvchi uchun asosiy muammolardan
biridir. Odamning shundan keyingi butun hayoti ana shu muammoni hal qilishga
bogʼliq. Kasbni toʼgʼri tanlash mehnatda va ijtimoiy faoliyatda yuksak koʼrsatkichlarga
erishishga yordam beradi, mehnat jarayoni va uning natijalaridan qoniqish ijodkorlikni
koʼp jihatdan namoyon etish, yaxshi hissiy kayfiyatda boʼlish, tanho bir kishining ham,
umuman jamiyatning ham barcha hayotiy rejalarini birmuncha toʼla amalga oshirish
imkonini beradi. Olib borilgan izlanish va tajribalar shuni koʼrsatadaki, oʼquvchining
kasb tanlash jarayoniga bir qator tashqi omillar kuchli taʼsir oʼtkazmoqda. Ushbu
holatlar oʼquvchida kasbiy tafakkurning shakllanmaganligi bilan izohlanadi.
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs
mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash huquqiga ega”,
deb belgilab qoʼyildi
“Taʼlim toʼgʼrisida”gi qonunda taʼlim sohasidagi davlat siyosatining asosiy
printsiplari sifatida umumiy oʼrta, shuningdek, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining
majburiyligi hamda oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi yoʼnalishini: akademik
litsey(АL)da yoki kasb-hunar kolleji(KHK)da oʼqishni tanlashning ixtiyoriyligi
koʼrsatib oʼtilgan.
Ushbu qonun bilan bir vaqtda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga,
ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda moʼljalni
toʼgʼri ola bilish mahoratiga ega boʼlgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
164
ISSN:3030-3621
etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yoʼnaltirilgan Kadrlar
tayyorlash Milliy dasturi qabul qilindi. Bugungi kunda maktab oʼquvchilarini kasb-
hunarga yoʼnaltirishda “Oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish va psixologik-
pedagogik Respublika tashxis Markazi” asosiy organ hisoblanadi. Markaz Oʼzbekiston
Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi oʼquvchi-yoshlarni
kasb-hunarga yoʼnaltirish xizmatiga rahbarlik qiluvchi organ hisoblanadi va
Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida koʼzda tutilgan jamiyat
ehtiyoji va mehnat bozori talablari asosida ularning oʼz qiziqishlari, qobiliyatlari va
sogʼliqlariga mos boʼlgan kasb-hunarlarni tanlashlariga koʼmaklashadi.
Barcha bosqichdagi oʼquvchilarni kasb-hunarga yoʼnaltirish va psixologik-
pedagogik hududiy tashxis markazlari va taʼlim muassasalaridagi kasb-hunarga
yoʼnaltirish vazifasi yuklatilgan mutaxassislarning malakasini oshirish boʼyicha chora-
tadbirlar ishlab chiqish; umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilarining hayotiy va
kasbiy oʼzligini anglash borasidagi ustuvor dasturlar va muammolar bilan ishlash.
Biroq tahlillar shuni koʼrsatadiki, bu borada bajarilayotgan ishlar asosan
psixologik yoʼnalishda boʼlib, oʼquvchining kasb-korga nisbatan layoqati,
qiziqishlarini baholashdan iborat boʼlib qolmoqda. Bizning nazarimizda, oʼquvchida
kasbiy dunyoqarash va tafakkurni shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari va shart-
sharoitlarini ishlab chiqish hamda uni amaliyotga tatbiq qilish va shundan keyingina
uni baholash bugungi kundagi muhim zaruriyatdir.
Sezgi va idroklarga, xotira va tasavvurlarga nisbatan tafakkur odamlarning bilish
va amaliy faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Inson fikr qilish faoliyati jarayonida oʼz
idroki, tasavvuri va fikrlarining toʼgʼriligi, aniqligi va haqiqiyligini, bularning
voqelikka muvofiqmi yoki muvofiq emasligini belgilab oladi.
Voqelik tafakkurda idrok va tasavvurlardagiga qaraganda chuqurroq va toʼlaroq
aks etadi. Inson sezgi, idrok va tasavvur vositasi bilan bilib olishi mumkin boʼlmagan
narsa yoki hodisalarni, bu narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʼlanish
va munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib oladi.
Tafakkur qilish voqea va hodisalarni oldindan koʼrish imkonini beradi va bu
jarayon oʼz oldimizga maqsadlar qoʼyishimizga va shu maqsadlarga muvofiq harakat
qilishimizga imkon beradi. Oldindan koʼrish va atrof-olamdagi buyumlarning
xossalarini bilish tufayli insoniyatning hozirgi tajribasi vujudga kelgan, bu esa xilma-
xil mehnat bilan shugʼullanish imkoniyatini ochib bermoqda.
Tushuncha narsalar toʼgʼrisida – ularning xususiyatlari, holatlari, bogʼlanishlari
va munosabatlari toʼgʼrisida bir-biri bilan bogʼlangan hukmlardan hosil boʼladi. Biron
narsa toʼgʼrisida tushuncha hosil qilish — shu narsa toʼgʼrisida bir qancha hukmlar
yuritish demakdir. Tushuncha – narsa va hodisalarning umumiy va muhim belgilarini
aks ettiruvchi fikrdir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
165
ISSN:3030-3621
Tasavvur – arabcha soʼzdan olingan boʼlib, oʼylash, xayol qilish, koʼz oldiga keltirish
kabi maʼnolarni anglatadi.
1.
Narsa, hodisa va shu kabilar haqida kishi ongi-xayolidagi maʼlumot, bilim,
tushuncha
2.
Shunday maʼlumot, tushuncha, bilim shakllanishining manbai sifatidagi ong,
xayol.
Tasavvur qilmoq (yoki etmoq):
1) xayolda tiklamoq, gavdalantirmoq
2) idrok qilmoq
3) fls.psxl. idrok qilingan, his etilgan narsa yoki xodisaning kishi ongida aks etishi,
gavdalanishi.
Taʼlim jarayoni natijasida asta-sekin esa tafakkur konkret tafakkurdan mantiqiy
- abstrakt tafakkur darajasiga koʼtariladi. Bunga barcha fanlar, ayniqsa, ona tili,
matematika, odobnoma, milliy gʼoya: asosiy tushuncha va tamoyillar, fizika, tarix kabi
fanlar kuchli taʼsir koʼrsatadi. Yuqori sinflarga kelib, oʼquvchilar shu fanlarga doir
asosiy tushunchalarni oʼrganib oladilar va oʼzlarining fikrlash faoliyatlarida shu
tushunchalarga tayanadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
“Umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o’quvchilarini kasb- hunarga
tayyorlash chora-tadbirlari to’g’risida” (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2022 yil 2 avgustdagi 425-sonli
. Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 03.08.2022 y., 09/22/425/0712-son)
2.
Qodirov B.R., Qodirov K.B. Kasbiy tashxis metodikalari to’plami. Amaliyotchi
psixologlar uchun metodik qo’llanma.T.2003 yil.
3.
Minlishev R.Z. Formatuon of professional competence of students of technical
universities through interdisciplinary integration. University Press Journals.
November 21, 2019.422-424.
4.
Abdullayeva R.M. REQUIREMENTS FOR CHOOSING A PROFESSION.
5.
International Journal of Early Childhood Special Education (INT-
JECSE)
6.
DOI:10.9756/INTJECSE/V14I6.269 ISSN:1308-5581 Vol 14,Issue 06 2022. 2150-
2153.