Jild 49 № 1 (2025)
Maqolalar
TALABALARNI INDIVIDUAL TA'LIM TRAEKTORIYASINI ISHLAB CHIQILISHINING PEDAGOGIK ASOSLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada talabalarni individual ta'lim traektoriyasini
yaratishning pedagogik asoslari, uning ahamiyati va samaradorligi o‘rganilgan.
Individual ta'lim traektoriyasi (ITT) – bu talabalarni ta'lim jarayonida o‘z shaxsiy
ehtiyojlari, qobiliyatlari va qiziqishlariga asoslangan holda, ularning o‘z o‘quv
maqsadlariga erishishini ta'minlaydigan individual yo‘nalishdir. Maqolada ITT ni
yaratishdagi pedagogik yondashuvlar, metodlar va strategiyalarni aniqlashga
qaratilgan ilmiy izlanishlar hamda ularning ta'lim tizimidagi o‘rni ko‘rib chiqiladi.
Ta'lim jarayonida talabalarning individual xususiyatlarini hisobga olishning muhimligi
ta'kidlanadi va bunday yondashuvlarning talabaning intellektual, emosional va ijtimoiy
rivojlanishiga ijobiy ta'siri ko‘rsatiladi.

SHIFOXONALARDA DORI VOSITALARINING SARFI VA MOLIYAVIY HISOBOTLAR UYG‘UNLIGI
Annotatsiya: Ushbu maqolada shifoxona tizimida dori vositalarining sarfi bilan
moliyaviy hisob-kitoblarning uzviy bog‘liqligi tahlil qilinadi. Dori vositalarining
to‘g‘ri va iqtisodiy asoslangan sarfi nafaqat tibbiy xizmatning sifatini oshiradi, balki
moliyaviy barqarorlikni ham ta’minlaydi. Maqolada dori harakati, real xarajatlar,
hisob-kitoblar aniqligi va buxgalteriya bilan farmatsevtika bo‘limi o‘rtasidagi
integratsiyalashgan ish yurituv uslublari yoritiladi. Zamonaviy dasturiy ta’minotlar
asosida ishlash va avtomatlashtirish orqali qanday qilib dori vositalarining isrofi va
moliyaviy noaniqliklarning oldini olish mumkinligi muhokama qilinadi.
TURAR JOYLARNING KLASSIFIKATSIYASI. TURAR JOYLARNING LOYIHALASHDA TA’SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR. XONADON TARKIBI VA UNING ELEMENTLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada turar joylarning turlari, tasnifi, estetik
xususiyatlari hamda ularni loyihalashda muhim rol o‘ynovchi omillar yoritilgan.
Shuningdek, shaharsozlik va tabiiy iqlimiy sharoitlarning ahamiyati, qurilish
materiallari, muhandislik tizimlari va iqtisodiy talablar asosida loyihalash
yondashuvlari ko‘rib chiqilgan. Maqolaning yakuniy qismida xonadon tarkibi va uning
elementlariga to‘xtalinadi.
QAHRAMON RUHIYATINI YORITISHDA KONFILIKTNING OʻRNI
Annotatsiya: Ushbu maqolada badiiy asarlarda qahramon ruhiyatini yoritishda
konflikt (ziddiyat) usulining o‘rni tahlil qilinadi. Konflikt — bu adabiy obrazning ichki
va tashqi qarama-qarshiliklarini ochib beruvchi asosiy vositalardan biridir. Ichki
ziddiyatlar orqali qahramonning ruhiy kechinmalari, qarorlar qabul qilishdagi
ikkilanishlari, iztiroblari ifodalanadi. Tashqi ziddiyat esa qahramonning muhit, jamiyat
yoki boshqa obrazlar bilan bo‘lgan to‘qnashuvini ko‘rsatib, uning xarakteridagi
o‘zgarishlarga turtki beradi. Maqolada zamonaviy o‘zbek adabiyotidagi ayrim asarlar
misolida konfliktning estetik va psixologik funksiyalari tahlil qilinadi.
PHOTOVOLTAIC POWER PLANTS WITH TRACKER SYSTEMS
Abstract: This article provides a detailed overview of the operating principle,
advantages, disadvantages, and application areas of photovoltaic power plants with
tracker systems. Photovoltaic technology and tracker systems are examined separately,
highlighting their role and efficiency in the energy sector. Tracker-based photovoltaic
power plants represent a modern technology designed to utilize solar energy more
efficiently. These systems automatically adjust the position of solar panels in
accordance with the movement of the sun, thereby optimizing the energy production
process. There are single-axis and dual-axis tracker systems, both of which aim to
increase electricity generation by maximizing solar radiation capture.
YASHIL BYUDJETLASHTIRISH VA DAVLAT XARAJATLARI TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yashil byudjetlashtirish konsepsiyasining
nazariy asoslari, xalqaro amaliyotdagi joriy etish mexanizmlari hamda davlat
xarajatlari orqali ekologik barqarorlikka erishish yo‘llari tahlil qilingan. Muallif yashil
byudjetni iqtisodiy rivojlanish va ekologik siyosat o‘rtasida bog‘lovchi strategik vosita
sifatida ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston tajribasi va istiqbollari asosida muammolar hamda
takliflar ilgari suriladi.
GIPERURIKEMIYALI YURAK KASALLIKLARI FONIDA BUYRAK YETISHMOVCHILIGINI DORI ALMASHINUVI ORQALI BOSHQARISH: FEBUKSOSTAT VA TOPIROKSOSTAT TAQQOSIY TAHLILI
ANNOTATSIYA: Giperurikemiya surunkali buyrak yetishmovchiligi
rivojlanishida muhim xavf omillaridan biri bo‘lib, uning kechishini og‘irlashtiradi.
Ushbu subanalitik TROFEO surunkali buyrak yetishmovchiligini tekshirish
tadqiqotida yurak-qon tomir jarrohlik amaliyoti o‘tkazgan giperuremik bemorlar
orasidan hisoblangan buyrak filtrlash tezligi 60 ml/min/1.73 m² dan past bo‘lgan
bemorlar ajratilib, ksantin oksidaza fermentini bloklovchi ikki dori – febuksostat va
topiroksostat – ta’siri solishtirildi. 42 nafar bemor febuksostat, 39 nafar bemor esa
topiroksostat bilan davolangan. Tadqiqotning asosiy ko‘rsatkichi sifatida qon
zardobidagi siydik kislotasi darajasi baholangan bo‘lib, febuksostat uni klinik jihatdan
muhim bo‘lgan 6,0 mg/dL darajadan oshirmasdan ushlab turgan. Ikkinchi darajadagi
ko‘rsatkichlar — kreatinin, buyrak filtrlash tezligi, sistatin-C va oksidlangan
lipoproteinlar — febuksostat foydasiga ijobiy o‘zgarishlarni namoyon etdi. Urin
albumin va lipid profili parametrlarida esa sezilarli farqlar aniqlanmadi. Ushbu
natijalar asosida febuksostat surunkali buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda
siydik kislotasi almashinuvini barqaror nazorat qilishda va buyrak faoliyatini saqlab
qolishda ustun terapevtik vosita sifatida baholanadi.
O‘ZBEKISTON HUDUDIDA SAKLAR MADANIYATINING SHAKLLANISHI VA ARXEOLOGIK MANBALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada O‘zbekiston hududida qadimgi davrlarda
yashagan sak qabilalarining moddiy va nomoddiy madaniyati har tomonlama tahlil
etiladi. Saklar miloddan avvalgi I ming yillikning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda
shakllangan va o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy taraqqiyotida muhim
o‘rin egallagan etnoslardan biri sanaladi. Tadqiqotda saklar yashagan hududlar,
ularning ijtimoiy tuzilmasi, urf-odatlari, diniy qarashlari, harbiy san’ati va arxeologik
topilmalarga asoslangan madaniy yodgorliklari o‘rganiladi. Shuningdek, O‘zbekiston
hududida topilgan saklarga oid muhim arxeologik manbalar – qabristonlar,
ko‘chmanchi xarobalari, bronza buyumlari, tosh va metall qurollar tahlil qilinadi.
Ushbu maqola saklarning tarixiy merosi va uning o‘zbek xalqi madaniy
shakllanishidagi o‘rnini ilmiy nuqtai nazardan yoritadi.
EEF2 NING SARATON RIVOJLANISHIDAGI ROLINI TAVSIFLASH
Annotatsiya: Ushbu maqolada eEF2 oqsilining translyatsiya jarayonidagi
ahamiyati va saraton rivojlanishiga ta’siri bayon etildi. eEF2 ning haddan tashqari
faolligi hujayra sikli buzilishiga olib kelib, o‘sma hujayralarining proliferatsiyasi va
invaziyasini kuchaytiradi. Turli saraton turlaridagi ilmiy tadqiqotlar asosida eEF2
omili saraton terapiyasida yangi nishon sifatida baholandi. Bu maqola eEF2 ning oqsil
sintezidagi asosiy funksiyasini tahlil qilish va uning saraton rivojlanishidagi o‘rnini
aniqlash mexanizmlarini ko‘rib chiqadi.
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA O‘QISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHDA DARSDAN TASHQARI O‘QUV FAOLIYATINING ROLI
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘qish
ko‘nikmalarini shakllantirishda darsdan tashqari mashg‘ulotlarning o‘rni va ahamiyati
yoritilgan. Muallif darsdan tashqari faoliyatning bolalarning nutq boyligini
kengaytirish, mustaqil kitob o‘qish odatini shakllantirish, matnni tushunish va tahlil
qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi ijobiy ta’sirini tahlil qiladi. Tadqiqot natijalari
darsdan tashqari faoliyatlar o‘quvchining ta’limiy muvaffaqiyatlariga sezilarli hissa
qo‘shishini ko‘rsatadi.
EFFECTIVENESS OF AI-GENERATED LISTENING MATERIALS VS. TEXTBOOK AUDIO IN EFL LEARNING
Abstract: This study examines the comparative effectiveness of AI-generated
listening materials and traditional textbook audio in the context of English as a Foreign
Language (EFL) learning. With the growing use of Artificial Intelligence in language
education, learners are increasingly exposed to dynamic, customizable, and context-
specific audio content generated by advanced text-to-speech technologies. This article
analyzes how such AI-driven resources impact listening comprehension, learner
engagement, and pedagogical flexibility compared to scripted, professionally recorded
textbook audio. Drawing on theoretical perspectives and recent empirical findings, the
paper explores dimensions such as adaptability, content authenticity, listening
accuracy, and learner motivation. While AI-generated materials offer greater
personalization and relevance to real-world communication, textbook audio provides
structured, predictable input that aligns closely with curriculum goals. The findings
suggest that a blended model combining both modalities may yield optimal results,
balancing innovation with pedagogical consistency. The study highlights the
importance of integrating technological advancements thoughtfully to enhance
listening proficiency while supporting diverse learner needs and preferences.
PEDAGOGICAL STRATEGIES FOR TEACHING NON-NATIVE ENGLISH SPEAKERS
Abstract: This article explores effective pedagogical strategies for teaching
English to non-native speakers (NNES). Drawing upon contemporary second language
acquisition (SLA) research, the study identifies communicative language teaching
(CLT), task-based learning (TBL), and differentiated instruction as key approaches.
Practical classroom techniques such as scaffolding, use of authentic materials, and
learner-centered activities are evaluated through a pedagogical lens. The paper
highlights how linguistic diversity, learning styles, and cultural background influence
language acquisition and teaching success. The findings suggest that adaptive,
inclusive, and interaction-rich methodologies significantly enhance English language
proficiency among NNES learners.
RAQAMLI TARIX: AN’ANAVIY TARIXSHUNOSLIK VA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI
Annotatsiya: Bugungi kunga kelib tarix fanida yangi tarmoqlar paydo bo’lib
rivojlanmoqda. Shunday yangi sohalardan biri bu “raqamli tarix” sohasidir. Mazkur
kichik ilmiy tadqiqot davomida “raqamli tarix” tushunchasi, uning shakllanishi va
an’anaviy tarixshunoslik bilan uyg‘unlashuvi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. 3D
vizualizatsiya, virtual haqiqat (VR), qo‘shilgan haqiqat (AR), GIS, sun’iy intellekt va
katta ma’lumotlar (big data) asosida tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishning
afzalliklari yoritiladi. Raqamli tarix fanlararo yondashuv, interaktiv taqdimot va manba
saqlanishining zamonaviy shakllarini taklif etadi. Shu orqali tarixshunoslik fanining
metodik imkoniyatlari kengayadi va u yangi bosqichga ko‘tariladi. Maqolada
O‘zbekiston tajribasi asosida raqamli tarixning istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi va
tegishli xulosalar beriladi.
TALABALAR ORASIDA RAQAMLI BANK XIZMATLARIDAN FOYDALANISH TENDENTSIYALARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada raqamli bank xizmatlarining talabalar hayotidagi
ahamiyati, ulardan foydalanishning hozirgi holati va asosiy tendentsiyalari tahlil
qilinadi. Tadqiqotda asosan elektron banking, mobil ilovalar, raqamli to‘lov tizimlari
va onlayn moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasi, omillari hamda talabalarning
moliyaviy savodxonligi bilan bog‘liq jihatlar o‘rganiladi. Shuningdek, raqamli bank
xizmatlariga bo‘lgan ishonch, xavfsizlikka oid qarashlar va raqamli moliya vositalariga
talabning ortishi tahlil qilinadi. So‘rovnomalar va statistik ma’lumotlar asosida olib
borilgan tahlillar talabalar orasida raqamli moliyaviy xizmatlardan foydalanishning
izchil o‘sib borayotganini ko‘rsatadi. Tadqiqot natijalari raqamli bank xizmatlarini
yanada rivojlantirish, talabalarning moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirish hamda
moliyaviy texnologiyalar orqali yoshlar moliyaviy barqarorligini mustahkamlashga
xizmat qiladi.
MASHINA DETALLARINI YIG‘ISHGA TAYYORLASH VA YIG‘ISH TEXNOLOGIYASI
Annotatsiya: Mazkur maqolada mashina detallarini yig‘ishga tayyorlash va
yig‘ish texnologiyasining ilmiy-nazariy asoslari, amaliy bosqichlari va sanoatdagi
ahamiyati tahlil qilingan. Detallarning yig‘ilishga tayyorlanishida bajariladigan ishlov
berish, nazorat va komplektlash jarayonlari batafsil yoritilgan. Shuningdek, yig‘ish
texnologiyasining turlari, bosqichlari va undan kutiladigan texnik va funksional
talablar ko‘rib chiqilgan. Yig‘ish jarayonida aniqlik, ishonchlilik va o‘zaro
almashtirilish kabi omillarning ahamiyati alohida ta’kidlangan.
TISHLI UZATMALARNING MUSTAHKAMLIGI HISOBI
Annotatsiya: Mazkur maqolada tishli uzatmalarning mustahkamligini hisoblash
masalasi yoritilgan bo‘lib, mexanizmlarda yuklanishga bardosh bera oladigan tishli
juftliklarni loyihalashning nazariy asoslari va amaliy jihatlari ko‘rib chiqiladi. Asosiy
e’tibor tishli g‘ildiraklar tishlarining sinishiga, sirpanishga (ishqalanishga), kontakt
kuchlanishiga va charchoqqa nisbatan chidamliligini ta’minlovchi hisoblash usullariga
qaratilgan. Hisoblashda zamonaviy standartlar (masalan, GOST yoki ISO me’yorlari)
asos qilib olingan.
KVANT TELEKOMMUNIKATSIYADA FOTONLARNING DOLZARB ROLI VA RAQAMLI XAVFSIZLIK
ANNOTATSIYA: Mazkur maqolada kvant telekommunikatsiya tizimlarida
fotonlarning tutgan o‘rni, ularning kvant xossalari va bu texnologiyaning raqamli
xavfsizlikka ta’siri yoritiladi. Fotonlarning chiziqli bo‘lmagan muhitlardagi harakati,
kvant holatining superpozitsiyasi va chigalligi (entanglement) asosida axborotni
shifrlash va uzatish mexanizmlari tahlil qilinadi. Tadqiqot kvant kalit taqsimoti (QKD)
orqali axborot uzatishning aniqligi va buzilmasligini ta’minlashda fotonlarning asosiy
vosita sifatida qanday ishlatilishini ochib beradi. Shuningdek, raqamli xavfsizlikka
tahdid solayotgan klassik shifrlash usullariga nisbatan kvant yondashuvlar
ustunliklariga baho beriladi.
6-7 YOSHLI BOLALARNING RIVOJLANISH SOHALARI
Annotatsiya: 6–7 yoshli bolalar inson rivojlanishining maktabga tayyorgarlik
yoki boshlang‘ich ta’limga o‘tish bosqichini tashkil etadi. Mazkur maqolada aynan shu
davrda sodir bo‘ladigan muhim psixofiziologik o‘zgarishlar — jismoniy, kognitiv
(aqliy), ijtimoiy, emotsional va axloqiy sohalar bo‘yicha bolaning rivojlanish
xususiyatlari tahlil qilinadi. Ushbu rivojlanish sohalari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bola
shaxsining kompleks shakllanishiga xizmat qiladi. Tadqiqot davomida ilmiy
adabiyotlar sharhi, amaliy kuzatuvlar va xalqaro rivojlanish standartlariga tayangan
holda, bu yoshdagi bolalarning rivojlanishini samarali qo‘llab-quvvatlash uchun
metodik va pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqola pedagoglar, psixologlar va
maktabgacha hamda boshlang‘ich ta’lim tizimi xodimlari uchun amaliy ahamiyatga
ega.
JADID MATBUOTINING MILLIY MATBUOT SIFATIDA SHAKLLANISHI
Annotatsiya: Mazkur maqola jadid matbuotining milliy matbuot sifatida
shakllanish jarayoni, uning o‘ziga xos jihatlari va jamiyatdagi o‘rni haqida batafsil
ma’lumot beradi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Turkiston mintaqasida milliy
ongni shakllantirish, ma’rifat va islohotlarni targ‘ib qilish maqsadida yaratilgan jadid
matbuotining ijtimoiy-siyosiy hamda madaniy ahamiyati tahlil qilinadi.
ПЕРИИМПЛАНТИТ: ПРИЧИНЫ, ДИАГНОСТИКА И СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ЛЕЧЕНИЯ
АННОТАЦИЯ
Периимплантит представляет собой воспалительное заболевание тканей,
окружающих зубной имплантат. В данной статье рассматриваются основные
причины развития периимплантита, современные методы его диагностики, а
также эффективные подходы к лечению. Особое внимание уделено роли гигиены
полости рта, микробной флоры и индивидуальных анатомических особенностей
пациента.
GEPATIT KASALLIKLARIDA OVQATLANISH TARTIBI
Annotatsiya: Gepatit kasalliklari — jigar to‘qimalarining yallig‘lanishi bilan
kechadigan va ko‘p hollarda viruslar orqali yuqadigan kasalliklar guruhidir. Ushbu
kasalliklar davrida jigar yukini kamaytirish, yallig‘lanish jarayonlarini sekinlashtirish
va umumiy holatni yaxshilash uchun ovqatlanish tartibini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish muhim
ahamiyatga ega. Maqolada gepatitning turli shakllarida (A, B, C va boshqalar)
qo‘llaniladigan parhez tamoyillari, ovqat ratsionining asosiy qoidalari, jigar uchun
foydali va zararli mahsulotlar haqida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, parhezning
samaradorligi va bemorlarning holatiga ta’siri bo‘yicha ilmiy tahlillar keltirilgan.
MEHNAT MUHOFAZASIDA XODIMLARNING BILIM VA MALAKASINI OSHIRISHNING AHAMIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada ishlab chiqarish jarayonida xodimlarning
mehnat muhofazasi bo‘yicha bilim va malakasini oshirishning dolzarbligi hamda bu
jarayonning ishlab chiqarish xavfsizligi va samaradorligiga ta’siri yoritilgan. Maqolada
malaka oshirish kurslari, o‘quv-treninglar va amaliy mashg‘ulotlar orqali xodimlarni
tayyorlash tizimining samarali jihatlari tahlil qilingan. Tahlillar asosida xavfsiz mehnat
muhitini yaratishda bilimli xodimning tutgan o‘rni ko‘rsatib berilgan va takliflar
berilgan.
INGLIZ TILI O’RGANAYOTGAN O’QUVCHILARDA LEKSIK BOYLIKNI OSHIRISHDA METODIK YONDASHUVLAR VA TUSHUNCHALAR
Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan Ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich
sinf o’quvchilari va maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda til ko’nikmalarini
rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik tahlil ko’rsatmalar berilgan. Til
o’rganayotgan o’quvchilarning o’rganish darajasi leksik, didaktik, metodik, psixologik
jihatdan ham o’rganish ko’nikmasi o’rganib chiqilgan. Maktabgacha va boshlang’ich
sinf o’quvchilarini leksik til ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ko’rsatilgan.
KELAJAK KUTUBXONASI: AQLLI TIZIMLAR VA INSON SALOHIYATI
Ushbu maqolada sun’iy intellekt (SI) texnologiyalarining axborot-kutubxona
muassasalarida qo‘llanilishi, foydalanuvchi tajribasini shaxsiylashtirish, axborotga
kirishni optimallashtirish va xizmatlarni avtomatlashtirishdagi o‘rni tahlil qilinadi.
Shuningdek, SI texnologiyalari bilan inson salohiyati uyg‘unlashgan holda kutubxona
tizimining qanday rivojlanishi mumkinligi haqida fikr yuritiladi. Maqolada
O‘zbekistonda sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha davlat siyosati asosida kelajak
kutubxonalarining strategik yo‘nalishlari bayon qilinadi. c
O’QUVCHILARDA MAKTAB PSIXOLOGI TOMONIDAN MUSTAQIL KASB-HUNAR TANLASHNI SHAKLLANTIRISH
Annotatsiya: “Kasb tanlash”, “Mustaqil fikrlash”, “Ongli ravishda mustaqil
kasb-hunar tanlashga tayyorlash” tushunchalarini pedagogik-psixologik tavsiflarini
boyitish va oʼquvchilarni ongli ravishda mustaqil kasb-hunar tanlashga yoʼnaltirilgan
pedagogik jarayon modelini takomillashtirish. Ilgʼor xorijiy va tarixiy tajribalar
asosida oʼquvchilarda kasb-hunar tanlashga oid mustaqil fikrlashni shakllantirish
jarayonining mazmuni, shakllari, vositalari, usul va metodlarini tanlash.
O‘ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATI VA RIVOJLANISH STRATEGIYALARI
Annotatsiya: Mazkur ishda mahalliy turizm sohasining rivojlanishi va uning
jamoalarga ta’siri tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ichki va mintaqaviy imkoniyatlarga,
mavjud resurslardan oqilona foydalanish yo‘llariga hamda mahalliy aholining turizm
faoliyatida ishtirokini kuchaytirish masalalariga qaratilgan. Tadqiqotda turizm
infratuzilmasi, madaniy meros obyektlari, tabiiy landshaftlar va mahalliy
mahsulotlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi yoritiladi.
Shuningdek, ichki turizm oqimlarini ko‘paytirish, mintaqalararo hamkorlikni
kuchaytirish va jamoalarning o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda ularni turizmga jalb
qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ish amaliyotchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va
turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy hokimiyat vakillari uchun foydali
bo‘lishi mumkin.
ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI VIRUSINING AVJ OLISH DAVRI, OITSGA O‘TISHI VA SABABLARI
Annotatsiya
Orttirilgan immun tanqisligi virusi (OITV) inson salomatligiga jiddiy tahdid
soluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dastlab immun tizimining yetishmovchiligi tufayli
yuzaga keladi. Vaqt o‘tishi bilan bu holat orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)
bosqichiga o‘tadi. XXI asrda ham ushbu infeksiyaning dolzarbligi saqlanib qolgan
bo‘lib, hozirgacha to‘liq davosi topilmagan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, OITV
infeksiyasining erta bosqichlari, OITSga o‘tish omillari, inson salomatligiga ta’siri,
yuqish yo‘llari va kasallikning terminal bosqichi o‘lim bilan yakunlanishi mumkinligi
aniqlangan. Mazkur maqolada ushbu virus haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etilib,
kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinadi.
ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA KONSTITUTSIYAVIY KAFOLATLAR: NAZARIYA VA AMALIYOTDA
Annotatsiya: Ushbu maqolada atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha
konstitutsiyaviy kafolatlarning nazariy asoslari hamda ularning amaliyotdagi tatbiqi
tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida fuqarolarning sog‘lom va
xavfsiz ekologik muhitda yashash huquqi konstitutsiyaviy norma sifatida
mustahkamlangan. Tadqiqot davomida xalqaro huquqiy tajriba, ekologik huquq
normalari va sud amaliyotlari asosida ushbu huquqlarning real hayotda qanday amalga
oshirilayotgani ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ekologik monitoring, fuqarolik jamiyati
ishtiroki, sud-huquq tizimi va huquqiy savodxonlik darajasi mazkur kafolatlarning
ijrosiga qanday ta’sir ko‘rsatayotgani baholanadi. Maqola yakunida mavjud
muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari suriladi.
MAVZU: OLIY TA’LIMDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMI VA TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI TAHLILI
Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik asoslari tahlil qilingan. ta’lim jarayonida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish usullari
ko‘rsatilgan. masofaviy ta’lim, interaktiv metodlar va multimedia vositalarining
ahamiyati yoritilgan. zamonaviy texnologiyalar talabalarning mustaqil ta’lim olish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
MAVZU: TA’LIM TIZIMIDA FANGA YONDASHUVNING PEDAGOGIK OMILLARINI TIZIMLI TAHLILI
Annotatsiya: Ta’lim tizimida mutaxassis tomonidan alohida yondashuv bo’lsa
fanni o’rganishga bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil
yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda
tutadi. Shu bois kasbiy yondashuv doimiy ravishda boyitish, kompetensiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay
olishni, taqozo etgan holda axborotlarni qo‘llay olishga o‘rgatishdir.
MAVZU: OLIY TA’LIM TIZIMIDA TALABALARNING MUSTAQIL IJODIY FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARINI PEDAGOGIK TAHLILI.
Annotatsiya: Ta’lim tizimida olib bоrilgаn ilmiy tаdqiqоtlаrdа, tаlаbаlаrning
mustаqil ijоdiy fаоliyаti tushunchаlаrining didaktik - pedаgоgik vа metоdik jihаtlаrini
tаhlil etilgаnligini о‘rgаnish nаtijаsidа tаdqiqоt tо‘liq muаmmо sifаtidа tаhlil
etilmаgаnligi bizning talabalarning mustaqil ijodiy faoliyatini rivojlantirishning
raqamli didaktik ta’minotini yanada asoslagan holda axborotlarni qo‘llay olishga
o‘rgatishdir.
ANTIBIOTIKLAR REZISTENTLIGI: SABABLARI VA OLDINI OLISH STRATEGIYALARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada antibiotiklar rezistentligi muammosi chuqur
tahlil qilinib, uning asosiy sabablari va global sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri
yoritilgan. Rezistentlikka olib keluvchi omillar – antibiotiklardan noto‘g‘ri va
nazoratsiz foydalanish, veterinariya va qishloq xo‘jaligida ularning haddan tashqari
qo‘llanilishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya qilinmasligi kabi jihatlar asosida
ko‘rib chiqilgan. Maqolada bakteriyalarning antibiotiklarga nisbatan chidamlilik
mexanizmlari – ferment ishlab chiqarish, hujayra devoridagi o‘zgarishlar va efflyuks
nasoslari orqali dori moddasini chiqarib yuborish kabi ilmiy asoslangan tushunchalar
bayon etilgan. Shuningdek, rezistentlikning oldini olish strategiyalari sifatida
antibiotiklarni faqat retsept asosida va mikrobiologik tekshiruvga tayangan holda
qo‘llash, infeksiyalar profilaktikasini kuchaytirish, gigiyenik qoidalarga qat’iy amal
qilish, sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va xalqaro miqyosdagi hamkorlik
muhim o‘rin tutishi ta’kidlangan. Maqolada muammoni hal qilishda zamonaviy
yondashuvlar, ilmiy izlanishlar va jamoatchilikni xabardor qilishning ahamiyati
yoritilib, antibiotiklar samaradorligini saqlab qolish uchun kompleks yondashuvlar
zarurligi ilmiy asosda bayon etilgan.
O’QUVCHILARDA MA’NAVIY-AXLOQIY SIFATLARINI SHAKLLANTIRISHDA XALQ QO’SHIQLARINING O‘RNI
Annotatsiya: Ma’naviy-axloqiy tarbiya har qanday jamiyatning barqarorligi va
farovonligida muhim omil sanaladi. Ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-axloqiy
sifatlarini shakllantirish hozirgi zamonning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Chunki
yoshlar – jamiyatning kelajagi, davlatning poydevori hisoblanadi. Ularning axloqiy va
ma’naviy jihatdan yetuk bo‘lishi, milliy qadriyatlarni chuqur anglab, ularga sodiq
qolishi mamlakatimizning barqaror rivoji uchun zarurdir. Shu nuqtai nazardan,
ma’naviy-axloqiy tarbiyada xalq qo’shiqlarining o‘rni juda katta. Xalq qo’shiqlari
nafaqat milliy madaniyatimizning ajralmas qismi, balki yoshlarning qalbiga chuqur
singib boradigan, ularni tarbiyalashda samarali vosita hisoblanadi.
XONANDALIK JANRLARI HAQIDA O’QUVCHILAR ONGIDA TASAVVUR UYG’OTISHNING O’ZIGA XOS JIHATLARI
Annotatsiya: Musiqa san’ati inson hayotining ajralmas qismi bo‘lib, uning turli
janrlari insonning ruhiy olamiga ta’sir ko‘rsatadi. Xonandalik janrlari esa musiqaning
eng ko‘p tarqalgan va keng qamrovli shakllaridan biri hisoblanadi. O‘quvchilarning
musiqa san’atiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning musiqiy didini shakllantirish va
xonandalik janrlarini tushunish darajasini yuksaltirish muhim pedagogik vazifalardan
biridir. Ushbu maqolada xonandalik janrlari haqida o‘quvchilar ongida tasavvur
uyg‘otishning o‘ziga xos jihatlari batafsil tahlil qilinadi.
BOSHLANG‘ICH SINF MUSIQA DARSLARI JARAYONIDA O’QITUVCHINING KREATIV FAOLLIGINING AHAMIYATI
Annotatsiya: Musiqa ta’limi boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun nafaqat fan
sifatida, balki ularning shaxsiy rivojlanishi, hissiy dunyosi va ijodiy qobiliyatlarini
shakllantirishda muhim vosita hisoblanadi. Bu bosqichda o‘quvchilar musiqaning
asosiy tushunchalari bilan tanishadi, ritm, ohang, tembr kabi musiqiy elementlarni
o‘rganadi, shuningdek, o‘zlarini musiqiy ifoda qilishni boshlaydi. Shu jarayonda
o‘qituvchining kreativ yondashuvi darslarning samarali va qiziqarli bo‘lishini
ta’minlaydi. O‘qituvchi yangi pedagogik metod va texnologiyalarni qo‘llash orqali
o‘quvchilarning diqqatini jalb qiladi, ularni faol ishtirok etishga undaydi.
BOSHLANG‘ICH SINF MUSIQA DARSLARINI ZAMONAVIY KREATIV YONDOSHUV ASOSIDA OLIB BORISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI.
Annotatsiya: Musiqa ta’limi bolalar uchun nafaqat san’atning bir ko‘rinishi,
balki ularning shaxsiy rivojlanishi, hissiy dunyosi va madaniy ongini shakllantirishda
muhim vosita hisoblanadi. Ayniqsa boshlang‘ich sinflarda musiqa darslari
o‘quvchilarning musiqiy qobiliyatlarini uyg‘otishda va rivojlantirishda asosiy o‘rin
tutadi. Zamonaviy davrda ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish,
o‘quvchilarning faolligini rag‘batlantirish va ularning ijodiy qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun pedagogik yondoshuvlarni yangilash, kreativ metodlarni joriy
etish zarurati yuzaga kelmoqda. Shu sababli boshlang‘ich sinf musiqa darslarini
zamonaviy kreativ yondoshuv asosida olib borish pedagogik jihatdan katta ahamiyat
kasb etadi.
GOMEOSTAZNI SAQLASHDA BUYRAKNING OʻRNI VA FIZIOLOGIK ROʻLI
Annotatsiya: Gomeostaz — bu organizmning ichki muhitini doimiy va barqaror
saqlash jarayoni bo‘lib, u turli fiziologik tizimlar orqali amalga oshiriladi. Bu
jarayonning asosiy maqsadi organizmning hayotiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan
sharoitlarni yaratish va saqlashdir. Gomeostazning muhim jihatlaridan biri — suyuqlik
va elektrolit muvozanatini ta’minlash, shuningdek, kislorod va karbonat angidrid
miqdorini nazorat qilishdir. Bu jarayonda buyraklar markaziy rol o‘ynaydi. Buyraklar
nafaqat organizmdan ortiqcha suyuqlik va zararli moddalarning chiqarilishini
ta’minlaydi, balki qon bosimi, kislota-asydoz muvozanati, elektrolitlar darajasi va
boshqa ko‘plab fiziologik jarayonlarni boshqarishda ham ishtirok etadi.
YURAK FIZIOLOGIYASI VA YURAK TRANSPLANTSIYASI BOʻYICHA YANGI TADQIQOT USULLARI
Annotatsiya: Yurak fiziologiyasi va yurak transplantsiyasi sohasidagi yangi
tadqiqot usullari zamonaviy tibbiyotda katta ahamiyatga ega bo‘lib, yurak
kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olishda yangi imkoniyatlar yaratmoqda.
Yurak fiziologiyasi yurakning normal funksiyalarini, uning elektr va mexanik
faoliyatini, qon aylanish tizimidagi rolini o‘rganadi. Ushbu sohada olib borilayotgan
tadqiqotlar yurakning murakkab mexanizmlarini aniqlash, patologik holatlarni
tushunish va samarali davolash usullarini ishlab chiqishga qaratilgan.
ORGANIZMNING BIOLOGIK SUYUQLIKLARI (QON VA QONGA BOGʻLIQ KASALLIKLAR).
Annotatsiya: Organizmning biologik suyuqliklari hayot faoliyati uchun muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, ular organizmning ichki muhitini tashkil etadi va turli fiziologik
jarayonlarda ishtirok etadi. Biologik suyuqliklar organizmning hujayralari va
to‘qimalari o‘rtasida moddalar almashinuvi, himoya funksiyalari, haroratni tartibga
solish va boshqa ko‘plab vazifalarni bajaradi. Ularning asosiy turlari qondan tashqari,
limfa, siydik, oshqozon-ichak suyuqliklari, suyak suyuqligi va boshqalarni o‘z ichiga
oladi. Ammo eng ko‘p o‘rganilgan va ahamiyatga ega bo‘lgan biologik suyuqliklardan
biri qon hisoblanadi.
KOINOTDAGI ANTIMATERIYA: NEGA BIZ ANTIMATERIYADAN YARALMADIK?
Annotatsiya: Katta portlash nazariyasiga ko‘ra, koinotning dastlabki lahzalarida
materiya va antimateriya teng miqdorda vujudga kelgan bo‘lishi kerak edi. Biroq
hozirgi koinot tarkibi asosan oddiy materiyadan iborat bo‘lib, antimateriya izlari juda
kam uchraydi. Ushbu maqolada antimateriyaning fizik tabiati, koinotdagi mavjudligi
haqidagi ilmiy qarashlar, hamda modda-antimodda asimmetriyasi sabablariga oid
zamonaviy gipotezalar ko‘rib chiqiladi.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-MUHITNI KUZATISHGA О‘RGATISHNING MAZMUNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni
kuzatishga о‘rgatishda ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga, unga mehr-
muhabbatli, munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash borasida fikr yuritilgan.
ONA TILI VA ADABIYOT FANINING OʻQITILISHI
ANNOTATSIYA: Maqolada umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot
fanining o‘qitilish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha samarali
metodlar tahlil qilinadi. Fanlarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarda muloqot, fikrlash,
estetik idrok va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Zamonaviy ta’lim
texnologiyalari, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv doirasida fanlarni
o‘qitishning yangi strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
ADABIYOT FANINING OʻQITILISHIDA INTERFAOL OʻYINLARNING OʻRNI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada adabiyot fanini o‘qitish jarayonida
interfaol o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bugungi
tezkor axborot asrida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabati, diqqat-e'tibori
va qiziqishini saqlab qolish o‘qituvchilardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, interfaol metodlar, xususan, o‘yin asosidagi yondashuvlar aynan
adabiyot fanida ham o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Maqolada interfaol
o‘yinlarning ta’limda qo‘llanilishi, ularning turlari, adabiy asarlarni chuqurroq
o‘rganishdagi o‘rni va o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishdagi roli haqida
batafsil so‘z yuritiladi. Interfaol o‘yinlar orqali o‘quvchilar dars jarayonida faol
ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Maqola amaliy misollar bilan boyitilgan bo‘lib, u adabiyot o‘qituvchilari uchun
metodik qo‘llanma vazifasini ham o‘tashi mumkin.
ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TURIZM SOHASINING INTEGRATSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar va turizm
sohasining o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning imkoniyatlari, afzalliklari va
mavjud muammolari keng yoritilgan. IMRaD (Kirish, Uslub, Natijalar va Munozara)
formatida yozilgan ushbu ilmiy maqola turizm sohasida raqamli texnologiyalar –
sun’iy intellekt, mobil ilovalar, virtual haqiqat, blokcheyn va raqamli marketing
vositalari orqali qanday yuksalishlar bo‘layotgani haqida ma’lumot beradi. Shu bilan
birga, bu texnologiyalarning sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat
sifatini oshirish va sayyohlar tajribasini yaxshilashdagi o‘rni tahlil etiladi.
AN’ANAVIY TA’LIM VA SINERGETIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TALABI
Annotatsiya. Ushbu maqolada an’anaviy ta’lim tizimi bilan sinergetik
yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada an’anaviy ta’limning
afzalliklari va cheklovlari, sinergetika nazariyasining asosiy g‘oyalari hamda ularning
ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ta’limdagi murakkablik, o‘zgaruvchanlik
va tizimli yondashuv masalalari ko‘rib chiqiladi.
АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ И ИССЛЕДОВАНИЕ ФАКТОРОВ, СПОСОБСТВУЮЩИХ ЕЁ ПОДДЕРЖКЕ И РОСТУ
Абстракт. Сфера услуг является важным сектором экономики,
выполняющим экономическую и социальную деятельность для общества и
отдельных лиц. В статье рассматривается экономический анализ сферы услуг, ее
значение, виды и возможности, созданные для развития сектора. С
использованием экономико-статистических методов проведен анализ основных
показателей сферы услуг по видам деятельности и ее доли в ВВП.
MUHIT OMILLARI. (EKSKURSIYA. LABORATORIYA ISHLARI)
Annotatsiya: Ushbu maqolada muhit omillarining o‘quvchilarga o‘rgatilishi
bo‘yicha samarali usullar tahlil etilgan. Maqolada tabiiy va antropogen muhit omillari,
ularning o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri, shuningdek, ekskursiya va laboratoriya
ishlari orqali o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tahlil va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar yoritilgan. Innovatsion
texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish orqali mavzuni samarali o‘qitish
yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI DMTT O‘QUV JARAYONIGA INTEGRATSIYA QILISH YO‘LLARI
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) Dastlabki Malaka Ta’lim Tashkilotlari (DMTT) o‘quv jarayoniga samarali
integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Unda raqamli vositalar va platformalar
yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish, interaktiv va masofaviy ta’lim
imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning
raqamli savodxonligini oshirish, elektron resurslar asosida mustaqil ta’limni tashkil
etish, o‘qituvchilarning IT ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayoniga sun’iy
intellekt imkoniyatlarini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada DMTT o‘quv
muhitida raqamli transformatsiyaning dolzarbligi asoslab berilgan va muammolar
bilan birga ularning yechimlari ham ko‘rib chiqilgan.
ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA ARXAIZMLAR: LEKSIK, SEMANTIK VA USLUBIY TAHLIL
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi arxaizm so‘zlari leksik, semantik va uslubiy
jihatdan tahlil qilinadi. Arxaizmlar — o‘z vaqtida keng qo‘llanilgan, ammo hozirgi
kunda eskirgan yoki kam ishlatiladigan so‘zlar, iboralar va grammatik shakllardir.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, arxaizm so‘zlarining eskirishi tilning tabiiy
rivojlanish jarayonining ajralmas qismidir. Maqola arxaizm so‘zlarning hozirgi kunda
ishlatilishi, ularning semantik o‘zgarishlari va uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi hamda
tilshunoslikda arxaizm so‘zlarning o‘rni va ahamiyatini belgilaydi.

DAVLAT VA TA`LIM XIZMATLARIDA MERITOKRATIYA, “KARYERA MODELI”NI QO`LLASH ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI OSHIRISH OMILLARI
Annotatsiya: Ushbu maqolada Davlat va ta`lim xizmatlarida meritokratiya
hamda “Karyera modeli”ni qo`llash orqali uning iqtisodiy samaradorligini oshirish,
iqtisodiyot va xizmat ko`rsatishning barcha sohalariga sifatli kadrlar etishtirish, ularni
amaliyotga joriy etish va qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tahlil
qilingan.
QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH DAVRIDA UCHROVCHI JANUB OMBOR PARVONASI (PLODIA INTERPUNCTELLA) ZARARKUNANDASIGA QARSHI FEROMON TUTQICHNI QOʻLLASH
Annotatsiya. Omborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjаligi mаhsulotlаriga
zаrаri yuqori boʻlgаn janub ombor parvonasi (Plodia interpunctella) zararkunandasiga
qarshi feromon tutqichidan foydalanish yoritilgan.
DIALEKTIK MOHIYATDA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING SHAKLLANISHI
Umuminsoniy va diniy qadriyatlar o‘rtasidagi dialektik aloqaning chuqur
falsafiy mohiyati shundaki, bu ikki qadriyat tizimi insonning mavjudlikdagi ikki asosiy
tomonini – biologik ijtimoiylik va ruhiy-metafiziklikni uyg‘unlashtirishga xizmat
qiladi. Insoniyat qadimdan hayotiy me’yorlar va axloqiy tamoyillarni shakllantirishda,
bir tomondan, o‘zining tajribaviy ongiga, boshqa tomondan esa, ilohiy vohiyga
tayangan. Natijada qadriyatlar dunyosi umuminsoniy mezonlar bilan diniy-me’rifiy
tushunchalar o‘rtasida shakllangan doimiy o‘zaro ta’sir jarayonida boyigan.
Dialektik mohiyatda umuminsoniy qadriyatlar – bu insoniyat jamiyatining eng
optimal, eng murosaviy va universal shaklda tan olingan mezonlari bo‘lsa, diniy
qadriyatlar – ularning transsendent asosli, mutlaq haqiqatga tayanadigan, ilohiy asosda
mustahkamlangan talqinidir. Boshqacha aytganda, har bir umuminsoniy qadriyat
o‘zining chuqur qatlamida diniy asosga ega bo‘lishi mumkin, lekin bu har doim shart
emas. Shu nuqtada qadriyatlar dialektikasining o‘ziga xosligi shundaki, ular bir-birini
faqat to‘ldiribgina qolmaydi, balki bir-birining shakllanishiga ham sabab bo‘ladi.
Falsafa doktori H.Olimov shunday deydi: “Diniy qadriyatlar faqat diniy
jamiyatlar uchun emas, balki butun insoniyatga tegishli bo‘lgan umuminsoniy
qadriyatlarni ham anglashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi. Ular hayotning ilohiy
talqinini beradi va umuminsoniy qadriyatlarning asosini chuqurroq, mukammalroq
anglashga imkon yaratadi”.
QO‘SHNI DAVLATLARIMIZDA MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI VA ULARNING DAVLAT ORGANLARI BILAN HAMKORLIGI, BOSHQARUV MODELLARI
Annotatsiya: Qo‘shni davlatlarimizda mahalliy davlat hokimiyati va ularning
davlat organlari bilan hamkorligi, boshqaruv modellari mavzusi zamonaviy davlat
boshqaruvida muhim o‘rin tutadi. Mahalliy davlat hokimiyati — bu markaziy
hokimiyatdan mustaqil ravishda hududlardagi aholining turmush darajasini yaxshilash,
ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlash, mahalliy infratuzilmani rivojlantirish va
qonuniylikni saqlash uchun tashkil etilgan tuzilmalardir. Qo‘shni davlatlar misolida
esa ushbu tizimlar o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boshqaruv tamoyillari va
hamkorlik shakllariga ega bo‘lib, ular hududlarning tarixiy, madaniy va siyosiy
an’analariga moslashgan.

"A COMPARATIVE STUDY ON THE MERITS AND DEMERITS OF COMMON TEETH WHITENING METHODS"
Abstract: Teeth whitening is considered one of the most popular and widely
used aesthetic treatments of modern dentistry. Everyone dreams of having a healthy
and beautiful smile, because a smile brightens a person's facial expression and
strengthens social ties. The natural color of the teeth often changes under the influence
of age, eating habits, as well as lifestyle. These color changes have caused concern for
many, and interest in whitening methods has increased. Through the process of teeth
whitening, stains, jaundice and other color changes on the tooth surface are eliminated
or reduced, which gives an eye-pleasing white result.
YOSHLARNING AXLOQIY TARBIYASI VA MUOMALA MADANIYATI
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlarning axloqiy tarbiyasi va muomala
madaniyatining zamonaviy jamiyatdagi o‘rni, shakllanish omillari hamda asosiy
muammolari tahlil qilinadi. Tarixiy va madaniy qadriyatlar asosida axloqiy tarbiyaning
ildizlari yoritilar ekan, raqamli davrda yuzaga kelayotgan muomala inqirozi, ijtimoiy
tarmoqlarning ta’siri, ta’lim va oila tizimidagi bo‘shliqlar chuqur tahlil etiladi.
Maqolada shuningdek, milliy o‘zligimiz va ma’naviy yuksalish uchun zarur bo‘lgan
axloqiy yetakchilik, ijobiy namuna va madaniyatli muloqot tamoyillari ilgari suriladi.
Muallif yoshlar tarbiyasiga oid an’anaviy yondashuvlarni zamonaviy holatlar bilan
solishtirib, izchil tahliliy asosda dolzarb taklif va yechimlarni ilgari suradi. Maqola
nafaqat nazariy bilimlarni, balki amaliy yo‘nalishdagi tavsiyalarni ham o‘z ichiga
olgan bo‘lib, tarbiyachi, pedagog, ota-ona va yoshlarning o‘zlari uchun foydali manba
bo‘la oladi.
GAMIFIKATSIYALANGAN TA’LIMDA O‘QUVCHILARNING MOTIVATSIYASI VA NATIJALARI
Annotatsiya: Mazkur maqola o‘quv jarayonida gamifikatsiya (ta’limni
o‘yinlashtirish) uslubidan foydalanishning o‘quvchilarning motivatsiyasi va
o‘zlashtirish natijalariga ta’sirini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqot 7–9-sinf
o‘quvchilari o‘rtasida olib borilib, darslarda ball tizimi, raqamli o‘yinlar, viktorinalar
va raqobatli topshiriqlar kabi gamifikatsiyalangan elementlar joriy etildi. Natijalar
shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishi va faol ishtiroki ortgan,
bilim darajasida esa sezilarli o‘sish kuzatilgan.
PHYSIOLOGY OF TONGUE MOVEMENT AND ITS NEUROPHYSIOLOGICAL BASIS IN SPEECH
Abstract: The tongue plays a pivotal role in articulation and speech production,
enabling complex movements necessary for phoneme formation and intelligible
communication. This article reviews the physiological mechanisms governing tongue
movements and their neurophysiological control during speech. Emphasis is placed on
the muscular anatomy of the tongue, neural pathways involved in motor coordination,
and integration within central nervous system structures. Understanding these
processes is essential for diagnosing and treating speech disorders arising from
neurological impairments.
NALYSIS OF HERBARIUM SPECIMENS OF ASTRAGALUS SIEVERSIANUS STORED IN THE NATIONAL HERBARIUM (TASH) OF UZBEKISTAN FROM THE FLORA OF THE FERGANA VALLEY
ANNOTATION: This article presents a morphological analysis of Astragalus
sieversianus Pall., based on 25 herbarium specimens collected from the Fergana Valley
and preserved at the National Herbarium of Uzbekistan (TASH) between 1938 and
2018. Key traits including leaf morphology, floral structures, fruit shape, and seed
characteristics were examined. Results show a shift in distribution from lowlands to
foothill regions in recent decades, possibly due to anthropogenic impact and
environmental changes. Some morphological variability suggests the existence of local
ecotypes. The study highlights the importance of herbarium data in species monitoring
and indicates the need for further molecular research for conservation planning.
LOGOPEDIYA SOHASIDA DISLALIYA VA DIZARTRIYANI KORREKSIYALASH METODLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq buzilishlarining ikki keng tarqalgan shakli
— dislaliya va dizartriya haqida tushuncha berilgan, ularning o‘ziga xos xususiyatlari,
yuzaga kelish sabablari va korreksiyalash usullari yoritilgan. Shuningdek, logopedik
ish jarayonida qo‘llaniladigan zamonaviy metodlar, vositalar va texnologiyalar haqida
ma’lumotlar keltirilgan. Maqola maxsus pedagogik ehtiyojga ega bo‘lgan bolalar bilan
ishlovchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-MUHITNI KUZATISHGA О‘RGATISHNING MAZMUNI
Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni
kuzatishga о‘rgatishda ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga, unga mehr-
muhabbatli, munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash borasida fikr yuritilgan.
ONA TILI VA ADABIYOT FANINING OʻQITILISHI
ANNOTATSIYA: Maqolada umumta’lim maktablarida ona tili va adabiyot
fanining o‘qitilish holati, mavjud muammolar va ularni hal etish bo‘yicha samarali
metodlar tahlil qilinadi. Fanlarning o‘zaro bog‘liqligi, o‘quvchilarda muloqot, fikrlash,
estetik idrok va badiiy tafakkurni rivojlantirishdagi o‘rni yoritiladi. Zamonaviy ta’lim
texnologiyalari, interfaol metodlar va kompetensiyaviy yondashuv doirasida fanlarni
o‘qitishning yangi strategiyalari ko‘rib chiqiladi.
ADABIYOT FANINING OʻQITILISHIDA INTERFAOL OʻYINLARNING OʻRNI
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada adabiyot fanini o‘qitish jarayonida
interfaol o‘yinlardan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Bugungi
tezkor axborot asrida o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabati, diqqat-e'tibori
va qiziqishini saqlab qolish o‘qituvchilardan yangicha yondashuvlarni talab qilmoqda.
Shu nuqtai nazardan, interfaol metodlar, xususan, o‘yin asosidagi yondashuvlar aynan
adabiyot fanida ham o‘zining ijobiy samarasini ko‘rsatmoqda. Maqolada interfaol
o‘yinlarning ta’limda qo‘llanilishi, ularning turlari, adabiy asarlarni chuqurroq
o‘rganishdagi o‘rni va o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini shakllantirishdagi roli haqida
batafsil so‘z yuritiladi. Interfaol o‘yinlar orqali o‘quvchilar dars jarayonida faol
ishtirok etib, o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Maqola amaliy misollar bilan boyitilgan bo‘lib, u adabiyot o‘qituvchilari uchun
metodik qo‘llanma vazifasini ham o‘tashi mumkin.
ZAMONAVIY RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA TURIZM SOHASINING INTEGRATSIYASI
Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy raqamli texnologiyalar va turizm
sohasining o‘zaro integratsiyasi, bu integratsiyaning imkoniyatlari, afzalliklari va
mavjud muammolari keng yoritilgan. IMRaD (Kirish, Uslub, Natijalar va Munozara)
formatida yozilgan ushbu ilmiy maqola turizm sohasida raqamli texnologiyalar –
sun’iy intellekt, mobil ilovalar, virtual haqiqat, blokcheyn va raqamli marketing
vositalari orqali qanday yuksalishlar bo‘layotgani haqida ma’lumot beradi. Shu bilan
birga, bu texnologiyalarning sayyohlik infratuzilmasini takomillashtirish, xizmat
sifatini oshirish va sayyohlar tajribasini yaxshilashdagi o‘rni tahlil etiladi.
AN’ANAVIY TA’LIM VA SINERGETIKA: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR TALABI
Annotatsiya. Ushbu maqolada an’anaviy ta’lim tizimi bilan sinergetik
yondashuvning o‘zaro bog‘liqligi tahlil qilinadi. Maqolada an’anaviy ta’limning
afzalliklari va cheklovlari, sinergetika nazariyasining asosiy g‘oyalari hamda ularning
ta’lim jarayoniga qo‘llanilishi tahlil qilinadi. Ta’limdagi murakkablik, o‘zgaruvchanlik
va tizimli yondashuv masalalari ko‘rib chiqiladi.
АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РАЗВИТИЯ СФЕРЫ УСЛУГ И ИССЛЕДОВАНИЕ ФАКТОРОВ, СПОСОБСТВУЮЩИХ ЕЁ ПОДДЕРЖКЕ И РОСТУ
Абстракт. Сфера услуг является важным сектором экономики,
выполняющим экономическую и социальную деятельность для общества и
отдельных лиц. В статье рассматривается экономический анализ сферы услуг, ее
значение, виды и возможности, созданные для развития сектора. С
использованием экономико-статистических методов проведен анализ основных
показателей сферы услуг по видам деятельности и ее доли в ВВП.
MUHIT OMILLARI. (EKSKURSIYA. LABORATORIYA ISHLARI)
Annotatsiya: Ushbu maqolada muhit omillarining o‘quvchilarga o‘rgatilishi
bo‘yicha samarali usullar tahlil etilgan. Maqolada tabiiy va antropogen muhit omillari,
ularning o‘simlik va hayvonot olamiga ta’siri, shuningdek, ekskursiya va laboratoriya
ishlari orqali o‘quvchilarda kuzatuvchanlik, tahlil va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini
shakllantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar yoritilgan. Innovatsion
texnologiyalar va interfaol metodlardan foydalanish orqali mavzuni samarali o‘qitish
yo‘llari ko‘rib chiqilgan.
ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI DMTT O‘QUV JARAYONIGA INTEGRATSIYA QILISH YO‘LLARI
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
(AKT) Dastlabki Malaka Ta’lim Tashkilotlari (DMTT) o‘quv jarayoniga samarali
integratsiya qilish masalalari yoritilgan. Unda raqamli vositalar va platformalar
yordamida o‘qitish samaradorligini oshirish, interaktiv va masofaviy ta’lim
imkoniyatlaridan foydalanish yo‘llari tahlil qilinadi. Shuningdek, o‘quvchilarning
raqamli savodxonligini oshirish, elektron resurslar asosida mustaqil ta’limni tashkil
etish, o‘qituvchilarning IT ko‘nikmalarini rivojlantirish va dars jarayoniga sun’iy
intellekt imkoniyatlarini kiritish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Maqolada DMTT o‘quv
muhitida raqamli transformatsiyaning dolzarbligi asoslab berilgan va muammolar
bilan birga ularning yechimlari ham ko‘rib chiqilgan.
ZAMONAVIY O‘ZBEK TILIDA ARXAIZMLAR: LEKSIK, SEMANTIK VA USLUBIY TAHLIL
Annotatsiya
Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi arxaizm so‘zlari leksik, semantik va uslubiy
jihatdan tahlil qilinadi. Arxaizmlar — o‘z vaqtida keng qo‘llanilgan, ammo hozirgi
kunda eskirgan yoki kam ishlatiladigan so‘zlar, iboralar va grammatik shakllardir.
Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, arxaizm so‘zlarining eskirishi tilning tabiiy
rivojlanish jarayonining ajralmas qismidir. Maqola arxaizm so‘zlarning hozirgi kunda
ishlatilishi, ularning semantik o‘zgarishlari va uslubiy xususiyatlarini o‘rganadi hamda
tilshunoslikda arxaizm so‘zlarning o‘rni va ahamiyatini belgilaydi.
TARIX FANINI O'RGANISH VA TADQIQOTLARDA SUN'IY INTELLEKTDAN FOYDALANISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada tarix fanida sun’iy intellekt (SI)
texnologiyalarining o‘rni va imkoniyatlari chuqur tahlil etilgan. An’anaviy tarixiy
tadqiqotlar asosan qo‘lyozmalar, arxiv materiallari va yozma manbalarga asoslangan
bo‘lsa, hozirda sun’iy intellektning tabiiy tilni qayta ishlash, katta ma’lumotlarni tahlil
qilish, avtomatik tarjima, tarixiy xaritalash va vizualizatsiya kabi texnologik
yondashuvlari tarix faniga yangi metodologik asoslar olib kirmoqda. Maqolada SI
yordamida tarixiy hujjatlarni OCR texnologiyasi orqali raqamlashtirish, ularni matnli
tahlil qilish, tarixiy faktlar va tendensiyalarni aniqlash imkoniyatlari yoritilgan.
Shuningdek, generativ sun’iy intellekt vositalarining tarixiy simulyatsiyalar va
muqobil ssenariylar tuzishdagi roli ham ko‘rsatib o‘tilgan. SI tarixiy tadqiqotlar
aniqligi, tezligi va chuqurligini oshirish bilan birga, manbalarni tanqidiy tahlil qilish,
tarixiy tafakkurni modellashtirish va raqamli tarixshunoslikni shakllantirishda ham
keng qo‘llanilmoqda. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalari va inson tafakkuri
uyg‘unligi tarixiy haqiqatni to‘g‘ri talqin qilishdagi muhim shartlardan biri sifatida
baholangan.
YOSHLARNI KITOB MUTOLAASIGA QIZIQISHINI SHAKLLANTIRISH ORQALI RIVOJLANTIRISHGA ERISHISH
Annotatsiya: Ushbu maqolada yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni
shakllantirish orqali ularning intellektual va ma'naviy rivojlanishiga erishish masalalari
yoritiladi. Kitob mutolaasining yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, uni targ‘ib qilishning
samarali usullari va mavjud muammolar tahlil qilinadi. Muallif zamonaviy
texnologiyalar fonida kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid takliflarni ilgari suradi.
ИНДИВИДУАЛИЗИРОВАННЫЙ ПОДХОД К РАЗВИТИЮ НАВЫКОВ ЧТЕНИЯ У ШКОЛЬНИКОВ С ИСПОЛЬЗОВАНИЕМ СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ И ДИФФЕРЕНЦИРОВАННЫХ МЕТОДИК
Аннотация. В статье рассматриваются современные подходы к
формированию навыков чтения у младших школьников с учетом
индивидуальных особенностей каждого ребенка. Особое внимание уделяется
дифференцированным методикам, включающим развитие фонематического
восприятия, чтения слогов и слов, а также стратегий понимания текста и
развития когнитивных навыков. Обоснована роль технологий персонализации,
мультимедийных платформ и интерактивных упражнений в повышении
эффективности обучения. Представлены рекомендации по развитию внимания,
памяти, скорочтения и работе с ошибками, что способствует формированию
самостоятельных и компетентных читателей, готовых к успешной учебной
деятельности.
BRONXIAL ASTMA: BOSQICHLI DAVOLASH TAMOYILLARI
Annotatsiya: maqolada bronxial astmaning patofiziologiyasi, klinik bosqichlari
va zamonaviy bosqichli davolash tamoyillari tahlil etilgan. GINA tavsiyalari asosida
har bir bosqichda qo‘llaniladigan dori vositalari va qo‘shimcha profilaktika choralariga
alohida e’tibor qaratilgan. Maqola tibbiyot yo‘nalishidagi bakalavr va doktorantlar,
hamda amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan.
ALLERGIK KASALLIKLAR: BOLALIK DAVRIDA TARQALISHI VA IMMUNOTERAPIYA
Annotatsiya; Mazkur maqolada bolalik davrida allergik kasalliklarning
tarqalishi, ularning asosiy shakllari, sabablari va zamonaviy immunoterapiya usullari
tahlil qilingan. Allergen-spetsifik immunoterapiya (ASIT)ning afzalliklari va bolalarda
qo‘llash shartlari yoritilgan. Ushbu maqola pediatriya va immunologiya sohalarida
tahsil olayotgan talabalar hamda amaliyotchi shifokorlar uchun mo‘ljallangan.
GIPERTONIYA KASALLIGI: YOSHGA QARAB DAVOLASH USULLARI
Annotatsiya: Mazkur maqolada gipertoniya kasalligini yoshga qarab davolash
masalalari tahlil qilinadi. Turli yosh guruhlarida arterial bosimning ko‘tarilishi bilan
bog‘liq sabablari, klinik belgilarining o‘ziga xosligi hamda yoshga mos ravishda
qo‘llaniladigan davo usullari yoritilgan. Shuningdek, profilaktik chora-tadbirlar,
farmakologik va nofarmakologik yondashuvlar ham tahlil qilinadi.
DEPRESSIYA: KLINIK BELGILARI VA FARMAKOTERAPIYA
Annotatsiya: Ushbu maqolada depressiya kasalligining klinik belgilari,
tashxislash mezonlari hamda farmakologik davolash usullari ko‘rib chiqiladi.
Depressiyaning turli shakllari va ularning simptomatik ko‘rinishlari tahlil qilinib,
zamonaviy antidepressant dorilar toifalari, ularning ta’sir mexanizmi va nojo‘ya
ta’sirlari haqida ma’lumot berilgan. Shuningdek, maqolada dori vositalarini tanlashda
individual yondashuv va psixoterapiya bilan birgalikda qo‘llash samaradorligi haqida
fikr yuritiladi.
BOLALAR STOMATOLOGIYASIDA PSIXOLOGIK YONDASHUVLAR
Annotatsiya; Ushbu maqolada bolalar stomatologiyasida qo‘llaniladigan
psixologik yondashuvlar, ularning turlari, samaradorligi va zamonaviy texnologiyalar
yordamida bolalarda qo‘rquvni kamaytirish yo‘llari tahlil qilindi. Maqolada
shuningdek, ota-onalarning roliga ham alohida e’tibor qaratildi.
“FIZIKA FANIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING O’QITISH SAMARADORLIGIGA TA’SIRI”
Anotatsiya: Ushbu maqolada fizika fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalardan
foydalanishning ahamiyati, afzalliklari va o‘quvchilarning bilim olish jarayoniga
ko‘rsatadigan ta’siri yoritilgan. Raqamli vositalar — virtual laboratoriyalar,
simulyatsiyalar, interaktiv ilovalar va onlayn baholash platformalari orqali fizika
darslarini samarali, qiziqarli va tushunarli tarzda tashkil etish imkoniyati keng tahlil
qilingan. Maqolada zamonaviy texnologiyalar orqali o‘quvchilarning fanga bo‘lgan
qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari
ko‘rsatib berilgan. Xulosa qismida esa o‘qituvchilarga amaliy tavsiyalar va raqamli
vositalarni ta’limga integratsiya qilishning istiqbollari keltirilgan.
SUBKLINIK GIPOTERIOZ KASALLIGINI DAVOLASHDA D VITAMININING AHAMIYATI
Annotatsiya
Qalqonsimon bez organizmda metabolizm, o‘sish va rivojlanishda muhim rol
o‘ynaydigan gormonlarni ishlab chiqaradi. Subklinik gipoterioz (SG) — bu
qalqonsimon bezning yengil darajadagi yetishmovchiligi bo‘lib, laborator
tekshiruvlarda TSH darajasining oshishi, ammo T3 va T4 gormonlarining normal
darajada qolishi bilan tavsiflanadi [2]. SG ko‘pincha simptomlar bilan kechmasligi
sababli aniqlanmasdan qolishi mumkin, ammo uzoq muddatda yurak-qon tomir
kasalliklari, depressiya, lipid metabolizmi buzilishiga sabab bo‘lishi ma’lum [1].
So‘nggi yillarda D vitamini yetishmovchiligi va qalqonsimon bez kasalliklari
o‘rtasidagi aloqalar keng tadqiq etilmoqda. D vitamini immunomodulyator xususiyatga
ega bo‘lib, autoimmun tiroid kasalliklarining rivojlanishi va davrida muhim rol
o‘ynashi mumkin [6]. Ushbu maqolada SG kasalligida D vitamini roli, uning klinik
ahamiyati va davolashdagi o‘rni batafsil tahlil qilinadi.
STRESS OMILLAR TA’SIRIDA GIPOTALAMO–GIPOFIZ–O‘SIMTA (GGU) TIZIMI TO‘QIMALARINING GISTOMORFOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Annotatsiya
Stress — organizmning ichki va tashqi muhit omillariga moslashish
reaksiyasidir. Bu jarayon organismning homeostazini saqlashga qaratilgan murakkab
mexanizmlarni ishga tushiradi. Biologik omillar (infeksiyalar, travma, og‘ir jismoniy
sharoit), kimyoviy omillar (zaharli modda, toksinlar), ruhiy omillar (ortiqcha
psixologik yuk, xavotir, qo‘rquv) va ijtimoiy omillar (oilaviy nizolar, ish joyidagi
stress, ijtimoiy cheklovlar) stressning asosiy turlarini tashkil qiladi. Stress sharoitida
gipotalamo–gipofiz–o‘simta tizimi organizmning markaziy nevroendokrin boshqaruv
markazi sifatida faollashadi va gormonlar sintezi tezlashadi. Ayniqsa, kortikotropin–
rilizing gormon (CRH), adenokortikotropin gormon (ACTH) va glukokortikoidlar
darajasi oshishi tufayli to‘qimalar va hujayralarda morfologik, funksional o‘zgarishlar
yuzaga keladi.
SELF-DEVELOPMENT - YOUTH OF THE XXI CENTURY MAIN TASK
Abstract: This article explores the specific aspects of self-development among
the youth of the 21st century in the context of a rapidly changing world. It examines
the key factors influencing personal and professional growth, including digital
transformation, the rise of soft skills, educational trends, and the role of social media.
Special attention is given to issues of motivation, self-identification, and critical
thinking in the age of information overload. The author emphasizes the importance of
a conscious approach to self-development as a foundation for the successful integration
of young people into modern society.
FERMER XO‘JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI SODDALASHTIRISH ZARURATI
Kirish
Fermer xo‘jaliklari — O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi tizimining asosiy bo‘g‘ini
hisoblanadi. Ularning iqtisodiy faoliyati yildan-yilga kengayib, moliyaviy mas’uliyati
ortib bormoqda. Shu bilan birga, fermer xo‘jaliklarining ko‘pchiligi kichik va o‘rta
korxonalar sifatida faoliyat yuritgani uchun ularning buxgalteriya hisobini yuritishdagi
imkoniyatlari cheklangan. Buxgalteriya hisobining murakkab talablari, ko‘p sonli
hisobotlar, soliq yuklamasi va nazorat jarayonlari fermerlar faoliyatiga qo‘shimcha yuk
bo‘lib tushmoqda. Shuning uchun fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobini
soddalashtirish zarurati dolzarb masalaga aylanmoqda.
YANGI O'ZBEKISTON YANGI TA'LIM TIZIMI, TA'LIMDA INNOVATSION YONDASHUVLAR.
Annotatsiya: Yangi O‘zbekiston davrida ta’lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda
va bu jarayon mamlakatning barcha hududlarida keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Ta’lim tizimining yangilanishi nafaqat o‘quv dasturlarini modernizatsiya qilish, balki
o‘qitish metodlari, o‘quv muhitini yaxshilash, shuningdek, ta’lim infratuzilmasini
rivojlantirishni ham o‘z ichiga oladi. Bu islohotlar yosh avlodni zamonaviy bilim va
ko‘nikmalar bilan ta’minlash, ularni xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar sifatida
tayyorlashga qaratilgan.