Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
157
ISSN:3030-3621
O‘ZBEKISTONNING TURIZM SALOHIYATI VA RIVOJLANISH
STRATEGIYALARI
Sodiqova Feruza Nodirbek qizi
Namangan muhandislik-texnologiya instituti
Turizm yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Mazkur ishda mahalliy turizm sohasining rivojlanishi va uning
jamoalarga ta’siri tahlil qilinadi. Asosiy e’tibor ichki va mintaqaviy imkoniyatlarga,
mavjud resurslardan oqilona foydalanish yo‘llariga hamda mahalliy aholining turizm
faoliyatida ishtirokini kuchaytirish masalalariga qaratilgan. Tadqiqotda turizm
infratuzilmasi, madaniy meros obyektlari, tabiiy landshaftlar va mahalliy
mahsulotlarning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga qo‘shadigan hissasi yoritiladi.
Shuningdek, ichki turizm oqimlarini ko‘paytirish, mintaqalararo hamkorlikni
kuchaytirish va jamoalarning o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda ularni turizmga jalb
qilish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Ish amaliyotchi mutaxassislar, tadqiqotchilar va
turizm sohasi bilan shug‘ullanuvchi mahalliy hokimiyat vakillari uchun foydali
bo‘lishi mumkin.
Keyword:
Ipak yo’li, turizm infratuzilmasi, turizm oqimlari, madaniy me’ros
obyektlari, resurslardan oqilona foydalanish, mahalliy jamoalar,og’zaki ijod,raqamli
texnologiyalar, mahalliy turizm, ichki navbatchilik.
Аннотация:
В данной работе рассматривается развитие внутреннего
туризма и его влияние на местные сообщества. Основное внимание уделено
внутренним и региональным возможностям, рациональному использованию
имеющихся ресурсов, а также усилению участия местного населения в
туристической деятельности. В исследовании освещаются вклад туристической
инфраструктуры, объектов культурного наследия, природных ландшафтов и
местной продукции в экономическое и социальное развитие. Кроме того,
предлагаются рекомендации по увеличению внутренних туристических потоков,
укреплению межрегионального сотрудничества и привлечению сообществ к
туризму с сохранением их самобытности. Работа может быть полезна практикам,
исследователям и представителям местной власти, занимающимся вопросами
туризма.
Ключевые слова
: Шелковый путь, туристическая инфраструктура,
туристические потоки, объекты культурного наследия, рациональное
использование ресурсов, местные сообщества, устное народное творчество,
цифровые технологии, местный туризм, внутренняя дежурность.
Annotation:
This paper explores the development of local tourism and its
impact on communities. The focus is on internal and regional opportunities, the
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
158
ISSN:3030-3621
efficient use of available resources, and increasing local community participation in
tourism activities. The study highlights the contribution of tourism infrastructure,
cultural heritage sites, natural landscapes, and local products to economic and social
development. It also offers recommendations for increasing domestic tourist flows,
strengthening interregional cooperation, and involving communities in tourism while
preserving their identity. This work may be useful for practitioners, researchers, and
local government representatives involved in the tourism sector.
Keywords
: Silk Road, tourism infrastructure, tourist flows, cultural heritage
sites, rational use of resources, local communities, oral folklore, digital technologies,
local tourism, internal duty rotation.
O'zbekiston
Respublikasi
statistika
qo'mitasi
va
Turizm
qo'mitasi
ma'lumotlariga ko'ra, so'nggi yillarda turizm sohasining YAIM dagi ulushi yildan yilga
o'sib bormoqd. 2023-yil statistik ma’lumotlariga ko'ra O'zbekiston turizm sohasining
YAIM dagi ulushi taxminan 5% atrofida bo'lgan. Bu koʻrsatkich 2016-yilda deyarli
ikki baravarga oshib, atigi 2,5% ni tashkil etgan edi. 2023-yilda O'zbekistonga 6,6
milliondan ortiq xorijiy sayyohlar tashrif buyurgani qayd etilgan. Ularga ko'plab
xizmatlar ko'rsatilgan. Jumladan, mehmonxonalar, transport, ovqatlanish va boshqa
xizmatlar ko'rsatilib, O‘zbekiston iqtisodiyotiga chet el valyutasini olib kirib, katta
foyda keltirgan. Kelgusida YAIM hajmini oshirish maqsadida ichki va tashqi turizmni
rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash va sarmoyalarni jalb qilish muhim ahamiyat
kasb etadi. Kelgusida kutilayotgan ma'lumotlarga ko'ra O'zbekiston hukumati 2030-
yilgacha turizmning YAIM dagi ulushini 10% gacha yetkazishni rejalashtirmoqda.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining barqaror tarmoqlaridan biri
sifatida turizm sohasi tobora katta e’tiborga olinmoqda. Mamlakatning boy tarixiy-
madaniy merosi, tabiiy geografik imkoniyatlari va mehmondo‘st xalq urf-odatlari uni
xalqaro turizm bozori uchun jozibali hududga aylantirmoqda. Ayniqsa, Ipak yo‘li
bo‘ylab joylashgan qadimiy shaharlar – Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz va
Toshkent singari maskanlar nafaqat tarixiy obidalar, balki zamonaviy turistik xizmatlar
bilan ham ajralib turadi. Mazkur maqolada O‘zbekistonning turizm salohiyati, mavjud
imkoniyatlar va rivojlanish strategiyalari tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi
turizm sohasida katta salohiyatga ega bo‘lgan mamlakatlardan biridir. Uning hududida
qadimiy tarix, boy madaniy meros, tabiiy go‘zalliklar va rang-barang urf-odatlar
uyg‘unlashgan bo‘lib, bu omillar yurtimizni nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro turizm
uchun ham jozibador maskanga aylantiradi. Ayniqsa, Ipak yo‘li bo‘ylab joylashgan
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi shaharlar ming yillik tarix va me’morchilik
durdonalari bilan mashhur bo‘lib, ularning har biri jahondagi yirik sayyohlik
markazlari bilan bellasha oladi. O‘zbekistonning turizm salohiyati asosan to‘rtta asosiy
yo‘nalishda namoyon bo‘ladi: madaniy-tarixiy turizm, ziyorat turizmi, ekoturizm va
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
159
ISSN:3030-3621
ishbilarmonlik turizmi. Respublikada 7400 dan ortiq madaniy meros obyektlari mavjud
bo‘lib, ularning 1100 dan ortig‘i xalqaro ahamiyatga ega, xususan, UNESCOning
Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obidalar soni ortib bormoqda. Ziyorat turizmi esa
islom dunyosining ko‘plab davlatlaridan keluvchi sayyohlar uchun alohida ahamiyatga
ega, chunki bu yerda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Bahouddin Naqshband, Qutayba
ibn Muslim kabi ulug‘ allomalarning maqbaralari mavjud. Shuningdek,
O‘zbekistonning tabiiy landshaftlari, tog‘li hududlari, cho‘l va ko‘l tizimlari ekoturizm
va sog‘lomlashtirish yo‘nalishlarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
O‘zbekiston hukumati tomonidan turizmni kompleks rivojlantirish maqsadida bir qator
strategik chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
Turizm strategiyasi asosida sohaga oid qonunchilik bazasi takomillashtirildi, xorijiy
sayyohlar uchun vizasiz tartib joriy qilindi va e-viza tizimi yo‘lga qo‘yildi. Transport
va mehmonxona infratuzilmasi tubdan yangilanmoqda, yangi xalqaro aeroportlar va
mehmonxonalar, zamonaviy turizm klasterlari barpo etilmoqda. Shu bilan birga,
O‘zbekistonning sayyohlik brendi ostida (Visit Uzbekistan, The Pearl of the Orient)
xalqaro ko‘rgazmalar, media-kampaniyalar orqali mamlakatning turizm imijini
mustahkamlash ishlari olib borilmoqda. 2024-yil yakuniga ko‘ra, mamlakatga 6,2
milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi va turizm sohasidan tushgan valyuta
tushumi 1,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa 2019-yilga nisbatan 15 foizga
o‘sishni ko‘rsatadi. Bu yutuqlar shuni anglatadiki, O‘zbekiston turizmi nafaqat
an’anaviy, balki zamonaviy talab va texnologiyalar bilan uyg‘un holda rivojlanmoqda.
Kelgusida sohaga raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish, mahalliy jamoalarning
faol ishtirokini ta’minlash, ekologik barqarorlik tamoyillariga amal qilish orqali
turizmning barqaror va raqobatbardosh tarmog‘i shakllantiriladi. Shu tariqa
O‘zbekiston yaqin yillarda Markaziy Osiyodagi eng ilg‘or va jozibali sayyohlik
markazlaridan
biriga
aylanishi
shubhasiz.
Turizm
sohasining
hududiy
diversifikatsiyasi ham O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida qaralmoqda,
ya’ni turistik faoliyatni faqat Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi yirik tarixiy
shaharlargagina qaratib qolmasdan, Farg‘ona vodiysi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi,
Surxondaryo va Navoiy viloyatlari kabi nisbatan kam yoritilgan hududlarning turizm
salohiyatini ham to‘liq ochib berishga harakat qilinmoqda. Masalan, Farg‘ona
vodiysida hunarmandchilik, agrar turizm va madaniy festivallar orqali yangi turistik
yo‘nalishlar yaratilmoqda, Qoraqalpog‘istonda esa Moynaqdagi ekologik turizm,
Orolbo‘yidagi “Orol apokalipsisi” deb ataluvchi yangi turistik konsepsiyalar,
Nukusdagi Savitskiy muzeyi kabi ob’ektlar xalqaro miqyosda tanila boshladi.
Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi Termiz shahri va uning atrofidagi Buddaviylik
davriga oid tarixiy yodgorliklar, tabiiy geoparklar va qadimiy madaniy qatlamlar ilmiy-
turistik qiziqish uyg‘otmoqda. Bu esa regional iqtisodiyotlarning turizm orqali
rivojlanishiga xizmat qilib, mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, ijtimoiy
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
160
ISSN:3030-3621
infratuzilmani yaxshilash hamda turizmga oid kichik biznesni rivojlantirish uchun
qulay muhit yaratadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish sohasini
raqamlashtirish va global onlayn platformalar bilan integratsiyalash muhim ahamiyat
kasb etmoqda. Turistik joylarning Google Maps, TripAdvisor, Booking.com, Airbnb
kabi xalqaro platformalarda faol targ‘ib qilinishi, sayyohlar uchun qulay mobil ilovalar,
audio gidlar va virtual ekskursiyalar yaratish bu boradagi dolzarb vazifalardandir. Shu
bilan birga, turizm sohasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish, statistika
va bozor tahlilini tizimli olib borish orqali asosli strategiyalar ishlab chiqish lozim.
Turizm nafaqat sayyohlik harakati, balki murakkab iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning
yig‘indisidir. Shu sababli bu sohaga sarmoya jalb qilishda xususiy sektor vakillari,
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlari bilan hamkorlik qilish, davlat-xususiy
sheriklik mexanizmlarini keng joriy etish orqali yanada barqaror rivojlanishga erishish
mumkin. Shu asosda, O‘zbekiston Respublikasi kelgusi yillarda o‘zining turizm
sektorini barqaror, innovatsion, inklyuziv va ekologik jihatdan muvozanatli
yo‘nalishda rivojlantirish uchun zarur salohiyat va siyosiy irodaga ega ekani ayon
bo‘ladi. O‘zbekistonda turizm sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash masalasi ham dolzarb
muammolardan biri bo‘lib, bu borada tizimli yondashuv zarurati mavjud. Ayniqsa
xorijiy tillarni biladigan, zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalana oladigan,
madaniyatlararo muloqot ko‘nikmalariga ega gidlar, menejerlar, marketing
mutaxassislari va mehmonxona xodimlari tayyorlash borasida oliy ta’lim muassasalari,
kollejlar hamda kasb-hunar maktablari o‘rtasida yaqin integratsiyani ta’minlash zarur.
Turizm ta’limi faqat nazariy bilim bilan cheklanmasligi, balki amaliyotga
yo‘naltirilgan, loyihaviy yondashuvlar asosida tashkil etilishi lozim. Xususan, “dualist
ta’lim” modeli asosida mehmonxona, sayyohlik agentliklari va aeroportlar bilan
bevosita hamkorlikda o‘quv jarayonlarini yo‘lga qo‘yish orqali malakali mutaxassislar
yetishtirish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, yoshlar o‘rtasida turizm tadbirkorligini
rivojlantirish uchun startap grantlari, biznes-inkubatorlar va axborot-konsalting
markazlarini ko‘paytirish ham muhim vazifalardan biridir. Bu orqali mahalliy darajada
innovatsion turistik mahsulotlar, masalan, interaktiv ekskursiyalar, mobil ilovalar,
mahalliy brend sovg‘alar, yangi formatdagi gastronomik va festival turizmi shakllarini
shakllantirish mumkin. Shu bilan birga, O‘zbekistonda turizm barqaror rivojlanishini
ta’minlash uchun milliy identitetni saqlagan holda zamonaviylikni tatbiq etish
muvozanatini topish zarur. Ya’ni, tarixiy obidalarni faqat restavratsiya qilish emas,
balki ularni interfaol va immersiv (ya’ni to‘liq hissiy ishtirokni ta’minlaydigan)
shaklda sayyohlarga taqdim etish orqali madaniy merosni jozibador qilib ko‘rsatish
mumkin. Misol uchun, “raqamli muzeylar”, “tarixiy voqealarning 3D
rekonstruksiyasi”, “interfaol teatrli ekskursiyalar” orqali sayyohlarga yangi tajribalar
yaratish xorijiy amaliyotda muvaffaqiyatli ishlamoqda va O‘zbekiston sharoitida ham
tatbiq etilishi maqsadga muvofiqdir. Bundan tashqari, global iqlim o‘zgarishlari fonida
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
161
ISSN:3030-3621
ekologik barqaror turizmga o‘tish dolzarb bo‘lib bormoqda, bu esa yashil
texnologiyalardan foydalanish, chiqindisiz xizmat ko‘rsatish, suv va energiya tejash,
tabiiy landshaftlarni saqlash va bioxilma-xillikni himoya qilishga qaratilgan
choralarning joriy etilishini talab qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda,
O‘zbekistonda “eko-sertifikatlash” tizimini joriy qilish, mehmonxonalar va sayyohlik
agentliklarining ekologik reytingini ishlab chiqish, milliy bog‘ va qo‘riqxonalarni
turizmning doimiy manbai sifatida rivojlantirish muhim strategik yo‘nalishlardan biri
hisoblanadi. Natijada, O‘zbekiston turizm sohasini nafaqat iqtisodiy yutuqlar bilan,
balki ijtimoiy barqarorlik, ekologik muvozanat va milliy madaniyatni targ‘ib etuvchi
kuchli vosita sifatida shakllantirish sari dadil qadamlar tashlamoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022–2026-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi PF–60-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi rasmiy sayti:
(murojaat qilingan sana: 2025-yil 10-iyul).
3.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi. “Turizm sohasi bo‘yicha
statistik ma’lumotlar – 2023/2024-yillar”. UNESCO World Heritage Centre.
"World Heritage List – Uzbekistan".
4.
Ergashev, N.S. (2020).
O‘zbekiston turizm salohiyati: rivojlanish istiqbollari va
muammolar
. Toshkent: “Fan va texnologiya” nashriyoti.
5.
Tursunov, B.Y. (2021). “Turizm sohasining barqaror rivojlanishi uchun strategik
yondashuvlar”.
Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar
jurnali, №4, 45–52-betlar.
6.
WTTC (World Travel & Tourism Council). “Economic Impact Reports –
Uzbekistan 2024
7.
Azizova, M.X. (2022).
Raqamli turizm va marketing: zamonaviy yondashuvlar
.
Samarqand: SamDU nashriyoti.
8.
Karimov, S.R. (2021). “Zamonaviy turizm tarmoqlarining tahlili va O‘zbekistonda
qo‘llanishi”.
Turizm va ijtimoiy taraqqiyot
jurnali, №2, 30–38-betlar.