Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
143
ISSN:3030-3621
MAVZU: OLIY TA’LIMDA ZAMONAVIY TA’LIM TIZIMI VA
TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
TAHLILI
Qahramonov Og'abek Izzat o'g'li
Osiyo xalqaro universiteti
qahramonovogabek@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini qo‘llashning pedagogik asoslari tahlil qilingan. ta’lim jarayonida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan
samarali
foydalanish
usullari
ko‘rsatilgan. masofaviy ta’lim, interaktiv metodlar va multimedia vositalarining
ahamiyati yoritilgan. zamonaviy texnologiyalar talabalarning mustaqil ta’lim olish
ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Kalit so’zlar:
zamonaviy ta’lim texnologiyalari, oliy ta’lim, pedagogika,
interaktiv metodlar.
ТЕМА: АНАЛИЗ ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ОСНОВ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ
СОВРЕМЕННОЙ СИСТЕМЫ И ТЕХНОЛОГИЙ ОБУЧЕНИЯ В
ВЫСШЕМ ОБРАЗОВАНИИ
Қахрамонов Оғабек
Азиатский международный университет
qahramonovogabek@gmail.com
Аннотация:
В статье рассматриваются педагогические основы
использования современных образовательных технологий в системе высшего
образования. Описаны методы эффективного применения информационно-
коммуникационных технологий в учебном процессе. Освещена роль
дистанционного обучения, интерактивных методов и мультимедийных средств.
Современные технологии способствуют развитию самостоятельного обучения
студентов
Ключевые слова:
современные образовательные технологии, высшее
образование, педагогика, интерактивные методы.
TOPIC: ANALYSIS OF THE PEDAGOGICAL FOUNDATIONS FOR THE
USE OF MODERN EDUCATION SYSTEMS AND TECHNOLOGIES IN
HIGHER EDUCATION
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
144
ISSN:3030-3621
Qahramonov Ogabek
Asia international university
qahramonovogabek@gmail.com
Abstract
This article analyzes the pedagogical foundations of using modern
educational technologies in higher education. It outlines effective methods for
integrating information and communication technologies into the learning process. The
importance of distance learning, interactive methods, and multimedia tools is
highlighted. Modern technologies enhance students’ independent learning skills.
Key words:
modern educational technologies, higher education, pedagogy,
interactive methods.
Bugungi kunda dunyo ta’lim sohasida xususan oliy ta’lim mussasalari, ilmiy-
tadqiqot tashkilotlarida pedagog-mutaxassislarning salohiyatini takomillashtirish,
o‘quv jarayonini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim ta’lim texnologiyalaridan
foydalanish, elektron ta’lim resurslarini ishlab chiqish, hamkorlikda o‘qitish
texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Fanlarni o‘kitishda bugungi kunda kompetensiyaviy yondashuvdan foydalanish,
interfaol metodlarni ta’limiga tatbiq qilish, talaba mantiqiy tafakkurini
takomillashtirishning metodik-didaktik ta’minotini ishlab chiqish orqali zamonaviy
ta’lim texnologiyalari hamda pedagogik texnologiyalar asosida o‘qitishni
rivojlantirishga doir ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.
Hozirda zamonaviy ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarni yanada
takomillashtirish uchun zamonaviy texnologiyalarning ta’lim jarayonidagi o‘rni, uning
pedagogik xususiyatlarini ilmiy-tadqiqot misolida ochib berish, zamonaviy pedagogik
texnologiyalardan unumli foydalanish darajalarini rivojlantirishni talab etadi.
Hozirgi kunda ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik va zamonaviy axborot
texnologiyalaridan foydalanish, ta’limning sifat va samaradorligini oshirishga bo’lgan
qiziqishga e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari
asosida innovatsion texnologiyalarni o’quv jarayoniga joriy etishda mamlakatimiz
uzluksiz ta’lim tizimida rivojlangan xorijiy mamlakatlarning o’qitish amaliyotida
qo’llanilayotgan ilg’or pedagogik texnologiyalar va ta’lim innovatsiyalaridan
foydalanilmoqda.
Zamonaviy mamlakatlardagi pedagogik texnologiyalar va innovatsiyalar
talabalarni kelajak muammolariga tayyorlaydigan yanada qiziqarli, inklyuziv va
samarali ta’lim muhitini yaratishga qaratilgan. Bular turli davlatlarda zamonaviy
o‘qitish uslublari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar qanday tatbiq etilayotganiga bir
necha misoldir. Ushbu yondashuvlar orasida umumiy mavzu talabaga yo‘naltirilgan
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
145
ISSN:3030-3621
ta’limga o‘tish, texnologiyalarni integratsiyalashuvi hamda tanqidiy fikrlash,
muammolarni hal qilish va ijodkorlikka e’tibor qaratishdir.
Bugungi kunda yangi O‘zbekistonda har bir sohani rivojlantirish jarayonida eng
avvalo ta’lim sifati eng muhim rol o‘ynaydi. Aynan ta’lim sohasi innovatsiyaning
dastlabki qadamlaridandir. Mamlakatimizda ta’lim taraqqiyotini yangi bosqichga olib
chiqish uchun bir qancha strategiyalar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. “Najot
ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda” g‘oyasi Yurt boshimiz SH. M. Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilishi pedagogika sohasiga ham katta e’tibor qaratmoqda. Xususan,
pedagogik innovatsiyalarni ta’limning yangi usullari, yondashuvlari va
texnologiyalarini ishlab chiqish va mamlakatimizda zamonaviy ta’lim tizimimizda joriy
etish modernizatsiyani olib kirishga sabab bo‘lmoqda.
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari xususan pedagogik texnologiya tushunchalari
ta’lim tizimida juda ko‘p qo‘llanilib kelinmoqda. Xususan Oliy ta`lim muassasalarida
bugungi kunda zamonaviy ta`lim tizimining rivojlanishida innovatsion ta`lim
texnologiyalari va pedagogik texnologiyalar tushunchalari keng qo`llanilmoqda.
1-rasm. Asosiy tushunchalar ta`rifi
Texnologiya
- bu belgilangan maqsad va kafolatlangan natijaga erishishning
iqtisodiy samarali loyihalangan jarayonlar ketma-ketligi majmuidir.
“Texnologiya” so‘zi lotincha
“Thexnos”
– san’at, hunar, soha va
“Logos”
–
fan degan ma’noni anglatadi.
Pedagogik texnologiya
- insonga ta’lim va tarbiya berishning ilmiy
asoslangan, inson tafakkuriga, ya’ni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchining
intellektual salohiyatiga bog‘liq holda amalga oshiriladigan jarayonlar
majmuidir.
Innovatsion pedagogik texnologiya
- aynan ta’lim-tarbiya jarayonida
talabalar (tinglovchilar)ga muayyan fan (mavzu) bo‘yicha bilim berish va
shaxsini shakllantirishga qaratilgan o‘qitishning zamonaviy uslublari va texnik
vositalari majmuidir.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
146
ISSN:3030-3621
Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta’limni
texnologiyalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ta’limda innovatsion
texnologiyalarini joriy etish ta’lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o’rin
olgan. Xusuan prezidentimizning «O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030
yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 8 oktyabrdagi
PF-5847-conli Farmonida ustuvor vazifalar belgilandi. Bu oliy ta’lim muassasalarida
zamonaviy ta’limni takomillashtirish bo‘lajak pedagog-mutaxassislarning raqamli
texnologiyadan samarali foydalana olish imkoniyatlarini oshirish, uning uslubiy
ta’minotini takomillashtirishi uchun poydevor yaratdi.
Zamonaviy o‘qitish texnologiyasi an’anaviy ma’ruza o‘qish uslubini ko‘zda
tutmaydi va shu bilan bir qatorda ma’ruza darslarini amaliy darslarga qarama-qarshi
qo‘ymaydi. Zamonaviy o‘qitishda ma’ruza va amaliyot bir butun mashg‘ulotning
qismlari deb qaraladi va bu o‘qituvchi hamda talabaning o‘zaro ta’siri hamda
talabalarning mashg‘ulot davomida faol ishtirok etish darajasi bilan belgilanadi.
Ma’lumki, an’anaviy ma’ruza darslarida o‘qituvchi faolligi ta’minlansa, amaliy
mashg‘ulotlarda talaba faolligi talab etiladi. Zamonaviy uslubda o‘qituvchidan
mashg‘ulot davomida talaba va o‘qituvchi o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir darajasining bir
ko‘rinishidan ikkinchisiga mavzuga bog‘liq holda ustamonlik bilan ravon o‘tishi talab
etiladi.
Xulosa qilib aytganda talaba hozirgi axborotlar makonida zarur va kerakli
ma’lumotlarni mustaqil oladi, u adashishi mumkin, lekin zamonaviy ta’lim unga yo‘l
ko‘rsatadi. Lekin, darslar eski an’anaviy usulda mavzu materiallarni “o‘qib berish”
bo‘lib qolmasligi kerak. Zamonaviy ma’ruza avvalgi o‘qitishning “nofaol” usulidan
“faol” usuliga o‘tmog‘i, bahs, munozara, suhbat, muhokama shaklida amaliy ishlarning
uyg‘unligi, ya’ni zamonaviy interaktiv usullarda tashkil etilishi lozim. Shu sababli
hozirgi vaqtdagi ko‘plab zamonaviy uslublar o‘qitishning zamonaviy ta`lim tizimini va
interaktiv uslublarini qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1.
«O‘zbekicton Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
Konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli
Farmoni
2.
Abduqodirov A.A. Ta’lim va tarbiyada «Case-study» texnologiyalari. –T.: «Fan va
texnologiya», 2017, -344 b.
3.
Кулдашева Ш. А., Ахмаджанов И. Л., Адизова Н. З. Закрепление подвижных
песков пустынных регионов сурхандарьи с помощью солестойких
композиций //научные исследования. – 2020. – С. 101.
4.
Raximov O.D. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari – o‘quv qo‘llanma T.: Toshkent –
2012Y - 111 b
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
147
ISSN:3030-3621
5.
Бecпaлкo В.П. Пeдaгoгикa и прoгрeccивнoe тexнoлoгия oбучeния М.: Изд-вo
инc.прoф.oбр. Мин. Oбрaзoвaния Рoccии, 1995.-345 б.
6.
Ziyomuhammadov B., Abdullaeva Sh. Ilg‘or pedagogik texnologiya: nazariya va
amaliyot. “Ma’naviyat asoslari” darsi asosida ishlangan uslubiy qo‘llanma. – T.:
Abu Ali ibn Sino, 2001. – 80 c
7.
Kahramanov , O. Theoretical foundations of pedagogical technologies in
educational processes. Academic International Conference on Multi-Disciplinary
Studies and Education, 1(9), 61–63.
8.
Qahramonov O.I. Oliy ta`lim tizimida talabalar bilimini baholash.- “Pedagogs”
international research journal 99-101 b