Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
44
ISSN:3030-3621
RAQAMLI TARIX: AN’ANAVIY TARIXSHUNOSLIK VA ZAMONAVIY
TEXNOLOGIYALAR INTEGRATSIYASI
Rahimova Zeboxon Oʻktam qizi
Urganch davlat universiteti Tarix ta’lim
yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
Email:
Orcid.org/0009-0001-3014-7105
Рахимова Зебо.
Студент 3 курса Ургенчского государственного
университета по направлении “История”.
Rakhimova Zebo.
3rd year student of the History
department, Urgench State University
ЦИФРОВАЯ ИСТОРИЯ: ИНТЕГРАЦИЯ ТРАДИЦИОННОЙ
ИСТОРИОГРАФИИ И СОВРЕМЕННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ
DIGITAL HISTORY: INTEGRATION OF TRADITIONAL
HISTORIOGRAPHY AND MODERN TECHNOLOGIES
Annotatsiya:
Bugungi kunga kelib tarix fanida yangi tarmoqlar paydo bo’lib
rivojlanmoqda. Shunday yangi sohalardan biri bu “raqamli tarix” sohasidir. Mazkur
kichik ilmiy tadqiqot davomida “raqamli tarix” tushunchasi, uning shakllanishi va
an’anaviy tarixshunoslik bilan uyg‘unlashuvi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. 3D
vizualizatsiya, virtual haqiqat (VR), qo‘shilgan haqiqat (AR), GIS, sun’iy intellekt va
katta ma’lumotlar (big data) asosida tarixiy tadqiqotlarni amalga oshirishning
afzalliklari yoritiladi. Raqamli tarix fanlararo yondashuv, interaktiv taqdimot va manba
saqlanishining zamonaviy shakllarini taklif etadi. Shu orqali tarixshunoslik fanining
metodik imkoniyatlari kengayadi va u yangi bosqichga ko‘tariladi. Maqolada
O‘zbekiston tajribasi asosida raqamli tarixning istiqbollari ham ko‘rib chiqiladi va
tegishli xulosalar beriladi.
Kalit soʻzlar:
“Raqamli tarix”, “sun’iy intellekt”, “3D vizualizatsiya”, “raqamli
xarita”, “kvantitativ tarix”.
Аннотация:
На сегодняшний день в исторической науке появляются и
развиваются новые отрасли. Одной из таких новых областей является область
“цифровой истории”. В ходе данного небольшого научного исследования
научно-теоретически анализируется понятие “цифровая история”, ее
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
45
ISSN:3030-3621
становление и интеграция с традиционной историографией. Будут освещены
преимущества проведения исторических исследований на основе 3D-
визуализации, виртуальной реальности (VR), дополненной реальности (AR),
ГИС, искусственного интеллекта и больших данных (big data). Цифровая история
предлагает междисциплинарный подход, интерактивные презентации и
современные формы сохранения ресурсов. Благодаря этому расширяются
методологические возможности историографической науки, и она выходит на
новый уровень. В статье также будут рассмотрены перспективы цифровой
истории на основе опыта Узбекистана и даны соответствующие выводы.
Ключевые слова:
“Цифровая история”, “искусственный интеллект”,
“3D-визуализация”, “цифровая карта”, “квантовая история”.
Annotation:
To date, new branches have been emerging in the science of
history. One such new field is the field of “digital history”. During this small scientific
study, the concept of “digital history”, its formation and harmonization with traditional
historiography are scientifically-theoretically analyzed. The benefits of doing historical
research based on 3D visualization, virtual reality (VR), augmented reality (AR), GIS,
artificial intelligence, and Big Data (big data) are highlighted. Digital history offers an
interdisciplinary approach, interactive presentation, and modern forms of resource
preservation. Through this, the methodological possibilities of historiography expand
and it rises to a new level. The article will also consider the prospects for digital history
based on the experience of Uzbekistan and give relevant conclusions.
Keywords:
“Digital history”, “artificial intelligence”, “3D visualization”,
“digital map”, “quantitative history”.
KIRISH (ВBЕДЕНИЕ / INTRОDUCTIОN).
Tarixshunoslik doimo zamon bilan hamnafas bo‘lib rivojlanib kelgan. Bugungi
kunda raqamli texnologiyalar tarix fanining nafaqat metodikasiga, balki uning
falsafasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. “Raqamli tarix” tushunchasi hozirgi kunda
an’anaviy manbashunoslik, arxivshunoslik va arxeologiyani virtual platformalar,
sun’iy intellekt, 3D vizualizatsiyalar, raqamli xaritalar bilan integratsiyalashga olib
keldi. Bu esa tarixiy faktlarga yangi yondashuv, keng auditoriyaga ta’sirchan yetkazish
va saqlab qolish imkonini bermoqda. Ushbu maqolada raqamli tarix tushunchasi, u
bilan bog‘liq asosiy texnologiyalar, va an’anaviy tarixshunoslik bilan o‘zaro
bog‘liqligi tahlil qilinadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA (ЛИТЕРАТУРА И
МЕТОДОЛОГИЯ / MATERIALS AND METHODS)
Mavjud ilmiy adabiyotlar tahlili shuni ko'rsatmoqdaki, raqamli tarix fanining
rivojlanishi va tarix bilan integratsiyalashuviga doir bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Xususan, Xannu Salmi, Jonathan Blaney, Jane Winters, Sarah Milligan, Martin Steer,
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
46
ISSN:3030-3621
Lawrence J. Mc.Crank, L.I.Borodkin, V.N.Vladimirov, A.Yu.Volodin kabi mualliflar
ning asarlari va O'zbekistonda S.S.Qosimov, X.Mo'minov, G.Dadamirzayeva kabi
mualliflarning
tadqiqotlari,
T.Toyloqov,
X.Mo'minov,
M.Komolov
kabi
tadqiqotchilarning maqolalari muhim o'rin tutadi.
MUHOKAMA (ОБСУЖДЕНИЕ / DISCUSSION)
“Raqamli tarix” sohasi doirasida tarixiy jarayonlarni anglashda axborot
texnologiyalarining o‘rni, fan masalalarini yechishda zamonaviy yondashuvlar,
tarixiy voqeliklarni, faktlarni o‘rganishda elektron manbalarning hamda internetning
ilmiy va amaliy ahamiyatini hamda tarxiy tadqiqotda geografik axborot tizimlari,
3D modellashtirish texnologiyasining o‘rni, virtual muzeylar ahamiyati, masofaviy
ta’limning o‘ziga xosliklari kabi masalalar ahamiyati ochib beriladi. Ma’lumki,
“Digital history” atamasini ilmiy muomalaga kiritilishi amerikalik tadqiqotchi
E.Eyers va U.Tomas nomlari bilan bog‘liq (1997-yil, Virjiniya universiteti
qoshidagi
Virjiniya
“Digital
History”
markazi).
Raqamli tarix yosh rivojlanayotgan sohalardan biri bo‘lib, tarixni anglash
hamda targ‘ib qilishda muhim usullarni taqdim etmoqda. Texnologiya rivojlanishda
davom etar ekan, raqamli tarix va boshqa fanlar o‘rtasidagi munosabatlar tobora
murakkablashib,
fanlararo
aloqalarning
kuchayishi
yangi
ilmiy
tadqiqot
yo‘nalishlarini shakllanishiga sabab bo‘lmoqda [1].
Zamonaviy ilm-fan taraqqiyoti insoniyat tafakkurining yangi bosqichga
ko‘tarilishini taqozo qilmoqda. Xususan, axborot texnologiyalarining jadal sur’atlar
bilan rivojlanishi fanlararo integratsiyani chuqurlashtirib, an’anaviy gumanitar fanlar,
jumladan tarix fani oldiga ham mutlaqo yangi ilmiy-uslubiy vazifalarni qo‘ymoqda.
Tarix fani – insoniyat sivilizatsiyasining shakllanishi, rivojlanishi va inqiroz davrlarini
tadqiq etuvchi kompleks ijtimoiy-gumanitar fan sifatida – o‘z mohiyatiga ko‘ra vaqt,
voqelik va sabablilik tamoyillariga asoslanadi. Shu nuqtai nazardan, informatikadagi
zamonaviy yondashuvlar, xususan, katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash, tarixiy
manbalarni raqamlashtirish, algoritmik tahlil qilish hamda vizualizatsiya vositalaridan
foydalanish, tarixshunoslikni yangi metodologik bosqichga olib chiqmoqda. Bugungi
kunda tarixiy jarayonlarni tahlil qilishda sun’iy intellekt, mashinali o‘rganish,
ma’lumotlar bazalari va geoinformatsion tizimlar (GIT) kabi ilg‘or texnologiyalar
tobora keng qo‘llanilmoqda. Bu esa tarixiy materiallar ustida chuqurroq va aniqlikka
asoslangan ilmiy tadqiqotlar olib borish imkoniyatini yaratadi. Tarix fanining
informatikadagi tadbiqi nafaqat ilmiy izlanishlar samaradorligini oshiradi, balki tarixiy
bilimlarni vizual, interaktiv va ommaviy foydalanishga yaroqli shaklda taqdim etishga
xizmat qiladi [2].
NATIJALAR (РЕЗУЛЬТАТЫ / RESULTS)
Raqamli tarix sohasi shakllanishi va rivojlanishi bosqichida turli nomlar bilan
ifodalangan bo‘lsada, olimlar o‘rtasida uning umumiy xususiyatlari e’tirof etiladi.
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
47
ISSN:3030-3621
Mazkur sohani aslida qanday nomlash masalasi mavjud ilmiy tadqiqotlarga tayanib
aytadigan bo‘lsak hali hanuz o‘zining tugal yechimini topmagan. Shu o‘rinda qayd
etish kerakki, fanlararo kesishmada rivojlanayotgan har qanday yangi sohaning
metodologik asoslarini ishlab chiqish, tadqiqot sohasini aniq belgilash murakkab
jarayon hisoblanadi. Birgina kvantitativ tarix (Quantitative history) sohasini
(miqdoriy usullar – voqelik va jarayonlarni miqdoriy ko‘rsatkichlar tizimi asosida
tahlil qilish) rivojlanishi misolida ham bu jarayonni kuzatish mumkin.
I.D.Kovalchenko o‘z kitobida kvantitativ tarix o‘zining tadqiqot ob’ektini aniq
belgilab olishiga o‘n yillar vaqt ketganligi haqida qayd etadi [3].
Birlamchi manbalar va tasvirlarning zamonaviy texnologik yutuqlar bilan
integratsiyalashuvi tarixchilarga o‘z ilmiy izlanishlarini raqamlashtirilgan materialga
aylantirish imkonini beradi. Ushbu raqamli manbalar tadqiqotni taqdim etishning
an'anaviy usullaridan ko‘ra qulayroqdir. Raqamli tarixchilar o‘z tahlillarini vebsaytlar,
bloglar, ijtimoiy media va onlayn jurnallarda nashr etishlari mumkin.
Raqamli media vositalari orqali raqamli tarixchilar boshqalarga tarixiy voqealarni
tasavvur qilishga yordan berish uchun interaktiv grafiklar, diagrammalar va xaritalar
kabi dinamik materiallar yaratishi mumkin. Raqamli tarix tadqiqotchilarning tarixiy
manbalardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Maktablarda raqamli tarix
o‘qituvchilarga yanada qiziqarli dars rejalari va o‘quv dasturlarini yaratish uchun
resurslardan foydalanishni ta'minlaydi. Raqamli tarix, shuningdek, turli auditoriyalarni
jalb qiladigan raqamli tarixiy loyihalarni yaratish uchun imkon beradi [4].
So‘nggi yillarda ta’lim jarayonida raqamli texnologiyalardan foydalanish keng
ko‘lamda rivojlanmoqda. Ayniqsa, tarix fanini o‘qitishda raqamli texnologiyalarning
joriy etilishi bu fanni o‘ziga xos ravishda jonlantirib, tarixiy fakt va hodisalarni yanada
ravshanroq anglashga yordam beradi. An’anaviy dars usullariga qaraganda raqamli
vositalar yordamida tashkil etilgan darslar o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otadi, faollikni
oshiradi hamda ularning mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi [5]
XULOSA (ЗАКЛЮЧЕНИЕ / CONCLUSION)
Bugungi kunda tarixshunoslik fanining rivojlanishi raqamli texnologiyalar bilan
uzviy bogʻliq holda kechmoqda. An’anaviy tarixiy manbalarni tahlil qilish, saqlash va
taqdim etish uslublari zamonaviy raqamli vositalar orqali yangi bosqichga
koʻtarilmoqda. 3D modellashtirish, raqamli arxivlar, interaktiv xaritalar va sun’iy
intellekt asosidagi tahlil vositalari tarixiy jarayonlarni chuqurroq oʻrganish va ommaga
sodda, tushunarli shaklda yetkazish imkonini bermoqda. Raqamli tarix nafaqat tarixiy
bilimlarni keng ommaga targʻib qilish, balki ilmiy izlanishlarda ham samaradorlikni
oshirishda muhim vosita boʻlib xizmat qilmoqda. Shu bois, anʼanaviy tarixshunoslik
yondashuvlarini zamonaviy texnologiyalar bilan uygʻunlashtirish zaruriyati kundan
kunga ortib bormoqda. Ushbu maqolada ko‘rsatib o‘tilganidek, tarixiy haqiqatni
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
48
ISSN:3030-3621
ishonchli, dolzarb va jozibali tarzda ifodalash uchun raqamli texnologiyalar
integratsiyasi istiqbolli yo‘nalish hisoblanadi.
ADABIYOTLAR ROʻYXATI (ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА /
REFERENCES)
1.
Tog‘ayev J. ““Raqamli tarix” (“digital history”) sohasi xususida ayrim
mulohazalar” “Mirzo Ulug’bek – buyuk mutafakkir olim va davlat arbobi"
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman 2024-yil 14-15 may. 637-b
2.
Ne’matjonova M. Valiyeva G. “Tarix fanini informatikadagi tadbiqi haqida”
International scientific journal “Modern science аnd research” volume 4 / issue 5 /
uif:8.2 / modernscience.uz. ISSN: 2181-3906 2025. 1806-b.
3.
Ковальченко И.Д. Методы исторического исследования / И.Д. Ковальченко.
Отделение историко-филологических наук. 2-е изд., доп. – М.: Наука, 2003. –
486 с.
4.
Toyloqov T. “Raqamli tarix nima? Raqamli tarixiy loyihalar” Oriental Renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN
2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022. 423-b.
5.
Qodirova D
“Tarix oʻqitishda raqamli texnologiyalar” Ustozlar uchun
pedagoglar.org 69-son 1–to’plam Aprel 2025. 413-b.