Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
169
ISSN:3030-3621
INGLIZ TILI O’RGANAYOTGAN O’QUVCHILARDA LEKSIK BOYLIKNI
OSHIRISHDA METODIK YONDASHUVLAR VA TUSHUNCHALAR
Namangan Davlat Chet tillari
Instituti magistr talabasi
Azimova Mohinur Murodjon qizi
E-mail:
Telefon: +998943529977
“Ta’limda interaktiv metodlar qo’llanishi o’quvchilarni faollikga, mustaqil
fikrlashga va erkin muloqotga undaydi”
Saydaliyeva M.A. Namangan Davlat
pedagogika instituti o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada asosan Ingliz tilini o’rganayotgan boshlang’ich
sinf o’quvchilari va maktabgacha yoshdagi bo’lgan bolalarda til ko’nikmalarini
rivojlantirish haqida tushunchalar va metodik tahlil ko’rsatmalar berilgan. Til
o’rganayotgan o’quvchilarning o’rganish darajasi leksik, didaktik, metodik, psixologik
jihatdan ham o’rganish ko’nikmasi o’rganib chiqilgan. Maktabgacha va boshlang’ich
sinf o’quvchilarini leksik til ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish ko’rsatilgan.
Kalit so’zlar:
leksika, til ko’nikmalari, didaktik yondashuv, pedagogik
strategiyalar, til ko’nikmasi, pedagogik mahorat, kommunikativ yondashuv.
Bolalarda til ko’nikmalarini rivojlantirish ularning shunchaki biror tilni
o’rgatishga yoki qaytarib yod oldirishga emas balki ularning fikrlashi va dunyo
qarashidagi o’zgarishlarga ham sabab bo’ladi. Til o’rganish jarayoni sababli
bolalarning aqliy intelluktual jihatdan ham o’quvchilar bilim ko’nikma va malakalarini
rivojlantiradi. O’quvchilarning nutqiy faoliyatini rivojlantirish ularga til o’rganishga
bo’lgan ishtiyoqlarini oshirishlari davomida o’z samarasini beradi.
“ Insonninng har qanday faoliyati, jumladan nutqiy faoliyat ham, tuzilishiga
ko’ra undovchi (motivatsion), yo’llovchi va ijro qismlardan iboratdir[
1
]. Masalan: biror
narsani o’rganib bo’lib uni qo’llashga va yana yangisini o’rganishga qaratilgan
faoliyatni Undovchi (mativatsion) deb olsak, uni amalda qo’llab suhbat davomida
qo’llashga urunishimiz, qo’llashimiz ijrochi qismlar hisobladi. Jarayonning amaldagi
isboti esa nutqiy faoliyatda ko’rinadi. Bu uchun avvalambor nutqiy faoliyatni
rivojlantirishimiz eng asosiy jihatlardan biri bo’ladi. Nutqiy faoliyatni rivojlantirish
1
Saydaliyeva M. A. Namangan Davlat Universiteti Respublika Ilmiy-Texnik Anjumani. Chet til ta’limiga innovatsion
yondashuv tamoyillari va ilmiy-amaliy tarjima muammolari. “Ingliz tilini o’qitishda o’gzaki nutq kompetensiyasini
shakllantirish jarayonining amaldagi holati tahlil”.2023.p.68-73
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
170
ISSN:3030-3621
o’quvchilarga o’z ona tillarida ham o’rganayotgan xorijiy ikkinchi yoki undan ortiq
boshqa tillarida ham samararali hisoblanadi. O’quvchilarning nutqiy qobiliyatlarini
shakllantirish uchun avvalambor ularning yosh xususiyati jihatdan psixologik
tomonlama o’ylab tahlil qilish kerak. O’quvchilarni o’rganishi uchun jalb qilish
maqsadida rasmli flashkardlardan, zanjir o’yinlardan foydalanishimiz mumkin yoki
bolalarning o’z qiziqishlariga bog’lagan holda ham dars jarayonlari tashkil etilsa
maqsadga muvofiq bo’ladi. O’quvchilarning yoshga doir psixik xususiyatlarini tahlil
etish orqaligina ularning til o’rganish qobiliyatlarini bilib olish ehtimolimiz oshadi. Bu
borada o’rganishlarga nazar tashlasak, O’quvchilarning til o’rganish jarayonida
yoshga doir bahs va munozaralar juda ham ko’plab topiladi. Ko’pchilik xorijiy
mutaxasislar chet tilga doir ko’nikma va malakalarni 6-8 yoshdan keyin, ona tili va
ikkinchi til to’liq shakllandan so’ng o’rgatish kerak, deb hisoblaydilar, aks holda
ularning fikricha birinchi til, ya’ni ona tilining rivojlanishi sekinlashadi yoki o’z joyida
qotib qolishi mumkin[
2
].
Yosh jihatini hisobga olgan holda til o’rganish jarayonida o’quvchilardan va
o’qituvchilardan ham alohida e’tibor talab qilinadi. O’quvchilarning o’rganish jarayoni
o’qituvchisining pedagogik mahoratiga bilan uzviy bog’liq holda yaxlit bir jarayonni
tashkil etadi. Jarayon mobaynida o’quvchidan talab qilinadigan asosiy omillardan
hisobga olsak ular psixologik, didaktik va kommunikativ yondashuvlardir. Psixologik
yondashuvda o’qituvchining ichki holati, uning o’rganishga bo’lgan ishtiyoqi, eslab
qolish darajasi, diqqatni jamlay olish ko’nikmalariga mos holda bo’lishi maqsadga mos
bo’ladi. Didaktik ya’ni o’rgatish va o’qitish jarayoni. Didaktika o’qitish nazariyasi
hisoblandi. Uning asosi esa soddadan murakkablik tomon bosqichma-bosqich davom
etishi hisobida til materiali mazmuniy bo’limlarga ajratiladi. Har bir bosqich bilim,
ko’nikma va malakalarni shakllantirish esa didaktikaning asosiy talabidir.
Kommunikativ yondashuvda o’quvchilar nutq faoliyatining ishtirokchisi bo’lib, uni
grammatik qoidalarni va ko’nikmalarni yodlabgina qolmay uni amalda qo’llay olish
real vaziatlarda muloqot qilishni o’rganadilar. O’rgatish mobaynida o’quvchilarning
bilimlarini shakllantirish uchun o’qituvchidan talab qilinadigan asosiy jihatlarni
hisobga oladigan bo’lsak u o’qituvchining fan dasturi undagi maqsad va vazifalarining
belgilaganlik darajasi aks etgan holda o’quvchilar guruhining yoshi, o’rganish
salaohiyatiga qarab har biriga ishlab chiqilgan metodikasi bo’lishi kerak. Ayniqsa
maktab o’quvchilari o’rtasida dars jarayonini tashkil etish davomida o’qituvchidan
alohida ehtiyoji bo’lgan bolalar ishtirok etishi mumkin bo’lgan darslarda yanada
qo’shimcha mahorat talab qilinadi. Bu kabi bolalarda tengdoshlariga qaraganda ba’zan
davolanishlari sabili yoki shu kabi muammolari natijasida darslardan ortda qolib ketish
oqibatida o’rganishga bo’lgan ishtiyoqlari pasayib ketadi. Ularga shu sababdab ham
2
Saydaliyeva, M.A. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida og’zaki nutqning rivojlanish xususiyatlari.SamDu ilmiy
axborotnomasi: Gumanitar fanlar seriyasi, 2(138), 2023.p.82
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
171
ISSN:3030-3621
o’qituvchi tomonidan sezdirilmagan tomonlama dars jarayonlarini tashkil etish
ahamiyatli hisoblanadi. Dars jarayonida har bir o’quvchi bilan individual ishlay olish
qiyin lekin buning uddasidan chiqa olgan va dars taqsimotini to’g’ri boshqara olgan
o’qituvchi pedagogik mahoratli va salohiyatli o’qituvchi deb e’tirof etiladi.
Xulosa qilib aytganda ingliz tilini o’rganayotgan o’quvchilarda ularning bilib,
ko’nikma va malakalarini yaxshi shakllantirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
O’quvchilarning leksik ko’nikmalarini shakllantirish esa ularning til o’zlashtirish
samarasini yanada tezroq va mukammalkroq qiladi. “Til o‘rganishda eng avvalo
lug‘aviy boylik – leksik ko‘nikmalar shakllantirilishi kerak, ayniqsa boshlang‘ich
bosqichda bu jarayon vizual materiallar va muloqotli vazifalar bilan boyitilishi
lozim”[
3
]. O’quvchilarning til o’rganish va bilim egallashlarida shu kabi omillar
hisobga olingan holda natija bo’ladi.
REFERENCE
1.
Saydaliyeva M. A. Namangan Davlat Universiteti Respublika Ilmiy-Texnik
Anjumani. Chet til ta’limiga innovatsion yondashuv tamoyillari va ilmiy-amaliy
tarjima muammolari. “Ingliz tilini o’qitishda o’gzaki nutq kompetensiyasini
shakllantirish jarayonining amaldagi holati tahlil”.2023.p.68-73
2.
Saydaliyeva, M.A. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida og’zaki nutqning
rivojlanish xususiyatlari.SamDu ilmiy axborotnomasi: Gumanitar fanlar
seriyasi, 2(138), 2023.p.82
3.
Azimov S.M. Ingliz tilini o‘rgatish: maqsadlarni belgilash va motivatsiyani
yuksaltirish. NamDPi “iqtidori talabalar ilmiy xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali.
2024.B- 9-16.
4.
Azimov, S. M. (2024). Xorijiy tillarni o‘quvchilarga o‘rgatishda metodik usul
va yondashuvlar hamda o‘qituvchining psixologik bilimi. Universal xalqaro
ilmiy jurnal, 1(7), 1–7.
https://universaljurnal.uz/index.php/jurnal/article/view/1140
5.
Azimov S.M., Sotvoldiyeva G.F., Qodiraliyeva B.F. (2024). English Language
and the Importance of Learning it in Globalization. NamDPI, 138–143.
6.
Maxammadaliyeva S.A., Azimov S.M. (2024). Methods of Teaching English for
Secondary School Students during Era of Modernization. Namangan Ilmiy-
amaliy konferensiyasi, s. 195–196.
7.
Dehqanova G.A (2023). NATIONAL-CULTURAL CHARACTERISTICS OF
LEXICAL UNITS EXPRESSING THE ECONOMICAL CONDITION OF A
PERSON’S LIFE IN ENGLISH AND UZBEK LANGUAGES.
https://doi.org/10.5281/zenodo.7951344
3
Azimov S.M. Ingliz tilini o‘rgatish: maqsadlarni belgilash va motivatsiyani yuksaltirish. NamDPi “iqtidori talabalar ilmiy
xabarlari” ilmiy-uslubiy jurnali-2024 yil, Maxsus son B- 9-16.