Mualliflar

  • Tojiboyeva Sevinch Jasur qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.127853

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: OITV OITS immun tanqisligi yuqish yo‘llari virus CD4 stomatologiya profilaktika.

Annotasiya

Annotatsiya 
Orttirilgan  immun  tanqisligi  virusi  (OITV)  inson  salomatligiga  jiddiy  tahdid 
soluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dastlab immun tizimining yetishmovchiligi tufayli 
yuzaga keladi. Vaqt o‘tishi bilan bu holat orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) 
bosqichiga  o‘tadi.  XXI  asrda  ham  ushbu  infeksiyaning  dolzarbligi  saqlanib  qolgan 
bo‘lib, hozirgacha to‘liq davosi topilmagan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, OITV 
infeksiyasining erta bosqichlari, OITSga o‘tish omillari, inson salomatligiga ta’siri, 
yuqish yo‘llari va kasallikning terminal bosqichi o‘lim bilan yakunlanishi mumkinligi 
aniqlangan. Mazkur maqolada ushbu virus haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etilib, 
kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinadi. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

152

ISSN:3030-3621

ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIGI VIRUSINING AVJ OLISH DAVRI,

OITSGA O‘TISHI VA SABABLARI

Tojiboyeva Sevinch Jasur qizi

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti

Stomatologiya yo‘nalishi talabasi

Annotatsiya

Orttirilgan immun tanqisligi virusi (OITV) inson salomatligiga jiddiy tahdid

soluvchi kasalliklardan biri bo‘lib, dastlab immun tizimining yetishmovchiligi tufayli
yuzaga keladi. Vaqt o‘tishi bilan bu holat orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS)
bosqichiga o‘tadi. XXI asrda ham ushbu infeksiyaning dolzarbligi saqlanib qolgan
bo‘lib, hozirgacha to‘liq davosi topilmagan. Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, OITV
infeksiyasining erta bosqichlari, OITSga o‘tish omillari, inson salomatligiga ta’siri,
yuqish yo‘llari va kasallikning terminal bosqichi o‘lim bilan yakunlanishi mumkinligi
aniqlangan. Mazkur maqolada ushbu virus haqida umumiy ma’lumotlar taqdim etilib,
kasallik tarqalishini oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

OITV, OITS, immun tanqisligi, yuqish yo‘llari, virus, CD4,

stomatologiya, profilaktika.

Kirish

OITV (HIV – Human Immunodeficiency Virus) lentiviruslar jinsiga mansub

bo‘lib, inson organizmidagi CD4+ T-limfotsitlarni zararlaydi. Bu esa immun
tizimining bosqichma-bosqich susayishiga olib keladi. Dastlab 1983-yilda aniqlangan
ushbu infeksiya hozirda global pandemiya darajasiga yetgan. Jahon sog‘liqni saqlash
tashkiloti (JSST) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda dunyo bo‘yicha 39 milliondan ortiq
odam OITV bilan yashamoqda va har yili 1,3 milliondan ortiq yangi holat
aniqlanmoqda.

OITV nafaqat tibbiy muammo, balki ijtimoiy-iqtisodiy inqiroz manbai sifatida

ham qaraladi. Virus asosan jinsiy aloqa, zararlangan qon orqali yoki onadan homilaga
yuqadi. Infeksiya bir necha bosqichda rivojlanib, oxir-oqibat OITS bosqichiga o‘tadi.

Ushbu maqolada OITV infeksiyasining rivojlanish bosqichlari, uning xavflari,

stomatologik jihatlari va profilaktik tadbirlari haqida to‘liq ma’lumot beriladi.

Asosiy qism:

OITV— odam organizmida immunitet tanqisligini keltirib chiqaruvchi virus

bo‘lib, organizmning yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyatini pasaytiradi.
Virus immun tizimining asosiy hujayralaridan biri bo‘lgan CD4+ T-limfotsitlarni
shikastlab, ularning sonini kamaytiradi.

OITS — orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi bo‘lib, OITV infeksiyasining


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

153

ISSN:3030-3621

terminal bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda inson organizmi har qanday patogen
mikroorganizmlarga qarshi himoyasiz holatga keladi.

OITV va OITS o‘rtasidagi asosiy farq shundaki, OITV infeksiyasi mavjud bo‘lsa

ham, kasallik belgilari hali namoyon bo‘lmagan bo‘ladi. Aksincha, OITS bosqichi —
virusga qarshi immun javob butunlay izdan chiqqan va turli opportunistik kasalliklar
yuzaga chiqqan davrdir.

OITV infeksiyasining OITSga o‘tish jarayoni:
OITV infeksiyasi bosqichida organizm virusga qarshi immun javob qaytaradi.

Biroq vaqt o‘tishi bilan bu kurash virus foydasiga yakunlanadi. Shaxs tashqi tomondan
sog‘lom ko‘rinishiga qaramay, o‘zi bilmagan holda virusni boshqalarga yuqish xavfini
tug‘diradi. Ushbu davr 8–10 yilgacha davom etishi mumkin. Kasallik belgilari esa
bosqichma-bosqich, yashirin tarzda yuzaga chiqadi.

OITS esa — spetsifik immun tanqislik bilan kechadigan jarayon bo‘lib,

autoimmun reaksiyalar, yomon sifatli va sifatli o‘smalar, shuningdek, opportunistik
infeksiyalar bilan kechadi.

OITV rivojlanish bosqichlari:
inkubatsiya davri organizmga virus yuqishidan boshlab 14 kundan bir yilgacha

davom etadi.

2-o'tkir davr virus yuqqanidan 7-14, ba'zan 30 kun o'tgach namoyon bo'ladi. Bu

davr kasallik alomatlari: haroratning ko'tarilishi, sovqotish, bedarmonlik, faringit,
eshakyemi toshishi, bosh og'rig'i, stomatit, ko'ngil aynishi, ich ketishi kabi o'tkir
belgilar orqali namoyon bo'ladi.

latentlik davrida kasallik alomatlarining pasayishi, limfa bezlarining og'riqsiz

yiriklashuvi kuzatiladi. Latent davri 5-10 yil davom etadi. Turli xil davolash tadbirlari
orqali bu davrni bir necha o'n yilga cho'zish mumkin.

4-OITSdan oldingi davr 1-2 yil davom etadi. Bu davrda hujayra immunitet

pasayish tufayli stomatit, gerpes, kandidoz, til leykoplakiyasi kabi kasalliklarning
takrorlanishi va uzoq davom etishi bilan bog'liq.

5-terminal, ya'ni OITS davri virusli infeksiyaning so'nggi oʻlimoldi davri

hisoblanadi. Bu davr sil, meningit, ensefalit, gripp, o'pka yallig'lanishi, tokso-plazmoz,
gerpes, kandidoz, salmonelloz, saraton, limfoma kabi har xil infeksiyali va infeksiyasiz
kasalliklar paydo bo'lishi bilan bog'liq. Bu davr davolash choralari ko'rilmaganida 3
yilgacha, ba'zan bir yil davom etadi

OITS bosqichining belgisi — CD4+ T-limfotsitlar sonining <200/mm³ gacha

tushishi va opportunistik infeksiyalarning kuchayishi bilan tavsiflanadi.

Yuqish yo‘llari: OITV infeksiyasi yuqgan shaxsning qonida, jinsiy a’zolar

suyuqligida va ona sutida bo‘ladi. Virus uch asosiy yo‘l bilan yuqadi:


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

154

ISSN:3030-3621

Qon orqali – OITV bilan zararlangan qon quyilganda, yoki sterilizatsiya

qilinmagan tibbiy asboblar (soqol olish pichog‘i, igna, shprits va boshqa kesuvchi
vositalar) orqali yuqishi mumkin.

Jinsiy aloqa orqali – himoyalanmagan jinsiy aloqalar natijasida virus yuqadi. Har

qanday jinsiy aloqada virus yuqtirish xavfi mavjud, ayniqsa OITV bilan kasallangan
shaxsda virus yuklamasi yuqori bo‘lsa.

Onadan bolaga – homiladorlik, tug‘ruq jarayoni yoki emizish vaqtida virus

onadan bola organizmiga o‘tadi.

Tashxis usullari: ELISA (enzim bog‘langan immunosorbent testi) – asosiy

skrining testi bo‘lib, OITVga qarshi antitanalarni aniqlaydi.

Western Blot – tasdiqlovchi test sifatida qo‘llaniladi.
PZR (polimeraza zanjir reaksiyasi) – virusning RNK miqdorini aniqlaydi va aniq

monitoring imkonini beradi.

CD4 hujayralar soni va virus RNK yuklamasi — kasallik bosqichini va ARV

davolash samaradorligini baholashda muhim laborator ko‘rsatkichlardir.

Davolash usullari: OIV infeksiyasi – bu surunkali kasallik bo‘lib, hozircha uni

uzil-kesil davolash usuli topilmagan. OIV infeksiyasining uzoq vaqt davom etishi va
sekin rivojlanishi bemorlarni muntazam kuzatib yurishni talab qiladi. Hozirgi vaqtda 2
guruh antiretrovirusli (ARV) preparatlar ma’lum: qaytalama transkriptaza ingibitorlari
QTI va proteaza ingibitorlari PI

Qaytalama transkriptaza ingibitorlariga nukleozidli va nonukleozid preparatlar

kiradi.Qaytalama transkriptazaning nukleozidli ingibitorlari (QTNI) bu guruhning
dastlabki preparatlaridan biri azidotimidindir (AZT, timazid, zidovudin). Bu guruhga
fosfazid, didanozid, lamivudin, stavudin, abakavir va boshqalar kiradi.Qaytalama
transkriptazaning nonukleozidli ingibitorlari (QTNNI)ga nevirapin, delavirdin va
efavirenz kiradi.

Proteaza ingibitorlari – bu guruh preparatlariga indinavir, sakvinavir, ritonavir

va nelfinavirlar kiradi. PI QTIdan farqli ravishda kam nojo‘ya ta’sirga ega. Ular alohida
qo‘llanilganda bu preparatlarga chidamlilik tez rivojlanadi. Shuning uchun ular boshqa
ARV preparatlari bilan birga qo‘llaniladi.ARV preparatlar monoterapiya, biterapiya va
triterapiya, masalan, QTI guruhidan 2 ta preparat va PIdan 1 ta preparat shaklida
qo‘llanishi mumkin. Uchta preparatni birga tayinlash “Yuqori faol antiretrovirusli
terapiya” deb yuritiladi.

ARV terapiyaning samarasi klinik va laboratoriya ko‘rsatkichlari bilan

aniqlanadi. OIV RNK sining miqdori va SD4 – limfotsitlar soni ARTning samarasini
ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardir.

Asosiy ARV dori guruhlari: NRTI (nukleozidli qaytalama transkriptaza

ingibitorlari): Zidovudin, Lamivudin, Tenofovir.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

155

ISSN:3030-3621

NNRTI (nonukleozidli qaytalama transkriptaza ingibitorlari): Efavirenz,

Nevirapin. PI (proteaza ingibitorlari): Lopinavir, Ritonavir. INSTI (integraza
ingibitorlari): Dolutegravir, Raltegravir. Fyuziya ingibitorlari: Enfuvirtid. CCR5
blokator: Maravirok.

ART boshlanishi: CD4 hujayralar soni <350/mm³ bo‘lsa; Opportunistik

infeksiya mavjud bo‘lsa; Homilador ayollar va tibbiy xodimlar uchun tavsiya etiladi.

Davolash samaradorligi quyidagi mezonlar bilan baholanadi:
Virus yuklamasining <50 nusxa/ml gacha tushishi; CD4 sonining oshishi; Klinik

sinptomlarning kamayishi.

Stomatologiyada OITV/OITS xavfi:
Og‘iz bo‘shlig‘ida qonli muhit mavjudligi – bu holat stomatologik amaliyotda

OITV yuqish xavfini oshiradi, ayniqsa invaziv muolajalarda.

Asboblarning yetarli darajada steril qilinmasligi – sterilizatsiya qoidalariga rioya

qilinmasa, infeksiya yuqish xavfi ortadi.

Himoya vositalaridan foydalanilmasligi – stomatologik ish paytida qo‘lqop,

niqob, ko‘zoynak va steril asboblar ishlatilmasligi OITV yuqishiga sharoit yaratadi.

Profilaktika choralariga quyidagilar kiradi:

Har bir bemor uchun individual, steril asbob-uskunalardan foydalanish;

Faqat bir martalik shprits va qo‘lqopdan foydalanish;

Barcha stomatologik ish joylarida yuqori darajadagi dezinfeksiya va

sterilizatsiya tartiblariga qat’iy rioya etish.

Stomatologiyada OITV/OITS muammosining ahamiyati:
1.Og‘iz bo‘shlig‘ida dastlabki belgilar paydo bo‘ladi – OITSning ilk klinik

belgilari 70–90% hollarda aynan og‘iz bo‘shlig‘ida namoyon bo‘ladi:

Og‘iz kandidozi (zamburug‘li infeksiya); Gerpetik yaralar; Til ustida oq dog‘lar

(leukoplakiya); Qonaydigan yallig‘langan milklar; Og‘iz shilliq qavatida og‘riqli
yaralar.

2.Stomatolog kasallikni erta aniqlovchi bo‘lishi mumkin – og‘iz bo‘shlig‘idagi

o‘zgarishlar ko‘pincha birinchi bo‘lib stomatolog tomonidan aniqlanadi. Shu sababli,
stomatologlar OITV/OITS klinik belgilari va ularni boshqa patologiyalardan farqlashni
bilishlari hamda bemorni tegishli mutaxassisga yo‘naltira olishlari zarur.

Tibbiyot xodimlari uchun esa doimiy profilaktika choralariga amal qilish,

stomatologik gigiyenani ta’minlash, xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish,
jamiyatda OITV/OITS haqida xabardorlikni oshirish orqali bu infeksiyani nazorat
ostida ushlab turish mumkin.

OITV/OITS infeksiyasini oldini olish usullari:
1.Shaxsiy gigiena qoidalariga qat’iy amal qilish (masalan, faqat shaxsiy ustara,

qaychi, tish cho‘tkasidan foydalanish);


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

156

ISSN:3030-3621

2.Tibbiy muolajalarda bir martalik tibbiy vositalar (shprits, qo‘lqop, igna va h.k.)

dan foydalanish;

3.Sartaroshxona, kosmetik salonlar va stomatologik muassasalarda vositalarning

to‘liq sterilizatsiyasiga ishonch hosil qilish.

Bu choralar infeksiyani yuqish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.

Xulosa

Xulosa qilib aytish mumkinki, orttirilgan immun tanqisligi virusi (OITV) va

uning yakuniy bosqichi bo‘lgan OITS — bugungi kunda insoniyat salomatligiga tahdid
soluvchi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib qolmoqda. Ushbu infeksiya inson
organizmining immun tizimini jiddiy darajada izdan chiqaradi hamda hayot uchun
xavfli bo‘lgan opportunistik infeksiyalar va o‘smalarning rivojlanishiga sabab
bo‘ladi.Hozirgi kunda mavjud antiretrovirusli terapiya (ART) usullari OITV
infeksiyasini to‘liq davolay olmasa-da, uning rivojlanishini sezilarli darajada
sekinlashtirib, bemorning umr davomiyligi va hayot sifatini yaxshilashga xizmat
qilmoqda. Ayniqsa, yuqori samarali kombinatsiyalangan davolash usullari (HAART)
— virus yuklamasini pasaytirish, immunitetni tiklash hamda klinik simptomlarni
kamaytirishda muhim ahamiyatga ega.Shunday qilib, OITV/OITS infeksiyasining
oldini olish va uni nazorat ostida ushlab turish faqat tibbiy yondashuv bilangina emas,
balki kompleks — ijtimoiy, psixologik, ta’limiy va madaniy chora-tadbirlarni o‘z
ichiga olgan tizimli yondashuvni talab etadi. Mazkur maqolada yoritilgan ilmiy
asoslangan ma’lumotlar stomatologlar va tibbiy mutaxassislar uchun ushbu
infeksiyaga qarshi kurashishda, bemorlar va jamiyat salomatligini saqlashda muhim
ilmiy-amaliy yo‘l-yo‘riq bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

UNAIDS.

Global

HIV

&

AIDS

Statistics

2023.

https://www.unaids.org/en/resources/fact-sheet

2.

NIH HIVinfo. Stages of HIV Infection. https://hivinfo.nih.gov/understanding-
hiv/fact-sheets/stages-hiv-infection

3.

StatPearls.

HIV

Clinical

Progression.

https://www.ncbi.nlm.nih.gov/books/NBK513289

4.

A.B. Pahriddinov, U.A. Valixonov. OITS/OITV. Toshkent: 2022.

5.

World

Health

Organization

(WHO).

HIV/AIDS

Fact

Sheet.

https://www.who.int/news-room/fact-sheets/detail/hiv-aids

6.

Centers

for

Disease

Control

and

Prevention

(CDC).

HIV

Basics.

https://www.cdc.gov/hiv/basics/index.html

7.

Kaiser Family Foundation (KFF). The Global HIV/AIDS Epidemic.
https://www.kff.org/global-health-policy/fact-sheet/the-global-hiv-aids-epidemic

Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar

UNAIDS. Global HIV & AIDS Statistics – 2023.

NIH HIVinfo. Stages of HIV Infection. https://hivinfo.nih.gov/understanding-

hiv/fact-sheets/stages-hiv-infection

StatPearls. HIV Clinical Progression.

A.B. Pahriddinov, U.A. Valixonov. OITS/OITV. Toshkent: 2022.

World Health Organization (WHO). HIV/AIDS Fact Sheet.

Centers for Disease Control and Prevention (CDC). HIV Basics.

Kaiser Family Foundation (KFF). The Global HIV/AIDS Epidemic.

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари