Mualliflar

  • ERGASHEV TOLIBJON ESHQOBILOVICH

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.127867

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar: iqtisodiy samaradorlik davlat xizmati ta`lim xizmati karyera modeli inson resurslari meritokratiya inson kar’yera traektoriyasi kasbiy kompetensiya.

Annotasiya

Annotatsiya:  Ushbu  maqolada  Davlat  va  ta`lim  xizmatlarida  meritokratiya 
hamda  “Karyera  modeli”ni qo`llash orqali uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, 
iqtisodiyot va xizmat ko`rsatishning barcha sohalariga sifatli kadrlar etishtirish, ularni 
amaliyotga joriy etish va qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ilmiy  tahlil 
qilingan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

244

ISSN:3030-3621

DAVLAT VA TA`LIM XIZMATLARIDA MERITOKRATIYA,

KARYERA

MODELI

NI

QO`LLASH

ORQALI IQTISODIY SAMARADORLIKNI

OSHIRISH OMILLARI

ERGASHEV TOLIBJON ESHQOBILOVICH

Boshqaruv samaradorligi agentligi

Jizzax viloyati filiali bosh inspektori,

f.f.b.f.d., (PhD), dotsent

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Davlat va ta`lim xizmatlarida meritokratiya

hamda “Karyera modeli”ni qo`llash orqali uning iqtisodiy samaradorligini oshirish,
iqtisodiyot va xizmat ko`rsatishning barcha sohalariga sifatli kadrlar etishtirish, ularni
amaliyotga joriy etish va qo‘llash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tahlil
qilingan.

Kalit so‘zlar:

iqtisodiy samaradorlik, davlat xizmati,

ta`lim xizmati, karyera

modeli,

inson resurslari, meritokratiya, inson kar’yera traektoriyasi, kasbiy

kompetensiya.

Аннотация:

В статье научно анализируется важнейшая роль повышения

экономической эффективности за счет применения меритократии и «модели
карьеры» в государственных и образовательных услугах, подготовки
высококвалифицированных кадров для всех секторов экономики и услуг, а также
их внедрения и применения на практике.

Ключевые слова:

экономическая эффективность, государственная

служба, образовательная служба, карьерная модель, человеческие ресурсы,
меритократия, траектория карьеры человека, профессиональная компетентность.

Abstract:

This article scientifically analyzes the crucial importance of

increasing economic efficiency through the application of meritocracy and the "Career
Model" in public and educational services, training high-quality personnel for all
sectors of the economy and services, and implementing and applying them in practice.

Key words:

economic efficiency, civil service, educational service, career

model, human resources, meritocracy, human career trajectory, professional
competence.

KIRISH

O‘zbekistonda kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati sohasida amalga

oshirilayotgan islohotlar hamda davlat boshqaruvi jarayonida jahon standartlariga
javob beradigan, intellektuall kadrlarini tanlash, ularni tayyorlash va o‘qitish,
meritokratiya tamoyillarini qo‘llagan holda iqtidorli va salohiyatli yoshlarni izlab
topishga katta e’tibor berilmoqda. Ochiqlik va oshkoralik tamoyillari asosida yuqori


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

245

ISSN:3030-3621

malakali, bilimli, halol va sadoqatli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq
tanlovlar orqali ishga qabul qilish, boshqaruv sohasida muvafaqqiyatlarga erishish va
yuqori ish samaradorligini ta’minlashdan iboratdir.

O‘zbekistonda islohotlarning hozirgi bosqichida davlat xizmatidagi kadrlar

siyosatini avvalgidek oddiy “xodimlarni boshqarish”ning ayrim elementlarini emas,
balki “inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish”ga yo‘naltirilgan yangi sifat
bosqichiga ko‘tarish vazifasi turibdi. Inson resurslarini boshqarish va ularning
intellektini oshirish “tashkilotning strategik maqsadlariga erishish uchun uning inson
resurslariga bo‘lgan ehtiyojini tahlil qilish va boshqarish jarayoni” deb ta’riflash
mumkin.

1

Mazkur maqolada davlat va ta’lim xizmatlarida

meritokratiya

tamoyillari

hamda “Karera modeli”ni qo‘llash orqali boshqaruv tizimining

iqtisodiy

samaradorligini oshirish,

yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda ularni

amaliyotga tatbiq etish masalalari

ilmiy asosda tahlil qilindi.

Tadqiqot doirasida quyidagi asosiy xulosalar ilgari suriladi:
-Davlat fuqarolik xizmatida kareraviy rivojlanishning adolatli va shaffof

mezonlari shakllantirilishi, xizmat faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir
ko‘rsatadi;

-Oliy ta’lim tizimi bilan integratsiya etilgan yondashuv orqali davlat xizmatlari

uchun

barqaror kadrlar zaxirasi

ni shakllantirish imkon yaratiladi;

-Meritokratiyaga asoslangan baholash va rag‘batlantirish tizimi professional

kompetensiyalarni uzluksiz rivojlantirishga xizmat qiladi;

-“Karera modeli”ni joriy etishda xalqaro tajriba bilan birga O`zbek

milliy

an’ana va mentalitetga mos yondashuv

larni inobatga olinadi.

Shu asosda maqolada davlat boshqaruvi va ta’lim xizmatlarini isloh qilishda

“Karera modeli”ning dolzarbligi va uni amaliyotga joriy etishning ittisodiy,

nazariy

va amaliy jihatlari

ilmiy asosda yoritildi.

QONUNCHILIK

O`zbekistonda davlat fuqarolik xizmatini takomillashtirish, ushbu faoliyat

samaradorligini,

rivojini

oshirishga

qaratilgan

O‘zbekiston Respublikasi

Prezidentining 2019 yil 3 oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va
davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF–5843-sonli Farmon hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–4472-sonli Qaror, 2022 yil 8 avgustdagi “Davlat fuqarolik
xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni ushbu tizimning huquqiy aktlari hisoblanadi.

1

Luftim Cania, (2014), “The evolution of human resource management: past, present and future”, The Macrotheme

Review 3(9), 2014. pp 73-83.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

246

ISSN:3030-3621

Ushbu me‘yoriy hujjatlarda Davlat fuqarolik xizmatini takomillashtiruvchi,

rivojlantiruvchi barcha omillar, yo‘nalishlar asos qilib keltirilgan. Jumladan,
“O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5843-sonli Farmonning
ikkinchi bandida davlat fuqarolik xizmatini yanada takomillashtirish va isloh
qilishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra:

- kasbga oid sifatlari va alohida xizmatlarini odilona va ob’yektiv baholash

asosida eng munosib va qobiliyatli shaxslarni davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish
hamda ularning xizmat pog‘onalari bo‘yicha ko‘tarilishini nazarda tutuvchi
meritokratiya tamoilini qo‘llash;

-kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilarini

toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat karyerasining
lavozim pog‘onalaridan bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi davlat fuqaroilk
xizmatining “karyera modelini”ni joriy etish;

- nomzodning barcha fazilatlari va ustunliklarini, jumladan uning ma‘naviy-

axloqiy va vatanparvarlik sifatlarini obyektiv baholash imkonini beradigan ochiq
mustaqil saralab olish asosida davlat fuqarolik xizmatiga qabul qilish;

- Davlat organi va tashkilot darajasidan (respublika, viloyat, tuman va shahar),

xodimning malaka martabasi (darajasi) va shaxsiy hissasidan kelib chiqqan holda ish
haqini belgilashga nisbatan unifikatsiyalashtirilgan talablar o‘rnatilishini nazarda
tutuvchi davlat fuqarolik xizmatchilari mehnatiga haq to‘lashning yagona tizimini joriy
etish;

- milliy, respublika, tarmoq va hududiy darajalarda professional tayyorlangan

samarali kadrlar zahirasini shakllantirish, davlat fuqarolik xizmatiga eng malakali
nomzodlarni saralab olish uchun xususiy bandlik agendliklarini faol jalb etish va
zamonaviy autsoring shakllaridan foydalanish;

- davlat organlari va tashkilotlarida xodimlarni boshqarishda va inson

resurslarini

rivojlantirish

sohasida

zamonaviy

axborat

kommunikatsiya

texnologiyalarini joriy etish;

- davlat fuqarolik xizmatchilariga ijtimoiy kafolatlar, shuningdek, ularni o‘z

kasb mahoratini va faoliyat samaradorligini oshirish uchun rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlashning samarali tizimini joriy etish

2

kabi masalar keltirilgan.

O`RGANISHLAR VA TAHLILLAR

Yo‘nalishlar mazmuniga e‘tibor bersak, bu tizimga o‘tish ancha oldin bo‘lishi

kerakligiga amin bo‘lamiz. Jumladan birgina meritokratiya tamoilini olaylik.
Rivojlangan davlatlarda meritokratiya prinsipi allaqachon tadbiq etilgan. Ehtimol

2

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to‘g‘risida. PF-5843-son Farmoni

http://lex.uz/docs/4549998


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

247

ISSN:3030-3621

rivojlangan maqomga erishuvining asosida shu kabi tamoil, prinsiplarning oldinroq
amaliyotga joriy etilishi yotgandir.

Misol uchun, Buyuk Britaniyada Ikkinchi jahon urishidan keyingi davrlarda bu

tamoilning qo‘llanilishi ko‘plab ishchilar qatlamidan salohiyatli mutaxasislarning
(yuristlar, shifokorlar) kashf etilishiga erishildi.

AQSH fuqarolari har kimning shaxsiy yutuqlari faqat va faqatgina uning

qobiliyatiga, mehnatsevarligi va mehnatga bo‘lgan munosabatiga, axloqiy
qarashlariga bo‘g‘liq ekanligiga ishonishadi. Buni shakllantirgan asos meritokratiya
tamoilidir.

3

Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi, meritokratiya o‘zi nima, qachon, qayerda

vujudga kelgan? Meritokratiya lotin tilidan tarjima qilinganda “meritus”-“loyiq”,
qadimgi yunon tilida “hokimiyat, hukumat” kabi ma‘nolarni bildiruvchi boshqaruv
tamoilidir. Uning mazmuniga ko‘ra shaxslarning moliyaviy, ijtimoiy holatidan qat’iy
nazar, eng qobiliyatlilari yetakchi o‘rinlarni egallashi lozim.

4

Ba‘zi mutaxasislar meritokratiya tushunchasini ilk bor Konfutsiy ta`limotida

uchratish mumkinligini ta‘kidlaydilar. Ular fikricha, Xitoy tarixining ba‘zi davrlarida
meritokratik tizimni ko‘rishimiz mumkin. Misol uchun Xun sulolasi davrida uch
bosqichli imtihonlar tizimi mavjud bo‘lgan. Bu tizim asosida san’at, konfutsiylik,
ma‘muriy va boshqa jamiyat sohalaridagi muammolarni tushunadigan salohiyatli
odamlar tanlab olingan, hamda hokimlikka tayinlangan.

5

To‘g‘ri ushbu tamoil imkoniyat tengligi nazariyasiga zid. Ammo meritokratiya

prinsipi har bir shaxsning o‘z iste‘dodi, fazilatlari va qobiliyatlarini yuzaga
chiqarishiga imkoniyat berib, ijtimiy, moliyaviy mavqeidan qat’iy nazar teng
imkoniyatlar eshigini ochadi.

6

Xo‘sh, Yangi O‘zbekistonda bu tizimning amaliyotga qo‘llanish holati qanday?

Muammo va kamchiliklarimiz nimalardan iborat? Jamiyatimizda qobiliyatli va
iqtidorli shaxslar ko‘p. Ularni kashf etish, kerakli mutaxasisga aylantirish darajasi
qanday? Ular boshqaruv sohasidagi meritokratiya tamoili mohiyatini qay darajada
bilishadi? Ta‘lim tizimlarida bu tamoil, umuman davlat fuqarolik xizmati haqida qay
darajada saboq beriladi? Zero ushbu dargohlarni bitirib kelayodgan mutaxsislarning
aksariyati davlat fuqarolik xizmatiga kirishga intiladi. Shunday ekan ularning ushbu
tizimga munosabatlari qanday?

Meritokratiya tamoyili orqali o‘tgan davr mobaynida Boshqaruv samaradorligi

agentligi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Qishloq xo‘jaligi, Moliya, Xalq ta‘limi

3

Qurbonov I. Endi kadrlar ochiq tanlov asosida tanlanadi. Prezident qarorlari-hayotda va nazoratda.

/https:/uza.uz/uz/posts/endi-kadrlar-ochiq-tanlov-asosida-tanlanadi 237206/27.01.2021

4

Eshqobilovich E. T. TALIM XIZMATLARINI RIVOJLANTRISHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKCHILIGI VA

UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI //MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY
OF INNOVATIVE RESEARCH.

– 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 110-116.

5

Shu manba

6

ErgashevT.

https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=8278437432610192950&btnI=1&hl=ru


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

248

ISSN:3030-3621

vazirliklari, shuningdek, 50 dan ortiq tuman va shahar hokimliklarining jami 250 ga
yaqin vakant lavozimlari bo‘yicha e‘lon qilingan tanlovlarda 12 mingdan ortiq nomzod
qatnashish uchun hujjat topshirgan, ya‘ni o‘rtacha 45 kishi bitta o‘ringa ochiq tanlov
asosida kurash bo‘lgan. Ayni paytgacha ushbu platforma orqali tashkil etilgan tanlovlar
natijalariga ko‘ra, 220 nafar eng munosib nomzod davlat organi va tashkilotlariga ishga
qabul qilinib, ochiq tanlov asosida ishga qabul qilinganlarning 20 nafari oliy ta‘lim
muassasalarini 2019 yilda tamomlagan bo‘lsa, 19 nafari 2020 yilda tugatgan.

7

Ma‘lumki, so‘ngi yillardan boshlab Boshqaruv samaradorligi agentligi

tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga
ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilish jarayonlari izchil tashkillashtirilayapti. Shu
maqsadda vacancy.argos.uz, ya‘ni Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari
yagona ochiq portal ishlab chiqilgan va samarali amaliyotga tadbiq etilgan.

Bugungi kunda barcha mehnat va kadrlar ishiga oid internet platformalari portal

bilan bog‘langan. Bu integratsiyalashuv nomzodlar uchun ko‘pgina imkoniyatlar va
qulayliklarni beradi. Xususan tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzod bir vaqtning
o‘zida uchtagacha davlat o‘rganing bo‘sh ish o‘rniga ariza topshirish imkoniyatiga ega.
Ya‘ni ariza yuboriladigan tashkilotlar soni chegaralanmagan. Har bir vakand ish
jo‘yiga bo‘lgan malakaviy talablar ish beruvchi tomonidan, tenglik tamoiliga asoslanib
belgilanishi me‘yoriy aktlarda keltirilib o‘tilgan va amaliyotga tadbiq etilyapti.

Bu nimani anglatadi? Ortiqcha qog‘ozvozchilik, yozishmalardan holi bo‘lgan,

ishga

kirmoqchi

bo‘lgan

kadrlarning

tashkilotma-tashkilot

yurushdek

sarsongarchilikdek holatiga chek qo‘yilgan, vaqt tejamkorligiga erishgan elektron
tizimning mufaqqiyatli yo‘lga qo‘yilayotganligidan.

Ya‘ni ortiqcha ovarogarchiliklarsiz nomzod ushbu platforma orqali o‘z

arizalarini topshira oladi, boshqa tashkilotlardan kerakli ma‘lumotlarni olish ham talab
etilmaydi, sababi barcha ma‘lumotalar Yagona milliy mehnat tizimida mavjud va
avtomatik tarzda arizada aks etadi. Eng muhimi shaffof. Bu holat esa bo‘lajak
kadrlarning boshqaruvga ishonchi ortadi. Salohiyatiga yarasha mavqega erishgani
uchun mehnat samaradorligi oshadi. Bu munosabat

Davlat fuqarolik xizmatini

rivojlantirishning eng muhim omillaridandir.

Davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish omillari haqida so‘z yuritganda

davlat

fuqarolik xizmatining “karyera modelini”ga to‘xtalib o‘tish lozim. Xo‘sh bu model
yurtimizda qay tarzda joriy etilyapti? Shu o‘rinda “karyera modelini” mohiyatiga
to‘xtalsak.

“Karyera modeli” - kadrlar malakasini muntazam oshirib borish, davlat fuqarolik

xizmatchilarini toifalash va ularga malaka martabalari (darajalari) berish orqali xizmat

7

Qurbonov I. Endi kadrlar ochiq tanlov asosida tanlanadi. Prezident qarorlari-hayotda va nazoratda.

/https:/uza.uz/uz/posts/endi-kadrlar-ochiq-tanlov-asosida-tanlanadi 237206/27.01.2021


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

249

ISSN:3030-3621

karyerasining lavozim pog‘onalaridan bosqichma-bosqich o‘tishni nazarda tutuvchi
modeldir.

Tatqiqotchi T.Bazarovning fikricha, karyera - insonning mehnat faoliyati

jarayonidagi xulq-atvori va tanlangan yo‘nalish bilan lavozim yoki kasbiy o‘sishning
natijasidir.

8

Inson kar’yera traektoriyasiga o‘z mehnat xatti-harakatlarini amalga oshirish

jarayonida foydalaniladigan shaxsiy maqsadlari, xohish-istaklari asosida erishadi va
faoliyat yuritayotgan tashkilot ichi yoki tashqarisidadagi haqqoniy faoliyat
xususiyatlarida shaklantiradi.

Biror karyera cho‘qqisini ko‘zlagan shaxsning kasbiy va tashkilot doirasidagi

xatti-harakatlari traektoriyasini bir qancha tamoillarga ajralishi o‘z navbatida
karyeraning turli xil ko‘rinishlarini shakllantiradi. Jumladan:

- Professional karyera
- Tashkilot ichidagi karyera
Bu karyera kadrning tashkilot ichidagi harakat traektoriyasi bilan bog‘liq o‘sish

darajasi bo‘lib, ular ham quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lishi mumkin.

- Vertikal karyera
- Gorizantal karyear
- Markazga intiluvchi karyera
Hammamizga ma‘lumki kar’yeraning bir qancha bosqichlari mavjud:
- dastlabki (25-yoshgacha)
- tayinlanish (30 yoshgacha)
- siljish (45-yoshgacha)
- tugash (60-yoshdan)
- nafaqa (65-yoshdan so‘ng)
Agar bu fikrlarni umumlashtirib karyerogramma desak, unda-bu mutaxasisni

muqim bir ishda va joyda samarali natihaga erishida qanday yo‘lni bosib o‘tishi uchun
kerakli zaruriy bilim hamda malakalar to‘g‘risidagi tasavvurlari jamlanmasidir.

9

Shu o‘rinda tabiiy savol tug‘iladi,

“Karyera modeli”

tizimi yurtimizda qanday

joriy etilyapti? Yutuqlar, kamchiliklar nimalardan iborat? Ta‘lim tizimi bilan
bog‘liqlik darajasi qanday?

“Karyera modeli”ni ta‘lim muammolari bilan

shug‘ullanish orqali namoyon qilish mumkinmi?

Ta‘lim tizimiga nazar solsak, ko‘pchilik ma‘lumki zamonaviy ta‘lim

muammolari shunchalik murakkabki, muvaffaqiyatli karyeraga intiluvchan shaxs
o‘zini tan olishi, yani o‘z imkoniyat chegarasi, qobiliyat darajasini to‘g‘ri o‘lchab,
rivojlantirishi, o‘zini eng yuqori darajaga munosib ko‘rishi lozim. Bu holat yuqori

8

Hayitov O. Djalilova S. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.TDIU.2008.64-b

9

Hayitov O. Djalilova S. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.TDIU.2008.64-b


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

250

ISSN:3030-3621

darajadagi mavqega va hattoki moddiy rag‘batlantirishlar uchun qator imkoniyatlarni
taqdim etadi hamda o‘zining sevimli ishi bilan shug‘ullanish rohatini beradi.

10

Bugun yurtimizda ta‘lim tizimi va davlat fuqarolik xizmatini o‘rtasidagi

bog‘liqlikni samarali tashkillashtirish, davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish
sohasidagi bosh muammolardan bo‘lib turubdi. Misol uchun Oliy ta‘limni olaylik. Bu
dargohni tamomlagan mutaxasislarda ilm bilan birgalikda o‘ziga bo‘lgan ishonch,
o‘zini namoyon etish motivatsiyasi berilsagina yetuk kadrlar bo‘lib shakllanishi
shubhasiz. Zero ko‘pchilik mutaxasislar o‘z yonalishlari doirasida albatta davlat
xizmati tizimiga ishga kirishadi.Qachonki ularda shu omil ilm bilan birgalikda
shakllantirilsagina davlat boshqaruv sohasi mukammalashadi, xalq foydasi uchun
ishlaydi. Prezidentimiz ta‘kidlaganidek, “xalq manfaatlari barchasidan ustundir”.

To‘g‘ri, bugungi kunda davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish sohasida ushbu

model yuzasidan bir qancha samarali loyihalar ishlab chiqilyapdi, hamda kelajakda
amaliyotga tadbiq etiladi.

Bu omillarning dasturiy rejasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil

28 yanvardagi PF-60-son “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmonida ham o‘z aksini topgan. Ushbu
farmonning “

Davlat fuqarolik xizmati tizimini zamonaviy standartlar asosida tashkil

etish” deb nomlangan

10-maqsadining dasturuda bir qancha strategik rejalar

belgilangan.

11

Xususan,

Davlat xizmatida korrupsiya omillarini bartaraf etish,

kadrlarni tanlov asosida ishga qabul qilish va ular faoliyati samaradorligini xolisona
baholashning huquqiy asoslarini takomillashtirish, deb nomlangan I-bandiga ko‘ra
2022 yil sentabr oyidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar rejalashtirilgan,
unga muvofiq:

1. Davlat fuqarolik xizmati tizimiga kiruvchi davlat organlari va tashkilotlarida

xodimlarni ishga qabul qilishda ochiq mustaqil tanlov orqali saralab olishning yagona
qoidalarini ishlab chiqish.

2. Davlat xizmatiga kirish va uni o‘tash, kadrlar zaxirasini shakllantirish,

xodimlarni baholash bilan bog‘liq jarayonlarni raqamlashtirishni nazarda tutuvchi

«

Raqamli davlat xizmati

»

loyihasini amalga oshirish.

3. Davlat xizmatida sohalar kesimida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan

korrupsiyaviy omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko‘rish.

4. Davlat xizmatchilari va davlat organlari faoliyatini eng muhim samaradorlik

ko‘rsatkichlari (KPI) asosida baholash bo‘yicha reyting tizimini joriy etish
belgilangan.

10

Shu manba

11

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. PF-60-son 2022 yil 28

yanvar.


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

251

ISSN:3030-3621

Davlat xizmatchilarining kasbiy tayyorgarlik, moddiy va ijtimoiy ta‘minot

darajasini oshirish bandi o‘z ichiga:

12

1. Barcha darajadagi rahbar kadrlar va xodimlarning “hayot davomida ta‘lim

olish” (Life Long Learning) tamoyili asosida butun faoliyati davomida o‘zlariga zarur
bo‘lgan ko‘nikmalarini rivojlantirib borishga qaratilgan malaka oshirish tizimining
yagona qoidalarini belgilash.

2. Davlat fuqarolik xizmatchisining uzluksiz malakasini oshirish va kasbiy

rivojlanishi - davlat fuqarolik xizmatini o‘tashning muhim sharti etib belgilash.

3. Davlat fuqarolik xizmatchilarining ko‘nikmalarini oshirishda davlat

buyurtmasini shakllantirish tizimini ishlab chiqish.

4. Davlat fuqarolik xizmatchilarini o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini

oshirishning interfaol shakllari, shuningdek ularning yangi bilim va ko‘nikmalarni
egallashi uchun barchaga ochiq bo‘lgan elektron o‘quv dasturlari hamda platformalarni
ishlab chiqish.

5. Davlat fuqarolik xizmatchilarining malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi

davlat va nodavlat ta‘lim muassasalarining reyestrini yuritish.

6. Vazirlik va idoralar huzuridagi malaka oshirish markazlarida davlat fuqarolik

xizmatchilarini o‘qitish jarayonida umumiy ilmiy-uslubiy tizimni yo‘lga qo‘yish va
monitoring qilish kabi rejalarni oladi.

XULOSA

Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish, ta’lim xizmatlarida sifat

va samaradorlikni oshirishda meritokratiya tamoyillariga asoslangan “Karera
modeli”ni joriy etish muhim omil hisoblanadi. Bu model orqali davlat xizmati
faoliyatiga malakali, kompetentli va iqtidorli kadrlarni jalb etish, ularning kasbiy
rivojlanishini rag‘batlantirish va samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Biz o`rganishlar va tahlillar asosiy quyidagi takliflarni ilgari suramiz:
a) Malaka talablarini yagona standart asosida shakllantirish:
- Davlat fuqarolik xizmatining barcha lavozimlari uchun markazlashtirilgan

holda yagona namunaviy malaka talablarini ishlab chiqish;

-Ushbu talablarni yagona hujjat shaklida tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.
b) Elektron modul asosida tizimlashtirish:
- Malaka talablarini yagona elektron modulda shakllantirish;
- Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan uning yuritilishini ta’minlash.
v) Adolatli baholash va rag‘batlantirish tizimini yaratish:
- Xizmatchilarning kasbiy kompetensiyalarini adolatli baholovchi mezonlarni

ishlab chiqish va joriy etish;

12

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida. PF-60-son 2022 yil 28

yanvar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

252

ISSN:3030-3621

- Faoliyat natijalariga qarab lavozim pog‘onasida o‘sish imkoniyatlarini

belgilovchi shaffof me’zonlarni ishlab chiqish.

g) Zamonaviy HR texnologiyalari asoslangan boshqaruvni joriy qilish va bunda:
- Karyeraviy o‘sishni boshqarish jarayonida inson resurslarini boshqarishning

zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash;

Shu bilan birga, milliy mentalitet va qadriyatlarni inobatga olish.
d) Oliy ta’lim muassasalari bilan davlat xizmatini integratsiya qilish:
- Davlat tashkilotlarini universitet va institutlar bilan uzviy bog‘liqlikni

ta’minlash;

- Talabalarda davlatga sadoqat, karyeraviy o`sishga ishonch, mavjud

muammolar va xorijiy tajribalar to‘g‘risidagi nazariy va amaliy bilimlarni
shakllantirish.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki Davlat fuqarolik xizmatini isloh qilishda

“Karyera modeli”ni joriy etish va meritokratiya tamoyillarini qaror toptirish orqali
iqtisodiyot, ta’lim va xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqori malakali kadrlar zaxirasini
shakllantirishga erishiladi. Mazkur tizimning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun
esa tizimli, metodologik asoslangan chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Luftim Cania, (2014), “The evolution of human resource management: past, present
and future”, The Macrotheme Review 3(9), 2014. pp 73-83.

2.

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-5843-son Farmoni

http://lex.uz/docs/4549998

3.

Qurbonov I. Endi kadrlar ochiq tanlov asosida tanlanadi. Prezident qarorlari-hayotda
va nazoratda. /https:/uza.uz/uz/posts/endi-kadrlar-ochiq-tanlov-asosida-tanlanadi
237206/27.01.2021

4.

Eshqobilovich E. T. TALIM XIZMATLARINI RIVOJLANTRISHDA DAVLAT-
XUSUSIY SHERIKCHILIGI VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI
//MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF
INNOVATIVE RESEARCH. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 110-116.

5.

Hayitov O. Djalilova S. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.
TDIU. 2008.64-b

6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-4472-son
03.10.2019. https:/lex.uz/docs/4552053

7.

Valijonov R., Qobulov O. Menejment asoslari. –Toshkent. ToshDU, 1997

8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish
agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-4472-son
03.10.2019.

https://lex.uz/uz/docs/-4552053?ONDATE=12.02.2021

9.

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to‘g‘risida. PF-60-son 2022 yil 28 yanvar.

Bibliografik manbalar

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

Luftim Cania, (2014), “The evolution of human resource management: past, present

and future”, The Macrotheme Review 3(9), 2014. pp 73-83.

O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini

tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PF-5843-son Farmoni

Qurbonov I. Endi kadrlar ochiq tanlov asosida tanlanadi. Prezident qarorlari-hayotda

va nazoratda. /https:/uza.uz/uz/posts/endi-kadrlar-ochiq-tanlov-asosida-tanlanadi

/27.01.2021

Eshqobilovich E. T. TALIM XIZMATLARINI RIVOJLANTRISHDA DAVLAT-

XUSUSIY SHERIKCHILIGI VA UNING IQTISODIY IMKONIYATLARI

//MODELS AND METHODS FOR INCREASING THE EFFICIENCY OF

INNOVATIVE RESEARCH. – 2025. – Т. 4. – №. 46. – С. 110-116.

Hayitov O. Djalilova S. Boshqaruv psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent.

TDIU. 2008.64-b

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish

agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-4472-son

10.2019. https:/lex.uz/docs/4552053

Valijonov R., Qobulov O. Menejment asoslari. –Toshkent. ToshDU, 1997

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish

agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida. PQ-4472-son

2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

to‘g‘risida. PF-60-son 2022 yil 28 yanvar.