Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
240
ISSN:3030-3621
UO‘T
: 632.9
QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARINI SAQLASH DAVRIDA
UCHROVCHI JANUB OMBOR PARVONASI
(PLODIA INTERPUNCTELLA
)
ZARARKUNANDASIGA QARSHI FEROMON TUTQICHNI
QOʻLLASH
Sulaymonov Inoyatullo Novatullo o‘g‘li
Oʻsimliklar karantini va himoyasi
ilmiy- tadqiqot instituti katta ilmiy hodim.
Mambetnazarov Asan Bisyenbayevich
q.x.f.f.d,
Oʻsimliklar karantini va himoyasi ilmiy- tadqiqot
instituti laboratoriya mudiri.
Rasulova Madina
Oʻsimliklar karantini va himoyasi
ilmiy- tadqiqot instituti kichik ilmiy xodim.
Annotatsiya.
Omborxonada saqlanayotgan qishloq xoʻjаligi mаhsulotlаriga
zаrаri yuqori boʻlgаn janub ombor parvonasi
(Plodia interpunctella)
zararkunandasiga
qarshi feromon tutqichidan foydalanish yoritilgan.
Kalit so’zlar.
Omborxonada, feromon tutqich, janub ombor parvonasi, kurash,
mаhsulotlаr.
Аннотatsiя.
На складе, феромонная ловушка, южная амбарная
огнёвка
,
зашита, продукты.
Ключевые слова.
На складе, Тб,
Южная амбарная огнёвка,
феромон
,
борьба, продукты.
Annotation.
The use of a pheromone trap against the southern barn moth (Plodia
interpunctella), a pest that causes significant damage to stored agricultural products, is
discussed.
Keywords.
In pheromone trap, southern granary moth, protection, products.
Kirish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 iyuldagi
“Respublikada o‘simliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6262-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-5185-son
Qarorida O‘simliklar karantini va himoyasida zararkunandalar, kasalliklar va begona
o‘tlarga qarshi kurashda uyg‘unlashgan kurash tizimini belgilash hamda ijrosini
nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan
zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish
hamda samarali qarshi kurash olib borish saqlanayotgan ombor maxsulotlari
zararkunandasiga qarshi samarali kurashish aytib o‘tilgan .
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
241
ISSN:3030-3621
Bugungi kunda dunyo miqyosida aholi sonining intensiv o‘sib borishi natijasida
oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan talab ham jadallik bilan ortib bormoqda. Ushbu
holat insoniyatning oziq-ovqat mahsuldorligi yuqori bo‘lgan, sifatli va eksportbop
meva mahsulotlariga bo‘lgan talabini ham ortishiga olib kelmoqda.
Jahonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish jarayonida turli zararkunanda
hasharotlar, xususan omborxonalarda saqlanayotgan mahsulotlarni saqlash davrida
zarar yetkazadigan janub ombor parvonasi
(Plodia interpunctella)
ning
hosildorlikka katta
zarar keltirmoqda.
Xususan, omborxonada saqlanayotgan mahsulotlarga janub ombor parvonasi
zarari ta’sirida 30-45% qismi nobud bo‘lishi aniqlangan. Shu jihatdan, qishloq
xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari keltirib chiqaradigan biozararlanishlarni aniqlash,
ularni oldini olish va qarshi kurash chora-tadbirlarni ishlab chiqish muhim ahamiyatga
ega.
Janub ombor parvonasi (
Plodia interpunctella
Hübner) 1-rasim
Lotincha (o‘zbek) nomi: Janub ombor parvonasi (
Plodia interpunctella
Hübner)
Kirill (o‘zbek) nomi: Janub ombor parvonasi (
Plodia interpunctella
Hübner)Rus tilida
nomi: Ambarnaya ognyovka (
Plodia interpunctella
Hübner)
Ingliz tilida nomi: Indian meal moth (
Plodia interpunctella
Hübner)
1. Feromon tutqichlarining ahamiyati Janub ombor parvonasi – don, urug‘,
quruq mevalar, yong‘oq, yem-xashak mahsulotlari va boshqa oziq-ovqat
omborlaridagi qimmatli mahsulotlarni zararlovchi asosiy ombor zararkunandalaridan
biridir.
Lichinkalari oziq moddalar bilan oziqlanib, ifloslanishi natijasida mahsulotning
bozor qiymatiga va sanitar sifatlariga jiddiy putur yetkazadi. Feromon tutqichlar
yordamida populyatsiyani erta aniqlash va samarali nazorat qilish imkoni yaratiladi.
2. Feromon modda tarkibi Janub ombor parvonasi uchun feromon tarkibida sis-
9-trans-12-tetradetsen-1-il-asetat (95%) sis-9-trans-12-tetradetsen-1-ol (5%) asosli
ta’sir etuvchi modda sifatida ishlatiladi. U faqat erkak kapalaklarni jalb etadi va
populyatsiyaning faolligini monitoring qilishda yuqori samara beradi. Feromonlar
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
242
ISSN:3030-3621
rezina kapsula yoki maxsus dispenserlar ko‘rinishida bo‘lib, uzoq muddat hid
tarqalishini ta’minlaydi.
3. Tutqichlarni o‘rnatish usuli Feromon tutqichlar omborxonalar, yetishtirish va
qayta ishlash sexlari ichidagi zararkunandalarni kuzatish uchun har 100-120 m
3
maydonga 1–2 dona miqdorida o‘rnatiladi. Ular 1,5–2 m balandlikda, ba’zi hollarda
oziq-ovqat mahsulotlariga yaqin, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo oqimiga tushmaydigan
joylarga ilib qo‘yiladi. Tutqichlar doimiy ravishda, yil davomida qo‘llaniladi va zarur
holda almashtirilib boriladi.
4. Monitoring va nazorat yuritish Feromon tutqichlar har 3–5 kunda tekshirilib,
ularda to‘plangan kapalaklar soni daftarida qayd etiladi. Agar bir tutqichda 7–10 ta
yoki undan ko‘p kapalak aniqlansa, mexanik, kimyoviy yoki biologik kurash choralari
ko‘riladi. Nazorat natijalari har hafta hisobot qilinadi va ombor sohasida
zararkunandaga qarshi chora-tadbirlar rejalashtiriladi.
5. Iqtisodiy va ekologik samara Feromon tutqichlar zararkunandaning faolligini
aniqlash, uning ommaviy tarqalishini oldini olish va insektitsidlarni faqat kerakli
vaqtda qo‘llashga imkon beradi. Bu orqali mahsulotning saqlanish muddati uzayadi,
chiqimlar kamayadi va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanadi.
6. Feromon dispensorlar (kapsulalarni) saqlash Feromon moddalar
samaradorligini saqlash uchun ularni 0...+4°C haroratda muzlatgichda saqlash tavsiya
etiladi. Uzoq muddatli saqlash uchun esa –18°C gacha bo‘lgan muzlatgich qo‘llaniladi.
Germetik qoplamalarda saqlash, namlik va kimyoviy moddalardan uzoqda saqlash
tavsiya etiladi.
Xulosa
qilib aytganda feromon tutqichlar omborxonalar, yetishtirish va qayta
ishlash sexlari ichidagi zararkunandalarni kuzatish uchun har 100-120 m
3
maydonga
1–2 dona miqdorida o‘rnatildi. Ular 1,5–2 m balandlikda, ba’zi hollarda oziq-ovqat
mahsulotlariga yaqin, lekin to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo oqimiga tushmaydigan joylarga ilib
qo‘yildi.
Tutqichlar doimiy ravishda, yil davomida qo‘llaniladi va zarur holda
almashtirilib boriladi. Monitoring va nazorat yuritish bunda feromon tutqichlarni har
3–5 kunda tekshirilib, ularda to‘plangan kapalaklar soni daftarida qayd etiladi. Agar
bir tutqichda 7–10 ta yoki undan ko‘p kapalak aniqlansa, mexanik, kimyoviy yoki
biologik kurash choralari ko‘riladi.
Nazorat natijalari har hafta hisobot qilinadi va ombor zararkunandagasiga qarshi
chora-tadbirlar o‘z vaxtida hamda kerakli bo‘lgan joyga qo‘llanilsa juda katta
samaradorlikka erishiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
Murodov B.E. Omborda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash davrida
uchraydigan zararkunandalar va ularga qarshi kurash// Qishloq xo‘jaligi
ekinlarining genetik resurslaridan unumli foydalanish hamda yetishtirishda
Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi
49-son_1-to’plam_Iyul -2025
243
ISSN:3030-3621
zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash istiqbollari/ Xalqaro ilmiy-amaliy
konferensiya to‘plami. – Qarshi, 2022 II QISM. – B.409-411.
2.
Mаxmudxodjаyev N.M. Zararkunandalar zahiralari - hasharotlar va oqadilar
faunasining shakllanishini nazariy asoslash va zararli turlar sonini boshqarish
Toshkent, 2011.
3.
Muxammadiyev B.Q., Xolmurodov E.A. Hasharotlar ekologiyasi va tur tarkibining
istematik tahlili. - Toshkent-2015.
4.
Muhammadaliyev Sh.S., Sulaymonov B.A., Rashidov M.I. Ekinlar zararli
organizmlari ivojlanishi va tarqalishining bashorati.- Toshkent-2002.