Mualliflar

  • Azimova Gulmira Xayrullayevna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.tinnint.127878

Kalit so‘zlar:

Kalit so‘zlar. Ekologik tarbiya atrof-muhitni kuzatish ekologik ta’lim-tarbiya ekologik madaniyat erkin fikrlovchi milliy g‘urur egasi barkamol sog‘lom avlodni tabiyalash vatanparvarlik mehnatsevarlik tabiat burchaklari.

Annotasiya

Annotatsiya.  Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni 
kuzatishga  о‘rgatishda  ularni  atrof-muhitni    asrab-avaylashga,  unga  mehr-
muhabbatli, munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash borasida fikr yuritilgan. 


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

210

ISSN:3030-3621

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA ATROF-MUHITNI

KUZATISHGA О‘RGATISHNING MAZMUNI

Azimova Gulmira Xayrullayevna

Navoiy davlat universiteti,

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi


Annotatsiya.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni

kuzatishga о‘rgatishda ularni atrof-muhitni asrab-avaylashga, unga mehr-
muhabbatli, munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash borasida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar.

Ekologik tarbiya, atrof-muhitni kuzatish, ekologik ta’lim-tarbiya,

ekologik madaniyat, erkin fikrlovchi, milliy g‘urur egasi, barkamol sog‘lom avlodni
tabiyalash, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat burchaklari.

Аннотация.

В данной статье рассматриваются вопросы воспитания у

дошкольников бережного отношения к окружающей среде, любви к ней, их
отношения, интересы при обучении дошкольников наблюдению за окружающей
средой.

Ключевые слова.

Экологическое воспитание, экологическое наблюдение,

экологическое

воспитание-воспитание,

экологическая

культура,

свободомыслие, национальная гордость, воспитание гармонично здорового
поколения, патриотизма, трудолюбия, уголков природы.

Annotation.

In teaching preschool children to observe the environment, this

article reflects on the preservation of the environment, the upbringing of loving,
relationships, interests in it.

Keywords.

Environmental

education,

environmental

observation,

environmental education, ecological culture, freethinker, owner of national pride,
treatment of a harmoniously healthy generation, patriotism, hard work, corners of
nature.


Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishda ham ijtimoiy, ham

biologik, ham estetik ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-
muhitni kuzatishning ijtimoiy ahamiyati shundan iboratki, inson bevosita tabiat
qо‘ynida yashaydi, tabiatdagi barcha moddiy resurslar bilan doimiy muloqotda va
munosabatda umr kechiradi. Ular orasida ana shu murakkab munosabatlar tizimi
«hayot» degan nom bilan ataladi. Demak, tabiat inson hayoti mavjudligining,
davomiyligining garovidir. Lekin ayni paytda inson ham tabiatning saqlab qolinishida,
asrab-avaylanishida eng muhim rol о‘ynovchi asosiy kuch sohibidir. U о‘zining ongi,
aql-idroki bilan tabiatni yanada boyitish, uning resurslaridan oqilona, tejak-tergab
foydalanish, tabiat predmetlarining buzilib, yо‘qolib, ifloslanib ketmasligiga kafolat


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

211

ISSN:3030-3621

berish zarur. Agar inson va tabiat orasidagi ijtimoiy munosabat muvozanati buzilsa,
bundan yo tabiat, yo inson albatta qattiq zarar qiladi.

Ekologik tarbiyaning ekologik ahamiyati shundaki, inson tabiatning bir bо‘lagi

bо‘lganligi bois, uning tabiiy-biologik ehtiyojlari ham tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri ona tabiatning
moddiy boyliklari va gо‘zalliklari orqali qoniqish topadi. Insonning biologik yashashi
uchun muhim bо‘lgan asosiy vositalar – yer, havo, suv, о‘simliklar va hayvonot
dunyosidan olinadigan oziq-ovqat hamda kiyim-kechak mahsulotlari; yorug‘lik va
issiqlik manbalari barchasi tabiatning odamzotga kо‘rsatgan bebaho sahovatidir.
Ularsiz shu inson yashay olmaydi. Shunday ekan, birlamchi zaruriyatlarning har
qancha tozaligi, ifloslanmasligi, yо‘qolib, nobud bо‘lib ketmasligi inson umrining ham
uzayishiga kafolatdir. Qolaversa, inson ulardan ma’naviy zavq va bahra olib yashaydi.
Gо‘zal tabiat manzaralari inson hiy-tuyg‘ulariga shu qadar ta’sir kо‘rsatishga qodirki,
buning natijasida inson qalbida yo shogirdlik hissi jо‘sh uradi, yo u mо‘y qalamni olib,
shu gо‘zallikni qog‘ozda abadiy muhrlab qolishga jazm etadi.

Inson о‘zining tabiat bilan yaqinligini azaldan his etib keladi. Shuning uchun

imkon qadar unga yaqinlashishga, u bilan til topishishga xarakat qiladi. Inson chuqur
qayg‘uga botganida ham, aksincha, juda quvongan kezlarida ham о‘zini faqat tabiat
og‘ushiga otgisi keladi. Tabiat quyidagi: suvliklar bо‘yidami, qir-adirgami chiqibmi,
toshloqni kezibmi- dilidagi orzu-quvonchiga yoki dardu g‘amiga tabiatni о‘ziga oshno
tutib sirlashadi.

- Birorta xonadon yо‘qki, uyida yo biror jonivor boqmasa, yo biror о‘simlik

ekib undirmasa. Bundan insoniyat nafaqat iqtisodiy balki о‘z tabiiy, ma’naviy
e’htiyojlarini ham qondiradi.

Odamlar foydali va chiroyli jonivor va о‘simliklarni, hayvonlarni uy sharoitida

parvarish qilib, bunday har tomonlama bahra oladilar va о‘z estetik didlarini tarbiyalab
boradilar.

Insonning tabiat sahovatini his etishi, uning sahovatidan ta’sirlanish ekologik

tarbiyani nafaqat ijtimoiy-biologik, balki estetik zaruriyatga ham aylantirib qо‘yadi.
Chunki, tabiat insonning his-tuyg‘ulariga ta’sir etuvchi asosiy manbaadir.

Inson tabiat gо‘zalliklaridan zavqlansa, bag‘ri dili ochiladi, ijodkorlik qobiliyati

rivoj topadi. Aksincha, inson tabiatdagi kо‘rimsiz, xunuk narsalarga duch kelsa yoki
uning gо‘zal manzarasi toptalganining guvohi bо‘lsa, dili xufton bо‘ladi, g‘azabi jо‘sh
uradi. Shuning uchun tabiat gо‘zalliklarini asrab-avaylash inson hayoti uchun
muhimdir. Ayniqsa, tabiatga munosabat hayvonlar bilan tanishtirish orqali bolalarda
tabiatga estetik munosabat uyg‘otish о‘ta muhimdir. Xullas, tabiat insonning sog‘lom,
gо‘zallikka oshno bо‘lib yashashida muhim о‘rin tutadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatishning asosiy

maqsadi – ularga tabiatga nisbatan kuchli muhabbat uyg‘otishdan iborat. Bu maqsad
umumiy sanalsa-da, xuddi shu umumiy maqsaddan kelib chiquvchi xususiy maqsadlar


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

212

ISSN:3030-3621

ham mavjud: Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatishning
xususiy maqsadi esa о‘rganilayotgan mavzu talabi bilan bog‘liq. Masalan, «Atrof-
muhit bilan tanishtirish» mavzusini о‘rganayotganda maktabgacha yoshdagi bolalarda
atrof-muhitga nisbatan mehr-muhabbat uyg‘otish va ulardan zavqlanish hissini
tarbiyalash asosiy maqsad sanaladi, atrof-muhitga mehr qо‘yish, ularni parvarish qilish
bosh maqsad darajasida kо‘tariladi.

Bolaga tabiat boyligimiz ekanligini, inson о‘z hayoti uchun zarur hamma narsani

undan olishini, tabiat insonni boquvchi, uning tuyg‘ulari, xulq-atvoriga ta’sir
kо‘rsatuvchi vosita ekanligini tushunib yetishlari lozim.

Ekologik ta’lim-tarbiya umuman ta’lim-tarbiyaning boshqa kо‘rinishlari singari

muhim vositalar orqali amalga oshiriladi. Ana shundan ekologik ong о‘stirish
yо‘llaridan biri - hayvonlar bilan tanishtirish orqali ekologik tarbiya berish
maktabgacha yoshdagi bolalarda tabiat, moddiy borliq haqidagi dastlabki
tasavvurlarni singdirishda hurmat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatishning muhim

fazilatlaridan biri, ularning bolalarni bevosita kuzatuvchanlikka, yuksak estetik didini
shakllantirishdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatishda bola

uchun dastlabki yosh davrda osmonda uchib yurgan kapalak ham, katakdagi kapalak
ham, rasmda tasvirlangan jonsiz kapalak tasviri hamma-hammasi bir xil tuyuladi. Bola
ularni faqat «kapalak» sifatida qabul qiladi. Bunda hali bola «jonli», «jonsiz», «erkin»,
«ozod» yoki «tutqun» degan tushunchalarni anglamaydi. Lekin jonsiz kapalakka, jonli
qushga nisbatan boshqacha qiziqish bilan qaraydi. Biroq buning sirini ham anglab
yetmaydi. Shunda kattalar bolaga mana shu farqni, sirni tushuntirib berishlari juda
muhim. Shu orqali bola tirik tabiatga nisbatan boshqacha qiziqish bilan qarab, uning
e’tibor va mehriga muhtojligini his qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatish maqsadi:
- Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiatni sevadigan, uni asrab avaylovchi,

odobli, erkin fikrlovchi, milliy g‘urur egasi, barkamol sog‘lom avlodni tabiyalashdan
iboratdir.

Maktabgacha katta yoshdagi bolalarni atrof-muhitni kuzatishga о‘rgatishning

ta’limiy vazifalari:

- Maktabgacha yoshdagi bolalarda dastlabki atrof-muhit haqidagi tushunchalarni

shakllantirish;

- Bolalarning atrof-muhitni asrab-avaylashga unga mehr-muhabbatli,

munosabatlarini, qiziqishlarini tarbiyalash.

Xulosa qilganda, bolalarni tabiatga mehr qо‘yishi, uni ehtiyot qilib e’zozlashi,

tirik jonivorlar tо‘g‘risida g‘amxо‘rlik qilishi, tabiatga qiziqish uyg‘otibgina qolmay,
balki bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiat burchaklarini ardoqlab nobud


background image

Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi

https://scientific-jl.com

49-son_1-to’plam_Iyul -2025

213

ISSN:3030-3621

bо‘lib, yо‘q bо‘lib ketayotgan hayvonlarni katta odamlar mehnati bilan kо‘paytirilib
borilganiga ularni mehnatga hurmat bilan qarash singari xarakterning eng yaxshi
xususiyatlarini shakllantirib borishga yо‘l ochadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1.

N.F.Vinogradova. Umstvennoe vospitanie detey v protsesse oznakomleniya s
prirodoy. M. “Prosveshenie”. 1982 g.

2.

P.A.Yusupova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.,
“O’qituvchi”. 1995 yil.

3.

K.M.Jabborova.

Maktabgacha

yoshidagi

bolalarga

ekologik

ta`lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligi. T., 2000 yil.

4.

Umarova.M.X. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga ma’suliyatli
munosabatni shakllantirish metodikasi. Ped.fan.nom.dis..- 2009y


Bibliografik manbalar

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

N.F.Vinogradova. Umstvennoe vospitanie detey v protsesse oznakomleniya s

prirodoy. M. “Prosveshenie”. 1982 g.

P.A.Yusupova. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ekologik tarbiya berish. T.,

“O’qituvchi”. 1995 yil.

K.M.Jabborova. Maktabgacha yoshidagi bolalarga ekologik

ta`lim-tarbiya berishning o‘ziga xosligi. T., 2000 yil.

Umarova.M.X. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof-muhitga ma’suliyatli

munosabatni shakllantirish metodikasi. Ped.fan.nom.dis..- 2009y

Муаллифнинг (муаллифоарнинг) энг кўп ўқилган мақолалари